5.2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi
ustuvor yo‘nalishlar:
· davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro
munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan
demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning tevaragida xavfsizlik,
barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish;
· O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon
hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot
yetkazish;
· O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini
normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish;
· davlat chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal
etish.
·
Do'stlaringiz bilan baham: |