Tarix haqiqatini avlodlar ongiga singdirishning eng taʼsirchan usuli uni badiiy asarlar tiliga koʻchirmoqdir



Download 15,44 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi15,44 Kb.
#779646
Bog'liq
Z.M Bobur 2


Tarix haqiqatini avlodlar ongiga singdirishning eng taʼsirchan usuli uni badiiy asarlar tiliga koʻchirmoqdir. Zero, chinakam badiiyat namunasi oʻtmish voqeligini oʻquvchining nainki ongiga olib kiradi, balki bir vaqtning oʻzida qalbining tub-tubiga joylaydi. Dunyoda bizning xalqimiz darajasida muazzam tarixga, jahon tamadduniga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk mutafakkirlarga boy millatlar koʻp emas. Binobarin, shonli tariximizni, benazir ajdodlarimizning ibratga loyiq hayot yoʻlini badiiy asarlar orqali avlodlar maʼnaviy mulkiga aylantirish yozuvchi va shoirlarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Taniqli adib Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asari ana shu maqsadga xizmat qilishi jihatidan muhim ahamiyatga ega.
Zahiriddin Bobur siymosiga bolalikdan mehr qoʻygan, “Tole yoʻqki…” ruboiysini maktabda oʻqib yurgan kezlaridayoq qalbiyu shuuriga joylagan, mashhur “Boburnoma”ni qayta-qayta mutolaa etishni odatga aylantirib, bundan koʻngli cheksiz lazzat tuygan adib mazkur asarigacha ham badiiy nasrda bu ulugʻ shaxs hayotini yoritish yuzasidan boy ijodiy tajriba toʻplagani maʼlum. “Oy botgan pallada”, “Panoh” hikoyalari, “Tavba”, “Boburning tushlari” badialari va nihoyat, “Saodat sohili” qissasi “Boburiynoma” maʼrifiy romani yaratilishida adabiy-estetik zamin vazifasini oʻtagan.
Hikoya kompozitsiyasi oʻziga xos. Hikoyada moziy va zamonamiz voqealari almashinib keladi. Hikoya voqealarining bu tarzdagi ichki qurilishi oʻquvchining eʼtiborini bir maromda ushlab turadi. Natijada kitobxon mutolaa jarayonida toliqmaydi, aksincha, qiziqishi tobora ortib boradi. Eng faol obrazlardan biri – muallif obrazi. Muhimi, har bir obraz, har bir badiiy detal yagona maqsadga – Boburning shaxs, shoir, shoh va mutafakkir sifatidagi siymosini inkishof etishga xizmat qiladi. Bu uslub hikoya voqealarini, garchi turli zamon va makonlarda kechgan boʻlsa-da, yaxlit bir tizimga birlashtirib turadi.
Hikoyada “Boburnomaga” mos ifoda uslubi tanlangan. Voqealar sanalarining aniq qoʻyilishi, adib kundaliklaridagi qaydlar bilan “Boburnoma” uslubida oʻzaro mutanosiblik kuzatilishi, bugungi zamon kishilari obraziga berilgan tavsifning ular xarakterini yaqqol ochishi, tabiat va jamiyat hodisalari oʻrtasidagi tasvirning muvofiqligi, ifodaning sanʼatkorona ekani buning isbotidir. 
Odil Yoqubov “Ulug`bek xazinasi” romanida buyuk tarixiy shaxslarga daxldor bo`lgan davr haqiqatini nozik ilg`ay olgani uchun ham umriboqiy asar yarata oldi. Chunki, Ulug`bek o`zidan oldin o`tgan podsholardan tubdan farq qilib, toju-taxt oltinu-kumushlarni emas, balki nodir kutubxona, rasadxona va yozgan ilmiy asarlarini haqiqiy xazina deb tushungan. Romanda Ulug`bek davrining ana shu otashin tarixiy haqiqati o`z badiiy ifodasini topgani uchun ham adolatli va ma`rifatparvar shoh adabiy tipi yaratilgan.
Anglashiladiki, yozuvchi Ulug`bek davri va uning shaxsiga aloqador bo`lgan tarixiy ma`lumotlarni obrazli o`zlashtirgan. Natijada o`ziga xos badiiy manzaralarni shu qadar ishonarli qilib chizib berganki, obrazli o`zlashtirilgan hayotiy fakt va hodislarni kitobxon o`sha davr haqiqati tarzida juda katta mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Yozuvchi Ali Qushchini o`z davri olimlarining adabiy tipi yuksakligida yaratishga intilib, uning turmush tarzi va ilmiy faoliyati tasvirida, Ulug`bek davri ilmiy muhitining, ijtimoiy shart-sharoitlarining qirq yil davomida ustod bilan birgalikda ishlashning nurli izlari qolganini uning xotiralarini qayta jonlantirish jarayonida mohirlik bilan ochib beradi. Bu vosita shogird xotirasida ustodlar buyukligi, ularning ilm-fan ravnaqi yo`lidagi rahnamoliklari hamda ilmlar xazinasining egasi bo`lib yetishgan shogirdlar sadoqatining haqqoniy mezonidir.
Download 15,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish