O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET
TARIX KAFEDRASI
Fakultet dekani: Ochilov O’.S
Kafedra mudiri: Rahmonov K.J
Bitiruv Malakaviy ish
Mavzu: “XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlar”
5120300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha) bakalavr darajasini olish uchun
Tarix ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi: Sattorova Dildora Shavkatovna
Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi Qudratov Sh.Y
Buxoro-2016
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………3-7
I BOB. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGINING BOSHQARUV
TIZIMI………………..……………………….…………….….……8-26
I.I. Buxoro amirligining ma’muriy tuzilishi....……………………………..8-17
I.II. Davlat boshqaruv tizimidagi mansablar….…………………………..17-26
II.BOB. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI
IQTISODIY AHVOL………………………………………………27-49
II.I. Amirlik iqtisodiyotiga kapitalistik munosabatlarning
kirib kelishi………..…………………………………………………….27-38
II.II. Amirlikning tashqi savdo aloqalari………………………………….38-49
XULOSA…………………………………………………………………….50-53
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………......................54-56
ILOVA.
KIRISH
Kechagi tarix biz uchun hayot maktabi, bamisoli tiniq bir ko’zgu.Unga qarab saboq olamiz, xulosa chiqaramiz , kelajak yo’lini belgilaymiz.O’zbek xalqining o’zligini anglashda tarix fanining alohida o’rni bor. Zero, O’zbekiston tarixi milliy o’zlikni anglash qurolidir.Vatan tarixini ajdodlar va avlodlar tarixini ongli suratda bilgan va to’g’ri tushungan xalqni qaytadan mustamlaka iskanjasi va asoratiga solib bo’lmaydi.1
Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida bo’lgani kabi, O’zbekiston tarixi fani oldida ham yangi istiqbolli ufqlar ochildi. Ajdodlarimizning boy, serqirra va qadimiy tarixini hech qanday bo’yoqlarsiz ,qanday bo’lsa shunday yaratish vao’rganish imkoniyatigaegabo’ldik. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimovning“ O’zbek millati azaldan o’z fikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan .Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, maslagidan , so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham farz, ham qarzdir”2,- degan fikrlarida ham aynan shu masalani nazarda tutadilar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyo hududini egallagan rus bosqinchilari avvalgilaridan farqli o’laroq, xalqning ma’naviyatini, madaniyatini yo’qotish orqali bo’ysundirishni o’z oldilariga maqsad qilib oldilar.Xalq ma’naviyatini tiklashga uni xolis baholashga harakat qilgan o’zbek ma’rifatparvarlari a’qib ostiga olindi, “xalq dushmani” deya ataldi.Yurtboshimiz “O’tmishdan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan ” nomli ma’ruzalarida;
“Biz o’z tariximizni yo’qqa chiqara olmaymiz.Bu tariximizda ham qahramonona, ham fojiali sahifalar ko’p bo’ldi.Axir, keksa avlodning , ota- bobolarimizning kurashi va mehnatini inkor etib bo’ladimi?Ular yarim feodal holidagi qoloq mamlakatni ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan taraqqiy etgan zamonaviy darajaga ko’tardilar.Bu aniq-ravshan dalilni hech kim rad qila olmaydi” 3,-deb bejizga aytmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |