2. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari.
1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy
manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi
.
Sovet hukumati xalqning real daromadlarini oshirish, yashash sharoitlarini
yaxshilash, tibbiy xizmat va sog‘likni saqlash sohasidagi imkoniyatlarini yarata
olmadi. Xolbuki bu davrda AQSHda bir yilda bitta maktab o‘quvchisiga 3386 dollar,
Angliyada 2285 dollar sarflangani holda SSSRda 257 rubl sarflangan, bog‘cha
tarbiyalanuvchisiga AQSHda 3000 dollar, YAponiyada 11 000 dollar saflangani
holda SSSRda 533 rubl mablag‘ ajratilgan. Bu ko‘rsatkich ittifoq bo‘yicha o‘rtacha
ko‘rsatkichlar bo‘lib, O‘zbekistondagi ahvol o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham past edi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi texnikasi va hatto to‘qimachilik
maxsulotlari import qilina boshladi. Natijada, import eksportdan ikki barobarga
oshib, sut, go‘sht, tuxum va baliq va boshqa iste’mol mahsulotlari aholi jon boshiga
ittifoqdagi o‘rtacha me’yorning yarmini tashkil qildi. Markaz tomonidan aholini
asosiy iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmaganligi oqibatida qora bozor
O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 20 foizini tashkil qildi. Vaholanki, qora
bozorda mahsulotlar ancha baland narxda sotilgan, ushbu hol aholi turmush
darajasining pasayishiga olib kelgan omillardan biri edi. O‘zbekistonda 1975 yilda
kishi boshiga go‘sht va go‘sht maxsulotlari iste’moli 31 kg, sut va sut mahsulotlari
165 kg, tuxum iste’moli 93 dona, baliq iste’moli 4,0 kg ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1990
yilga kelib bu ko‘rsatkich mos ravishda go‘sht va go‘sht mahsulotlari bo‘yicha 32 kg,
sut va sut mahsulotlari bo‘yicha 210 kg, tuxum 120 dona, baliq 4,9 kg ni tashkil etdi.
20
Sovet imperiyasining mustamlakachilik siyosati tufayli yillar osha
mustahkamlanib borgan paxta yakkahokimligi Markaziy Osiyoda, jumladan,
O‘zbekistonda ham tabiat muvozanatining buzilishiga, suv manbalari - daryolar
o‘zanlarining kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. Tabiat muvozanati buzilib, er, suv,
havoning zaharlanishi inson naslu nasabiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir etib, jismoniy va
hatto ma’naviy barkamol kishilar paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘ldi. Bu sohadagi salbiy
illatlar, turg‘unlik hodisalari va buzilishlar 70-80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan
davrda yanada kuchaydi.
Ittifoqning bir guruh taniqli olimlari L.I. Brejnevga yo‘llagan xatida O‘rta
Osiyoda yangi o‘zlashtirilayotgan erlarni sug‘orishda suv taqchilligining oldini olish
uchun Sibir daryolarini O‘rta Osiyoga burish taklifini bildirganlar. Xatda
keltirilishicha, agar mintaqadagi suv resurslaridan foydalanish shu darajada davom
ettirilsa, 1980 yilda Sirdaryoning, 1985 yilga borib esa Amudaryoning suvlari to‘la
sug‘orish uchun olinishi haqida ogohlantirilgan. Lekin, bu o‘rinli taklif ham Ittifoq
rahbarlari tomonidan e’tiborga olinmagan.
XX asr oxiriga kelib Quyi Amudaryo hududidagi ekologik fojianing salbiy
oqibatlari ma’muriy-buyruqbozlik tizimining nuqsonlari bilan uyg‘unlashgan holda
yuzaga keltirgan “nosog‘lom muhit” katta ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirdi:
Birinchidan, dengiz sathining pasayishi va u bilan bog‘liq holda 3 mln.
gektardan ortiq erlarning sahrolarga aylanishi bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy,
sanitariya-gigiena va tibbiy-biologik holatlarning yomonlashuviga bilan birga,
ekologik nuqtai nazardan atrof-muhitning ifloslanishi va iqlimning o‘zgarishiga ham
sabab bo‘ldi. Jumladan, hudud iqlimining kontinentalligi yanada keskinlashdi. YOz
faslida issiqlik 2 darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qishdagi harorat 2 darajaga pasaydi.
CHunki shimoldan va boshqa tomonlardan keladigan har xil oqimlarni to‘sib turish
uchun dengiz suvi endi ma’lum ma’noda yo‘qolgan edi. Natijada, sovuq kunlar erta
tushib, kuzdagi hosillar, xususan paxta va boshqa ekinlar ayrim hollarda pishmay
qoladigan bo‘ldi. Buning natijasida Qoraqalpog‘iston va xorazmlik dehqonlar kuzni
bexavotir kuta olmaydigan bo‘lishdi. Hatto, ayrim sho‘ro olimlari bu hududning ob-
havosi kelajakda CHelyabinskdagidek bo‘ladi, deb ta’kidlay boshlashdi. Lekin, bu
holat markazdagi rahbariyatni qiziqtirmadi. Paxta etishtirish muttasil oshib bordi.
Ikkinchidan, suvning ko‘p miqdorda sarflanishi, suvdan foydalanishning va
erlarni o‘zlashtirishning ilmiy jihatdan asoslanmaganligi, qishloq xo‘jaligining
ekstensiv rivojlanishi kabi omillar uyg‘unlashgan holda ekin maydonlarining
sho‘rlanishiga, juda katta ekin maydonlarining yaroqsiz holga kelishiga olib keldi va
xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy talafot etkazdi.
Uchinchidan, Orol dengizining 3 mln.gektardan ortiq qurigan o‘zani tuz
ko‘tarilishining o‘chog‘iga aylandi. Tuz changlarini 15 km balandlikka ko‘taruvchi
va 200 km kenglikda harakatlantiruvchi kuchli bo‘ronlar vujudga kela boshladi. Har
yili atmosferaga 150 mln. tonna tuz changgi ko‘tarilib, 800 km uzoqlikka etib
boradigan bo‘ldi. Havodagi tuz miqdori 5-12 % ga etdi. Bu holat qumlik
maydonining kengayishiga, to‘qayzorlar, turli o‘simliklar, qushlar va hayvonlar
turlarining yo‘qolishiga olib keldi. SHuning ta’sirida yaylovlarning tabiiy potensiali
keskin pasayib, taxminan 5 mln. tonnaga yaqin qimmatli ozuqabop o‘simliklar
yo‘qotildi.
21
80-yillar oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar
xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la
boshladilar. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda
hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning qosh-qovog‘iga
qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga
to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi,
to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy
javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb,
yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy inson O‘zbekistonning
birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham
berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish
ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zSSR Oliy Soveti tomonidan
“O‘zbekiston SSR davlat tili to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 30
moddadan iborat bo‘lib, u o‘zbek tilini davlat tili sifatidagi huquqiy asoslarini
belgilab berdi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida
o‘zbek tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi
mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom
Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga”
zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar.
O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish
tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish
ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini
ko‘rsatuvchi dalillardan biridir.
1989 yilning may-iyun oylarida Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan millatlararo
mojarolar siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 1989 yil 24 may kuni Quvasoy
shahrida mahalliy yoshlar bilan yosh mesxeti turklar o‘rtasida bezorilik to‘qnashuvi
kelib chiqadi. To‘qnashuvda mesxeti turklardan 150 kishi va mahalliy xalq
vakillaridan 250-300 kishi qatnashgan. Bu to‘qnashuv tez orada Farg‘ona, Andijon,
Namangan, Toshkent viloyatlari aholisi orasida ham tarqalib, yoshlarning ommaviy
chiqishlariga, yana boshqa millatlararo ziddiyatlarning ro‘y berishiga olib keldi.
Bu kabi chiqishlarni bartaraf etish uchun namoyishchilarga qarshi harbiy qismlar
olib kelindi. 1989 yil 8 iyun kuni Qo‘qon shahrida asosan yoshlardan iborat bo‘lgan
tinch namoyishchilar harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 50 dan
ortiq namoyishchi o‘ldirildi, 200 dan ortiqroq namoyishchi esa yarador bo‘ldi.
O‘zbekiston Kompartiyasi MQ tomonidan tuzilgan maxsus komissiya hisobotida
ko‘rsatilishicha, iyun voqealarida 103 ta odam nobud bo‘lib, (bu ko‘rsatkich 112 taga
etdi) shundan 52 tasi mesxeti turklari, 36 tasi o‘zbeklardan iborat bo‘ldi. 1011 ta
odam shikastlandi, 137 ta harbiy ichki qo‘shin askarlari va 110 ta militsiya xodimlari
yarador bo‘ldi. 757 ta yashash uylari, 27 davlat ob’ektlari, 275 ta transport vositalari
talandi va yoqib yuborildi. SSSR bosh prokuraturasining ma’lumotlariga ko‘ra 1989
yil iyul oxirida 2000 dan ortiq shaxsga huquqbuzarlikka oid jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi,
shulardan 600 tasi Farg‘ona qirg‘inlarida faol ishtirok etgan shaxslar edi. 1989 yil
oktyabr oxiriga kelib 225 ta qirg‘in ishtirokchilari qamoqqa olindi, ulardan 41 tasiga
qasddan odam o‘ldirganligi uchun aybnomalar qo‘yildi.
22
1990 yilning 2-yarmida O‘zbekiston SSR Oliy sudi tomonidan Farg‘ona
oblastidagi ommaviy tartibsizliklar bilan bog‘liq jinoiy ishlar o‘rganilib, 277 kishi
bo‘yicha ochilgan 107 ta jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqilgan 107 ta ishdan 168
kishi bo‘yicha ochilgan 72 ta jinoiy ish yuzasidan hukm chiqarilgan, 94 kishi
bo‘yicha ochilgan 35 ta jinoiy ish qayta tergov o‘tkazilishi uchun qaytarilgan.
Ko‘p o‘tmay Farg‘onadagi kabi voqealar Andijon bilan chegaradosh O‘sh shahri
o‘zbek aholisining boshiga tushdi. 1990 yilning iyun oyida Qirg‘izistonning O‘sh
viloyatining O‘zgan va boshqa shaharlarida o‘zbek-qirg‘iz millatlararo urushi kelib
chiqdi. Millatlararo to‘qnashuvlarda 30-35 ming aholi ishtirok etdi. Jinoiy ishga 300
ta odam tortildi.
1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi
sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini
ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom
Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti
etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki,
O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va
iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi
edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi” mustaqillikka erishishida
qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega
bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda Respublika Oliy Soveti deputatlari faollik
ko‘rsatdilar. Natijada, bu masala respublika Oliy Sovetining (XII chaqiriq) 1990 yil
20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 12 chaqiriq ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.
O‘zbekiston rahbariyati va xalqining O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam
qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi
yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqining
mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi
borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch g‘ayratini
qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |