tarix fakulteti tarix ta'lim yoʻnalishi 192-guruh talabasining "xiva xonligi tarixi"fanidan tayyorlagan taqdimoti - Bajardi: Solayeva.N
- Qabul qildi: Abdullayeva.N
mavzu:qoʻngʻirotlar sulolasining xonlikdagi boshqaruv tizimi.xorazm xonligidagi yer egaligi. - REJA:
- Qoʻngʻirotlar sulolasi boshqaruv tizimi,mansab va unvonlar
- Feodal yer egaligi, soliq masalasi,sugʻorish ishlari
- Xonlikning Rossiya bilan savdo munosabatlari
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Xonlik qo’ng’irot urug’i avlodiga mansub xon boshida turuvchi feodal monarxiya edi. Qo’ng’irotlar siyosiy, ijtimoiy hayotda va harbiy ishlarda uning suyangan tog’i edi. Qo’ng’irotlar ming yillik tarixga ega va o’zbek xalqining madaniy rivojlanishida muhim rol o’ynagan turkiy urug’dir. Xon cheklanmagan mustabid ma’muriy-sudlov va harbiy hokimiyatga ega edi. U mamlakatni qo’ng’irot urug’i zodagonlari, saroy a’yonlari va oliy ruhoniylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi. - Xonlik qo’ng’irot urug’i avlodiga mansub xon boshida turuvchi feodal monarxiya edi. Qo’ng’irotlar siyosiy, ijtimoiy hayotda va harbiy ishlarda uning suyangan tog’i edi. Qo’ng’irotlar ming yillik tarixga ega va o’zbek xalqining madaniy rivojlanishida muhim rol o’ynagan turkiy urug’dir. Xon cheklanmagan mustabid ma’muriy-sudlov va harbiy hokimiyatga ega edi. U mamlakatni qo’ng’irot urug’i zodagonlari, saroy a’yonlari va oliy ruhoniylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi.
- XVIII-XIX asr va XX asr boshlarida xonlikda inoq,bek, biy soloq,sardor,otaliq, mehtar qoʻshbegi, qozi,mirob,qoziyi,askar,parvonachi, kutvol,toʻqsabo,shagʻovul,yasavulboshi,yuzboshi va shunga oʻxshash anchagina boshqa xil mansablar mavjud boʻlgan.
Xiva xonligi ma’muriy jihatdan 20 ta beklik yoki viloyatlarga bo’lingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko’hna Urganch, Xo’jayli, Qo’ng’irot edi. Ulardan har biriga xon tomonidan tayinlangan bek yoki hoki rahbarlik qilar edi. Xiva shahri va uning tevaragi xonning tasarrufida bo’lgan. An shu mansabdor shaxslarning barchasi xorazmlik oddiy dehqonlarni ekspluatasiy qilish va ulardan olinadigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi. - Xiva xonligi ma’muriy jihatdan 20 ta beklik yoki viloyatlarga bo’lingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko’hna Urganch, Xo’jayli, Qo’ng’irot edi. Ulardan har biriga xon tomonidan tayinlangan bek yoki hoki rahbarlik qilar edi. Xiva shahri va uning tevaragi xonning tasarrufida bo’lgan. An shu mansabdor shaxslarning barchasi xorazmlik oddiy dehqonlarni ekspluatasiy qilish va ulardan olinadigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |