Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari



Download 47,65 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi47,65 Kb.
#19016
Tarix fani

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’lim

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1+

Tarix fanini

o‘rganishning kuchaytirilgan

umumiy darajasi.



Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:

O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.




Tarix fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari


1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

B1

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;

tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;

B1+

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;

voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi.

davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;

tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.

2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;

tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.

B1+

tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;

mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;

o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.

O‘RTA TA’LIMNING

TARIX FANIDAN

O‘QUV DASTURI

(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi:

o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi.

5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.

6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.

7-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.

7-sinf Jahon tarixi (51 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat)da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi.

8-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) da eng qadimgi davrdan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

9-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi.

9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarini o‘z ichiga oladi.

9-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad-vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.

10-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1918-yildan 1991-yilgacha bolgan davri voqelikliklari bilan tanishish va o’rganishga bag’ishlanadi.

10-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1918-yildan 1991-yilgacha bo’lgan davrdagi dunyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganadi.

10-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – fan va din munosabatlari, jahon dinlari, tasavvuf va uning tariqatlari, din va “ommaviy madaniyat”, ksenofobiya va din kabi masalalarini o’rganadi.

11-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o’z ichiga qamrab oladi.

11-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1991-yildan bugungi kungacha dunyo mamlakatlari tarixiy taraqqiyoti va global voqeliklarni o’rganadi.

11-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendentsiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi.

Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V-IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.

Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi:

tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;

Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;

mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:

Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish;

har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish;

tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish;

ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

I. TK-tayanch kompetensiya


  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

  6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK-fanga oid kompetensiyalar

1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.


10-SINF. JAHON TARIXI

DASTUR MAZMUNI

(B1 34 soat, B1+ 68 soat )

(o‘quv-yilining birinchi yarim-yilligida ikki soat, ikkinchi yarim-yilligida bir soat)

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar tizimi.
B1, B1+

Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil etish;

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z nuqtai nazarini asoslash, himoya qilish va jamoaviy qarorlar qabul qilish;

muloqot jarayonida o’zining his-tuyg’ularini boshqarish, nizoli vaziyatlarda konstruktiv qarorlar qabul qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

axborotlarni mustaqil izlab topish, tahlil etish, qiyoslash va xulosa chiqarish;

axborot manbalaridan samarali va oqilona foydalanish, hujjatlar ustida ishlash;

axborot iste’moli madaniyatini egallash, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot xurujlariga qarshi kurashish.


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, o’z-o‘zini nazorat qilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;

o’z ustida mustaqil ishlash va ijodiy-izlanishga doir faoliyatni tashkil etish.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;

voqea-hodisalarga nisbatan ogohlik va hushyorlik bilan munosabatda bo’lish, tashabbus ko’rsatish;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish.


Milliy va umummadaniy kompetensiya: kompetensiya

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

badiiy va san’at asarlarini tushunish, amaily faoliyatda foydalanish va yaratish;

orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,

aksiologik fikrlash, aksilogoik yo’nalganlik va qadriyatli munosabatni o’z-o’zida qaror toptirish;

o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;

xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, ta’lim muassasasida va jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.



I BOB. 1918–1939-YILLARDA JAHON MAMLAKATLARI IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY VA MADANIY HAYOTI

(B1 13 soat, B1+ 26 soat )
1-mavzu. Kirish. 1918–1939-yillarda xalqaro munosabatlar (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Birinchi jahon urushining xalqaro munosabatlarga va dunyo siyosiy xaritasiga ta'siri ta'siri. Parij tinchlik konferensiyasi. Millatlar ligasining tashkil topishi. Mandat tizimi. Vashington konferensiyasi. Versal-Vashington tizimining inqirozi va barbod bo’lishi.



2-mavzu. 1918-1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Aniq va tabiiy fanlardagi inqilob. Ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi. Ilm-fandagi yutuqlar. Ilmiy-texnika inqilobi. Yadro energiyasining olinishi va uning ahamiyati.



3-mavzu. 1918-1939-yillarda Buyuk Britaniya (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy harakatlar. Siyosiy hayot. Mustamlaka va dominionlar bilan munosabat. Tashqi siyosat. Angliyaning Ikkinchi jahon urushga kirishi.



4-mavzu. 1918-1939-yillarda Fransiya (B1 1 soat; B1+2 soat).

Birinchi jahon urushining Fransiyaga ta'siri. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi. Ichki siyosat va ijtimoiy muammolar. Tashqi siyosat. Fransiyaning Ikkinchi jahon urushiga kirishi.




5-mavzu. 1918-1939-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Birinchi jahon urushidan keyingi-yillarda mamlakatda iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolar. AQSHlarning ichki va tashqi siyosati. Jahon iqtisodiy inqirozining AQSHga ta'siri. AQSHning Ikkinchi jahon urushiga kirishi.



6-mavzu. 1918-1939-yillarda Germaniya (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Germaniya inqilobi. Germaniya fashizmining o’ziga xos jihatlari. “Pivo isyoni”. Fashizmning hokimiyatga kelishi, urush siyosati. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi.



7-8-mavzular. 1918-1939-yillarda SSSR (B1 1soat; B1+ 2 soat).

Rossiyada fuqarolar urushi. Bolsheviklar hukumati va uning siyosati. SSSRning tashkil etilishi. Yangi iqtisodiy siyoyat. Industrlashtirish, kollektivlashtirish va madaniy inqilob. Tashqi siyosat.



9-mavzu. 1918-1939-yillarda Italiya va Ispaniya (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Birinchi jahon urushining Italiyaga ta'siri. Fashistlarning hokimiyat tepasiga kelishi. Fashistlar siyosati. Italiyaning ikkinchi jahon urushga qo‘shilishi. Birinchi jahon urushining Ispaniyaga ta'siri. Ispaniyaning ichki va tashki siyosati. Ispaniyada fuqarolar urushi. Ispaniyada Franko diktaturasining o‘rnatilishi. Ispaniyaning ikkinchi jahon urushiga kirishi.



10-mavzu. 1918-1939-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari (B1 1soat; B1+ 2 soat).

Birinchi jahon urushining Lotin Amerikasiga ta'siri. 1920-yillarda mintaqadagi holat. 1930-yillarda Lotin Amerikasi. Iqtisodda davlat rolining oshishi. Lotin Amerikasi va AQSH munosabatlari.



11-mavzu. 1918-1939-yillardaYaponiya (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Birinchi jahon urushining Yaponiyaga ta'siri. Iqsodiy va siyosiy rivojlanishi. Yaponiyaning ichki va tashqi siyosati. Ijtimoiy-siyosiy harakatlar va militaristik kayfiyatning kuchayishi. Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushiga kirishi.



12-mavzu. 1918-1939-yillarda Xitoy va Hindiston (B1 1 soat; B1+
2 soat)

Birinchi jahon urushining Xitoy va Xindistonga ta'siri. Xitoyning ichki va tashqi siyosati. Inglizlarning Hindistondagi siyosati. Ikkinchi jahon urushi arafasida Xitoy va Hindistonning iqtisodiy rivojlanishi.



13-mavzu: 1918-1939-yillarda Turkiya va Eron. (B1 soat) (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Birinchi jahon urushidan keyin Turkiya va Eronning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti. Mamlakatlarning ichki va tashqi siyoati.



14-mavzu. 1918-1939-yillarda Afrika mamlakatlari (B1 1 soat, B1+ 2 soat).

1918-1939-yillarda Afrika mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. Afrika metropoliyalar siyosatining o’ziga xos tomonlari. Afrika xalqlarining siyosiy faollashuvi. Afrika mamlakatlarining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki.



II BOB. 1939–1991-YILLARDA JAHON MAMLAKATLARI IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY VA MADANIY HAYOTI

(B1 19 soat, B1+ 40 soat )
15-16-mavzular. Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari (B1 2 soat; B1+ 4 soat).

Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi va xalqaro munosabatlar. 1938-yilgi Myunxen kelishuvi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. Germaniyaning SSSRga bositirib kirishi. Antigitler koalitsiyasining tuzilishi. Urushning borishi. Germaniyaning taslim bo’lishi. Yaponiyaning tor-mor qilinishi. Ikkinchi jahon urushining oqibatlari. Birlashgan Millatlar tashkilotining tuzilishi. Nyurnberg va Tokio sud jarayonlari. ikinchi jahon urushida yengilishi. Birlashgan Millatlar tashkilotining tashkil topishi.



17-mavzu. Ikkinchi jahon urushidan keying xalqaro munosabatlar: “Sovuq urush”ning boshlanishi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Urushdan so’ng sovet-Amerika munosabatlari. Mustamlaka tizimining qulashi. 1970-1980-yillardagi xalqaro munosabatlar. Dunyoning kapitalistik va sotsialistik mamlakatlarga bo’linishi.



18-mavzu. 1946-1991-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari (B1 2 soat; B1+ 4 soat).

Ikkinchi jahon urushining AQSh iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta'siri. Mamlakatning ichki va tashqi siyosati. “Reyganomika”. Sovet-Amerika munosabatlari. Jahonda liderlik uchun kurash.



19-20-mavzular. 1946-1991-yillarda Sovet Ittifoqi (B1 2 soat; B1+ 4 soat).

Urushdan keyin SSSRda totalitar tuzumning kuchayishi. “Iliqlik” davri. Global inqiroz yo’lida: SSSR 1964-1985-yillarda. Qayta qurish. Tashqi siyosat.-avgust inqirozi. SSSRning tarqalib ketishi.



21-mavzu. 1946-1991-yillarda Buyuk Britaniya va Fransiya (B1 2 soat; B1+ 4 soat)

Ikkinchi jahon urushining Buyuk Britaniya va Fransiyaga ta'siri. Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati. Buyuk Britaniya va Fransiyaning iqtisodiy-siyosiy ahvoli. Fransiyada To’rtinchi respublika. Beshinchi respublika. Fransiyaning tashqi siyosati.



22-mavzu. 1946-1991-yillarda Germaniya va Italiya (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Germaniyaning ikki bo‘linishi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasining xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni. Davlatlarning ichki va tashqi siyosati. Germaniyaning birlashuvi. Ikkinchi jahon urushining Italiyaga ta’siri. Italiyaning Yevropa iqtisodiy hamkorligidagi ishtiroki. Ichki va tashqi siyosat.




23-mavzu. 1946-1991-yillarda Yaponiya va Osiyoning yangi industrial mamlakatlari (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yaponiya. Yaponiyada demokratiyaning shakllanishi. Yaponiya iqtisodiy mo’jizasi. Postindustrial modelning shakllanishi. Osiyoning yangi industrial mamlakatlari.



24-mavzu. 1946-1991-yillarda Xitoy Xalq Respublikasi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Ikkinchi jahon urushidan so’ng Xitoy. Fuqarolar urushi. Xitoy Xalq Respublikasining e’lon qilinishi. Yangi islohotlarning boshlanishi. Xitoyning tashqi siyosati.



25-mavzu. 1946-1991-yillarda Hindiston va Pokiston (B1 1 soat, B1+ 2 soat).

Hindiston va Pokistonning mustaqillikka erishishi. Hindistonning mustaqillikka erishgandan keyingi iqtisodiy rivojlanishi. Zamonaviy siyosiy tizimning shakllanishi. 1960-1970-yillardagi inqiroz. Hindistonning tashqi siyosati. Pokistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va ichki siyosati. Ikkinchi jahon urushidan keyin Eronning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi. 1960-yillardagi islohotlar va ularning mohiyati.



26-mavzu. 1946-1991-yillarda Turkiya, Eron va Afg‘oniston (B1 2 soat; B1+2 soat).

Urushning Turkiyaga ta'siri. Urushdan keyin Turkiyaning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, harbiy to‘ntarishlar. Turkiyada T.Ozalning hokimiyatga kelishi va islohotlarning boshlanishi. S.Demirelning prezidentlik faoliyati. Tashqi siyosat. Ikkinchi jahon urushidan keyin Eronning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi. 1960-yillardagi islohotlar va ularning mohiyati. Erondagi inqilob va shoh rejimining ag‘darib tashlanishi. Eronning iqtisodiy rivojlanishi. Eronning tashqi siyosati. 1980-yilda Eron-Iroq urushining boshlanishi va uning oqibatlari. 1980-yillarda Eronning ichki va tashqi siyosati. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Afg‘onistonning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti. Afg‘oniston Demokratik respublikasining e'lon qilinishi. Fuqarolar urushi. Tashqi siyosat.



27-mavzu. 1946-1991-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Ikkinchi jahon urushidan so’ng Lotin Amerikasi mamlakatlari. Kuba: modernizatsiyalashning inqilobiy varianti. Chili: modernizatsiyalashning neokonservativ varianti. Meksika: modernizatsiyalashning islohonchilik varianti.



28-mavzu. 1946-1991-yillarda Afrika mamlakatlari (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari. “Afrika-yili”. Afrika davlatlari muammolari. “Sovuq urush” sharoitida Afrika davlatlari. Afrika davlatlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.



29-mavzu: XX asrning ikkinchi yarmida fan va madaniyatning rivojlanishi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).

Ilmiy-texnik inqilob va uning natijalari. Ikkinchi jahon urushidan keyin tabiiy va aniq fanlar rivoji. XX asrning ikkinchi yarmida adabiyot va san'atning rivojlanishi. Yangi oqim va yo‘nalishlar.



Jami: B1 34 soat; B1+ 68 soat.

Umumiy mavzu: 29 ta.

Takrorlash: 1 soat.

Nazorat ishi: 1soat.
O‘quvchilarda fanga oid quyidagi kompetensiyalar shakllanadi:

Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

B1; B1+

jahon tarixiga oid davr va-yillar hisobini biladi. Tarixiy va geografik makon, tarixiy davr haqida ma’lumot bera oladi;

1918-yildan 1991-yilgacha jahon tarixida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan insoniyatning tarixiy evolyusiyasi, inson va jamiyat, jamiyat ma’naviy hayotining shakllanishi, taraqqiyot, davlat, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlari haqida ma’lumot bera oladi;

1918-yildan 1991-yilgacha jahon tarixida sodir bo‘lgan tarixiy davrda jamiyat va insoniyat rivojiga ta’sir ko‘rsatgan muhim voqea va jarayonlarni tahlil qila oladi;

mamlakatimizda ilm-fan rivojining jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi;

1918-yildan 1991-yilgacha jahon tarixida sodir bo‘lgan voqea va jarayonlarga tarixiy davr nuqtai nazaridan munosabat bildira oladi.


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1; B1+

tarixiy xaritalar va qo‘shimcha manbalar ustida ishlay oladi;

1918-yildan 1991-yilgacha jahon tarixida sodir bo‘lgan tarixiy voqeiylikni bayon qilishda tarixiy atamalar, sanalar, shaxs nomlari, toponimik atamalarni sharhlay oladi;

Quyidagi atamalar mazmunini biladi:

Posindustrial sivilizatsiya, konferensiya, Millatlar ligasi, insulin, zanjir reaksiya, statut, shovinizm, o‘nglar, so‘llar, patefon, individualizm, liberalizm, neytralitet, fraksiya, totalitar, radikal, intervensiya, natsionazizatsiya, katolitsizm, avtoritarizm, kortes, plantatsiya, diktatura, ekspansiya, militarizatsiya, byurokratiya, pakt, suverenitet, provensiya, konservatizm, anneksiya, modernizatsiya, ifratuzilma, polk, chodra, sektor, litsenziya, kapitulyasiya, koalitsiya, xartiya, deklaratsiya, diviziya, evakuatsiya, gestapo, tribunal, anshlyus, inflatsiya, retsessiya, gegemon, konversiya, syezd, plenum, korrupsiya, neokonservatizm, eksport, referendum, kansler, defitsit, mafiya, dereksiya, texnopolis, investitsiya, dizayn, nou-xau, konferensiya, pragmatik, strategiya, sanksiya, amnitsiya, kurs, terrorizm, fundamentalizm, islom radikalizmi, mujohid, harbiy rejim, harbiy xunta, armiya, politsiya, genotsid, aparteid, konveyer, postmodernizm, patsifizm.

Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi: E.Fermi, B.P.Grabovskiy, I.F.Belyanskiy, J.Makleod, F.Banting, A.Fleming, N.Chemberlen, A.Gitler, B.Mussolini, E.Dalade, G.Guver, F.Ruzvelt, F.Ebert, Ch.Daues, A.Gitler, B.Mussolini, M.Primo de Rivera, I.Irigoyen, F.Ruzvelt, Sun Yatsen, Chan Kayshi, Mao Szedun, M.Gandi, M.Kamol, Muhammad Rizo Pahlaviy, U.Cherchill, F.Ruzvelt, Iosif Broz Tito, Javoharlal Neru, Jamol Abdul Nosir, R.Reygan, J.Kennedi, R.Nikson, I.Stalin, N.S.Xrushchyov, L.Brejnev, M.Gorbachyov, M.Tetcher, J.Meyjor, K.Adenauer, G.Kol.

Quyidagi sanalarda sodir bo‘lgan tarixiy voqealar haqida ma’ulmot bera oladi.

1918 – 1924-yillarda an’anaviy ikki partiyali tizim jiddiy inqirozni boshdan kechirdi.

1919-yil 4-may xitoylik talabalar Pekinda namoyish boshladilar.

1919-yil 28 iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi.

1919 yi 31 iyul kuni Veymar shahrida konstitutsiya qabul qilindi.

1920-yili Afrika Milliy kongressi (AMK) tashkil topdi.

1921-yilda Sun Yatsen Xitoy respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi.

1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6 fevralgacha to‘qqiz davlat vakillari ishtirokida Vashington konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

1922-yil-oktyabrga kelib M.Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi.

1923-yil 29-oktyabrda Turkiya respublika deb e’lon qilindi.

1926-yilda general Chan Kayshi boshchiligidagi gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi.

1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan «Qullik haqida» konvensiya qabul qilindi.

1927-yilda Albaniya Italiyaning protektoratiga aylantirildi.

1927-yili Buyuk Britaniyaning mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi.



1929-yil-yanvarda Respublikachilar partiyasidan G.Guver AQShning navbatdagi prezidenti qilib saylandi.

1929-yil-yanvarda Respublikachilar partiyasidan G.Guver AQShning navbatdagi prezidenti qilib saylandi.

1933-yilda Sovet Ittifoqini– AQSh tan olindi.

1931 – 1932-yillari Yaponiya Manchjuriyani bosib oldi.

1933-yilda ispan falangasi tashkil qilindi.

1933-yilda prezident F.Ruzvelt o‘z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e'lon qildi.

1934-yili prezident Gindenburg vafot etgandan so‘ng A.Gitler Germaniyaning fyureri (dohiysi) bo‘lib oldi.

1935-yilda Eronda chodra o‘rab yurishni bekor qilish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.

1938-yili Myunxen kelishuvining imzolandi.

1940-yil 14 iyun kuni nemis qo‘shinlari Parijga kirib keldi.

1940-yil-sentyabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv – Uchlar pakti imzolandi.

1942-yil Chikagoda E.Fermi ilk atom reaktorini yaratdi.

1945-yil 2-sentyabr kuni Yaponiya so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi paktni imzolanishi bilan ikkinchi jahon urushi tugadi.

1946-yilda Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish maqsadida kasaba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilindi.

1949-yil-yanvarda O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYoK) tuzildi.

1949-yil-aprelda Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiy-siyosiy tashkilotni tuzdilar.

1951-yili o‘tkazilgan saylovlarda konservatorlar g‘alaba qozondi. U.Cherchill yana bosh vazir lavozimini egalladi.

1952-yilgi AQShda prezident saylovlarida respublikachilar partiyasidan nomzod D.Eyzenxauer g‘olib chiqdi.

1955-yili SSSR va Sharqiy yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi – Varshava Shartnomasi Tashkiloti tuzildi.

1957-yili yevropa iqtisodiy hamkorligini (yeIH) tuzish to‘g‘risida Rim shartnomasi imzolandi.

1958-yili Fransiyada navbatdagi siyosiy inqiroz boshlandi.

1958-yilda Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘ringa chiqdi.

1968-yil Memfisda-martin Lyuter King o‘ldirildi.

1970-yilda Fransiyada sotsialist Fransua Mitteran Fransiya prezidenti etib saylandi.

1970-yillardan Janubiy Koreyada og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya, mashinasozlik, ximiya sanoati rivojlantirildi.

1980-yillarga kelib Italiyada koalitsion hukumat shakllandi.

1981-yildan qishloq xo‘jaligini keng miqyosda qayta qurish boshlandi.

1989-yil-mayda Pekinda favqulodda holat e'lon qilindi.

1990-yili M.Tetcher konservatorlar partiyasi yetakchisi va bosh vazir lavozimlaridan iste'foga chiqdi.




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Ўзбекистон, 1998.

  2. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – 440 б.

  3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u istiqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng оliy saodatdir. – T.: O’zbekiston, 2015.

  4. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  5. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  6. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.

  8. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1997-yil 29-avgustdagi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni.

  9. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g'risida” gi 390-sonli Qarori.

  10. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi to’g’risida” gi Farmoni.

  11. O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirli va Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2010-yil 1 iyuldagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o’qitiladigan umumta'lim fanlari hamda oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to’g’risida” gi 6G`2G`4G`1-sonli qo’shma hay'at majlisi qarori.

  12. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2012-yil 10 dеkabrdagi “Chеt tillarini o’rganish tizimini yanada takomilashtirish to’g’risida” gi PP-1875-sonli qarori.

  13. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta'lim tizimining chеt tillar bo’yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 124-sonli qarori.

  14. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 aprеldagi “Umumiy o’rta ta'lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori.

  15. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o’rta ta'lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.

  16. O’tkazilgan Forum tavsiyalari “Ijtimoiy fanlarni o’qitish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishda o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va еchimlar”. 2017-yil. 24-25-mart kunlari.

  17. Тарих ўқитиш методикаси. – T.: TURON- IQBOL, 2001.

  18. Жаҳон тарихининг муҳим саналари. – T.: O‘zbеkiston, 2011.

  19. O‘zbеkiston tarixining muhim sanalari.”O’ZBEKISTON” NMIU, 2012-yil.

  20. O‘zbеkistonda davlat va din munosabatlari: Diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo’nalishlari. – “Toshkеnt islom univеrsitеti” nashriyot –matbaa birlashmasi, 2014-yil.

  21. Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Т.: O’zbekiston, 2015.

  22. Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: Маънавият, 2008.

  23. Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи (Энг қадимги даврлардан Россия босқинига қадар). – Т.: Шарқ, 2001.

  24. Иброҳимов А. Бизким, ўзбеклар... Миллий давлатчилигимиз асослари ҳақида мулоҳазалар. – Т.: Шарқ, 1999.

  25. Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Президент Ислом Каримов тарафдорининг танқидий мулоҳазалари. – Т.: Ўзбекистон, 2001.

  26. Левитин Л., Карлайл С. Ислом Каримов – янги Ўзбекистон Президенти. – Т.: Ўзбекистон, 1996.

  27. Тойнби А. Цивилизация перед судом истории. Сборник. – М.: Рольф, 2002.

  28. Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиѐтнинг ўзбек модели (методология, инновация, тарихий таҳлил). – Т.: O’zbekiston, 2015.

  29. Эркаев А. Ўзбекистон йўли (Президент Ислом Каримовнинг ислоҳотлар назарияси ҳақида мулоҳазалар). – Т.: Маънавият, 2011. – 198 б.

  30. Жалолиддин Мангуберди. – Т.: Шарқ, 1999.

  31. Muhammad Ali. Sarbadorlar. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.



Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablariga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining

10-11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun “Tarix” fanlari bo‘yicha yagona o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ishchi guruhi
TARKIBI



TТ/r

F.I.SH

Lavozimi

Imzo

1.

Yaxshiyev Anvar Jo‘raqulovich

O‘zbekiston davlat soliq akademiyasi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent




2.

Zamonov Akbar Turg‘unovich

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiq-lashtiruvchi metodik markazi bo‘lim boshlig‘i.




3.

Xodjayev Begzod Xudoyberganovich

A.Navoiy nomidagi Toshken davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagog qadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, p.f.d., prof.




4.

Ergashev Shuhrat

Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n.




5.

Rajabov Qahramon

Fanlar akademiyasi Tarix instituti loyiha rahbari, t.f.d., prof.




6.

Raximjonov Durbek Obidjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti dotsenti, t.f.n




7.

Ismatova Nargiza Qamariddinovna

Respublika ta’lim markazi bo’lim boshlig’i




8.

Abdullayev Jamshid

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey tarix fani o’qituvchisi




9.

Safarova Shirin Yarashovna

Respublika ta’lim markazi metodisti




10.

Tojiboyev Husniddin Abdumalikovich

Yakkasaroy tumani 144-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi




Tarix fani ekspert guruhi tarkibi

11.

Polvonov Jo‘rabek Ne’matovich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining tarix fani o‘qituvchisi




22.

Tillaboyev Soyibjon Bakievich

Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchisi




33.

Alimova Mahfuza Faxrutdinovna

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta o’qituv-chisi, t.f.n.




44

Xaydarxon Yuldoshxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, t.f.n.




55

Xushvaqova Nigora

Toshkent shahar Uchtepa tumani 74-maktabning tarix fani o`qituvchisi




Download 47,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish