Tarix fani
O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim bosqichi
|
Bitiruvchilar
|
Standart darajasi
|
Daraja nomlanishi
|
O‘rta ta’lim
|
Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari
|
В1
|
Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.
|
Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari
|
В1+
|
Tarix fanini
o‘rganishning kuchaytirilgan
umumiy darajasi.
|
Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:
O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Tarix fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
B1
tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;
O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;
o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;
davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;
mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;
tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;
B1+
O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;
voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi.
davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;
tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.
2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
B1
XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;
tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;
tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.
B1+
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;
mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;
o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.
O‘RTA TA’LIMNING
TARIX FANIDAN
O‘QUV DASTURI
(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi:
o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi.
5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.
6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.
7-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.
7-sinf Jahon tarixi (51 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.
8-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat)da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.
8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi.
8-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) da eng qadimgi davrdan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
9-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi.
9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarini o‘z ichiga oladi.
9-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad-vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.
10-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1918-yildan 1991-yilgacha bolgan davri voqelikliklari bilan tanishish va o’rganishga bag’ishlanadi.
10-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1918-yildan 1991-yilgacha bo’lgan davrdagi dunyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganadi.
10-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – fan va din munosabatlari, jahon dinlari, tasavvuf va uning tariqatlari, din va “ommaviy madaniyat”, ksenofobiya va din kabi masalalarini o’rganadi.
11-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o’z ichiga qamrab oladi.
11-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1991-yildan bugungi kungacha dunyo mamlakatlari tarixiy taraqqiyoti va global voqeliklarni o’rganadi.
11-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendentsiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi.
Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V-IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.
Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi:
tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;
Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;
mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:
Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish;
har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish;
tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish;
ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
I. TK-tayanch kompetensiya
-
TK1-kommunikativ kompetensiya
-
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
-
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
-
TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
-
TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
-
TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
10-SINF. O’ZBEKISTON TARIXI
DASTUR MAZMUNI
(B1 34 soat, B1+ 68 soat )
(o‘quv-yilining birinchi yarim-yilligida bir soat, ikkinchi yarim-yilligida ikki soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar tizimi.
B1, B1+
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil etish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z nuqtai nazarini asoslash, himoya qilish va jamoaviy qarorlar qabul qilish;
muloqot jarayonida o’zining his-tuyg’ularini boshqarish, nizoli vaziyatlarda konstruktiv qarorlar qabul qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborotlarni mustaqil izlab topish, tahlil etish, qiyoslash va xulosa chiqarish;
axborot manbalaridan samarali va oqilona foydalanish, hujjatlar ustida ishlash;
axborot iste’moli madaniyatini egallash, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot xurujlariga qarshi kurashish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, o’z-o‘zini nazorat qilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
o’z ustida mustaqil ishlash va ijodiy-izlanishga doir faoliyatni tashkil etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
voqea-hodisalarga nisbatan ogohlik va hushyorlik bilan munosabatda bo’lish, tashabbus ko’rsatish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: kompetensiya
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
badiiy va san’at asarlarini tushunish, amaily faoliyatda foydalanish va yaratish;
orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
aksiologik fikrlash, aksilogoik yo’nalganlik va qadriyatli munosabatni o’z-o’zida qaror toptirish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, ta’lim muassasasida va jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
1-mavzu. Kirish.
(B1 1 soat; B1+ 1 soat)
“O‘zbekiston tarixi” o‘quv fanining ahamiyati. Tarix saboqlari. O‘zbekistonning sovet davri tarixining alohida xususiyatlari va davrlashtirish masalalari.
BIRINCHI BOB. TURKISTON O‘LKASIDA SOVET HOKIMIYATINING O‘RNATILISHI HAMDA O‘ZBEK XALQINING MUSTAQILLIK UCHUN KURASHI (1917 – 1924 yy.)
(B1 10 soat; B1+ 21 soat)
2-mavzu. Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi. Petrogradda bo‘lgan Fevral inqilobi va uning Turkiston o‘lkasiga ta'siri. Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komiteti faoliyati. Butunturkiston musulmonlari qurultoylari hamda “Sho‘roi Islomiya” va “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlarining faoliyati. Jadidlar bilan ulamolar o‘rtasidagi ixtiloflar.
3-mavzu. Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda o‘rnatilishi hamda bolsheviklar diktaturasi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Rossiyadagi-oktyabr to‘ntarishi hamda uning Turkiston o‘lkasiga ta'siri. Toshkentda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi hamda Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Sovetining tashkil qilinishi. Bolsheviklar va so‘l eserlarning Turkiston jadidlariga qarshi kurashi.
4-mavzu. Turkiston Muxtoriyati – tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Jadidlarning muxtoriyat uchun kurashi hamda Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va faoliyati. Turkiston xalqlari tomonidan muxtoriyat hukumatining qo‘llab-quvvatlanishi. Bolsheviklarning Turkiston Muxtoriyatiga qarshi kurashi. Dashnoqlar va qizil gvardiyachilar tomonidan muxtoriyat hukumatining tor-mor qilinishi. Qo‘qondagi ommaviy qirg‘inlar.
5-mavzu. Turkiston o‘lkasida Sovet hokimiyati boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Bolsheviklarning o‘lkada yuritgan siyosati hamda Turkiston ASSR va Turkiston Kompartiyasining tashkil topishi. Markaz vakolatli organlarining Turkistondagi faoliyati hamda ularga qarshi milliy kommunistlar va Musulmonlar byurosining kurashi. Turkistondagi ocharchilik va uning oqibatlari. “Harbiy kommunizm”dan yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish. O‘rta Osiyoda yer-suv islohoti birinchi bosqichining amalga oshirilishi.
6-mavzu. Turkiston ASSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning boshlanishi. Harakatning mohiyati, maqsadi va ijtimoiy tarkibi. Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi istiqlol janglari. Qo‘rboshilar faoliyati hamda qo‘rboshilar qurultoylari.
7-mavzu. Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash hamda qizil armiya tomonidan amir hokimiyatining ag‘darilishi. BXSRning tashkil topishi va faoliyati (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari. Qizil armiyaning Buxoroga hujumi hamda amir hokimiyatining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi. BXSRdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar.
8-mavzu. Xiva xonligidagi ahvol hamda xon hokimiyatining ag‘darilishi. XXSRning tuzilishi va turli islohotlar (B1 1 soat; B1+ 3 soat).
Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat va Yosh xivaliklar faoliyati. Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi. Qizil armiya tomonidan Xiva xonligining tugatilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi hamda undagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar.
9-mavzu. BXSR va XXSRda qizil armiyaga qarshi kurash (B1 1 soat; B1+ 3 soat).
BXSR hududida qizil armiyaga qarshi kurash va xalq qo‘zg‘olonlarining boshlanishi. Buxoro qo‘rboshilarining milliy ozodlik uchun kurashi. Xorazmda Junaidxon boshchiligidagi harakat va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Istiqlolchilik harakatining mag‘lubiyatga uchrash sabablari va kurash saboqlari.
10-mavzu. O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari (B1 2 soat; B1+ 3 soat).
Turkiston – mintaqa xalqlarining yagona makoni va umumiy vatani. Markaz tomonidan milliy respublikalar va avtonom viloyatlar tuzishga ko‘rsatma berilishi hamda uning siyosiy jihatdan asoslanishi. Milliy kommunistlar va Markaz vakillari o‘rtasida turli qarashlarning to‘qnashuvi. 1924-yil kuzida O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning yakunlari. O‘zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti (Markaziy revkom) faoliyati.
IKKINCHI BOB. SOVET HOKIMIYATINING O‘ZBEKISTONDA YURITGAN SIYOSATI (1925 – 1939 yy.)
(B1 6 soat; B1+ 13 soat)
11-mavzu. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va aholisi. O‘zbekiston Kommunistik partiyasining tashkil topishi. O‘zbekiston SSR – Sovet Ittifoqi tarkibidagi milliy ittifoqdosh respublka. O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSRning tashkil topishi. Qoraqalpoq avtonom viloyatining tuzilishi va Qoraqalpog‘iston ASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritilishi.
12-mavzu. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish siyosati hamda quloqlarning surgun qilinishi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekistonda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi. Kollektivlashtirishning majburiy sur'atda amalda oshirilishi hamdakolxoz va sovxozlarning tashkil qilinishi. O‘zbek qishlog‘i fojiasi. O‘zbekistonda quloqlashtirishsiyosati hamda uning oqibatlari.
13-mavzu. O‘zbekistonda industrlashtirish siyosatining amalga oshirilishi va kadrlar masalasi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Mamlakatda industrlashtirish siyosatiga o‘tish va besh-yillik rejalarning ishlab chiqilishi. O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalari qurilishi. Kadrlar siyosatidagi adolatsizliklar va Markazdan yevropalik aholining ko‘chirib keltirilishi. Mahalliylashtirish yoki o‘zbeklashtirish siyosati va uning mag‘lubiyatga uchrashi.
14-mavzu. O‘zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolar (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
“Hujum” harakatining o‘tkazilishi. Xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. O‘zbek ayollarining yangi jamiyatda tutgan mavqyei hamda ziddiyatli jihatlari.
15-mavzu. O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Sovet hokimiyatining ta'lim va fan sohasidagi ishlari. Xalq maorifi va savodsizlikka qarshi kurash. Alifboning o‘zgartirilishi. Yangi turdagi o‘zbek adabiyoti va milliy san'atining taraqqiyoti.
16-mavzu. Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati: uning mohiyati va oqibatlari (B1 1 soat; B1+ 3 soat).
O‘zbekistonda dastlabki qatag‘onlarning boshlanishi. Huquq va maorif tizimida qatag‘onning avj oldirilishi. Munavvar Qori va safdoshlarniing maxv etilishi. 1936 – 1938-yillardagi katta terrror hamda O‘zbekistonda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarning qatag‘on qilinishi. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi.
UCHINCHI BOB. O‘ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI-yilLARIDA (1939 – 1945 yy.).
(B1 5 soat; B1+ 10 soat)
17-mavzu. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi hamda O‘zbekistonning urush girdobiga tortilishi (B1 1 soat; B1+ 3 soat).
Urushning boshlanishi, sabablari va xarakteri. Sovet-fin urushida o‘zbekistonliklarning qatnashuvi. Fashistik Germaniyaning SSSRga hujumi hamda O‘zbekistonning urush girdobiga tortilishi. O‘zbekiston moddiy va ma'naviy kuchlarining urushga safarbar etilishi. Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun!
18-mavzu. O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi front xizmatida (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Urush-yillarida O‘zbekiston sanoati. O‘zbekistonning qurol-yarog‘ aslahaxonasiga aylantirilishi. Qishloq xo‘jaligidagi ahvol. Aholi turmushi va qiyinchiliklar. O‘zbek xalqining bag‘rikengligi va baynalmilal yordami.
19-mavzu. O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari (B1 2 soat; B1+ 3 soat).
O‘zbek diviziyalarining tashkil qilinishi. Urushning dastlabki kunlaridagi janglar. Tub burilish va undan keyingi janglar. Yaponiya militaristlariga qarshi kurashda o‘zbekistonliklar hissasi. Harbiy asirlar va ularning qismati. G‘alaba bayramidan Xotira va Qadrlash kunigacha.
20-mavzu. O‘zbekiston fani va madaniyati – g‘alaba uchun xizmatda (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbek adabiyoti va san'ati fashizmga qarshi kurashda. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining tashkil topishi va faoliyati. O‘zbekistonning Rossiya, Belorussiya va Ukraina intellektual elitasini saqlab qolishdagi roli.
TO‘RTINCHI BOB. O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOLI VA RIVOJLANISH MUAMMOLARI (1945 – 1959 yy.).
(B1 3 soat; B1+ 6 soat)
21-mavzu. O‘zbekiston xalq xo‘jaligining urushdan keyingi ahvoli (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Sanoatni qayta kurish. O‘zbekistonda paxta monokulturasi va uning oqibatlari. Hunarmandchilikning ahvoli. Mirzacho‘l va boshqa hududlarda qo‘riq va bo‘z yerlarning o‘zlashtirilishi.
22-mavzu. Ziyolilarning qatag‘on qilinishi va sovet jamiyatida shaxsga sig‘inishning fosh qilinishi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekiston ziyolilari qatag‘on qilinishining yangi bosiqichi. Stalinning o‘limi va shaxsga sig‘inish oqibatlarini tugatish yo‘lidagi urinishlar. O‘zbekiston siyosiy boshqaruvidagi o‘zgarishlar va rahbarlar almashuvi.
23-mavzu. O‘zbekistonda sanoatning bir tomonlama rivojlanishi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Sanoat sohasidagi ahvol. Transport va undagi muammolar. Kadrlarni tayyorlash masalalari va ruslashtirish siyosati.
BESHINCHI BOB. O‘ZBEKISTON BARQAROR RIVOJLANISH DAVRIDA (1959 – 1983 yy.)
(B1 3 soat; B1+ 6 soat)
24-mavzu. O‘zbekistonning siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar hamda Sovetlarning partiya organlariga qaramligi (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
O‘zbekistonda siyosiy rahbariyatning o‘zgarishi va O‘zbekiston Kompartiyasining siyosati. Xalqning moddiy ahvolidagi ijobiy siljishlar. KPSSning rahbarlik roli va hokimiyatning joylardagi siyosiy organlari. Sovetlar va jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanganligi.
25-mavzu. O‘zbekistonda yoqilg‘i va tog‘-kon sanoatining vujudga keltirilishi hamda aholi milliy tarkibidagi o‘zgarishlar (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekiston qazilma boyliklarining Markaz manfaatlariga xizmat qildirilishi. Tabiiy gaz va neft konlarining ochilishi. Qizilqumda oltin va uran konlarini o‘zlashtirish. Yangi sanoat shaharlariga asos solinishi hamda demografik jarayonlardagi o‘zgarishlar.
26-mavzu. O‘zbekistonda ekologik vaziyatning og‘irlashuvi va Orol fojiasi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Ekologik muvozanatning buzilishi. Orol dengizining qurishi va uning dahshatli oqibatlari. Orolbo‘yi mintaqasida og‘ir vaziyatning yuzaga kelishi. Orolqum – dunyodagi eng yosh cho‘l.
OLTINCHI BOB. O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATINING INQIROZI VA MUSTAQILLIK UCHUN HARAKATLAR (1984 – 1991 yy.).
(B1 4 soat; B1+ 8 soat)
27-mavzu. O‘zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari (B1 2 soat; B1+ 2 soat).
SSSR va O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi o‘zgarishlar. Paxta ishi – sovet rejimining O‘zbekistondagi so‘nggi qatag‘on siyosati. Paxta ishining o‘zbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati.
28-mavzu. Qayta qurish siyosati va uning inqirozi. Farg‘ona fojialari (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Qayta qurish va uning bosqichlari. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning keskinlashuvi. Qayta qurish siyosatining barbod bo‘lishi. Farg‘ona fojiasi va uning mohiyati. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi.
29-mavzu. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi o‘zgarishlar. “Birlik” xalq harakati va “Erk” demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy cheklanganligi va xatolari. O‘zbekiston bilan Markaz o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi. O‘zbekiston SSRda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi. Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati. Yangi Ittifoq shartnomasi va GKChP. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e'lon qilinishi.
Jami: B1 34 soat; B1+ 68 soat.
Umumiy mavzu: 29 ta.
Takrorlash: 1 soat.
Nazorat ishi: 1soat.
O‘quvchilarda fanga oid quyidagi kompetensiyalar shakllanadi:
Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
B1; B1+
O’zbekiston tarixiga oid davr va-yillarni o’zlashtiradi. Tarixiy va geografik makon, tarixiy davr haqida ma’lumot bera oladi;
1918-yildan 1991-yilgacha O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan insoniyatning tarixiy evolyusiyasi, inson va jamiyat, jamiyat ma’naviy hayotining shakllanishi, taraqqiyot, davlat, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlari haqida ma’lumot bera oladi;
1918-yildan 1991-yilgacha O’zbekiston tarixiga doir muhim voqelik va jarayonlarni tahlil qila oladi;
mamlakatimizda ilm-fan rivojining jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi;
1918-yildan 1991-yilgacha O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan voqea va jarayonlarga tarixiy davr nuqtai nazaridan munosabat bildira oladi.
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
B1; B1+
tarixiy xaritalar va qo‘shimcha manbalar ustida ishlay oladi;
1918-yildan 1991-yilgacha O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan tarixiy voqeiylikni bayon qilishda tarixiy atamalar, sanalar, shaxs nomlari, toponimik atamalarni sharhlay oladi;
Quyidagi atamalar mazmunini biladi:
Turkiston muxtoriyati. Qiziltepa bitimi. Muvaqqat hukumat. Shuroi Islom. Sho‘roi ulamo. Ittifoqi muslimin. Kadetlar. Eserlar. Musulmonlar byurosi. BXSR va XXSR. Harbiy kommunizm. Yangi iqtisodiy siyosat. “Hujum” harakati. Milliy-hududiy chegaralanish. Istiqlolchilik harakatlari. O‘zbekiston SSR. Kollektivlvshtirish. Quloqlashtirish. Qatag‘on siyosati. Fanlar akademiyasi. Orol fojeasi. “Qayta qurish”. “Paxta ishi”. Farg‘ona fojialari. Mustaqillik deklaratsiyasi.
Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi: Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Turob Risqulov, Muhammadjon Tinishboev, Katta Ergash, Kichik Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Anvar posho, Amir Olimxon. Fayzulla Xo‘jaev, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo‘jaev, Mustafo Cho‘qay, Abdulqodir Muhitdinov, Porso Xo‘jaev, Asfandiyorxon, Bobooxun Salimov, Junaidxon, Said Abdullaxon, Polvoniyoz Yusupov, Ahmad Zaki Validiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Obidjon Mahmudov, Islom Sulton Shoahmedov, Ya.Rudzutak, Sobir Rahimov, Zebo G‘anieva, Yo’ldosh Oxunboboev, Shoahmad Shomahmudov, Akmal Ikromov, Usmon Yusupov, Sharof Rashidov, Amin Niyozov, Rafiq Nishonov, Islom Karimov.
Quyidagi sanalarda sodir bo‘lgan tarixiy voqealar haqida ma’ulmot bera oladi.
1917-yil 28 fevral – Rossiyada Fevral inqilobi g‘alaba qozondi.
1917-yil 14-mart – Toshkentda “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti tuzildi.
1917-yil 5-aprel – Yosh xivaliklarning islohot to‘g‘risidagi manifestiga Xiva xoni Asfandiyorxon imzo chekdi.
1917-yil 7-aprel – Buxoro amiri Said Olimxon islohotlar joriy etish bo‘yicha farmon e'lon qildi.
1917-yil 7-aprel – Muvaqqat hukumat tomonidan Turkiston komiteti tuzildi.
1917-yil 7 – 15-aprel – Toshkent shahrida Ishchi va soldat deputatlari Turkiston Sovetlarining I o‘lka s'ezdi bo‘lib o‘tdi.
1917-yil 16 – 23-aprel – Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo‘lib, unda Turkiston o‘lka musulmonlari sho‘rosi (Kraymussovet) tashkil qilindi.
1917-yil iyun – “Sho‘roi Ulamo” tashkiloti tuzildi.
1917-yil 17 – 20-sentyabr – Toshkentda Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining qurultoyi bo‘lib, unda Turkiston mintaqasi uchun umumiy “Ittifoqi muslimin” siyosiy partiyasi tuzildi.
1917-yil 1-noyabr – Toshkentda bolsheviklar zo‘ravonlik bilan hokimiyatni egallashdi.
1917-yil 26 – 28-noyabr (9 – 11-dekabr) – Qo‘qonda Butunturkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib, unda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi.
1918-yil 22 fevral – Turkiston Muxtoriyati hukumati qizil gvardiyachilar va dashnoqlar tomonidan tor-mor qilindi.
1918-yil fevralning oxiri – Turkiston mintaqasida bosqinchi qizil armiya va sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati boshlandi.
1918-yil-mart – Turkiston o‘lka XKS raisi F.Kolesov boshchiligidagi qizil askarlar Buxoro amirligiga hujum qildi. Kolesov mag‘lubiyatga uchragach, Qiziltepa bitimi tuzildi.
1918-yil 20-aprel – 1-may – Butunturkiston Sovetlarining V s'ezdi bo‘lib, unda RSFSR tarkibida Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi tuzildi.
1919-yil 30-mart – Turor Risqulov raisligida Turkiston o‘lkasi Musulmonlar byurosi tuzildi.
1919-yil 9-aprel – Junaidxon bilan sovet Rossiyasi o‘rtasida Taxta bitimi imzolanib, Xiva xonligining mustaqilligi tan olindi.
1919-yil 22-oktyabr – Madaminbek boshchiligida Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi.
1920-yil 1 fevral – qizil armiya qo‘shinlari Xiva shahrini ishg‘ol qildi va Xiva xoni Said Abdullaxon o‘z ixtiyori bilan taxtdan voz kechdi.
1920-yil 26-aprel – Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e'lon qilindi.
1920-yil 3-may – Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati tuzildi.
1920-yil 2-sentyabr – Turkiston fronti qo‘mondoni M.Frunze boshchiligidagi qizil armiya Buxoro shahrini bosib oldi, amir Said Olimxon hokimiyati ag‘darildi.
1920-yil 6 – 8-oktyabr – Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyi bo‘lib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi qonuniy tasdiqlandi.
1921-yil 6-mart – Xorazmdagi Polvonniyoz Yusupov hukumatini qizil askarlar ag‘darib tashladi.
1921-yil 2-5-avgust – Buxoroda Turkiston Milliy Birligi tashkiloti tuzildi.
1921-yil 17-sentyabr – Buxoro qo‘rboshilarining qurultoyida Ibrohimbekka “Islom lashkarboshisi” unvoni berildi.
1923-yil 5-9-mart – Toshkentda O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO) tuzildi.
1925-yil 13-17 fevral – Buxoroda bo‘lgan Butuno‘zbek Sovetlarining I ta'sis qurultoyida O‘zbekiston SSR tuzilganligi e'lon qilindi (1929-yilgacha uning tarkibida Tojikiston ASSR bo‘lgan).
1925-yil 17 fevral – Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati (Qozog‘iston ASSR tarkibida) tuzildi.
1925 – 1929-yillar – O‘zbekistonda yer-suv islohoti o‘tkazildi.
1927-yil 30-mart – O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1927-yil-mart – O‘zbek ayollarini ozodlikka chiqarish uchun “Hujum” kampaniyasi boshlandi.
1929-yil-noyabr –-dekabr – Munavvar Qori boshchiligidagi “Milliy istiqlol” tashkilotining a'zolari qamoqqa olindi va qatag‘on qilindi.
1930 – 1932-yillar – O‘zbekistonda o‘ziga to‘q dehqon xo‘jaliklari “quloq” sifatida tugatilib, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish amalga oshirildi.
1932-yil 20-mart – Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati RSFSRga kiradigan Qoraqalpog‘iston ASSRga aylantirildi.
1932-yil 14-oktyabr – O‘zbekiston SSR MIK huzurida Fanlar komiteti tashkil qilindi.
1934-yil-mart – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi.
1935-yil – Turkiston mintaqasidagi istiqlolchilik harakati mag‘lubiyatga uchradi.
1936-yil 5-dekabr – Qoraqalpog‘iston ASSR O‘zbekiston SSR tarkibiga kirdi.
1936 – 1938-yillar – SSSRda katta terror davri.
1939-yil 1-avgust – 17-sentyabr – Katta Farg‘ona kanali qazildi.
1939-yil 1-sentyabr – 1945-yil 2-sentyabr – Ikkinchi jahon urushi.
1941-yil 22 iyun – 1945-yil 9-may – O‘zbekiston xalqlari Germaniya fashizmiga qarshi urushda ishtirok qildilar.
1943-yil 4-noyabr – O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi tashkil qilindi.
1958-yil 7 – 13-oktyabr – Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent konferensiyasi bo‘ldi.
1965-yil – Buxoro-Ural gaz quvuri ishga tushirildi.
1966-yil 26-aprel – Toshkent shahrida kuchli zilzila bo‘ldi.
1967-yil – dunyoda eng uzun O‘rta Osiyo – Markaz gaz quvuri qurildi.
1969-yil – “Tashavtomash” zavodi bazasida Toshkent traktor zavodi barpo etildi.
1977-yil 6-noyabr – Toshkent metropolitenining birinchi navbati ishga tushirildi.
1985 – 1986-yillar – qayta qurishning birinchi bosqichi bo‘ldi.
1987 – 1989-yillar – qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo‘ldi.
1988-yil 11-noyabr – “Birlik” xalq harakati tashkil topdi.
1988-yil-noyabr – O‘zbekiston yoshlarining erkin uyushmasi tuzildi.
1989-yil 21-oktyabr – O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan “O‘zbekiston SSR davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilindi.
1990-yil 24-mart – O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi I.A.Karimov O‘zbekiston SSR prezidenti qilib saylandi.
1990-yil 30-aprel – “Erk” demokratik partiyasi tuzildi.
1990-yil 20 iyun – O‘zbekiston SSR Oliy Soveti “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi.
1991-yil 31-avgust – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
-
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Ўзбекистон, 1998.
-
Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – 440 б.
-
Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u istiqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng оliy saodatdir. – T.: O’zbekiston, 2015.
-
Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017.
-
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.
-
Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1997-yil 29-avgustdagi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g'risida” gi 390-sonli Qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi to’g’risida” gi Farmoni.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirli va Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2010-yil 1 iyuldagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o’qitiladigan umumta'lim fanlari hamda oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to’g’risida” gi 6G`2G`4G`1-sonli qo’shma hay'at majlisi qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2012-yil 10 dеkabrdagi “Chеt tillarini o’rganish tizimini yanada takomilashtirish to’g’risida” gi PP-1875-sonli qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta'lim tizimining chеt tillar bo’yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 124-sonli qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 aprеldagi “Umumiy o’rta ta'lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o’rta ta'lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.
-
O’tkazilgan Forum tavsiyalari “Ijtimoiy fanlarni o’qitish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishda o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va еchimlar”. 2017-yil. 24-25-mart kunlari.
-
Тарих ўқитиш методикаси. – T.: TURON- IQBOL, 2001.
-
Жаҳон тарихининг муҳим саналари. – T.: O‘zbеkiston, 2011.
-
O‘zbеkiston tarixining muhim sanalari.”O’ZBEKISTON” NMIU, 2012-yil.
-
O‘zbеkistonda davlat va din munosabatlari: Diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo’nalishlari. – “Toshkеnt islom univеrsitеti” nashriyot –matbaa birlashmasi, 2014-yil.
-
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Т.: O’zbekiston, 2015.
-
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: Маънавият, 2008.
-
Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи (Энг қадимги даврлардан Россия босқинига қадар). – Т.: Шарқ, 2001.
-
Иброҳимов А. Бизким, ўзбеклар... Миллий давлатчилигимиз асослари ҳақида мулоҳазалар. – Т.: Шарқ, 1999.
-
Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Президент Ислом Каримов тарафдорининг танқидий мулоҳазалари. – Т.: Ўзбекистон, 2001.
-
Левитин Л., Карлайл С. Ислом Каримов – янги Ўзбекистон Президенти. – Т.: Ўзбекистон, 1996.
-
Тойнби А. Цивилизация перед судом истории. Сборник. – М.: Рольф, 2002.
-
Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиѐтнинг ўзбек модели (методология, инновация, тарихий таҳлил). – Т.: O’zbekiston, 2015.
-
Эркаев А. Ўзбекистон йўли (Президент Ислом Каримовнинг ислоҳотлар назарияси ҳақида мулоҳазалар). – Т.: Маънавият, 2011. – 198 б.
-
Жалолиддин Мангуберди. – Т.: Шарқ, 1999.
-
Muhammad Ali. Sarbadorlar. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablariga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
10-11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun “Tarix” fanlari bo‘yicha yagona o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ishchi guruhi
TARKIBI
TТ/r
|
F.I.SH
|
Lavozimi
|
Imzo
|
1.
|
Yaxshiyev Anvar Jo‘raqulovich
|
O‘zbekiston davlat soliq akademiyasi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent
|
|
2.
|
Zamonov Akbar Turg‘unovich
|
O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiq-lashtiruvchi metodik markazi bo‘lim boshlig‘i.
|
|
3.
|
Xodjayev Begzod Xudoyberganovich
|
A.Navoiy nomidagi Toshken davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagog qadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, p.f.d., prof.
|
|
4.
|
Ergashev Shuhrat
|
Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n.
|
|
5.
|
Rajabov Qahramon
|
Fanlar akademiyasi Tarix instituti loyiha rahbari, t.f.d., prof.
|
|
6.
|
Raximjonov Durbek Obidjonovich
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti dotsenti, t.f.n
|
|
7.
|
Ismatova Nargiza Qamariddinovna
|
Respublika ta’lim markazi bo’lim boshlig’i
|
|
8.
|
Abdullayev Jamshid
|
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey tarix fani o’qituvchisi
|
|
9.
|
Safarova Shirin Yarashovna
|
Respublika ta’lim markazi metodisti
|
|
10.
|
Tojiboyev Husniddin Abdumalikovich
|
Yakkasaroy tumani 144-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi
|
|
Tarix fani ekspert guruhi tarkibi
|
11.
|
Polvonov Jo‘rabek Ne’matovich
|
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining tarix fani o‘qituvchisi
|
|
22.
|
Tillaboyev Soyibjon Bakievich
|
Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchisi
|
|
33.
|
Alimova Mahfuza Faxrutdinovna
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta o’qituv-chisi, t.f.n.
|
|
44
|
Xaydarxon Yuldoshxodjayev
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, t.f.n.
|
|
55
|
Xushvaqova Nigora
|
Toshkent shahar Uchtepa tumani 74-maktabning tarix fani o`qituvchisi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |