Bozor iqtisodiyoti
– tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil
etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi
– bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni
uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bundesrat
– nem. GFRda erlar palatasi. Germaniya Erlari hukumatlarining uchdan beshtagacha vakillaridan
iborat. Bundestag – nem. GFR parlamenti. 1949 yilda tashkil etilgan. Aralash saylov tizimida 4 yillik muddatga
saylanadi.
Bunyodkor g‘oya
— jamiyatni taraqqiyot sari yetaklovchi, turli guruh va qatlamlarni, millatlarni ezgu
maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi, amalga oshirishning real asoslari bo‘lgan g‘oya.
Do'stlaringiz bilan baham: |