4. O'rta Osiyo savdosining rivojlanishi.
I ming yillik o`rtalarida O'rta Osiyo xalqlari o`rtasida o`zaro mahsulot ayriboshlash savdosining rivoj topganligini tasdiqlaydi. Ayriboshlash savdosining rivojida “Dasht yo`li” muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu jarayonda ko`chmanchi chorvador qabilalar teri, mo`yna, jun va jun mahsulotlari hamda go`sht-sut mahsulotlari evaziga o`troq aholidan harbiy qurol-yarog` va ot anjomlari, gazlama va kiyim-kechak, zeb-ziynat buyumlari va boshqa qishloq xo`jalik mahsulotlari ayriboshlaganlar. Geograflarning tadqiqotlariga ko`ra, aynan Chochning ko`chmanchi qabilalarga tutash hududlaridagi ko`chmanchilar terini ishlov berilmagan holda olib kelar, keyin esa ular o`troq aholi tomonidan qayta ishlanar edi.Sirdaryo o`rta oqimi havzasida “asosiy faoliyati dehqonchilik va chorvador qabilalarning savdo-iqtisodiy aloqalariga qaratilgan”, Choch mulkligi taraqqiyotida taraqqiyotida muhim omil bo`ldi. Sirdaryoning o`rta oqimi havzasi, shuningdek, uning o`ng irmoqlari – Chirchiq va Ohangaron vohalari uch tomondan o`ziga xos, taqasimon shaklda osmono`par Tyanshan tog`ining g`arbiy tizmalari – Chotqol, Qurama hamda Qurama tizmasining Sirdaryoga qadar cho`zilgan tarmog`i Qoramozor tog`lari bilan o`ralgan. Geografik jihatdan Farg`ona va Talas vohalariga o`tish uchun juda qulay dovonlarga ega bo`lgan Choch tog` yonbag`irlari nafaqat yirik, balki kichik tuyoqli chorva mollari, balki zotdor otlar etishtirish uchun ham ancha qulay bo`lgan. Milodiy III asrdan e’tiboran Sirdaryo vodiysiga tutash bo`lgan tekislik va tog`oldi hududlarida yangi erlar, shuningdek, Ohangaron vohasining janubiy hududlari ham faol o`zlashtiriladi. Bu esa chorvador aholi o`rtasida o`troq turmush tarziga o`tish kuchayganligidan dalolat beradi. Hududda urbanizasiya jarayonlarining kuchayishi o`z navbatida shahar va shahar tipidagi yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarining vujudga kelishiga olib keldi. Jumladan, Ohangaron vohasi bu davrda Chochning iqtisodiy okrugi hisoblanib, vohaning turli hududlaridan ko`plab foydali qazilmalar – Lashkarak kon hududida – kumush, Qizilolmada – oltin, Ko`krelda – mis, Shovgazda – temir xomashyosi qazib olingan. Bundan tashqari maxsus, metallni qayta ishlash markazlari – Tunkat (Iloq), Tuqkat (Qulota), hozirgi Angren shahri yaqinida Nomsiztepa, Qo`rg`ontepa va Kindiktepa kabi yirik ishlab chiqarish va savdo-sotiq manzillari rivoj topadi. Shuningdek, Choch tog`laridan Sharq mamlakatlarida “baxt va g`alabalarga yordam beruvchi” hamda “ko`z tegishidan, yovuz ruhlar g`azabidan, turli zaharli hasharotlar va ilon-chayonlardan asrovchi tumor” sifatida yuqori qadrlangan firuza (xitoy manbalarida “se-se”) toshi ko`plab qazib olingan. Tadqiqotchilar fikricha, firuza qazib olingan asosiy kon Qoramozor tog`ining shimoliy qismida, Ungurlisoyning o`ng qirg`og`ida joylashgan, bundan tashqari Iloq hududida ham bir necha – Oqtepa, Gulduran, Firuzakon kabi uncha katta bo`lmagan konlardan ham yuqori sifatli firuza qazib olingan. Firuza Chochning nafaqat Sharq mamlakatlari bilan olib borilgan savdo-sotiqda, balki, So`g`d shaharlari bilan o`zaro savdo-iqtisodiy aloqalarida ham asosiy mahsulotlardan biri bo`lgan. Jumladan, Erqo`rg`on shahri ibodatxonasi xarobalarida (mil. III-V asrlar qatlami) olib borilgan tadqiqotlar vaqtida topilgan oltin taqinchoq qismi(kulon)ni aynan, firuza toshi bezab turganligi aniqlangan.Xulosa qilib aytganda, ilk o`rta asrlar davriga kelib Choch mulkligi o`z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko`tariladi, poytaxt yirik hunarmandchilik va savdosotiq markaziga aylanadi. Chochning xalqaro karvon savdosi chorrahasida joylashganligi mulklikning birinchi navbatda, Sharq mamlakatlarining g`arbiy o`lkalar bilan olib boriladigan savdo-iqtisodiy aloqalarda faol ishtirok etishini ta’minladi. Milodiy III-IV asrlardayoq Sharqiy Turkiston hududlarida o`z savdo koloniyalariga ega bo`lgan So`g`d tujjorlari bilan birgalikda chochliklar ham qizg`in savdo-iqtisodiy aloqalar olib boradilar. Xususan, “Eski So`g`d xatlari”ga ko`ra “Chochliklar (miqdoriga ko`ra – A.A.) Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyingi uchinchi o`rinni egallaydilar”. Turk xoqonligi va So`g`d yuqori tabaqasining mushtarak manfaatlari So`g`d tujjorlarining sharqiy yo`nalishdagi savdo-iqtisodiy aloqalarda etakchi o`rinni egallashiga zamin yaratgan edi. Bu aloqalarda faol ishtirok etgan Choch va chochliklar So`g`d sivilizasiyasining Uzoq Sharq mamlakatlariga keng yoyilishida munosib o`rin egallaydi.
Xulosa
Bugungi kunda ko`rilayotgan davrga haqqoniy baho berish dolzarb ahamiyat kasb etadi. XVI-XIX asrlar tarixini xolis haqqoniy yoritishda eng avvalo birlamchi manbalarga alohida e`tabor qaratish joizdir. Shu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akedemiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida” gi qarorini eslash o`rinlidir. Mazkur qarorda barcha arxeologik va yozma manbalarni to`plash hamda ularni ilmiy-qiyosiy tarzda tahlil etish va bir tizimga solish zarurligi qayd etilgan1.
Ana shu yozma manbalar sarasiga, yurtimizning XVI-XIX asrlar tarixiga oid O`rta Osiyoga tashrif buyurgan rus va yevropalik sayyohlarning xotira va esdaliklari ham kiradi. Jumladan, XVI asrning o`rtalarida O`rta Osiyoga tshrif buyurgan Antoniy Jenkinson, XVII asrda yurtimizga kelgan I.D.Xoxlov, S.I.Pazuxin, V.A.Davidov, M.Qosimovlarning esdaliklari, 1721-1725-yillar Buxoroda bo`lgan F.Beneveninning, 1740-1741 yillarda Omsk shahridan 1741-yil Shubay Arslonovning Toshkent shahriga kelib yiqqan axborotlari, 1800-yil Toshkent hokimi Yunusxo`ja chaqiruviga ko`ra kelgan Burnashev va Pospelovlarning xotiralari, F.Nazarovning 1813-1814 yillarda Qo`qonga qilgan safari haqidagi xisobotlari shular jumlasidandir. Shuningdek, Buxoroda bo`lib “To`qqiz yillik sayohati” nomli kitob yozgan Filip Yefremov, XIX asrning boshlarida Buxoro amirligiga tashrif buyurgan E.N.Yeversian, ruhoniy Budrin esdaliklari, N.V.Xakimov, N.Potanin esdaliklari, X.Vamberining “O`rta Osiyo ocherklari” kitobi ko`rilayotgan davrni tadqiq etishda muhim manbalar sirasiga kiradi. E`tiborga loyiq tomoni shundaki rus va yevropa sayyohlarining yozib qoldirgan asarlari yoki orginal xarakterga ega bo`lib ularda mahalliy xalq hayoti va turmushining maishiy tomonlari yaxshi yoritilgan. Tarixchilar mahalliy tarixnavislar asarlarida uchramaydigan nodir ma`lumotlarni xorijlik mualliflar estaliklaridan topishimiz mumkin. Biroq bugungi kunga qadar ushbu asarlar to`liq tadqiqotchilar tomonidan o`rganilib, ilmiy iste`molga kiritilganicha yo`q. Tadqiqotimizda biz bugunga qadar to`liq o`rganilgan rus va yevropa manbalari asosida XVI-XIX asrlarda yurtimizda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ochib berishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |