I.II. Davlat boshqaruv tizimidagi mansablar
Mang’itlar hukmronligi davrida ham Buxoroning davlat tizimida jiddiy o’zgarishlar amalga oshirilamadi.Davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo’lgan Amir tomonidan boshqarilar edi. Buxoro amiri hokimiyati cheklanmagan bo’lib, u bir vaqtning o’zida diniy va dunyoviy hokimiyat boshlig’i edi. Shu bilan birga, amir-davlatning eng oliy bosh qo’mondoni, amirlik yerlarining oliy egasi hisoblangan. Davlat hayotiga tegishli siyosiy,iqtisodiy, diniy va boshqa masalalarda Buxorodagi bosh qarorgoh-Arkda hal etilardi.28 Arkda amir va uning oilasidan tashqari qushbegi, shig’ovul, to’pchiboshi, mirzaboshi, va boshqa ba’zi saroy amaldorlari, ularning oilalari, xizmatkorlari yashaganlar. Vaqti-vaqti bilan 5 tadan 20 tagacha eng yuqori amaldorlar a’zo bo’lgan Davlat Kengashida o’ta muhim masalalar ko’rib chiqilgan. Mang’itlar davrida ham davlat boshqaruvi asosan ikkiga bo’lingan, ya’ni markaziy va mahalliy boshqaruvdan iborat bo’lib, ularning har biri musulmon davlatlariga xos bo’lgan murakkab boshqaruv tarmoqlariga ega edi.Amirlikni boshqarish davlat davlat apparati Markaziy ijroiya hokimiyat saroy a’yonlaridan tashkil topgan edi.
Buxoro amirligi tarixida so’nggi hukmdor hisoblanmish Amir Sayyid Olimxon 1927 yil sentyabrda o’zining mutlaq vakili bo’lmish general hoji Yusufbiy Muqimbiy orqali Millatlar ittifoqiga taqdim qilgani yuborgan «Buxoro xalqining hasrati tarixi»da Buxoro amirligining siyosiy va idoraviy tashkilotlari hamda davlat boshqaruvi ustida to’xtalib, qo’yidagilarni yozadi:
«Buxoroning islom ulamolari amirni payg’ambar xalifasi–o’rinbosari, usul va shariat himoyachisi deb bilardi.
Amirning tirikchiligi butunlay shariatga mos bo’lardi, uni buzishi mumkin emas edi.
Buxoro xonlari butunlay mang’itlarning o’zbek toifasidan bo’lgan.
Buxoro podshohlarining mo’g’il odatlariga ko’ra, to’shakcha ustiga tabarrukona o’tqizilib, sayyidlar, xo’jalar va mullolar uni yerdan ko’tarardilar».29 Davlat boshqaruv ishlari bilan qushbegi (bosh vazir) shug’ullangan U soliq tushumlari, barcha tumanlarni boshqarish va siyosiy agent bilan muzokaralar olib borish vazifasini ham bajargan. Bundan tashqari Qushbegi poyon lavozimi ham bo’lib (devonbegi) u amir xazinasiga tushadigan tushumlarni nazorat etgan.30Buxoro amirligida eng oliy mansab qozilar bo`lib, ulardan birinchisi oliy darajadagi shayxulislom unvoni, ikkinchisi qozi ul-quzot, uchinchisi qozi askar va to`rtinchisi viloyat qozisi bo`lgan. SHu martabalardan keyingi ikkinchi pag’onasida muftiylar turgan. Uning yuqori darajasi a`lam unvoni bo`lib, sohibi yurish vа lashkar tortishlar vaqtida fatvo berardi. Muhtasib uchinchi darajada turib, bu lavozim egasi sayyidlar avlodidan bo`lishi lozim edi. Viloyatlarda esa sayyid bo`lmagan olimni ham muhtasiblikka tayinlardilar . To`rtinchi mudarris bir umrga berilib ta`lim bilan mashg’ul bo`lmasa ham xazinadan maosh olardi. Keyingi martabada Jo`ybor xo`jalari, naqib, o`roq’i kalon (kattaroq) naqshbandiya tariqatining xalifasi turardilar. Jo`ybor xo`jasi sayyidlarga berilib, Jo`ybor hukumati uning qo`lida edi.31
Amirlikdagi III darajali unvonlar olimlar, sayyidlar o`zbek va mahalliy zodogonlar loyiq deb topilgan amaldorlarga berilardi. Ularning birinchisi mir asad-ulamolar yoki sayyidlardan bo`lib, Buxoro rabotining ichki muhtasibligi bir farsahgacha (bir farsah 6-8 km.) uning zimmasida edi. Ikkinchi fayzi-mansabi olim yoki sayyid bo`lgan kishiga berilib, Buxoro rabotining tashqi muhtasibligi bir farsah masofagacha uning tasarrufida edi. Uchinchisi sadr (ar.) bo`lib, Buxoro rabotining bir farsahlik hududining ichkarisidagi vaqflar hisob-kitobi uning qo`lida edi. To`rtinchi unvon sudur bo`lib, u rabotning tashqarisidagi vaqflarning hisob-kitobi vazifasini bajargan. Bu amaldorlarning shaxsiy muhrlari va mahkamalari bo`lgan.
Bu davrda ham asosiy sudlovchi idora qozilik mahkamalari hisoblanib, qozikalon butun mamlakatning bosh qozisi (sudyasi ) edi.Buxoro musulmon dunyosida alohida o’rin tutgani sababli, shariat qonunlarini himoya qiluvchi Qozikalon lavozimi ham asosiy o’rinda turgan.U islom peshvolarining va islom qonunchiligining boshlig’i bo’lib eng og’ir jinoyatlar va va muhim fuqorolik ishlari bilan shug’ullangan.Sud ishlari ular qo’lida bo’lib, fuqarolik va jinoiy ishlarning barchasini qozilar ko’rib chiqqan.
Sud ishlarida oddiylik hukm surardi. Qoziga og’zaki va yozma ariza tushgandan so’ng, aybdorlar qozi huzuriga chaqirilgan. Ikki kishining guvohligi aybdorni aniqlashda yetarli edi. Guvohlikka faqat namoz o’qiydigan, shariat qonun-qoidalariga rioya qiladigan, halol kishilargina o’tishi mumkin bo’lgan.Aybdorlarga aybiga qarab jarima solish,tan jazosi berish, zindonga tashlash, sazoyi qilishdan tortib o’lim jazosi berishgacha bo’lgan jazo choralari qo’llanilgan32. Qozi hukmidan norozi bo’lganlar qozi kalon yoki amirga ariza berishga haqli edi. Qozi chiqargan hukmni qozikalon, uning hukmini esa faqat amir bekor qilishi mumkin bo’lgan. Odatda har bir aybdordan yoki uning oila a’zolaridan belgilangan jazodan tashqari kattagina jarima ham undirib olinar edi.
Qozikalon qoshida Muftiylar devoni faoliyat ko’rsatgan.Ularning soni 12 kishidan iborat bo’lgan.
Rais lavozimi ham eng katta lavozimlardan biri bo’lib asosan saidlardan va Payg’ambar avlodlaridan bo’lgan shaxslar bu lavozimga saylangan.Uning asosiy vazifasi tosh tarozi va uzunlik o’lchovlari qonun qoidalarini buzganlarni jazolashdan iborat bo’lgan.33
Mirshab (tungi qorovul boshlig’i) lavozimi ham muhim hisoblanib uning ixtiyorida zindon va shahar qorovullari bo’ysungan.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan lavozimlar aholi o’rtasida “CHor hokimiyat” ya’ni to’rt hokimlik deb yuritilgan.34
Davlatda yana to’rt turdagi lavozim mavjud bo’lib, maxsus tayinlov asosida faoliyat yuritmasdan, balki ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ushbu mansablarga har qanday shaxs tayinlanishi mumkin bo’lgan. Aniqrog’i, amirga ma’qul bo’lgan olimlar, saidlar, xojalar, o’zbeklar va boshqalardan bariga topshirilgan mir asad, fayzi, sadr va sudur deb nomlangan lavozimlar.Agar fayzi olim yoki said bo’lsa, unga muqaddas Buxoro shahrining tashqi qismi muhtasibligi topshirilgan.
Agar mir asad olim yoki said bo’lsa, unga saidlar o’rtasida rabot(kichik shaharcha)da bir farsang oralig’ida muhtasiblik vakolatini amalga oshirish yuklatilgan. Sadr- Buxoro shahri rabot ichidagi bir farsang masofada joylashgan vaqflar hisob-kitobini yuritgan bo’lsa, sudur-rabot tashqarisidagi vaqflarni boshqarish masalasi bilan mashg’ul bo’lgan. Mazkur lavozimlarning hammasini tayinlash va bo’shatish masalalarini amir Rossiya siyosiy agentligi bilan kelishib hal qilgan.35
Har bir beklik va tumanlarda amir tomonidan tayinlangan qozi turgan va bevosita Qozikalonga bo’ysungan.Buxoro amirligidagi boshqaruv tizimi ko’p qatlamli buyrokratlardan iborat bo’lgan.36 Amirlik markaziy boshqaruvida davlat boshlig’ining tashkiliy-ijrochilik ishlarini olib boruvchi bo`limi mavjud bo`lib, unda quyidagi to`rt asosiy mansabdor shaxs o`ziga belgilangan vakolatni amalga oshirgan.
Jumladan, devonbegi – tanxo masalalarini qayd etuvchi daftarni yuritish mudiri; mushrif – hukmdor tomonidan taqdim etilgan ashyolar, kiyim-kechaklar, qalqonlar, sovutlar va boshqa sovg’alarni yozib qoldirish ishlari bilan shug’ullangan; daftardor – tanho yoki suyurg’oldan foydalanish bo`yicha tasdiqlangan yoxud rad etilgan shaxslarning ma`lumotini yuritgan; tanobchi devon – bahor va kuz oylarida xiroj yerlaridan tushadigan tushumlarni yurituvchi lavozimda xizmat qilgan.
Davlat boshlig’i mahkamasining ikki asosiy maxsus xodimi bo`lib, ular amirning kundalik ish yurgizish masalalari bilan bevosita mashg’ul bo`lgan.37 Parvonachi – amir farmonlari va boshqa qarorlarini beklarga hamda boshqa mansabdor shaxslarga etkazish masalalari bilan shug’ullangan. Dodhoh – davlat boshlig’iga turli masalalar bo`yicha kelib tushadigan ariza va shikoyatlarni qabul qilib, unga yetkazish hamda berilgan javoblarni o`z egalariga qaytarish vazifasi yuklatilgan.
Markaziy boshqaruvida boshqa bir qator mansablar ham mavjud bo`lib, ular asosiy vazifa bilan birga qo`shimcha vakolatlarga ham ega bo`lgan. Masalan, to`qsabo – amir majlisi dasturxonini nazorat qilish bilan birga, Xarkanrud tumanining hokimligi va mirobligi ham uning qo`lida edi.
SHu bilan birga, to`qsabo harbiy harakatlar chog’ida amir bayrog’ini ko`tarib yurgan. Eshikog’aboshi esa, davlat boshlig’i o`z saroyida bo`lgan vaqtda uni qo`riqlash bilan bir qatorda SHofirkon tumanini boshqarish va bu hududlarda suv taqsimotini nazorat qilgan.38
Miroxur – amir otxonasida ishni tashkil etish bilan birga Komi Abu Muslim tumani mirobligi va obodonlashtirish masalasi bilan shug’ullanar edi.
Yana uchta mansab mavjud bo`lib, ushbu mansablar harbiy-ma`muriy xarakterga ega edi. Ulardan birinchisi, qo`rchiboshi deb atalib, amir miltig’i va boshqa quroli sozligi uchun javobgar bo`lgan. Udaychi esa, harbiy harakatlar jarayonida naqibning ko`rsatmasiga binoan navkarlar va qo`shinning taqsimlanishi va joylashuvini kuzatish vazifasini bajargan. Qorovulbegi – soqchilar va qorovullar boshlig’i sanalib, davlatning asosiy ichki va tashqi xavf-sizligi masalalarini nazorat qilib turgan.
Amirlikda shig’ovul, miroxo`rboshi, mirshab kabi amallar bo`lib, ular ham o`ziga xos ravishda tegishli vazifalarni ado etganlar. Masalan, shig’ovul – davlat vakillari va elchilarni qabul qilib, ularning faoliyatini nazorat qilish bilan shug’ullangan.39
Miroxurboshi – hukmdorga tegishli bo`lgaн otlarga yem-xashak etkazish masalasini tashkil qilib, nazorat ostiga olgan. Mirshab esa, shaharni qo`riqlash vazifani bajargan.
SHuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, markaziy boshqaruvda o`sha davrda o`zga davlatlarda amalda mavjud bo`lmagan tartib, ya`ni harbiy yig’inlar paytida mahalliy boshqaruv vakillari markaziy boshqaruvda bevosita ishtirok etganlar. CHunonchi, chandavul, qorovul, yo`lchi va josus kabi.40
Davlat mahkamasida boshqa bir qator xizmatchi xodimlar bo`lib, ular faqatgina tegishli xizmat vazifalarini bajarganlar. Ular qatoriga jibachi, sadaqko`rchi, qilichko`rchi, mo`zabardor, oftobachi, ro`ypokbardor, qurutbardor, tarkashbardor, gulobi, mufarrix, dastorband, jig’oband, tamakisoz, otashbardor, to`g’bichi, shukurchi, nayzabardor, jilovchi kabilar. Masalan, jibachi harbiylar uchun maxsus kiyim tiksa, mo`zabardor amirning oyoq kiyimlarini saqlagan.
Markaziy boshqaruvda har bir sohani, aniqrog’i, savdo-sotiq, hunarmandchilik, ishlab chiqarish kabi masalalarni boshqarib turuvchi vakillar tayinlangan. Masalan,sharbatdor amirlikda turli ichimliklarni tayyorlash va yetkazishni tashkil etganbo`lsa, zargarboshi zargarlar faoliyatini nazorat qilib turgan. Me`morboshi esa, shaharning bosh me`mori hisoblanib, shaharni bezash va qurilish ishlariga umumiy rahbarlikni amalga oshirgan. “Amir oshxonasining bosh oshpazi farroshboshi deб atalgan”.41
O`z o`rnida ta`kidlash lozimki, amirlikda fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashga doir bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, fuqarolarni yo`llarda o`g’ri, talonchi, bosqinchi va turli isyonchilar hujumidan himoya etish maqsadida bir qator mansablar joriy etilgan edi. Ular qatorida zindonband, jilband, jallod va bandiband kabi amaldorlarni sanab o`tish mumkin.
Buxoroamirliginingboshqo’mondoniTopchiboshiyulashkardebyuritilganvaubutunamirlikarmiyasigarahbarlikqilgan.42Armiyadagiunvonlarhamquyidagichabo’lgan.Dodhoh(generalmayor), To’qsabo (palkovnik), Miroxur(podpolkovnik), qorovulbegi (kapitan), vajivachi (leytenant) kabi unvonlar bo’lgan.Buxoro armiyasiga rahbarlik qiladigans haxslarga alohida ajratilgan yerlardan tashqari maosh ham berilgan.43
Chor rossiyasi amirlikni siyosiy jihatdan ham kuchli nazorat ostida saqladi.Bu sohada Rossiyaning Buxorodagi siyosiy agentligining faoliyati yaqqol misol bo’la oladi.Rossiya siyosiy agentligi amirning “yaqin maslahatchisi” hisoblanib faqat Rossiya-Buxoro munosabatlari masalalarida emas balkim ichki siyosat va hatto lavozim va vazifalarga tayinlashda ham asosiy rol o’ynagan.
Sadriddin Ayniyning yozishicha siyosiy agentlik nafaqat Qushbegi yoki Qozikalonni balki katta bekliklarning begi va qozikalonlarini ham tayinlashda taklif va roziliklar bergan.44
Buxoro amirligida garchand demokratik harakatlarga dahldor bo’lmasada 1910-yil yanvaridagi shia va sunniylarning qonli to’qnashuvi amirlik tuzumining eskirib mamlakatni boshqarish tizimi susayganligidan dalolat beradi. Qadim Buxoroda islom dinining ikki mashabiga e’tiqod qiladigan eroniy shialar va mahalliy sunnuylar yashab kelgan
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shia va sunniylar o’rtasida davlat boshqaruvining yuqori lavozimlari uchun kurash boshlanib ketdi.1877-yilning martida Amir Muzaffarxonning shia mazhabidagi eroniylarni davlatning yuqori lavozimlariga rahbar sifatida ko’rsatgani sababli 2 marotaba sunniy ruhoniylari qonli to’qnashuv uyushtirdilar.
1905-yildan boshlab amirlik markaziy boshqaruvidagi barcha lavozimlarni eroniy shialar egallab oldi.Lavozimlarga tayinlash esa ko’pchilik hollarda Rossiya siyosiy agentligining taklifiga binoan amalga oshirilgan.Bu uzoqni o’ylab, ikki xalq va mazhabkishilariningnizolaridanfoydalanibBuxorogato’lahukmronbo’lishniyatidaqilinganishlardir.45
Buxoroda markazlashgan mang’itlar sulolasiga asos solinishi bilan uning o`ziga xos davlat boshqaruvi tizimi ham yaratilgan. Amirlikdagi markaziy va mahalliy boshqaruvda amaldorlarning ishtiroki, faoliyatining huquqiy asoslari hamda markaziy va mahalliy boshqaruvning o`zaro munosabatlari haqida muhim tarixiy manbalarning mavjudligiga qaramasdan, ilmiy jamoatchilik tomonidanyetarlicha o`rganilmagan. 46
Buxoroda mang’itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi, amirlikning markaziy va mahalliy boshqaruvi bilan bog’liq tarixiy-ilmiy manbalarni tahlil qilish natijalari quyidagi xulosalarni ilgari surish imkonini beradi:
Birinchidan, amirlik davlat tuzumi sharqiy monarxiya boshqaruviga asoslanagan; ikkinchidan, markaziy va mahalliy boshqaruv idoralari o`rtasida muayyan tizim amal qilib, vakolat va vazifalar doirasi aniq belgilangan bo`lgan; uchinchidan, amirlik turli hududlarida mahalliy boshqaruv o`zini-o`zi boshqarish tartibida amalga oshirilgan; to`rtinchidan, boshqaruvda asosiy yo`nalishlar bo`yicha mansabdor shaxslarning o`zgalar faoliyatiga aralashishiga yo`l qo`yilmagan hamda millatidan qat`iy nazar barcha fuqarolar davlat boshqaruvida ishtirok eta olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |