Ginshi termini bilan o’z davlatlari poytaxtlarinigina tushinadilar. Boshqa davlatlar poytaxtlarini du ya’ni rezidentsiya deydilar. Agar yuqoridagilarni hisobga olsak Mingtepa ko’plab belgilariga ko’ra poytaxt maqomiga ega bo’lgan shaharlar tipiga kiradi. Qadimgi shahar miloddan oldingi IV-III asrlarda shakllangan, milodning V-VI asrlaridan keyin Mingtepada xayot to’xtagan.
Andijon viloyati, Marxamat shahri yaqinidagi Mingtepa yodgorligini Ershi shahri bo’lishi mumkinligi aksariyat farg’onashunoslar tomonidan tan olingan. Bunga bir necha sabablar bor:
Mingtepa arxeologik kompleksi (mudofaa devorlari, ichki va tashqi shahar, ark, sopol buyumlari) davriy jihatdan Xitoy yilnomalarida keltirilgan vaqt – miloddan avv. 136-115 yillarga to’g’ri keladi va ular salmog’i ham yetarlicha.
Xitoy manbalari habar bergan Ershi «o’rta shahri» qoldiqlari faqat Mingtepada saqlangan (maydoni 40 gektardan ortiq). O’rta shahar ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o’ralgan, ular arxeologik jihatdan qayd etilgan.
3.Ershi xitoyliklarni vodiyga kirib kelishdagi Yu (Yuchen)dan keyingi shahar edi. Manbalarni sinchiklab o’rganilsa, mavjud geografik holatga ko’ra, ular Sharqiy Fargonada joylashgan bo’lishlari kerak. Biz keltirib o’tgan da’lil-asoslarni Farg’ona vodiysida keyingi 70 yilda o’tkazilgan arxeologik qazuv ishlari ham tasdiqlaydi. Chunki aynan vodiy sharqiy tomonlari ilk dexqonchilik va dastlabki shaharlar paydo bo’lgan xudud hisoblanadi. Asosiy dexqonchilik bilan bog’liq yodgorliklar 60-70 foizi shu xududda ekanligi aniqlangan. Qolaversa, tanilgan farg’onashunos N.G. Gorbunova va boshqa olimlarning Davan davlatini Sharqiy Farg’onada joylashgan degan salohiyatli xulosalar ham bor. Xullas, Davan poytaxti Ershi o’rni hozirgi arxeologik ma’lumotlarga ko’ra Mingtepada joylashgan bo’lishi kerak. Buni keyingi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Jumladan uzoq
vaqtlardan beri o’z maqolalarida Ershi – bu Axsikent deb hisoblovchi A.Anarboev ham “Vodiynoma” jurnalidagi (2016 yil 1 – son) makolasida Mingtepani – bu Ershi degan fikrni to’g’riligini tan oldi.
Mingtepa o’z mahobati va ulug’vorligi bilan boshqa yodgorliklardan ajralib turadi. Chet ellarda xususan Xitoyda Mingtepaga va undagi qazishmalarga qiziqish katta. XXR Ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti olimlari Mingtepadagi ilmiy qazishmalarda qatnashmoqdalar. 2016 yili qadimgi shaharni ko’rgani Xitoydan ikki gurux sayoxatchilar va arxeologlar kelib ketdilar. Chin mamlakatining SSTV telekompaniyasi o’n minutlik ko’rsatuv qilib ko’plab mamlakatlarga bir necha tilda tarqatdi. Bu 2016 yil sentyabr oyida VTV (Bejing Tv) kompaniyasi Andijon (Mingtepada), Samarkand, Buxoro, Xorazmda, Shahrisabzda suratga olish ishlarini boshlab yubordi. Bu ham Mingtepaga e’tibor va uni Buyuk Ipak yo’lidagi roliga yuksak baho berilishi ramzidir. Ta’kid joizki, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShOS) mamlakatlari rahbarlari Toshkent sammiti paytida (23-24 iyun, 2016) XXR raisi Si TSzinpin Mingtepadagi arxeologlar bilan uchrashib suhbatlashdi va qazishma ishlarini davom ettirishni ta’kidlab ular ishlarida zafarlar tiladi.
Mingtepa transkontinental yo’llar tizimida Baqtriya, Ustrushona, Choch kabi xududlarini Xitoy bilan bog’lagan shahar edi. Yuz yillar davomida Ipak yo’li bo’yidagi xunarmandchilik, savdo markazi sifatida geosiyosiy rol o’ynagan. Buni Farg’ona vodiysidan topilgan ayrim Xitoy tanga pullari, ipak matolari va jez ko’zgulari dalolat beradi.
Fargʻona viloyati Oʻzbekistonning qadimgi madaniyat oʻchoqlaridan biri. Viloyat hududida topilgan tosh davri manzilgoxlari va qoyatoshlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qadimgi davrlardan beri yashab kelganliklaridan darak beradi.
Fargʻona viloyatining tosh davri yodgorliklarini 1954-yil A.P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi oʻrgangan.
Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xoʻjagʻor va Uchqoʻrgʻon makonlaridan mustye davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning gʻarbiy qismidagi qadimgi tosh davri madaniyatiga oid manzilgohlar mustye davridagi Qalʼacha, Jarqoʻton va Qapchigʻay tosh qurollar ishlash ustaxonalari topilib oʻrganildi.
1958-yil birinchi marta Markaziy Fargʻonadan mezolit davriga oid mikrolit tosh qurollari topildi. Shuningdek, Markaziy Fargʻonadagi Uzunkoʻl va Tayloqkoʻl atroflaridan mezolit va neolit davrlariga oid 24 ta manzilgoh borligi aniqlandi (1965). Soʻx vohasidagi 28 gʻor va ungurlar (Selungur, Eshma, Obishir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Bogʻishim va boshqalar) roʻyxatga olindi. Obishir gʻorlaridagi madaniy qatlam yaxshi saklangan. Gʻorlarni qazish jarayonida mezolit davriga oid tosh qurollar, xayvon suyaklari topilgan. Bular oʻsha davr turmushini oʻrganish imkonini beradi.
1967 va 1969—70 yillarda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi xodimlari mezolit va neolit davrlariga oid 35 ta manzilgohtopdilar. Fargʻona viloyatining arxeologik yodgorliklarini oʻrganishda Katta Fargʻona kanalining qazilishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Kanalni qazish jarayonida jez davri, quldorlik va zamindorlik jamiyatlariga oid yodgorliklar topildi va tekshirildi. Quva va Toshloq tumanlari oʻrtasidagi Akbarobod qishlogʻida jez davriga oid manzilgoh, Margʻilonsoyning chap sohilida Oqtom qabristoni boʻlganligi aniqlandi.
Fargʻona viloyatining Quva tumanida quldorlik davriga oid Taxyontepa, Fargʻona shahrida Simtepa (Chimtepa) kabi yodgorliklar topib oʻrganilgan. Ayniqsa, Quva shahridagi miloddan avvalgi 5-asr va oʻrta asr boshlariga oid topilmalar yaxshi tekshirilgan. 10—11-asrlarga doir tarixiy manbalarda bu shahar obodligi va kattaligi jihatidan vodiyda Axsikatdan soʻng eng yirik shahar deb qayd qilingan.
Arxeologik materiallar Margʻilon shahri 10-asrda katta qishloq boʻlib, 11 — 12-asrlarda shaharga aylanganligini, Rishton esa 10-asrda katta shahar boʻlsa ham, 11—12 asrlarga kelib qishloq qiyofasiga kirib qolganligini isbotlaydi. Oʻtroq dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan Chust madaniyatiga oid manzilgohlardan topilgan yodgorliklar Fargʻona vodiysini oʻrganishda muhimdir. U yerda ishlab chiqarish kuchlari va xoʻjalikning taraqqiyoti jez davrining oxirida dehqonchilik qabilalarining ijtimoiy tuzumida oʻzgarish yuz berishiga, natijada ibtidoiy tartiblar tugab jamiyatdagi tabaqalanishga olib kelgan. Roʻzgʻor anjomlarida xususiy mulkchilik kurtaklari koʻzga tashlanadi. Arxeologik tekshirishlar natijasi Fargʻona viloyatida qadimdan odamlar yashab, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanganligidan, kishilik jamiyatining keyingi bosqichlarida esa madaniyat rivojlana boshlaganligidan dalolat beradi.
Axsikent – qadimgi shahar harobasi. Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani Shahand qishlog’i hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan.
Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, Axsi shahri miloddan avvalgi 3-2 asrlarda vujudga kelgan, IX-X asrlarda Farg’ona vodiysining poytaxti bo‘lgan. 1219-yil mo‘g‘ullar tomonidan butunlay vayron qilingan. A.ning eski o‘rnidan 5 – 7 km g‘arbda bunyod etilgan yangi shahar – Axsi 14- 17-asrlarga oiddir.
Axsikentni arxeologik jihatdan o‘rganish ishlari 19-asr oxirlari –20-asr boshlaridan boshlangan. 1885 yil N. I. Veselovskip, 1914 yil I. A. Kastane qazish va qidiruv ishlari olib borgan. Sho‘rolar davrida M. Ye. Massoy (1939) va A. N. Bernshtam (1948)lar tekshirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Axsikent ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lganligi, shaharning uch qismi ham alohida devorlar bilan o‘ralganligi, arkda hokim saroyi, zindon, shahristonda ichki jome masjidi, pishiq g‘ishtdan ishlangan hovuz va ariqlar, rabodda hunarmandlar mahallalari va tashqi bozor mavjud bo‘lganligi aniqlangan.
Axsikent Namangan o’lkashunoslik muzeyi xodimlari tomonidan ham o‘rganilgan (1957 – 59). 1960 yil O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti uyushtirgan maxsus ekspeditsiya A. rabodidan 11-asr ga oid ko‘hna hammom o‘rnini ochgan. U yerdan sopol idish, quvur, chaqa tanga va shisha buyumlar topilgan. Bundan tashqari, A. harobalaridan g‘arbrokda o’rta asrlarga oid yana bir shahar harobalari borligi aniqlangan. Akademik Ya. F. G‘ulomov va arxeolog I. Ahrorov mazkur tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ik-820kita shahar bo‘lganligini, ulardan biri qadimgi A. va ikkinchisi Bobur tug‘ilgan Axsi ekanligini birinchi bo‘lib isbot-ladilar. 1967 yil rassom I. A. Smirnov A. harobalaridan yig‘ib jamlagan sopol idish, jez buyum va zeb-ziynatlar majmu-asini Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyiga taqdim etgan. A. yodgorligi o‘zbek xalqi madaniyati tarixida muhim o‘rin tutganligi uchun 1950 yildan davlat muhofazasiga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |