Tarix falsafasi tushunchasi, uning ob’ekti va metodologiyasi



Download 35,22 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi35,22 Kb.
#576634
  1   2
Bog'liq
TARIX FALSAFASI TUSHUNCHASI


TARIX FALSAFASI TUSHUNCHASI, UNING OB’EKTI VA METODOLOGIYASI
Reja
1. Tarix falsafasi: tushuncha va mohiyat.
2. Tarix – inson, zamon va makon falsafasi.
3. Tarixiy tafakkur ehtiyoji. Tarix falsafasi va milliy istiqlol.
4. Tarix falsafasining ob’ekti va metodologiyasi.

Tarixni ilmiy jihatdan tahlil qilish, uni idrok etish, yuz bergan ijtimoiysiyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy va ma’naviy muhitini baholash, har bir davr kishilari ruhiyati, ma’naviy-axloqiy mezonlari, voqeahodisalarga munosabatini o’rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi tushunchasining mazmunini belgilaydi. Tarixni idrok etish va o’rganishga turli mutaxassislar turli xil yondashishadi. Zotan, inson tafakkuri qirralari xilma-xil bo’lib, o’tmishni anglash, idrok etishning yagona qolipi yo’q. Shunday qolipni yaratishga urinish ham noto’g’ri. Ana shuning uchun ham tarix falsafasining bir qator yirik oqimlari dunyoga keldi. Tarix falsafasini teologik (ilohiyot) nuqtai nazardan idrok etish o’tmishni Alloh irodasi orqali tushunish va unga ilohiy tus berish, ilohiy mazmun orqali anglash hisoblanadi. Metafizik tarix falsafasi hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakllarga va ko’rinishlarga kiradigan tushunchalar tizimi hisoblanadi. Idealistik tarix falsafasiga ko’ra esa asosan g’oyalar, insonning axloqiy tushunchalari, ma’naviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi. Insoniyat tarixiga va hayotiga tabiiy (naturalistik) yondashish tarix falsafasining yana bir yirik oqimi sifatida ko’zga tashlanadi. Unda hissiyot va tuyg’u orqali inson tabiatiga baho berishga va inson tabiati, fe’l-atvori uning ta’sir doirasini belgilashiga e’tibor beriladi. Ana shu hissiyot va tuyg’u orqali olamni anglash, o’tmishga nazar solish va uni baholash mazkur oqimning mohiyatini belgilaydi. Materialistik tarix falsafasi yo’nalishida asosan iqtisodiy omillarga katta e’tibor beriladi. Unda tarixni yo’naltiruvchi kuch sifatida tarix haqiqatini, mazmun-mohiyatini moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zarurat orqali tushunishga harakat qilinadi.




Kishilik tarixini, inson va jamiyat xususidagi muammolarni o’rganishda tarix falsafasining o’ziga xos o’rni va roli bor. Insonning tarixda va umuman insoniyat taraqqiyotida tutgan o’rnini aniqlashning individualistik, ya’ni alohida, yakka shaxs misolida hamda jamoachilik, kishilar guruhi, fuqarolar uyushmasi (kollektiv) jihatlaridan qarab fikr yuritadigan tarix falsafasi yo’nalishlari ham bor. Tarix falsafasining tarixiy xotira, tarixiy tafakkur mohiyati va qirralari, tarix fani tushunchasining mazmun-mohiyati, tarix haqiqati va hayot haqiqati, inson va insoniyat taraqqiyoti kabi muammolarini o’rganish orqali umuminsoniy va dunyoviy rivojlanish hodisalarining bir-biriga bog’liq jihatlarini tadqiq etish kabi ko’plab savollarga javob topish mumkin. Umuman, taraqqiyot bevosita tarix falsafasining asosi hisoblanadi. Tarix falsafasi Gerodot va Fukididning antik davrdagi tarixiy harakat kuchi haqidagi tadqiqotlaridan boshlanadi. Ulardan farqli holda Avgustin xristian cherkovi timsolida, uning mazmunmohiyati va ta’sir doirasidan kelib chiqib, ilohiy davlat tarix falsafasini yaratdi. Uning falsafasi keyingi ming yillikda katta mavqega ega bo’ldi. Avgustin va uning bir qator izdoshlari tarixni ilohiylashtirishga, tarixiy tafakkurni va tarix falsafasini ilohiy falsafa va ilohiy tafakkur orqali idrok etishga da’vat etgan edilar. Ular voqealar mohiyatini, uning sabablarini ilohiy qudrat v karomatdan izladilar. Insoniyat evolyutsiyasini, kishilik hayoti davomiy-ligi va uzviyligini, tarix va taraqqiyot birligi g’oyalariga ta’sirini o’tmishni ilohiylashtirish orqali tadqiq etishdi. Tarix falsafasining takomil bosqichlari va ana shu ming yilliqtsa yashagan xalqlar ma’naviy-ruhiy ehtiyojlari nuqtai nazaridan qaraganda, qaysidir darajada, davr odamlari tafakkuri, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlari bilan Avgustin falsafasi o’rtasida o’zaro yaqinlik, uyg’unlik mavjud edi. Shuning uchun ham Avgustin falsafasi birmuncha uzoqroq yashadi va ommalashdi. Faqatgana XVIII asrga kelib tarix falsafasi sohasida Avgustin g’oyalari va ta’limoti doirasini sindirib chiqqan yangi ta’limot dunyoga keldi. Butunlay yangi g’oya – tarixda yakka shaxslarning ruhiy kechinmalari, individualizm orqali hayotni anglash, hayot qonuniyatlari ayni ana shular ta’sirida amalga oshishini istaydigan, jamiyatni ruhiyatlashtirishga moyil bo’lgan g’oyalar Avgustin falsafasini sindirib tashladi. Gegel esa to’g’ridan-to’g’ri dunyoviy aql-zakovat, umuminsoniy tafakkur, insoniyat xatti-harakati va aql-idroki uyg’unligi asosida vujudga kelgan, ong va tafakkur hukmron bo’lgan yaxlit borliqni tarix deb tushunadi. O’z falsafa maktabini ana shu g’oya asosida quradi. Shunday qilib, Gegel falsafasi, uning tarixga munosabati tarix falsafasining yangi davrini ochib berdi. U tarix falsafasiga hayot qonuniyati, ma’naviy shakllanish jarayoni va inson rivojlanishining ma’naviy ehtiyoji sifatida qaraydi. Har qanday g’oyalar, maqsadlar va intilishlar ana shu ichki ehtiyoj hamda shaxsning ma’naviy-ruhiy etuklik darajasidan kelib chiqishini ko’rsatib berdi. Bu, yaxlit holda, tarix–inson tafakkurining, ma’naviy-ruhiy va axloqiy kamolotining mahsuli degan xulosaga kelishga imkon beradi. XIX asr va XX asr boshlarida vujudga kelgan tarix falsafasi ayni XVIII asr tarix falsafasi bilan ma’lum darajada yaqinlashadi. Biroq, ba’zi hollarda, u bilan bahs ham yuritadi. Bu davrlardagi tarix falsafasi ayrim paytlarda tarixiylikka, tarixiy haqiqatga, Artur Shopengauer, Osvald Shpengler misolida tushkunlikka, pessimizmga moyil, ba’zi paytlarda esa Arnold Toynbi kabi optimizmga, tafakkur jo’shqinligi va baland ruhdagi mushohadalar oqimiga og’ib turadi. Ayni paytda dinga e’tiqod qiluvchilarning ilohiy tarix falsafasi ko’proq yoyilmoqda. Kishilik hayotini, butun sayyoramizni chulg’ab olishga intilmoqda. Biroq bu ham ko’p ming yillik insoniyat o’tmishida mavjud bo’lgan tarix falsafasi tushunchasi atrofidagi oqimlarning biri, xolos. Albatta, turli davrlarda vujudga kelgan ma’naviy-ruhiy ehtiyojlar va dunyoqarashlar orqali tarix falsafasining oqimlari yangidan shakllanib, turlanib turadi. Biroq bir narsa aniqki, ularning barchasining tagida aniq tarixiy tafakkur, inson va insoniyat takdiri, uning ma’naviy-ruhiy olami, aql-idroki va ana shular asosida vujudga kelgan voqea-hodisalar tizimi yotadi. Ana shu tizim, ana shu shajara butun insoniyat tarixi haqiqatini ham, hayot haqiqatini ham belgilaydi.


Demak, bir so’z bilan aytganda, tarix falsafasi–tarixiy tafakkur muammolari bilan shug’ullanadigan, insoniyat taraqqiyoti asosiy yo’nalishlarini qamrab olgan mustaqil bilimlar tizimi hisoblanadi. Marksizm asoschilari tarixiy materializm g’oyasini ilgari surdilar. Tarixni falsafiy umumlashtirish, uning asosiy qonuniyatlarini o’rganishga bag’ishlangan o’zlariga xos «ilmiy» g’oyani maydonga olib chiqtsilar. Umuman olganda, tarixiy tafakkur va tarix falsafasini shakllantirish, uni o’rganish va tadqiq etishda turli-tuman, bir-birini rad qiladigan, bir-birini inkor etadigan g’oyalar hamon yashayapti, hamon tarix falsafasini tadqiq etishning turli-tuman yo’nalishlari, shakllari va oqimlari paydo bo’lmoqda. Bu tabiiy hol. Zotan, hayot davom etmoqda, tarixiy tafakkurning shakllanish jarayoni, tarix falsafasini anglash hodisasi ham insoniyat hayoti bilan birga davom etmoqda. Ilmiy taraqqiyot, ong va tafakkur rivojlanishining esa chegarasi yo’q. Biroq, masalaning muhim tomoni, muammoga yondashishning eng adolatli va ishonchli jihati shundaki, bizning fikrimizcha, inson va insoniyat tarixi, uning taraqqiyot evolyutsiyasi har qanday qonuniyatlarga ham sig’avermaydi. Birgina misol: kommunistik mafkura nazariyachilari o’ylab topgan turli-tuman «izm»lar kishilik tarixining butun ko’lamini, miqyosini hayot haqiqati nuqtai nazaridan to’la qamrab ololmadi. Marksistik mafkura insonning tarixiy tafakquri va qarashlari xolis hamda erkin rivojlanishiga, shaxsga, ma’naviy ehtiyojga aylanadi. Bugungi milliy mansublik, turli ma’muriy chegaralar va insoniyat taraqqiyoti tarix va hayot oldida nisbiy ekanligini, o’sha davrda yashagan ajdodlarimiz qaysi tilda gaplashganlaru qanday umrguzaronlik qilgani, an’analari va urf-odatlaridan qati nazar, mana shu muqaddas zaminda yashab o’tganlar bizning ajdodlarimiz ekanligini chuqur his qilgan va anglagan hodda o’tmishga yondashishimiz kerak. Prezident Islom Karimov «har qanday tsivilizatsiya ko’pdan-ko’p xalqlar millatlar, elatlar faoliyatining samarali ta’sirining mahsu idir. Bir so’z bilan aytganda, ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib-ketaveradi lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi», – deganida tarixan shu zamindar yashagan xalq tarixi bugungi avlod boyligi, unga ajdodlaridan qolgan buyuk meros ekanligini ta’kidlaydi. Tarixiy taqdirga taqdirdoshlik hissini uyg’otadi. Tarix haqiqatini anglash uchun va ayniqsa, o’tmishi soxtalashtirilgan, boy ma’naviy va madaniy merosidan axratib tashlangan, zo’ravonlik va hukmron g’oyalarga mahkum etilgan, unga xizmat qildirilgan tarix haqiqatini qaytadan tiklash uchun ana shunday ma’naviy-ruhiy yaqinlikni xis etish, o’sha jarayonlarni bevosita qalb orqali o’tkazish zarur. Qalbimizda hamisha tarixga vorislik tuyg’usi 7 bilan «u mening mulkim, mening boyligim, mening naslu nasabim, ajdodlarim ruhi jo bo’lgan ma’vo, mening insoniy daxldorligim va insoniy sha’nimning\ qaysidir bo’lagi» deb qaraganimizda uning naqadar mazmuni chuqur, mohiyat beqiyos qadriyat ekanligini anglaymiz. Ana shunday tuyg’u bilan biz ichki moxiyatini, uning sir-asrorlarini ocha olamiz. Insoniyat taqdiriga daxldor bo’lgan buyuk ma’naviyatni kashf etamiz. Albatta, tarixni o’rganishda, avval aytganimizdek, turli yondashuvlar, turli g’oyalar va oqimlar bor. Biroq, ularning hammasi sof insoniylik munosabati, bevosita daxddorlik va javobgarlik hissi oddida hech ish emas va ular ilmiy soxtalikka, yuzakilikka olib keladigan illatlardir. Ana shu jihatdan qaraganda haqiqiy tarix falsafasi bu inson va tarix, inson taqdiri va tarixiy jarayon, insoniyat taraqqiyoti va voqealar, hodisalar o’rtasidagi konkret bog’liqlik mahsuli sifatida dunyoga keladi. Ayni paytda ana shu ikki qutb o’rtasidagi uyg’unlik, ikki olam o’rtasidagi mushtaraklik tarixshunoslik fani taraqqiyotining va tadrijiy xotirani tiklash asosida tarixiy tafakkurni shakllantirishning muhim omili xisoblanadi. Yangilanishlar davri va butun hayot bizdan tarixga munosabatni jiddiy ravishda o’zgartirishni taqozo etmoqda. Bu bevosita tariximizni qaytadan o’rganishimizni, uning butun yutuqlariyu fojialari bilan yaxlitligicha tadqiq etishni talab qilmoqda. Buning uchun biz eng avvalo, tarixga shunchaki bayonchilik munosabatidan xalos bo’lib, uni o’zimizga, o’zligimizga, shaxsimizga daxldor bo’lgan ma’no, butun insoniy qadriyatimizni o’zida mujassam etgan muqaddas xotirot darajasidagi tafakkur mezoniga aylantirmog’imiz darkor. Tarixiy xotirani tiklash, uni qadriyat darajasiga ko’tarish yo’llarini izlamog’imiz kerak. Tarixiy tafakkur, tarix falsafasi bizning ko’p ming yillik o’tmishimizni yaxlitligicha idrok etishimizga, uning butun moxiyatini anglab etishimizga va xolisona baholashimizga yordam beradi. Shu jihatdan biz o’tmishga yondashuvning tafakkur va falsafa orqali baholash yo’liga o’tmog’imiz lozim.



Download 35,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish