2. Seminar mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Seminar mashg’ulotlarida talabalar “Jahon tarixi” fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo’yicha tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo’shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.
Seminar mavzulari:
II semestr uchun Qadimgi Yunoniston tarixi
Yunon polislarining paydo bo’lishi. Yunon koloniyalari
Miloddan avvalgi IХ asr oxiri –VI asrlarda Attika
Yunon-fors urushlari
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunoniston. Polis tizimining inqirozi
Ellinistik bosqich va uning xususiyatlari
Qadimgi Yunoniston madaniyati
Qadimgi Rim tarixiga kirish
Ilk Rim Respublikasi
Miloddan avvalgi III-II asrlarda Rimning istilochilik yurishlari
Rim respublikasi inqirozi
Rimda imperiya tuzumining o’rnatilishi
Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar
Rim imperiyasining inqirozga uchrashi
Qadimgi Rim madaniyati
VII. BAHOLASH MEZONLARI: A. Baholash 1) Joriy nazorat – talabaning seminar, mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishi hamda faolligi “20” ballik tizimda baholanib boriladi va nazorat turlarida inobatga olinadi.
− Seminarlarda faol ishtiroki – 10 ball;
− Kollokvium (10 ball) - savollar orqali tegishli mavzular bo'yicha og'zaki savol-javob. Savollar tahliliy xarakterda bo'ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin.
2) Oraliq nazorat -semestr davomida modul o'quv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini o'z ichiga olgan) bo'limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.
Oraliq nazoratni o'tkazish tartibini (oraliq nazoratni o'tkazish shakli va muddati, oraliq nazorat savollariga qo'yiladigan talablar, baholash mezonlari) belgilash o'quv fanining xususiyatlari va unga ajratilgan soatlardan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi.
Shunga muvofiq modul bo'yicha oraliq nazorati yozma shaklda semestr mobaynida bir marotaba o'tkaziladi.
Modul bo'yicha oraliq nazorati o'quv semestrining yettinchi yoki sakkizinchi haftasida o'tkaziladi. Oraliq nazoratining aniq muddati laboratoriya yoki maruza mashg'ulot olib boruvchi o'qituvchi tomonidan e'lon qilinadi.
Modul bo’yicha oraliq nazorati uchun ishlab chiqiladigan savollar ushbu o'quv dasturiga mos bo'lishi va o'tilgan mavzularni qamrab olishi lozim. Savollar oraliq nazorati imtihoni boshlanishida kamida bir oy oldin ma’ruza yoki seminar mashg'ulot olib boruvchi o'qituvchi tomonidan talabalar e'tiboriga yetkaziladi.
Modul bo'yicha oraliq nazorati uchun ajratilgan 30 ball quyidagicha taqsimlanadi:
Yozma ish – 30 ball (auditoriyada).
Oraliq nazoratini baholash B bo'limda belgilangan mezonlar asosida amalga oshiriladi.