Manbashunoslikning yo’nalishlari asosiy maqsad va vazifalari
Manbashunoslik fani asosan ikki yo’nalishga ega bo’lib, u nazariy manbashunoslik va amaliy manbashunoslikdan iboratdir. Biz quyida nazariy manbashunoslik xususiyatlarini bayon etamiz.
Nazariy manbashunoslik (yo’nalishi)
Nazariy manbashunoslik yo’nalishi amaliy manbashunoslik tajribasini umumlashtiradi, yozma manbalarni vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni o’zida aks ettirish qonuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga olish, tartibga solish asoslarini ishlab chiqadi va ularni ilmiy muomalaga kiritishning, amaliy o’rganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va yo’llarini aniqlaydi va amaliyotga tavsiya etadi. Ular quyidagilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |