1.2 - “Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me'yoriy hujjatlari” modulidan testlar
1.O’zbekiston Respublikasida hozirda nechta kodeks amalda?
*a) 17 ta
b) 16 ta
c) 15 ta
d) 14 ta
2. Me'yoriy-huquqiy hujjatga to’g’ri berilgan ta'rif qaysi?
*a) me'yoriy hujjatlar to’g’risidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi.
b) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
c) davlat tomonidan o’rnatilgan tartib va qoidalar
d) davlat hokimiyatining belgilangan tartiblarini va qoidalarini belgilovchi huquqiy normalar
3.O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qanday me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi?
*a) farmonlar, qarorlar va farmoyishlar
b) buyruqlar hamda qarorlar
c) qarorlari va farmoyishlari, buyruqlar
d)qonun va qaror
4.Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan me'yoriy - huquqiy hujjatlar tarzida qanday me'yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinishi mumkin?
*a) qo’shma qarorlar
b) buyruq
c) nizom
d) farmoyish
Do'stlaringiz bilan baham: |