Miloddan avvalgi 331-yil 1-oktabrda Gavgamel yo-nidagi dahshatli jangda Eron qo’shinlari yana tor mor etiladi. Shundan so’ng ikki daryo oralig’i va unga tutash bo’lgan Bobil, Suza, Persopol, Eron poytaxti Pasargad yunon-makedon qo’shinlari tomo- nidan bosib olinadi. Doro III qolgan qo’shinlari bilan Ekbatanga chekinadi. Aleksandr esa eroniy- larni ta’qib qilib boraveradi. Ekbatanga Aleksandr kelayotganini eshitgan Doro III Baqtriyaga qochib ketadi. Baqtriya satrapi Bess o’z qarindoshi Doro III ni o’ldirib, o’zini Artakserks IV nomi bilan Eron shohi deb elon qiladi. Ko’p o’tmay Bess Aleksandr tomonidan qattiq qiynoqqa solib o’ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |