«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

2.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari 
va xususiyatlari
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‘llarni
tanlashlari mumkin. YUqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga
o‘tishning revolyusion va evolyusion yo‘llari mavjud. Polsha, CHexoslovakiya,
Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion
yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. 
O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini
hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz,
ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li
tanlandi.
«Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz Respublikaning o‘ziga xos
sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama
hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning
mudhish merosiga barham berishga asoslanadi». 
«O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli
orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish
vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga
chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi
tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik», deb
yozadilar mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni
75


tubdan isloh qilishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi
beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar
ustuvorligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash
sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. 
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim
ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. CHunki tegishli huquqiy negizni, bozor
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi
sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, I.A.Karimov shunday yozadilar:
«Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida
tadrijiy yondashuvni, «YAngi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy
tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish
yo‘lini tanladik. Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib
qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z
zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik».
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini
o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va
boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda
muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har
biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
I.A.Karimovning asarlarida

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish