Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Manbashunoslik va tarixshunoslik fani umumkasbiy fan hisoblanib, 5-6 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan O’zbekiston tarixi, arxivshunoslik, arab, fors tillari, Eski o’zbek yozuvi, xronologiya va metrologiya fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda «O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida O’zbek xalqi va uning davlatchiligini tarixini xolisona o’rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish, davlatchiligi haqqoniy tarixini tarixiy manbalar, asarlar, tadqiqotlar asosida o’rganish vazifasi belgilangan. Ularni tadqiq qilish, o’rganish orqali ko’plab ma’lumotlarni qo’lga kiritishiiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |