Tarix fanidan savolliklar uchun ma’lumotlar



Download 46,84 Kb.
bet3/3
Sana06.02.2022
Hajmi46,84 Kb.
#432218
1   2   3
Bog'liq
2 5470051939955774467

3
GKChP (“Gosudarstvenniy komitet po chrezvichaynomu polojeniyu”, o‘zbekchasi – FVDQ yoki “Favqulodda vaziyat bo‘yicha davlat qo‘mitasi”) – bundan roppa-rosa 28 yil avval, bor-yo‘g‘i uch kun davlat to‘ntarishi ortidan SSSRda hukmron bo‘lgan qo‘mita nomi. Qisqa muddat yashagan bu tuzilma SSSR hamda uning tarkibiga kiruvchi davlatlar, umuman dunyo tarixida muhim rol o‘ynadi. Bu haqda “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh hikoya qiladi.
1991-yil 19-avgust. Sovet Ittifoqining barcha burchaklarida televideniye va radio orqali xabar berildi: “Prezident Mixail Gorbachyov sog‘lig‘i yomonlashgani uchun mamlakatni ortiq boshqara olmaydi. U boshlagan islohotlarning aksariyati boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Shu sababli mamlakat boshqaruvini sakkiz kishidan iborat Favqulodda vaziyat davlat qo‘mitasi o‘z qo‘liga oladi. Olti oy davomida mamlakatga yangi rahbar saylanadi”. Bu xabarni eshitgan odamlar biroz xavotirga tushdi. “Gorbachyovga nima bo‘lgan ekan-a?!” degan o‘y ko‘pchilikning xayolidan o‘tdi. Mamlakat ahli hali Stalin vafot etganda “sog‘lig‘i yomonlashdi” deb ma’lumot tarqatib o‘zaro taxt talashishganini, Xrushchyov Brejnev tomonidan “sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi” degan bahona bilan taxtdan ketkazilganini unutgani yo‘q edi. Qolaversa, bunday “ssenariy” ittifoqdosh respublikalarning har birida necha martalab qo‘llangandi. Odamlarning xavotirlari bejiz emasligi uch kun ichida oydinlashdi. Favqulodda vaziyat davlat qo‘mitasiga ham mamlakatni olti oy boshqarish nasib etmadi. Hammasi uch kunda tugadi.
4
50-80 yillarning birinchi yarmi vatanimiz tarixidagi eng murakkab davrlardan biridir.Bir tomondan mehnatkashlarning fidokorona mehnati tufayli respublika iqtisodiyoti rivojlandi.Ikkinchi tomondan, ijtimoiy-50-80 yillarning birinchi yarmi vatanimiz tarixidagi eng murakkab davrlardan biridir.Bir tomondan mehnatkashlarning fidokorona mehnati tufayli respublika iqtisodiyoti rivojlandi.Ikkinchi tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotda muammolar, noxush holatlar to’planib borib pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanish batamom to’xtab qolmagan bo’lsada, siljish suratlari tobora pasayib sekinlashib bordi.Biroq 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurish demokratik jamiyatni yarayish uchun urinishlar bo’ldi.Bu urinishlar natijasida jamiyatda biroz bo’lsada boshqaruv respublika ixtiyoriga berildi. Demokratlashgan jamiyat vujudga kela boshladi, korxona va tashkilotlarda xo’jalik mustaqilligi kengaytirildi, boshqaruv apparati qisqardi va shu kabi bir qator o’zgarishlar jamiyatning barcha qatlamlariga yetib bormadi va konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi.Jamiyatning siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablarva ildizi fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi.

Ijtimoiy munosabatlar mehnatni rag’batlantirish tizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi. Malakali mehnatga haq to’lamasdan kamsitildi. Barcha ishchilar misol uchun vrach va sanitar bir xil maosh olardi. Natejada aholining mehnatga bo’lgan qiziqishi pasayib bordi bu esa unumning pasayishiga olib keldi, mazkur holat yillar davomida o’sib bordi mahsulot tanqisligini keltirib chiqardi.Bu holatni biz nafaqat ishchilar haqqi masalasida balki jamiyatning har bir ko’rinishida ko’rishimiz mumkin. Jumladan sog’liqni saqlash va xalq maorifi sohalarida ham ko’rib o’tishimiz mumkin. Davlat budjetidagi mablag’ bu o’z navbatida ushbu sohalardagi moddiy texnik bazasining eskirishiga,ta’lim jarayonini va aholining tibbiy yordam olishining yomonlashuviga olib keldi.Yurtimizda yosh avlod ta’lim olishi uchun o’quv qurollari u yoqda tursin hatto o’quv muassasalari ham yomon ahvolda edi.Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atiga 40 foizi maktab uchun mo’ljallab qurilgan binolar qolganlari esa moslashtirilgan binolarda o’qirdi.Ko’plari avariya holatida edi. O’quvchilarning ko’pchiligi ikkinchi yoki uchinchi smenada o’qir edi. O’quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo’jaligi ishlari bilan bandligi o’quv ishlarini ishdan chiqarar edi.Kadrlar tayyorlashda ham faqat son izidan quvilib sifat esdan chiqdi. Milliy tahqirlash va kamsitish ayniqsa, kadrlar siyosatida yaqqol ko’zga tashlanardi. O’zbekistondagi respublika, viloyat, shahar va tuman partiya va sovet tashkilotlarining rahbar hodimlari, bo’lim boshliqlari Moskva “nomenktatura”sida bo’lib, KPSS Markaziy Komiteti tomonidan tayinlanar edi.

5
Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishiIttifoq shartnomasini yangilash talabi
Sobiq SSSRga kiruvchi respublikalar rasman teng va suvcren deb yuritilsa-da, amalda qaram edi. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rmon-lari va yer osti boyliklariga, ko'pdan-ko'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80— yiHarning oxirlari 90— yillarning boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.

O’zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenimida so’zlangan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishi ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq- ravshan btlgilab qo’yish, respublikalat mustaqilligini har jihatran mustahkamlash ratafdorimiz”,-degan edi.

Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik bensh haqidagi talab-takliflarni e'tiborga olmadi, to'g'rirog'i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoat-

chiligining ta'siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990— yil bahorida Boltiqbo'yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar.

Markazda vajoylarda: «SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi?»- degan masalada bahs-munozaralar kuchaydi. Markazdagilar: «Kuchli markaz-kuchli respublikalar»,- desa; joylardagilar: «Kuchli respublikalar-kuchli markaz»,- der edilar.

Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e'tirof etishga majbur bo'ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug'ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990— yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990— yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.

Dasturda respublikalar o'z hududlaridagi butun milliy boylik-larga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta'kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O'zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi.

1991— yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. Unda Boltiqbo'yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo'lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo'yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda e'lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O'zbekiston rahbariyati respublikalarga to'la mustaqillik berishni ko'zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1991—yil 12-martdabo'lganIVplenumidaso'zlagannutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo'ldan boy berib qo'yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko'targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922— yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-degan edi. Bu fikrning to'g'riligini hayot to'la isbotladi.


Qo'shimcha bulletenga «Siz O'zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?»- degan savol qo'yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, o'zbekistonliklar o'z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo'lishini, O'zbekistonning suveren respublika sifatida rivoj-lanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
6
Markazning O'zbekistonda amalga oshirgan qatag'on siyosati. "Paxta ishi" "O'zbek ishi" nomli kompaniyalar

"Paxta ishi" Moskva uchun o`zbek siyosiy kadrlarini tubdan o`zgartirish ishlarini amalga oshirish uchun dastak bo`ldi. Paxta ishi korrupsiyaga qarshi kurashishdan ko`ra o`zbek milliy va partiyaviy rahbarlarini obrusizlantirish orqali o`zbek xalqi milliy ro`hini zaiflashtirish edi. "Paxta ishi" asta-sekin kengayib borib,O`zbekistonda 2600 kishi qamaldi. "Paxta ishi" deb nomlangan qatag'onga milliy va diniy tus berilib, u "o'zbeklar ishi"ga aylantirildi va ziyolilar ham ta'qib ostiga olindi. O'zbekiston KP MQ ning 1984 yildagi XVI plenumi Markazning "sog'lomlashtirish" borasidagi tadbirlarini quvvatlagan holda, Respublikada yuzaga kelgan salbiy vaziyatda partiya ko'rsatmalariga to'la amal qilmagani uchun ziyolilarni ham aybladi. Ulardan Sovet turmush tarzini ulug'lovchi asarlar talab etilib, ijodiy uyushmalar faoliyati qattiq mafkuraviy nazoratga olindi.


7
Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli-sharkdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimol qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan. Oʻtgan 40 yildan koʻproq vaqt davomida Orol dengizining maydoni deyarli 4-marta, suv sathi 1,8-marta, undagi suv hajmi 9-martaga yaqin kamaydi. Oʻtgan 40 yil mobaynida qirgʻoq chizigʻi 80–100 km pasaygan. Buning oqibatida 4,5 mln gektardan oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi. Hozirgi kunda Orol dengizi uch qismga boʻlinib ketgan
8
«QAYTA QURISH» SIYOSATI VA IJTIMOIY-SIYOSIY INQIROZ
Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.

Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi.

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pa-sayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxi-ralarga ega bo’lishiga qaramasdan g’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish sama-radorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o’zlashtirish juda sust olib borildi.

Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyati-' dan nafratlanish, jiddiy, tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.



Ana shunday sharoitda 80-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining aprel (1985-yil) plenumi bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyat-ning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan bosh-landi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallashiga qaramas-dan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi. Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomil-lashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon bo’lib qoldi. Shuning uchun 1986-yilda qayta qu-rish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma'muriy-buyruqbozlik va byurokra-tizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi.
9
Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi (KPSS) — 1898-1991-yillarda Rossiya, RSFSR, SSSRda faoliyat koʻrsatgan siyosiy partiya. 1898-yil martdan — RSDRP, 1917-yil apreldan — RSDRP(b), 1918-yil martdan — RKP(b), 1925-yil dekabrdan VKP(b), 1952-yil oktabrdan — KPSS. Dastlab sotsialdemokratik ishchilar partiyasi sifatida tashkil topdi. 1903-yil iyul—avgustda boʻlgan partiyaning 2sʼyezdida u bolsheviklar va mensheviklarta ajraldi. Bolsheviklarga Vladimir Lenin, mensheviklarga L. Martov va Georgiy Plexanov yetakchilik qilgan. 1917-yilgi Oktyabr toʻntarishi natijasida bolsheviklar Rossiyada hokimiyat tepasiga keldi va avval Vladimir Lenin, keyinchalik (1920-yillardan) Iosif Stalin boshchiligida davlat totalitar rejimining tayanchi boʻlib qoldi. KPSS aʼzolari soni 1917-yil taxminan 40.000 kishini tashkil etgan boʻlsa, 80 yillarning oʻrtalarida 19 mln. kishigacha yetdi. Partiyaning 8sʼyezdida (1919) qabul qilingan dastur kapitalizmdan sotsializmga oʻtish prinsiplarini umumiy tarzda eʼlon qildi. 1920-yillar boshiga kelib bolshevik rahbarlar mamlakatdagi boshqa barcha siyosiy partiyalar faoliyatini man qildi. Kommunistik partiya markazda ham, joylarda ham hokimiyatning barcha dastaklarini oʻz qoʻliga olgan yagona siyosiy partiya boʻlib qoldi. 1922-yildan partiya MK bosh kotibi lavozimini egallab kelgan Iosif Stalin guruxi partiyaning Trotskiy va Zinovyev, Buharin va Rikov singari boshqa rahbarlari ustidan keskin kurashlarda gʻalaba qozonishi (20-yillarning oxiri — 30-yillarning boshi) oqibatida bir partiyalik tizim mustahkamlandi. Ommaviy qirgʻinlar kuchayib, ularga KPSS rahnamolik qildi. 20sʼyezd (1956)da Nikita Xrushchyov boshliq partiya rahbarligining bir qismi Stalin shaxsiga sigʻinishni, nohaq qatagʻonlar va rahbarlikning avtoritar usullarini fosh qilib chikdi. KPSS ning 22 sʼyezdida (1961) qabul qilintan partiyaning yangi dasturida SSSR da sotsializm "toʻla va uzilkesil" gʻalaba qozonganligidan kelib chiqib, mamlakat "kommunizm kurilishi avj oldirilgan" davrga kirganligi eʼlon qilindi. Ammo keyingi voqealar bu dasturdagi asosiy qoidalar xomxayolligini koʻrsatdi. 60-yillarning oxiridan boshlab partiya va u boshchilik qilayotgan siyosiy tizim turgʻunlikbosqichiga kirdi, partiya raxbarligida Leonid Brejnev boshchiligidagi konservativ kuchlar ustunlik qildi; mamlakatning iqtisodiy rivojlanish surʼatlari keskin pasaydi. SSSR Konstitutsiyasi (1977) KPSSning sovet jamiyatining raxbar va yoʻnaltiruvchi kuchi sifatidagi mavqeini huquqiy jihatdan mustahkamlab koʻydi. 1985-yildan Mixail Gorbachov boshchiligidagi partiyaning oliy rahbarligi sovet jamiyatini qayta qurish va demokratiyalashtirishgaurindi. KPSSning 27sʼyezdi (1986) "!gngi tahrir"dagi dasturni qabul qildi. Unda "kommunizm kurilishi" toʻgʻrisidagi qoida "sotsializmni takomillashtirish" toʻgʻrisidagi tezis bilan almashtiriddi. 28sʼyezd (1990) keskin bahslardan soʻng 1986-yilgi dasturni amalda bekorqilgan va KPSSning astasekin "demokratok sotsializm" pozitsiyalariga oʻtishini eʼlon qilgan partiya "platformasi"ni tasdikladi
10
Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Malumoti - oliy. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi. Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.
1966 yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
1983 yilda I.Karimov O‘zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986 yilda O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, respublika Davlat plan qo‘mitasining raisi etib tayinlandi.
1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyat partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.
1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991 yil 31 avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.
1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1995 yil 26 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra, I.Karimovning prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.
2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, I.Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2007 yil 23 dekabrida muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, I. Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2015 yil 29 mart kuni muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, Islom Karimov 5 yillik muddatga, mamlakatning oliy lavozimiga saylandi.
I.Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar, demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi, hamda, bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" va "Amir Temur" ordenlari bilan taqdirlangan.Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan ham mukofotlangan.
11
1989 yil 23 iyun kuni I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylandi va o‘sha vaqtda fojeali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi.

Islom Abdug‘aniyevich yuksak lavozimga kelgan vaziyatni to‘laqonli his qilish uchun uning o‘z so‘zlariga murojaat qilaylik: “Sovet kommunistik tizimi xali-hamon hukmron bo‘lgan 1989 yilni eslaylik. Mayning oxiri — iyun oyining boshida “Farg‘ona voqealari” deb nom olgan mudhish voqealar yuz berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”.

Aynan o‘sha kunlari respublikadagi vaziyat keskin va nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va boshqa viloyatlarning ayrim hududlarida yer go‘yoki yonib turgan bir paytda O‘zbekiston shaxsiy jasorati va yuz berayotgan voqealarning mazmun-mohiyatiga davlat qarashi, o‘z xalqi va o‘z mamlakati uchun alohida mas’uliyati bo‘lgan rahbarga ega bo‘ldi.

Islom Karimov bularning negizida kasodga uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi, respublikaning milliy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini inkor etish siyosati, hukmronlik va xalqni kamsitish siyosati yotishini yaxshi anglagan. Markaz tashabbusi bilan tahqirlovchi “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” asoratlari xaligacha kishilarning yodida turibdi.

Xalokatli vaziyat xom ashyo yo‘nalishiga moslashgan iqtisodiyotda ham vujudga kelgan edi. Respublikada, ayniqsa, aholisi zich yashagan Farg‘ona vodiysida o‘z ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan norozi bo‘lgan kishilarning sabr kosasi to‘lgan edi. Endilikda aniqlik bilan aytish mumkin: aynan Islom Karimov millatlararo ziddiyatni to‘xtatdi, fuqarolar urushi olovini o‘chirdi, yuz minglab, balki millionlab kishilarning hayotini saqlab qoldi, respublikamizda ham, ko‘p millatli aholi yashaydigan Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik va xotirjamlikni ta’minladi.

Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni 1989 yil 24 iyunda hukumat yig‘ilishida u qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, degan fikrni ilgari surdi, shuningdek, qadamba-qadam respublikamizni rivojlantirish bo‘yicha chuqur o‘ylangan o‘z dasturini tatbiq etishga kirishdi.

Qisqa muddatlarda tubdan ko‘rilgan boshqa choralar bilan birga 1989 yil avgustidayoq tarixiy qaror qabul qilindi - 400 ming gektarga yaqin sug‘oriladigan yerlar qariyb 2,5 million oilaga tomorqa sifatida ajratib berildi. Bu, shubhasiz, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashga xizmat qildi. Agar bitta tarixiy faktni hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu birinchi navbatdagi o‘zgarishning butun miqyosini anglash qiyin emas: sovet hokimiyatining 72 yili mobaynida O‘zbekiston qishloq aholisiga atigi 300 ming gektar yer ajratilgan edi, xolos.
12
1990 yil mart oyida SSSR tarqatilmay turib ittifoq mamlakatlari ichida O‘zbekiston SSRda ilk bor prezidentlik lavozimi ta'sis etildi. 24 mart kuni Oliy Kengash xalq deputatlari tomonidan o‘sha vaqtda Kompartiya markaziy qo‘mitasi bosh kotibi bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston SSR prezidenti etib saylandi.

Shuningdek, 1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSRda vitse-prezident lavozimi ham joriy qilinib, unga Shukrullo Mirsaidov tayinlangan. Mirsaidov mamlakat tarixida birinchi va oxirgi vitse-prezident bo‘lib qolgan. 1992 yil 13 yanvar kuni vitse-prezidentlik lavozimi tugatilib, bosh vazir lavozimi ta'sis etilgan.

Prezidentlik saylovlari tarixi

1991 yil 29 dekabr kuni mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor umumxalq prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda Xalq demokratik partiyasidan Islom Karimov hamda «Erk» partiyasidan partiya yetakchisi Muhammad Solihning nomzodi qo‘yilgan. Saylov yakunlariga ko‘ra, Islom Karimov 86 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.

1995 yil 26 mart kuni amaldagi prezident Islom Karimovning vakolatlarini 2000 yilga qadar uzaytirish yuzasidan umummilliy referendum o‘tkaziladi. Qatnashchilarning mutlaq ko‘pchilik (99,6 foizi) qismining ovozi bilan prezidentlik muddati uzaytiriladi.

2000 yil 9 yanvar kuni O‘zbekistonda ikkinchi marta prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, bunda saylovchilarning 95,1 foizi, ya'ni 12 million 123 ming 199 nafar fuqaro qatnashgan. Ushbu saylovda ikki nafar nomzod ishtirok etgan.

Saylov natijalariga ko‘ra, Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Karimov 11,1 million nafar, ya'ni saylovchilarning 91,9 foizi ovozini olib, g‘alaba qozongan. Xalq Demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan ikkinchi nomzod Abdulhafiz Jalolovga esa 505,1 ming saylovchi, ya'ni 4,71 foiz saylovchi ovoz bergan.
O‘sha paytda amalda bo‘lgan Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekistonda prezidentning vakolatlari muddati 5 yil bo‘lgan.

2002 yil 27 yanvar kuni mustaqil O‘zbekiston tarixida yana bir muhim siyosiy jarayon – umumxalq referendumda o‘tkazildi. 12,1 milliondan ortiq saylovchi qatnashgani aytilgan ushbu referendumda ikkita savol qo‘yiladi:


«Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali bo‘lishiga rozimisiz?»
«Siz O‘zbekiston Respublikasi prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yil qilib o‘zgartirishga rozimisiz?»
Saylovchilarning 90 foizdan ortig‘i bunga roziligini bildiradi. MSK referendum natijalarini qonuniy deb tan oladi va O‘zbekiston Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘zbekiston tarixidagi uchinchi prezidentlik saylovi 2007 yil 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saylovda 16,3 millionga yaqin saylovchilarning 14,7 milliondan ortig‘i, ya'ni 90,6 foizi qatnashgan.
Ushbu saylovda ilk bor «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan ayol kishi - Dilorom Toshmuhammedovaning nomzodi ko‘rsatiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Islom Karimov, Xalq-demokratik partiyasidan Asliddin Rustamov, saylovchilar tashabbuskor guruhidan Akmal Saidov – jami 4 nafar nomzod saylovda qatnashadi. Saylov natijalariga ko‘ra, O‘zLiDep nomzodi Islom Karimov 13 milliondan ortiq (88,1 foizi) saylovchilarning ovozini olib, g‘olib bo‘lgan.
13
Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishda intilish.
1991— yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo'ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tangUkni bartaraf etishga doir kechiktirib bo'lmaydigan choralar to'g'risida» qo'shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo'lganini ko'rsatadi.
14
‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2001 yildagi 265-II-son
Кучга кириш санаси
09.11.2001
Қўшимча ахборот
Улашиш
РУС
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 37-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
265-II-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMI TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining referendumi
O‘zbekiston Respublikasining referendumi (bundan buyon matnda referendum deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi va faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Referendum O‘zbekiston Respublikasining butun hududida o‘tkaziladi.
2-modda. Referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar
Quyidagi masalalar referendum predmeti bo‘lishi mumkin emas:
O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o‘zgartirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar;
amnistiya va avf etish;
jamoat tartibini, aholi sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
3-modda. Referendum o‘tkazilishini istisno etadigan holatlar
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilgan harbiy vaqt yoki favqulodda holat sharoitlarida, shuningdek harbiy vaqt tugagan yoki favqulodda holat bekor qilingandan keyin uch oy davomida referendum o‘tkazilmaydi.
Referendum natijalari rasman e’lon qilingandan keyin bir yil davomida mazmun yoki ma’nosiga ko‘ra xuddi shunday savol qo‘yilgan referendum o‘tkazilmaydi.
15
Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko’tardi. Sho’rolar davrida ham o’zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo’lgan. Xususan, ona tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o’tkazila boshlangan.1988 yil matbuotda yangi bayram — «Til bayrami» haqida ma'lumotlar paydo bo’la boshlagan. Bunday bayram Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Boltiq bo’yi va Kavkaz orti respublikalarida va mamlakatimiz poytaxtida ham o’tkazilgani haqida gazetalarda maqolalar bosilgan. Bu bayramlarning asosiy maqsadi — ona tilini e’zozlash, ona tili bilan birga boshqa tillarni ham chuqurroq o’rganishga da'vat qilish bo’lgan. O’zbekistonda ilk bor «Til bayrami» 1988 yil 3 dekabrda Toshkentning talabalar shaharchasida ToshDUning o’zbek filologiyasi, tarix fakul’teti, shuningdek, politexnika instituti va boshqa o’quv yurti talabalari tomonidan o’tkazilgan. Talabalarning «O’zbek tili bayrami» deb nomlangan bu tadbiri ko’proq miting-namoyishga o’xshab ketardi. Davraga notiqlar chiqib, ular ona tuproq, ona yurt, xalq, til haqida so’zlab, she'rlar o’qib, ularni asrashga da'vat qilishdi. Yig’ilganlar «Til — xalq boyligi», «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilsin!», «Tilga hurmat — elga hurmat» kabi rang-barang shiorlarni ko’tarib olishgan edi. «Til bayrami»- da xonandalar xalqni, millatni, tilni ulug’lovchi qo’shiqlar kuylashdi. Yoshlarga alohida zavq-shavq baxsh etuvchi kichik kulguli sahna asarlari ijro etildi». 21 oktyabrni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelmoqdamiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1996 yil 10 sentyabrdagi 311-qaroriga binoan «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan kundan e'tiboran har yili «O’zbek tili kuni»ni o’tkazish, uning 0.4. bandida 21 oktyabr barcha o’quv yurtlarida har yili — o’zbek tili kuni sifatida nishonlanishi ta'kidlandi. Shular asosida 21 oktyabr — milliy tilimiz bayrami sifatida rasmiy tarzda nishonlanadi.Har bir yildagi bayram turli shiorlar ostida o’tkaziladi. «Ona tilim — jonu dilim», «Tilga e'tibor — elga e'tibor», «Til — millat ko’zgusi» shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida til bayramini o’tkazish bo’yicha yaxshi tajriba to’plangan. Til bayramining mazmunli va qiziqarli o’tishi har bir o’quv yurti muallimlarining aql- zakovati, o’z kasbini qanchalik chuqur egallaganligiga bog’liq. Til bayramiga taniqli yozuvchi, shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar taklif etiladi. Ular yoshlarga til bilish barcha muvaffaqiyatlarning garovi ekanligini, har bir inson avvalo o’z ona tilini, qolaversa boshqa tillarni sevib o’rganishlari zarurligini uqtirib o’tadi. Til bayramlarida til haqidagi hikmatli so’zlar, she’rlar, qo’shiqlar yangraydi. Shu kuni radio va televideniye orqali til bayramiga doir qiziqarli chiqishlar uyushtiriladi. Til bayrami insonni ona tiliga va o’z xalqiga bo’lgan mehr-muhabbatini jo’sh urdiruvchi betakror bayramdir. Til bayrami shuningdek xalqlar o’rtasida o’zaro totuvlik va do’stlik rishtalarini mustahkamlovchi muhim omildir.«Uchquduq ko’p millatli shahar, — deb yozadi «Xalq so’zi» gazetasi muxbiri A. Pirmatov, — bu yerda muomala madaniyatida davlat tili ustuvorligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Yaqinda shahar madaniyat saroyida «O’zbek tilini o’rganish orqali o’quvchilarga konstitutsiyaviy bilim berish» mavzusida o’tkazilgan tadbir ham buni yana bir bor isbotladi. Tadbirda o’ttizdan ziyod millat va elat farzandlari huquqiy qomusimizni qanchalik bilishlarini o’zbek tilida ifodalashdi. Jonli tildagi savol- javoblar, o’tkir zehnlilar bellashuvi, huquqshunoslar va til mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi.
16
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
I bob. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrdagi O‘RQ-306-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda)
2-modda. Fuqarolarning saylov huquqi
O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.
Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg‘ulot turi va xususiyatiga qarab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashmaydilar.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish prinsiplari
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash bo‘yicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha ovoz berish yashirin bo‘lib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bitta ovozga ega.
4-modda. Saylovning saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari ta’minlaydi.
Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi.
Okrug saylov komissiyalarining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Uchastka saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
17
Islom Karimov fondi” O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1991-yil dekabrida Namanganda to‘plangan g‘azabnok olomon, uni boshqargan shaxslar bilan bo‘lgan uchrashuvlar haqidagi xotiralari yozilgan videoni e’lon qildi.

Fondning Facebook’dagi sahifasida 1991-yil dekabrida Birinchi Prezidentning Namanganda o‘tkazgan xatarli uchrashuvi haqida, jumladan, shunday deyiladi:

O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinganidan uch oy o‘tib, 1991-yil dekabr oyi boshida tajovuzkor kayfiyatdagi olomon Namangan shahri ma’muriyati binosini egallab oldi. Mamlakat rahbari bilan uchrashishni talab qilgan to‘da O‘zbekistonni radikal aqidaparastlikka asoslangan davlat sifatida e’lon qilishga chaqirdi.

Bu — mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng mushkul pallalardan biri edi. Zero, parchalanib ketgan Sovet Ittifoqidan o‘ta abgor ahvoldagi iqtisodiyot meros qolgan, bir necha haftadan keyin, 29-dekabr kuni mamlakat tarixida ilk bor prezidentlik saylovi o‘tishi kutilayotgan edi. Mustaqil respublika taraqqiyotning qaysi yo‘ldan yurishi ayni shu saylov yakuniga bog‘liq edi.

Prezident Islom Karimov ommaviy g‘alayon boshlanganining ertasi kuniyoq Namanganga yetib bordi. U o‘z davlati kelajagi oldidagi mas’uliyatni teran anglagan holda, tajovuzkor kayfiyatdagi olomon orasiga dadil kirib bordi. Prezident Islom Karimov mushkul vazifani bajarishi — yig‘ilganlarni tinchlantirib, ko‘p yillik qirg‘inbarot urushga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan tanglikni bartaraf etishi lozim edi.

Ta’kidlash joizki, odamlar o‘z-o‘zidan yig‘ilmagan edi — olomonni mamlakatdagi dunyoviy hayot tarzini butkul o‘zgartirishga harakat qilayotgan kimsalar boshqarardi. Sovet imperiyasi parchalanganidan keyin o‘tish davri hokimiyatidagi inqirozdan foydalangan Tohir Yo‘ldoshev, Juma Namangoniy kabi kimsalar adolat uchun kurash shiorlarini niqob qilib, “azaliy diniy va axloqiy qadriyatlar”ni tiklash lozimligini da’vo qilar, aslida esa hokimiyatni egallash va davlat boshqaruvi borasida o‘z tartib-qonunlarini o‘rnatish qutqusi ila yonar edi.

Ko‘pchilik hali ham yaxshi eslaydi: istiqlolning ilk kezlari mutaassib jangari guruhlar odamlarni dahshatga solish va o‘z kuch-qudratini namoyish etish aksiyalarini o‘tkazar edi — ular militsiya xodimlarini o‘ldirar, davlat hokimiyati vakillari hamda, ular fikricha, “to‘g‘ri yo‘ldan yurmayotgan”larni xalq oldida kaltaklab, sazoyi qilar, kalta sochli
18
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oʻzbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonun (1991-yil 18-noyabr) va uning yangi tahririda (2004-yil 3-dekabr) qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti


Mamlakat:
Oʻzbekiston
19
Konstitutsiya haqida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.

(2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-modaasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuza- tishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.)


20
21
O'zbekiston mustaqilikka erishgan 90-yillar boshlarida mamlakatda nisbatan "siyosiy iliqlashish" kuzatilgandi.

"Erk" demokratik partiyasi, "Birlik" xalq harakati kabi siyosiy tashkilotlar o'rtaga chiqqandi.

Garchand to'liq erkinlik fazosida bo'lmasa ham bir muddat faoliyat yuritib, saylovlarda qatnashib, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda o'z o'rnilari va hozirliklarini namoyish etishga harakat qilishgandi.

Vaziyat 1992 yilgi Prezidentlik saylovlarida "Erk" partiyasi raisi Muhammad Solihning rasman 12 foiz ovoz olishi ortidan o'zgardi.


22
Farg'ona fojiasi. 1989 yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.Biroq 1989 yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi. fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi. Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi.
23
Sobiq SSSRga kiruvchi respublikalar rasman teng va suvcren deb yuritilsa-da, amalda qaram edi. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rmon-lari va yer osti boyliklariga, ko'pdan-ko'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80— yiHarning oxirlari 90— yillarning boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.

O’zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenimida so’zlangan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishi ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq- ravshan btlgilab qo’yish, respublikalat mustaqilligini har jihatran mustahkamlash ratafdorimiz”,-degan edi.

Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik bensh haqidagi talab-takliflarni e'tiborga olmadi, to'g'rirog'i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoat-

chiligining ta'siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990— yil bahorida Boltiqbo'yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar.

Markazda vajoylarda: «SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi?»- degan masalada bahs-munozaralar kuchaydi. Markazdagilar: «Kuchli markaz-kuchli respublikalar»,- desa; joylardagilar: «Kuchli respublikalar-kuchli markaz»,- der edilar.

Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e'tirof etishga majbur bo'ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug'ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990— yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990— yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.



Dasturda respublikalar o'z hududlaridagi butun milliy boylik-larga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta'kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O'zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi.
24
DAVLAT BAYROG‘I
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
25
DAVLAT GERBI
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.
Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.
Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
26
Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi 1992 yilning 10 dekabrida yuqori Kengashning 11chaqirigʻda qabul qilingan
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.

Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.



O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va etuk insonlar bo‘lib voyaga etishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
27
O‘zbekiston milliy valyutasi - so‘m haqida 8 ma'lumot
26 fevral 2018
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgach, oradan 3 yil o‘tib muomalaga kiritilgan va ayni paytgacha o‘zgarmay kelayotgan milliy valyuta — so‘m respublikaning barcha hududida yagona to‘lov vositasi sifatida amal qilib kelmoqda. So‘mning dunyoga kelish tarixi barchaga qiziqligini inobatga olib, u haqidagi 8ta faktni e'tiboringizga havola etamiz.
1. Qirqib olinadigan bir martalik kupon
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda mustaqillikka erishgani e'lon qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992 yilning yanvaridan iste'mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal qilgan.
Oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish korxonalarida kuponlarning naqd pulda to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobga yarasha qismi qaychida qirqib olingan. Bunday kuponlar 10+25=35, 50, 100, 150, 200, 350, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 rublga yarasha kartochkalar bilan chop etilgan.
2. So‘m-kupon davri
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida parallel to‘lov vositasi sifatida «so‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi 1993 yil 12 noyabrdagi №550-sonli qaroriga ko‘ra, ichki bozorni ortiqcha rubl massasidan himoyalash, aholiga pul mablag‘larini to‘lashni o‘z vaqtida ta'minlash maqsadida 1961–1992 yillarda amalda bo‘lgan sovet rubliga 1:1 nisbatda 1993 yil 15 noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi.
1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullarning barchasining old qismida O‘zbekiston gerbi va pul nominali, orqa qismida esa Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor madrasasining surati tushirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik pullar 120 x 61 mm o‘lchamda, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullar 144 x 69 mm o‘lchamda yasalgan. So‘m-kupon Angliyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan.
So‘m-kuponlar 9,5 oy muomalada bo‘lib, 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekistonning milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritilganidan so‘ng ham, 1994 yilning 1 avgustiga qadar amal qilgan.
3. So‘mning muomalaga kiritilishi
O‘zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so‘m — O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan.
So‘m dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda, 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik qog‘oz kupyuralar bilan bir vaqtning o‘zida muomalaga kirgan. 1 so‘m 100 tiyinga maydalangan. Aytish joizki, so‘m muomalaga kiritilgan kunda valyuta birjasida 1 AQSh dollarining qiymati roppa-rosa 7 so‘m bo‘lgan.
4. So‘mlar qayerda zarb etiladi?
1994 yilda muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning «Giesecke & Devrient» firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda YeI valyutasi — yevro ham chop etiladi). 1997 yili muomalaga kiritilgan 200 so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi «Davlat belgisi» DIChB davlat korxonasida bosilmoqda.
Download 46,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish