Tarix” fakulteti, tarix ta’limi yo’nalishi 191 Guruh talabasi, Yo’ldosheva Nasibaning Davlatchilik tarixi fanidan tayyorlagan


Somoniylar davlatining ijtimoiy iqtisodiy va xo’jalik hayoti



Download 64,78 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2022
Hajmi64,78 Kb.
#676918
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nasiba

2.2. Somoniylar davlatining ijtimoiy iqtisodiy va xo’jalik hayoti
Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda Movarounnahr, Huroson va Xorazmning shahar va qishloqlarida hunarmandchilikning ko’pgina sohalari rivojlangan edi. Somoniylar davlati aholisining asosiy qismi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan.
Dehkonchilik solig’i (xiroj)dan xazinaga kattagina daromad tushgani uchun Somoniylar xo’jalikning shu tarmog’iga ko’proq, e’tibor bergan. Viloyatlarda suv taqsimoti tartibga solinib, ekin maydonlari imkoni boricha kengaytirilgan. Bir qancha yangi sug’orish kanali qazilib, ularning dahanalariga miftoxlar (shlyuz) va suv tashlagich novalar qurildi. Oqar suv tanqis bo’lgan tog’ oldilarida bandlar bino qilinib, suv omborlari barpo etiladi. Yer osti suvlaridan dehqonchilikda foydalanish uchun murakkab gidrotexnika inshooti - korizlar qazilib ishga tushiriladi. Charxparrak chig’irlardan keng foydalaniladi.
X asr arab geograflarining ta’riflashicha, Samarqand va Buxoro rustoklari Zarafshon daryosidan chiqarilgan shoh ariqlardan sug’orilgan. Masalan, Varksar, Maymurg’, Sanjarfagon va Darg’om rustoqlarining dehqonchilik maydonlari Darg’om anhoridan sug’orilgan. Fay kanalidan sug’orilgan yerlar Sug’dning eng obod qismi bo’lgan. Ibn Xavqalning yozishicha, Sug’d daryosi Buxoro chegarasigacha obod qishloqlar orqali oqqan. Buxoro vohasi keng va obod bo’lgan, u 17 ta sug’orish shoh ariqlar orqali sug’orilgan. Sirdaryo havzasida Iloq (Ohangaron) va Parak (Chirchiq) vodiylari ham nihoyatda obod va istehkomli qishloqlari ko’p bo’lganligidan, bu joyni o’rta asr tarixchilari «1000 qal’ali mamlakat» deb ataganlar.
Sug’orish tarmoqlarini loyqadan tozalash, turli hil suv inshootlarini ta’mirlash uchun har yili bahorda yuz minglab hasharchilar ishlagan. Mirob, juybon va poykorlar yoz bo’yi gidrotexnika inshootlari rejimi va suv taqsimotini nazorat qilib turgan. IX asrdan Buxoro vohasining suv taqsimoti bilan shaxsan shahar qozisining o’zi shug’ullangan. Narshaxiyning yozishicha, Sa’id ibn Xalaf Balxiy Buxoroga qozi bo’lgach, «yaxshi qonun-qoidalar o’rnatgan... toki kuchli kishi zaif kishiga zulm o’tkazmasin uchun (shahar) to’g’onlarini qurdirib, Buxoro suvini adolat va insof yuzasidan taqsim qilishni» joriy etgan.
IX-X asrlarda Movarounnahrda yaylov chorvachiligi rivoj topgan. Ko’chmanchi chorvador qabilalar o’troq aholini chor­vachilik mahsulotlari bilan ta’min etib turgan. O’troq aholi, o’z navbatida, dashtliklarga hunarmandchilik mahsulotlarini yetkazib berib turganlar.
IX-X asrlarda aholining xo’jalik hayotida hunarmandchilik katta o’rin tutadi. Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to’qimachilik, kulolchilik, degrezlik, chilangarlik, misgarlik, zargarlik, shishagarlik va duradgorlik ancha rivoj topadi. Ayni vaqtda shaharlarning me’moriy qiyofasi ham o’zgara bordi. Mahobatli saroy, masjid, mad­rasa, namozgoh, xonaqoh va karvonsa­roylar hamda ustaxonalar qad ko’tardi. Shaharlar kengayib ilk o’rta asrlarda vujudga kelgan ark (o’rda), shaxriston (ichki shahar) va rabod (tashqi shahar) yagona devor bilan o’rab olindi, shahar darvozalarining soni ham ko’paydi. Shaharning do’nglik yerida joylashgan arkida odatdagidek podshoh yoki hoqimning qarorgohi (dargoh), xazina, chaqa-tangalar so’qiladigan zarbxona va qamoqxona bo’lardi. Shahar markazida Registon maydoni, devonlar, mahkama saroyi, shuningdek amirzodalar, saroy a’yonlari, ruhoniylar, mulkdor dehqonzodalar va davlatmand savdogarlarning hashamatli qasrlari, podsholikning qurol-yarog’, asbob, egar-jabduq yasaydigan ustaxonalari, hunarmandchilik do’konlari va savdo rastalari joylashgan edi. Shaharlar kengayib, ularning girdi bo’ylab kosib va hunarmandlarning yangi-yangi mahalla-kuylari, bozor va rastalar vu­judga keladi. Mahalla-kuylarda zargar, sarrof, to’quvchi, kulol, misgar, temirchi, duradgor va boshqa hunarmandlarning uy-joylari va do’konlari bo’lardi. Ayni shu davrda Buxoro, Samarqand, Ko’hna Gur­ganj, Marv, Binkat, Kesh, Nasaf, Ax-sikat kabi shaharlar o’rta asr hunarmandchiligining rivoj topgan yirik markaziga aylanadi.
Narshaxiyning yozishicha, IX asrda Buxoro arki yonida podsholikka qarashli «Bayt ut-tiroz» katta to’qimachilik korxonasi bo’lgan. Unda qimmatbaho rangli mato, palos, darparda, yostiq jildi, joynamoz va ust kiyimliklar to’qilgan. Samarqandda ko’proq, misgarlik zargarlik va sarrojlik rivojlangan edi. Turli matolar, kimxob, shoyi va rumollar to’qilar, yuqori navli qog’oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o’zining kunchilik mahsulotlari va charm buyumlari bilan, Iloq esa kumush va qo’rg’oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi. Movarounnahrning xo’jalik hayotida Xorazm ham katta rol o’ynaydi. Bu yerda hunarmandchilikning boshqa sohalari qatorida qayiqsozlik taraqqiy qiladi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiklarda Amudaryo bo’ylab muttasil yuk tashilgan.
Bu davrda hunarmandchilikning ayrim sohalari yirik qishloqlarda ham ri­voj topdi. Buxoroning Zandana kishlog’ida to’qilgan «zandanacha» malla rang bo’z, Samarqandning Vador qishlog’ida tayyorlangan «vadoriy» matosi Sharqda mashxur va manzur edi9.
IX-X asrlarga oid kulolchilik sirlangan idishlari va shishasozlik buyumla­ri bilan alohida mavqeni egallagan. Bu davrda tog’li mintaqalarda konchilik ham jadal rivojlandi. Shosh viloyati, Farg’ona vodiysi, Nurota, Ustrushona, Xo’jand atroflari va Zarafshon tog’larida temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush rudalari, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar, Badaxshondan la’l va lojuvard qazib olinardi. Iloq viloyati kumush va qo’rg’oshin olinadigan yirik markazlardan edi. Undagi Qoramozor tog’idan bu ikki tur ma’dandan tashqari oltin, mis, temir rudalari va fe­ruza kazib olinardi. Farg’ona vodiysi tog’laridan temir, qo’rg’oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilardi. Farg’onada o’sha vaqtlardayoq toshko’mir va neft qazib olinib ishlatilganligi ma’lum. Neftdan qamal qilingan shaharga o’t otishda foydalanilgan. Konchilik va temirchilik davlat tasarrufida bo’lgan. Kon qazish ishlari o’z zamonasi uchun ancha takomillashgan edi. Qazilma boyliklar hozirgidek ochiq usulda hamda yer osti konlaridan qazib olinardi. Qazilgan rudalar yer ostidan sixg’altaklar vositasida yuqoriga chiqarilgan. Konlarda, asosan qul, mahbus va qishloq, jamoalari zo’rlik bilan ishlatilardi. Konchilarning mehnati nihoyatda mashaqqatli va xavfli bo’lganligini arxeologik topilmalar (qorachirog’, bolta, cho’kich va hokazo)dan bilish mumkin.
Somoniylar davrida (IX—X) islom dinini qabul qilganlar Movarounnahr hududida, uning vodiy va vohalariga kelib yashayverganlar. Somoniylarning harbiy qismlarida, ma’muriy lavozimlarida turklardan qanchalari hizmat qilganlar. Movarounnahrga Sirdaryoning quyi oqimidagi cho’llardan, Sharqiy Turkistondan va Yettisuvdan juda ko’p turkiy qullar olib kelingan. Bo’larning soni ko’payib Movarounnahr aholisining talabidan bir muncha oshib ketgan. Turkiy qullar boshqa mamlakatlarga savdoga chiqarilgan. Turkiy qullar (o’zining aql idroki yaxshi xizmati bilan) yer yuzidagi boshqa qullardan ustun turganligi Istaxriy asarida qayd qilingan.
Sug’diyona o’lkasining taraqqiy etishida uning geo­grafik jihatdan qulay o’rnashgan joyi ham benihoyat katta ahamiyatga ega edi. Zarafshon vohasidagi yirik shahar va qishloqlar katta tijorat yo’lida — Buyuk ipak yo’lida joylashganligidan bu o’lka aholisi bir qancha mamlakatlar, xalqlar va elatlar bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalar olib borish imkoniyatiga ega edi. Bu muhim aloqa yo’li orqali Movarounnahrga turli mamlakat va o’lkalardan xilma-xil tovarlar keltirilgan, o’lkadan ham chetga dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlari chiqarilgan. Sug’diyonani o’troq aholisining (sug’diylar) ma’lum qismi tijorat bi­lan shug’ullanib karvon bilan Afg’oniston, Hindiston, Eron va boshqa Old Osiyo mamlakatlariga, Yettisuv va Sharqiy Turkiston orqali sharqda, to Xitoygacha borganlar. Mahalliy tijoratchilar o’lkalarining taraqqiyoti yo’lida bevosita xizmat qilib, uning iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanib borishiga katta hissa qo’shganlar.
Sug’diyonani shartli ravishda ikki viloyatga bo’lish mumkin:
1)Zarafshon vohasining o’rta va yuqori qismlari — Samarqand viloyati, manbalarda Samarqand Sug’di deyilgan. 2) Shu daryoning quyi (Karmana va undan keyingi) oqimlari — Buxoro viloyati (yoki Buxoro vohasi), Nurota ham shuning tarkibida bo’lgan. Albatta, bu shartli bo’linish.
Sug’diyonaning markaziy shahri Samarqand bo’lib, Buyuk Ipak yo’lining chorrahasida joylashgan edi. Man­balarda qayd etilishicha shahar bir necha dahalarga va mahallalarga bo’lingan. Samarqand o’z davrining ko’p nufuzli shaharlaridan hisoblangan. X asrda unda taxminan 100—110 ming kishi yashagan. Samarqand shahrining IX—X asrlarda Movarounnahr tarixiga, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga qo’shgan hissasi arab geograflarining asarlarida va ilmiy tadqiqotlarida kerakli darajada yoritilgan.
Samarqand shaxrining atroflarida va umuman viloyat ichida ekin ekiladigan obod yerlar, mevali bog’-rog’lar, kanal va ariqlar hamda qishloqlar, qo’rg’onlar juda ko’p bo’lgan. Qishloqlarning aksariy ko’pchiligi kanal va ariq bo’ylab joylashgan edi. «So’g’dda kanal bo’ylarida joylashmagan, ekin ekilmaydigan, dehqonchilik bilan shug’ullanilmaydigan, aholi zich yashamaydigan, ulug’zor qasrlari va mustahkam obod qishloqlari bo’lmagan bironta ham kanal yuq», deb yozadi Ibn Havqal10.
V.V.Bartold yirik tadqiqotlaridan birida Somoniy va Yakut asarlarida qayd etilgan Zarafshon vohasida mavjud 223 ta qishloq nomlarini keltiradi. Shulardan 101 tasi Samarqand viloyatida bo’lgan. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, arab geograflari faqat yirik qishloqlarni (asosan qaysi qishloqda jome machit va bozor bo’lgan bo’lsa) tilga olganlar. Viloyatda aholining tig’iz yashashi hisobga olinsa, Sirdaryoning o’rta oqimida yana yuzdan ortiq kichik (50—100 kishi) yashaydigan kichik qishloqlar ham bo’lganligi ehtimoldan holi bo’lmasa kerak.
Zarafshon vohasining quyi oqimlaridagi shahar­lar ichida eng yirigi va nufuzlisi IX—X asrlarda Buxoro shaxri edi.
Buxoroda «bir korxona bor edi; unda paloslar, zarpardalar, yozgi kiyimlar, yostiq jildlari, funduqiy (jigarrang — Q Sh.) joynomozlar va ust kiyimlarni xalifa uchun to’qir edilar: bitta zarpardaga (butun) Buxoro xiroji sarf bo’lardi. Bog’doddan har yili alohida bir omil (amaldor, soliq yiguvchi — Q Sh.) kelib Buxoro xirojining evaziga shu kiyimlardan olib ketar edi, deb yozgan edi Narshaxiy. Hunarmandlarning ishini yuqori baholab, tarixchi quyidagilarni bayon etadi: «Buxoro shahrida shunday ishga tayin qilingan ustalar bo’lar edilar; viloyatlardan savdogarlar kelib, odamlar zandonachini (Zandonachi qishloqda to’qiladigan mato — Q Sh.) olib ketganlaridek, u kiyimlardan Shom va Misrga, Rum shaharlariga olib ketar edilar. Xurosonning hech bir shahrida bunday (mato) to’qiy olmas edilar».
Buxoro IX—X asrlardagi rabot (qishloqlarni) o’z ichiga olib birmuncha kengaygan, aholisi soni ko’paygan. Shu asrlardagi Buxoroni tilga olib Istaxriy uni (Buxoroni) Movarounnahr va Xurosonda eng ko’p aholi yashaydigan shahar, deb ta’riflaydi. Afsuski, aholi sonini aniq belgilab beradigan boshqa aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. O.G.Bolshakovning taxminiy hisobiga ko’ra, Buxoroda X asrda 40—50 ming kishi bo’lgan. Uning atroflarida va rabotlarida yana 48 ming kishi yashagan. Demak, Bu­xoro va uning atroflarida yashovchi aholi soni 100 ming kishiga yaqinlashgan11.
Somoniylar davrida ko’plab yirik hunarmandchilik markazlari mavjud bo’lgan. Jumladan, Buxoroning Zandona va Iskijkat qishloqlarida to’qilgan bo’z matolar, Samarqandning Vadori qishlog’ida yaratilgan mato buyumlar Eron, Iroq va Hindistondan tashqari joylarga ham olib ketilgan va mashhur bo’lgan. Buxorodan chetga qo’y terisi, yog’, soch moyi, mayin gazlamalar, joynamoz gilamlar, gilamlar, mehmonxonalarga yoziladigan matolar, egarlar, Taboristondan matolar, go’sht va qovunlar, har xil shoyilar, ro’mollar, uzangilar, suvluqlar, qayishlar, qozonlar, yong’oqlar, Jizzaxdan jun gazlamalar va kiyimlar, Shoshdan a’lo sifatli charm va charm mahsulotlari, o’qdonlar, egarlar, chodirlar, chakmonlar, namoz gilamchalar, yelkapushtlar, kamonlar, ignalar, bo’z, g’alla va qaychilar chiqarilgan.
Arab geograflari Eloq viloyatini Shosh bilan Farg’ona oralig’ida joylashganligini qayd etadilar. Eloq X asrda kumush—qo’rg’oshin qazib chiqarishning markazlaridan biri bo’lgan. Eloqda Movarounnahrning uchinchi kumush zarbxonasi ochilgan. Biri Samarqandda, yana boshqasi Buxoroda bo’lgan. Eloq chekani — «Shosh koni» deb o’sha davrda shuhrat topgan. O’z vaqtida Xuroson noibi Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid nomidan zarb qilingan kumush dirhamlarning birida «Shosh konida» 189-hijriy yilida (805-yil) zarb qilindi», yana boshqa birida esa «190-(805-806) yilda» degan so’zlar bor12.
Eloqdagi kumush konining nechog’li katta ahamiyatga molik ekanligini tasavvur qilish uchun e’tiborni shunga qaratmoq joizdir, o’sha vaqtlarda kumushni muomalada juda ko’p ishlatgan Sharqiy Yevropaning o’zida bironta ham kumush, qo’rg’oshin koni bo’lmagan. Sharqiy Yevropadagi davlatlarda muomalada asosan somoniylar zarb etgan tangalar bo’lgan.

XULOSA
O‘zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar sulolasining hukmronligi katta ahamiyat kasb etadi. Arablarga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida 1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlar tashkil topdi. Bunday davlatlarning eng kattasi Somoniylar davlati edi. U Movarounnahr va Xurosondan Ray va Kavzingacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan.
Ismoil ibn Ahmad (892-907) davrida mazkur sulolaning ko‘zga ko‘ringan namoyandalari, Somoniylar markaziy davlat apparatini mustahkamlashdan manfaatdor bo‘lgan feodal zodagonlar, din peshvolari, barcha badavlat dehqon tabaqalarining qo‘llab-quvvatlashlari bilan xorijiylarning yetakchilaridan Amir Husaynni ag‘darib tashlashga, Buxoroning Barnod va Romiton tumanlarida boshlangan dehqonlar harakatini bostirishga hamda teskarichi boyonlarni davlat ishlaridan chetlashtirib tashlashga muvaffaq bo‘ldilar. 893-yili qadimiy Usrushonaning mahalliy hokimiyatini ag‘darib tashladilar hamda iqtisodiy va siyosiy jihatdan ahamiyatga molik bo‘lgan bu hududni o‘z tasarruflariga olishga muvaffaq bo‘ldilar. Turk-qorluqlarning Sirdaryo bo‘yidagi yerlarga qilib turgan bosqinini to‘xtatib, Tarozni bosib oldilar (893) hamda u yerdagi aholini musulmon diniga kirgizdilar.
Somoniylar Movarounnaxr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy hukmronligi davrida kunning dolzarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy Movarounnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun u bir qancha islohotlar o’tqazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatini joriy qilish bo’ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va devon (harbiy—fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda Sosoniylar Eroni va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.
Umuman somoniylar davrida Xuroson va Movarounnahr qishloq xo’jaligini turli tarmoqlari xususan, dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Somoniylar davrida dehqonchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik ham keng sur'atlar bilan taraqqiy qildi. Shahar aholisining tup qismi hunarmandchilikning turli sohalari bilan mashg’ul bo’lishgan. Manbalarda qayd qilinishicha Movarounnahrda, ayniqsa, to’qimachilik yaxshi taraqqiy qilgan.
Somoniylar davrida kuchli va mustaqil davlatning paydo bo’lishi dehqonchilik, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning taraqqiyoti o’z navbatida ichki va tashqi savdoni yanada uzviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo shahar va qishloqlar o’rtasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomondan shahar va qishloqlarni ko’chmanchi xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivojlandi.
Somoniylar davri shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada tinchlik siyosati hukmron bo‘lgan va ilm-fan, madaniyat gullab yashnagan. Ushbu davrda o‘lkamizdan mashhur mutafakkir olimlar, islom ilmlarida katta shuhrat qozongan ilohiyotchi olim va allomalar yashab ijod qilgan. Shuningdek, ushbu davrda o‘lkamizda islomiy ilmlar taraqqiy etgan va ko‘plab ilm markazlari, jumladan “Dor al-juzjoniya”, “Dor al-iyodiya”, “Buxoro fiqh maktabi” kabi maktablar faoliyat olib borgan. Ushbu davr yana shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada millatlararo o‘zaro totuvlik, e'tiqodiy xurlik va diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan.
Somoniylar davlatida IX asrning oxirlarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim o‘zgarishlar yuz bergani va bir necha yillar davomida tinch siyosat va sharoitlar hukmron bo‘lib turgani Movarounnahrning asosiy ilmiy markazlaridan hisoblangan Buxoro va Samarqand shahrida ilmiy jarayonlarning jonlanishiga zamin yaratdi. Samarqandning buyuk ipak yo‘lida joylashgani tijorat, san'at va ilm markazlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, somoniylar davrida Samarqandda nafaqat islom dinining, balki boshqa dinlarning ham ta'lim markazlari faoliyat olib borgan.

Download 64,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish