II.IIAmirlikning tashqi savdo aloqalari
O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi mintaqada siyosiy mustaqillikka barham berilib,uni iqtisodiy asoratga solinishiga olib keldi.
Ma’lumki, XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Buxoro amirligi sharqning yirik davlatlaridan biri bo’lgan.Amirlik bu paytda Afg’oniston, Eron, Turkiya, Xitoy, Hindiston bilan bir qatorda Yevropa va Atlantika orti davlatlari bilan savdo aloqalarini olib bordi. Xususan, Angliya, Amerika, Germaniya davlatlariga va Konstantinopol bozorlariga amirlik mahsulotlari eksport qilingan.Amirlikning eksport qiladigan mahsulotlari asosan, paxta, yog’ mahsulotlari, qorako’l teri , jun va jun mahsulotlari, ipak va shoyi matolaridan iborat bo’lgan edi. Bu mahsulotlarning sifati dunyo bozorida yuqori bo’lgan.1913- yilda Buxoro Konstantinopol bozorlariga 5 ming pud miqdorda mahsulot kiritib sotuvga qo’ygani ma’lum.68
Chorjo’y va Yangi Buxoro(kogon) da jun tozalaydigan maxsus zavodlar bo’lgan.Ishlov berilgan qo’y terilari L’vov va Rigaga eksport qilinib, shu yerdan Germaniyaga jo’natilgan. Har yili jun mahsulotlarining 50 % i, ya’ni 50 ming pudgacha Angliya va Amerika davlatlariga eksport qilingan.Eksport qilinadigan ipak kalavasining 4 ming pudi Yevropa davlatlariga, 3 ming pudi Genuya (Italiya) davlatiga eksport qilingan.Buxoroning yuqori sifatli to’qilgan gilamlari xorij bozorlarini o’ziga jalb qilgan.Masalan, Amerika bozoriga 75 % dan kam bo’lmagan 7,5 ming pudga yaqin gilam olib ketilgan.Ildizmevalardan qizilmiya o’simligi mahsulotlari Boku orqali asosan Shimoliy Amerikaga chiqarilgan.Buxoroda tayyorlanadigan pishloq mahsulotlari esa, XX asr boshlariga kelib faqatgina Rossiyaga, Sharqiy va G’arbiy Yevropa bozorlariga chiqarilgan.
XX asr boshlarida Amirlikning Rossiyadan tashqari Yevropa davlatlariga eksport ulushining umumiy narxi 2.295 ming rublga yetgan.Shundan:
Paxta yog’i 32 ming rubl
Jun mahsulotlari 450 ming rubl
Qo’y terisi 100 ming rubl
Ipak qurti 600 ming rubl
Gilam 750 ming rubl
Qizilmiya o’simligi 331 ming rublni tashkil qilgan.69
Buxoro amirligining tobora bozor munosabatlariga tortilib borishi Rossiya imperiyasi, Yevropa davlatlaridan savdo va ishlab chiqarish korxonalari egalari, savdo agentlarining Buxoroga kelishi va mahalliy karvonsaroylarning Yevropa madaniyatidan uzoqligi, Buxoro shahrida Yevropa talablariga javob beradigan mehmonxona ochishni kun tartibiga qo`yadi. "Buxoroyi sharif" gazetasining 1912 yil, 18 mart kunidagi 6 - sonida; "Saroy Oyim (Eski Buxoro) da "Turon" mehmonxonasi ochilgani, bu mehmonxona Yevropa uslubida ekanligi, unda oliy darajadagi oshxona mavjudligi, yevropalik va osiyolik mashhur oshpazlar faoliyat ko`rsatishi, ovqatlar har kuni toza mahsulotlardan tayyorlanishi, qahvalar mavjudligi, mehmonxona har kuni ertalab soat 7:00 dan kechqurun 12:00 gacha ishlashi, ovqatlarining narxlari 75 tiyindan uch so`mgacha ekanligi, mehmonxona egasi M. F. Kornikov ekanligi " - bilan bog’liq fikrlar keltiriladi.70Ushbu dalillar aynan tashqi savdo bilan shug’ullangan savdogarlar faoliyati orqali mehmonxona tizimining yevropacha ko’rinishlari O’rta Osiyoga kirib kelganligini ko’rsatadi.
Buxoro amirligida G’arb davlatlari bilan savdo aloqalarining rivojlanishi rus tovarlarining g’arbiy Yevropa sanoat mollari bilan raqobatini kuchaytirdi.Bu XIX asrning 90- yillari oxirlarida o’z ta’sirini ko’rsatdi.Bunday holat rus sanoatchilarini tashvishga soldi.Rossiya hukumati Buxoro amirligi bilan 1891-1894 yillarda o’zaro muzokaralar olib bordi.1894-yil Peterburgda o’tkazilgan kengashda Buxoro va Xivada rus bojxonalarini qurish va O’rta Osiyoning boshqa o’lkalarida ham filiallar tashkil etishga kelishib olindi.Buxoroda 1895-yil 1-yanvarda birinchi rus bojxonasi ish boshladi. Shundan so’ng Buxoro amirligiga G’arbiy Yevropa tovarlarini kiritishga chek qo’yildi.Ba’zi manbalarda Buxoroda rus bojxonasi tizimi xususida quyidagima’lumotlar keltiriladi:”711892-yilda Rossiya moliya vaziri Buxoro amirligi va Xiva xonligini yagona bojxona tizimiga kiritish haqida hujjat tayyorlab,bojxona chegarasini Afg’on-Buxoro chegarasiga o’tkazadi.Bu loyiha Rossiya imperatori Aleksandr III tomonidan 1892-yilning 7- avgustida tasdiqlangan”i haqida ma’lumot mavjud.
Buyuk Britaniya, AQSH, Turkiya kabi davlatlar shunday vaziyatda ham Buxoro amirligi bilan savdo aloqalarini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu harakatlar ayniqsa 1914-1917 yillarda kuchaydi.Buxoro amiri Sayyid Olimxon Rossiya tomonidan xavf-xatarning kuchayishi sababli, Buyuk Britaniyaning Hindistondagi ma’muriyati bilan 1918- yilning fevral-mart oyida diplomatik missiyalarni tashkil etadi.Bundan tashqari, u inglizlarning Mashhad va Qoshg’ardagi vakolatxonalari bilan ham turli darajadagi diplomatik munosabatlarni olib boradi. Amir Olimxon amirlik hududini kommunistik bosqin sovetlar ta’siridan muhofaza etish uchun, o’z mamlakatining mustaqilligini saqlab qolish harakatida xalqaro munosabatlarda tamomila yangilik bo’lgan birinchi siyosiy va davlatlararo tashkilot –Millatlar Ligasiga memorandum jo’natadi. Ammo bu xalqaro tashkilot nomani jiddiy qabul qilmay,o’z nuqtai nazaridan kelib chiqib, oddiy murojaatnoma sifatida inobatga olmadilar.72
Buxoroning savdo aloqalari Rossiya tomonidan cheklanishi keying paytda imzolangan iqtisodiy shartnomalarda kuchaytirildi.Buxoro amirligidan Rossiyaga asosan, paxta, qorako’l teri eksport qilinsa, Rossiyadan shakar, don mahsulotlari, tayyor oziq-ovqat import qilingan.XX asrda Rossiyadan Buxoroga import qilingan tovarlarning jami 96,5 % ni , Buxorodan Rossiyaga eksport qilingan tovarlar esa, 88% ni tashkil qilgan.Jumladan, Buxorodan Rossiyaga 1895-yilning o’zida 1294 ming so’mlik temir va temirdan ishlangan buyumlar, 1039 ming so’mlik idish-tovoqlar, 9140 ming so’mlik don va shaker mahsulotlari, 1909- yilda 1800000 dona , 1912-yilda esa 2000000 dona qorako’l teri, 1915-yilda 2624000 pud paxtani Rossiyaga eksport qilgan.
1901 yilda qurilishi boshlangan Toshkent - Orenburg temir yo`lining savdo munosabatlarini, ayniqsa Buxoro bilan Rossiya o`rtasidagi savdo aylanmasini rivojlantirishdagi roli yildan yilga oshib borgandi. Toshkent - Orenburg temir yo`li ishga tushishi bilan, Buxoroga Rossiyadan keltiriladigan tovarlarning katta qismi Kaspiyorti temir yuli orqali tashilmaydigan bo`ldi. Faqatgina Kavkazdan keltiriladigan neft, kerosin, Astraxandan keltiriladigan yog’ochlardan tashqari deyarli barcha tovarlar Buxoroga Orenburg orqali keltirilgan.73
Buxoro amirligidan Rossiya bozorlariga har yili 22 ming kg manufaktura mahsulotlari , 100 ming pud shakar va konfet , 26 ming pud fosfor chiqarilgan. Buxoro temir yo’l stansiyasi ma’lumotlariga ko’ra, birinchi jahon urushi arafasida Rossiyadan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari 9140 ming rubl(26%) ni , metall, shisha va kulolchilik mahsulotlari 2273 ming rubl(6,4%) ni tashkil qilgan.Buxoro-Rossiya o’rtasidagi tovar almashinuvi yildan yilga ko’paya bordi.1911-yilda umumiy Tovar aylanmasi 75 mln.oltin pudga to’g’ri kelgan.
Rossiyadan Buxoroga eksport qilingan tovarlar masalan har xil manufaktura mahsulotlari 264 ming pud(4224000 kg) dan 15974000 rubl miqdorida, temir vat emir buyumlari 235 ming pud(3760000 kg) bo’lib, 12940000 rubl hamda turli xildagi idish-tovoqlar 45 ming pud (720000 kg) hisobida 1039000 tovar hisobida eksport qilgan.Rossiyadagi 1917- yil fevral inqilobi Buxoro amirligining ham siyosiy,ham iqtisodiy hayotiga o’z ta’sitini ko’rsatmay qolmadi. Amirlik eksportining asosini tashkil qilgan paxta, qorako’l teri va jun mahsulotlarining Rossiya bozorlariga olib ketilishi kamayadi.Buning asosiy sababi, Dutov boshchiligidagi oq gvardiyachilarning Orenburgni bosib olishi natijasida, O’rta Osiyo va Rossiya o’rtasida savdo aloqalari uzilgan edi.Agar birinchi jahon urushigacha Buxorodan Rossiyaga har yili 2 mln. 600 ming pud paxta xomashyosi, 1 mln. 800 ming qorako’l teri olib ketilgan bo’lsa, temir yo’l aloqalarining uzilib qolishi natijasida savdo aloqalari to’xtab,karvonsaroylarda mahsulotlar to’planib qoldi.
Buxoro va Rossiya o’rtasida savdo munosabatlari1920-yilga kelibgina birmuncha tiklandi.Shu yili Rossiyaga 700 vagon paxta, 600 ming dona qorako’l teri jo’natishga muvaffaq bo’ldi.Biroq Buxoro amirligi qishloq xo’jaligida 1917-yilda lalmi va sug’oriladigan yerlar 669 ming 640 desyatinani tashkil qilgan bo’lsa,1920-yilga kelib,540 ming 560 desyatinaga tushib qoldi.Sovet Rossiyasi Buxoroni bosib olganidan so’ng, bu yerda iqtisodiy yakka hukmronlikni qo’lga kiritdi.Sovet armiyasi bosqinidan so’ng tashkil topgan Buxoro Xalq Respublikasi Buxoro qadimdan nafaqat O`rta Osiyoda, balki butun jaxonda qorako`l teri savdosi markazi sovet Rossiyasiga mutlaqo qaram bo’lib qoldi.74
Buxoro amirligining Qorako’l va Qarshi, CHorjo`y, Karki tumanlarida yuqori sifatli qorako’l terilari yetishtirilgan. Qorakul terilari Buxoro orqali Rossiya bozorlariga va undan Kavkaz va Eronga, so`ngra esa G’arbiy Yevropa hamda Amerikaga o`tib turgan.
Buxoroliklarda qorako`l terilari turli nomlar bilan atalgan. Qorako`l terilari turli xil navlarga ajratilgan. Vaqti-soati kelib tug’ilgan qo`zichoq terisi past navli bo`lib, u "kurpeya" deb nomlansa, muddatidan oldin qorako`l qo`y qornidan yorib olingan qo`zichoqning terisi "taqir" deb nomlangan va bu eng yuqori nav bo`lib, dunyo bozorida juda xaridorgir bo`lgan.
Eng sifatli Qorako`l teri Qorako`l tumanidayetishtirilib, ruscha "karakul'" so`zi shu tuman nomidan olingan. Evropa mamlakatlarida va Kichik Osiyo (Turkiya)da shu nom bilan atalgan bo`lsa, Eronda Buxoro terisi deb nomlangan. Buxoroga 70 foiz Qorako`l teri Turkmanistondan olib kelingan.75 Manbalarda kayd etilishicha, amirlikda Qorako`lyetishtirish bir yilda 1 mln 200 ming donani tashkil etib, shu tovarning qariyb hammasi Nijniy-Novgorod yarmarkasi orqali sotilgan . CHunki Nijegorod yarmarkasi qorako`l teri savdosi bo’yicha jahonda yetakchi o`rinlarda turgan.Qorako`l teri bilan savdo qiladigan savdogarlar Buxoroda va Rossiyada xizmat ko`rsatish ishlaridan foydalanishardi. Yirik savdo shaharlari Moskva va Nijniy-Novgorodda buxorolik savdogarlarga komissionerlar ya`ni tovarni joylashtiruvchi va sotishga ko`maklashuvchilar yordam berishgan.
Tovarlarni jo`natishda savdogarlar transport kompaniyalari xizmatidan foydalanishgan. Ular Buxoroda 3 ta edi. "Kavkaz va Merkuriy", "Rossiya" va "SHarqiy jamiyat". Boy savdogarlar kommissionerlar bilan telegraf orqali aloqa qilishgan.
Amirlikning Sharqdagi yirik davlatlardan biri Xitoy bilan olib borgan savdo munosabatlari XX asr boshlarida ancha kengaydi.Eksport qilinadigan Xitoy choyining 25-30 % i Hind plantatsiyalarida yetishtirilgan.Buxoroda ko’k choyga nisbatan qora choyga bo’lgan talab ancha past bo’lgan.Choy Xitoy(Shanxay)dan kemalar orqali Botumi yoki Novorossiya flotidan kelgan.Keyinchalik tranzit yo’li bilan Boku-Kaspiy dengizi-Krasnovorsk-Yangi Buxoro(Kogon)ga kelgan.
Urushdan oldingi yillarda dengiz yo’lidan tashqari Shanxay-Botumi- Boku- Krasnovorsk- Chelyabinsk va hatto Manjuriya- Chelyabinsk stansiyalari orqali kelgan.Ammo 1914- yil oxirlarida bu yo’llarning yopilishi tufayli, Sibir orqali olib kelinadigan bo’ladi.Temiryo’l stansiyasi ma’lumotlariga ko’ra, Chorjo’y stansiyasida Eski Buxoro va Kogonda 3 yil ichida, ya’ni 1911-1913 yillarda olib kelingan choyning miqdori quyidagicha: qora choy 184.6 ming pud, ko’k choy 19.8 ming pudni tashkil qiladi. Shundan Xivaga 40 ming pud, Samarqandga 13.8 ming pud miqdorda ko’k choy jo’natilgan.1911-1913 yillarda ko’k choy 15 rubl,qora choy 18 rubl bo’lgan.Xitoydan Buxoroga eksport qilingan choylarning narxi 1.900 ming so’mga yetgan.76
XX asr boshlaridagi Buxoro xayotini chuqur o`rgangan sharqshunos A.A.Semyonov mahalliy bozor va rastalarning boyligi hamda rang - barangligi haqida gapirib, bu yerda SHarq va G’arbda ishlab chiqarilgan mollarni sotib olish imkoniyatining kengligi haqida guvohlik beradi. Buxoro bozorlarida SHveytsariyadаn keltirilgan quyultirilgan sut, Germaniyadan kontsentrant holida keltirilgan Libix quruq sho`rvasi, SHanxayning quruq zanjabil murabbosi, Birma poytaxti Rangundan olib kelingan xushbo`y shamlar, Mal'ta orolidan, Hindistondan keltirilgan zardo`zlik ro`mollarini, shuningdek, hind rupiylari, Meksikaning kumush dollari, Turkiyaning oltin lirasi, ingliz funt -sterlingini bemalol xarid qilsa bo`lardi.
Birinchi jaxon urushi arafasida Buxoro amirligining aloqalari asosan Afgoniston, Turkiya va Rossiya bilan chegaralanar edi. Buxoro bu mamlakatlar bilan do`stona munosabatlar yurgizishga harakat qildi.77
Buxoro amirligi Afg’oniston bilan yaqin savdo aloqada bo’lgan.Buxoroning eksport mahsulotiga shakar,kishmish,teri mahsulotlari, metal buyumlari kiradi.Amudaryo bilan Panj vohasi oralig’ida Bissaginsk- Kelif-g’uzor- Pattakesar-Saroy- Chubak bojxonalari joylashgan bo’lib,1918-yilning bahorigacha faoliyat yuritgan.Kerki bojxonasiga Afg’onistondan import qilingan mahsulotlari:jun 84 ming pud-jami 92% gacha, qorako’l teri 7.4 ming pud-84% gacha, kishmish 39 ming pud-75 %, qo’y, echki terisi 3ming pud-56 %,gilam 1.9 ming pud-44% gach kiritilgan.Ammo Karkida bu tovarlarga talab pastligi sababli, mahsulotlarni kiritishdafoiz undirilgan.Afg’onistondan Buxoroga sham 0.5 ming pud, kulolchilk buyumlari 2.2 ming pud , kerosin 2.6 ming pud, metal buyumlari 7.4 ming miqdorda import qilgan.
Buxoro-Afg’on chegaralarida yuk kemalarini bojxonalardan o’tkazishda Bassagin-Bassa qishlog’i orqali Kaspiyorti viloyatlariga tushgan.Buxoro-Afg’on kechuv joylari orqali Xo’jasolor qishlog’iga, undan Karnas- Qoratepa-Aliqadam-Mozori Sharifdan Bal-Axchaga kiritgan.Yuklarni tashishda yashirin yo’llar Aliqadam-Xota vaja o’rtasidagi qishloqlar- Mirzobek qishloqlaridan foydalanilgan.78
Buxoro amirligining Sharqning port davlatlaridan biri – Eron bilan tovar almashinuvi XX asr boshlariga kelib susayadi.Faqat Konstantinopol va Hindiston orqali noqonuniy yo’llar bilan doka, marjon va ingliz manufaktura va sanoati yetishtirgan mahsulotlar import qilingan.Shu bilan birgalikda, Ashxabod va Dushak orqali fors matosi,bodom, quruq mevalar amirlik hududiga kiritilgan.Eronga umumiy bahosi 200 ming so’mlik qorako’l teri eksport qilingan.Bundan ko’rinib turibdiki, amirlikning Eron bilan qonuniy tovar almashinuvi uncha katta bo’lmagan.
Buxoro qo’shni xonliklar bilan ham savdo aloqalarini yo’lga qo’ygan.Qo’qon xonligiga nisbatan Xiva xonligi bilan tovar almashinuvi ancha sust bo’lgan.
Savdo-sotiqning rivojlanishi, tadbirkorlikning jonlanishi va ularning bevosita ta`siri ostida XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Buxoroda ishlab chiqarish munosabatlarida jiddiy o`zgarishlar ro`y berdi. Rus kapitalining vohaga kirib kelishi o`z navbatida kapitalistik munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga katta turtki bergan bo`lsada, biroq bu jarayon milliy burjuaziyaning rus burjuaziyasiga qaramligini kuchaytirdi. Oqibatda xorij bilan savdo aloqalarida tayyor mahsulotlar chiqarishdan xomashyo chiqarishning hissasi oshib ketdi. Xorijdan olib kelinadigan xom ashyo va tayyor mahsulotlari savdosi bu davrga kelib asosan rus burjuaziyasi qo`lida to`planib bordi.79
XIXasroxiri – XXasr boshlarida Buxoro amirligi iqtisodiy hayotini tahlil etish orqali quyidagi yakuniy xulosalarga kelish mumkin.Rossiya imperiyasi bilan Buxoro amirligi o’rtasida tuzilgan shartnomalar amirlik siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotiga goh ijobiy,goh salbiy ahamiyatga ega bo’ldi.Ijobiy tomonlari shuki, bu davrda amirlikka rus sanoati kirib keldi. Har xil firmalar,savdo uylari, transport sug’urta bo’limlari faoliyat ko’rsata boshladi.Banklar endilikda paxta sotib olish va sotish, ishlab chiqarish uchun kreditlar ajratdi.Kolonial tipdagi korxona va zavodlar, ya’ni paxta tozalash, yog’ ishlab chiqaruvchi zavodlar qurildi.Temiryo’llarning qurilishi iqtisodiyotnij onlantirdi.80
Ammo aholi uchun katta salbiy oqibatlar ham yuzaga keldi.Amirlikda rus zavodi fabrikalarining qurilishi, Rossiyadan tayyor mahsulotlarning kirib kelishi natijasida, hunarmandlar ishlabc hiqargan mahsulotlarga nisbatan talab pasaydi.Xususan,yana bir tomondan amirlikdagi soliq turlarining ko’pligi mahalliy ishbilarmonlar hamda oddiy mehnatkash ommaning xo’jaligini izdan chiqardi.Bu omillar ularning jiddiy noroziliklariga sabab bo’ldi.XX asrboshlariga kelib mahalliy aholi noroziliklari kuchayib qonli to’qnashuvlarga olib keldi.Qolaversa, Rossiya amirlikda mahalliy ishlab chiqaruvchi kuchlar vai shlab chiqarish munosabatlarining o’sishiga to’sqinlikni kuchaytirdi.
Buxoro amirligining Yevropa va Sharqning yirik davlatlari bilan savdo aloqalari XX asr boshlariga kelib ancha susaydi.Chunki Rossiya imperiyasi tomonidan 1895-yilda rus bojxona tizimining o’rnatilib bojxonalarning tashkil topishio qibatida Yevropa davlatlari bilan olib boradigans avdo munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Asosiy eksport mahsulotlarini paxta, qorako’l teri, gilamlar, attorlik buyumlari, quritilgan mevalar tashkil qildi. Amirlik hududiga Erondan tropic mevalar, Hindistondan bo’yoq va bo’yoq mahsulotlari, Xitoydan choy, rossiya imperiyasidan tayyor kiyim-kechaklar va oziq-ovqat mahsulotlari kiritildi.81
Buxoro amirligi tashqi siyosati va diplomatiyasining bu sohadagi muvaffaqiyatsizlikka uchrashining sabablari quyidagilardan iborat edi:
Mang’it amirlari tashqi siyosiy va diplomatic masalalarining hal qilishda avvalo qo’shni davlatlar: xiva va Qo’qon xonliklari bilan harbiy-siyosiy va savdo-sotiq munosabatlarini rivojlantirishga va ichki mahalliy nizolarni bartaraf etishga ahamiyat bermaydi.
Amirlikda yirik davlatlardan keladigan elchilik vakillari va savdogarlarning asl maqsadini aniqlash choralari yetarlicha ishlab chiqilmadi;
Amirlikning chet davlatga elchi bo’lib brogan vakillari o’zga davlatning ichki siyosatini va o’z yurtiga bo’lgan haqiqiy munosabatini chuqur anglab yetolmadi;
Bir qator davlatlar bilan amalga oshirilishi mo’ljallangan diplomatic aloqalar natijasiz qolib ketgan. Masalan, amir Olimxonning 1918-yil xalqaro siyosiy tashkilot –Millatlar Ligasiga yuborgan memorandum natijasiz qoldirildi.Chunki bu paytdagi xalqaro siyosiy vaziyat shuni taqozo etar edi.
Xulosa
XXasr boshlarida Buxoro amirligidagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish yuzasidan quyidagi yakuniy xulosalarga kelish mumkin:
Milliy davlatchiligimiz shakllanayotgan bugungi kunda Buxoro amirligi davlatchiligi,markaziy va mahalliy boshqaruvi, tashqi siyosati va diplomatiyasi, sud va sudlov masalalari hamda huquqni qo’llash amaliyoti hamda qonunchiligi tajribasidan quyidagi masalalarda foydalanish mumkin.
Milliy davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirishda;
Ichki va tashqi siyosatda barqarorlikka erishishda;
Davlat va jamiyat, xalqning ijtimoiy-etnik hamda ma’naviy-ruhiy birligiga erishishda;
Aholining siyosiy-huquqiy tafakkurini yanada boyitish maqsadida;
Milliy o’tmishimizning intellektual birligiga tayangan holda yosh avlodni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda.
O’zbek davlatchiligi mavzusini yoritish uchun zarur yozma manbalar ko’lami nihoyatda keng va mazkur katta yo’nalishni har tomonlama, chuqur va uzluksiz tadqiq etish uchun yetarli darajadadir.82
Yuqoridagi qaydlar misolida ko`zga tashlanganidek, Buxoro amirligida eng quyi mahalliy boshqaruv tizimi demokratik tamoyillar asosida tashkil etilgan bo`lib, ijtimoiy adolat, yurt obodonligi va xalq farovonligini ta`minlashga xizmat qilgan.
Manbalarning turli tillarda, turli mamlakatlar, siyosiy manfaati har xil bo’lgan tomonlar vakillari tarafidan yozilgani mavzuga oid masalalarni o’rganib xulosa qilishda ilmiy xolislikni saqlash imkonini beradi.
Davlatchiligimiz tarixidagi salbiy omillardan biri –bu yagona davlatning bir necha mustaqil siyosiy bo’laklarga bo’linib ketishidir.Garchi ushbu tartib asosan, XVIII asrdan boshlab yaqqol tarzda amaliy ko’rinishga ega bo’lgan bo’lsada (biz bu yerda Buxoro amirligi, Xiva, Qo’qon xonliklarining yuzaga kelishini nazarda tutyapmiz),ammo uning ildizlarini, eng avvalo, bizda “davlatni milliy belgisiga qarab tashkil etish an’analari ” shakllanmaganidan, qolaversa, shayboniylar hukmronligi yillaridagi qo’sh hokimiyatchilik holatidan, XVI-XVIII asrlarda kuchayib borgan urug’-aymoqchilik, mahalliychilik kabi illatlardan qidirish kerak, -deb o’ylaymiz.83
O’zbek xalqi tarixidagi siyosiy, iqtisodiy,ilmiy, madaniy rivojlanishda, xalqaro miqyosda katta mavqega erishishda, umuman har sohadagi yutuqlarda davlatning ahamiyati, ta’siri, o’rni beqiyos bo’lib kelgan.
Buxoro amirligida qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik sohalarining rivojlanishiga bir tomondan mavjud feodal tuzum to`sqinlik qilsa, ikkinchi tomondan amirlik Rossiyaga qaram mustamlakaga aylanishi natijasida ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli yanada keskinlashdi. Shu sababdan, amirlikda ishlab chiqarilgan qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari faqatgina ichki bozorlarni ta`minlashga yetardi, xolos. Biroq amirlikdagi hunarmandchilik mahsulotlari o`ziga xosligibilan nafaqat amirlikda balki, jahon miqyosida ham katta o`ringa ega bo`lgan.Buxorolik savdogar tadbirkorlarning xalqaro savdo-sotiq rivojida o`rni va tarixiy roli muhim ahamiyat kasb etgan. Buxorolik qorako`l teri savdosi bilan shug’ullanuvchi savdogarlarning o`tmishda mavqei baland bo`lgan.Buxorolik savdogarlar halol savdo bilan shug’ullanib, savdo qilayotgan xalqlar o`rtasida adolatli savdo munosabatlarini o`rnatganlar va Buxoro mamlakatini rivojlanishiga hissa qo`shganlаr.
XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligi chor Rossiyasining yarim mustamlaka davlati bo`lsada,ichki va tashqi savdo-sotiqda yuksak mavqega ega edi .Uning hududida o`nlab bozorlarda xorijdan keltirilgan hamda mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan xilma-xil tovarlar sotilgan va savdo sotiq aloqalari olib borilgan .
XIX asr o`rtalarida quyi Zarafshon vohasida tovar ishlab chiqarishining jonlanishi, chet mamlakatlar bilan savdo aloqalarining rivojlanishiga hamda shahar va qishloqlarda tadbirkorlik va savdo-sotiq ishlarining kengayishiga yo`l ochib berdi.Savdo-sotiqning rivojlanishi, tadbirkorlikning jonlanishi va ularning bevosita ta`siri ostida XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Buxoroda ishlab chiqarish munosabatlarida jiddiy o`zgarishlarro`y berdi. Rus kapitalining vohaga kirib kelishi o`z navbatida kapitalistik munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga katta turtki bergan bo`lsada, biroq bu jarayon milliy burjuaziyaning rus burjuaziyasiga qaramligini kuchaytirdi. Oqibatda xorij bilan savdo aloqalarida tayyor mahsulotlar chiqarishdan xomashyo chiqarishning hissasi oshib ketdi. Xorijdan olib kelinadigan xomashyo va tayyor mahsulotlari savdosi bu davrga kelib asosan rus burjuaziyasi qo`lida to`planib bordi.
Xulosa shuki, Buxoroda mang’itlar hukmronligining so’nggi davrida Rossiya hukmronligining ta’siri amirlik iqtisodiy va siyosiy hayotida asosiy kuchga ega bo’ldi.Amirlikning ichki va tashqi savdosida o’zining salbiy oqibatlarini ko’rsatdi.
Buxoro o’zining qariyb uch ming yillik tarixi davomida taraqqiyotni turli bosqichlarini boshidan kechirdi.Ko’p asrlar mobaynida turli sulola va davlatlarning poytaxti, madaniyat, ilm va fan markazi sifatida dong taratdi.Ammo XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib Buxoro jahon taraqqiyotidan ancha orqada qolib ketdi.Buning asosiy sababi monarxistik tuzum, diniy fanatizm va keyinchalik Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati natijasi edi84.XX asr boshlarida Buxoro amirligi iqtisodiy va boshqaruv jihatdan jahon taraqqiyotidan orqada qolgan, mamlakatda yirik sanoat korxonalari yo`q va dexqonchilikda ham ishlab chiqarish zamonaviy texnologiyaga asoslanmagan edi.
XX asr boshlarida ham Buxoro amirligi o’z mustaqilligini saqlab kelgan bo’lsada, amalda iqtisodiy va tashqi siyosat masalalarida Rossiya imperiyasiga to’la qaram edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |