Tarix fani boyicha umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talim muassasalari bitiruvchilariga qoyiladigan malaka talablari
1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi
A1
tarixda yil hisobini biladi; tarixga oid muhim fakt, voqea va jarayonlar haqida malumot bera oladi;
oz fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana oladi.
A1+
tarixiy jarayonlarni korgazmali tushuntira oladi.
A2
tarixda davr va yil hisobini biladi;
tarixiy-geografik makon haqida malumot bera oladi;
Ozbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan XX asr boshlariga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida malumot bera oladi;
ozbek xalqining shakllanish bosqichlarini tushuntirib bera oladi;
organilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;
davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;
ozbek xalqining madaniyati, manaviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga tasiri haqida malumot bera oladi;
mamlakatimizdagi tarixiy-memoriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qoshgan tarixiy shaxslar haqida malumot bera oladi.
B1
tarixiy-geografik makon haqida malumot bera oladi;
Ozbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bolgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida malumot bera oladi;
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida malumot bera oladi;
Ozbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida malumot bera oladi;
organilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;
davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;
mustaqillik yillarida ozbek xalqining madaniyati, manaviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qoshgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida malumot bera oladi;
jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi haqida malumotlarni tushuntira oladi.
tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;
B1+
Ozbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida malumot bera oladi;
tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma malumot bera oldi;
voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi;
davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan orni haqida yozma malumot bera oladi;
tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan boglay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |