Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi



Download 1,03 Mb.
bet9/83
Sana10.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#936839
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

Xulosa qilganda, davlatmand xo'jayinlar qaram aholi va kambag'allar yetarli bo'lmagani uchun chetdan ko'plab qullar sotib ola boshlaganlar. Qul bozorlari paydo bo'lib, bu bozorlarda harbiy asirlarni, qulfurushlar sotib olgan kishilarni, qarzini to'lay olmaganligi uchun qonunni buzgani uchun jazo tariqasida qullarga aylantirilgan kishilarni sotganlar. Qulfurushlarning va qul xarid qiluvchilarning nuqtai nazariga ular sotganki sotib olgan qullar odamlikdan chiqib, o'z xo'jayinlarining buyumlariga aylanadilar. Qullarning bunday ahvoli qonun bilan mustahkamlangan.
1. Qadimgi Attika. Attika - O'rta Gretsiyaning Egey sohilidagi toshloq yarim oroldan iborat. Attikada serhosil yerlar oz, ammo kulolchilik buyumlari yasaydigan yaxshi gilvata, kumush, qo'rg'oshin, marmar ko’p. Tokzor va zaytun yaxshi o'sadi. Attikada oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi sababli aholi hunarmandchilik bilan shug'ullanib, buyumlarni arpa, bug'doyga almashtirgan.
Afina atrofida yashovchi ion qabilalari birlasha boshlaganlar. Afsonaga ko'ra mil.av. II ming yillikda birlashuvni Tesey amalga oshirgan. U erkin aholini uch toifaga bo'lgan: yevrapatridlar (nasl-nasabi olijanob bo'lgan aristokratlarga), geomarlar (er uchastkalariga egalik qiluvchi dehqonlarga) va demi (xalq uchun ishlovchi hunarmandlarga) urug'lariga bo'lgan.
Eng qadimgi Afinada basileylar hokimlik qilgan. Basileylar qarorgohi dengizdan bir necha chaqirim narida joylashgan qoya tepasidagi istehkom bilan o'ralgan Akropolda bo'lgan. Basileylar hokimiyati cheklab borilgan, bu lavozim bekor qilinmagan-u, lekin siyosiy ahamiyatini yo'qotib borgan. Ijtimoiy taraqqiyot ilgarilagan sari boshqarish funktsiyalari yangi vazifalarning paydo bo'lishiga olib kelgan. Harbiy askarboshi - polimarxlik lavozimi shu tariqa paydo buladi va basileyni obro'siga putur yetkazgan.
Yangi mansabdor shaxs arxont (el og'asi) mil.av. XIII-X asrlar davomida Afina aristokratiya polisining boshlig'i bo'lib qoladi, ikkinchi o'ringa tushib qolgan basiley mansabi faqat diniy vazifalarini bajaradigan bo'lib qoladi. Bu mansablarning hammasiga xalq yig'ini avval umrbod, so'ng 10 yillik muddatga aristokratlar urug'idan saylab qo'yilgan. Mil.av. VII asrdan bir yilga saylanadigan bo'lgan.
Jamoa uyushmasi batamom buzilgan vaqtga kelib, yevpatridlar vodiylardagi eng yaxshi yerlarni bosib olgan. Geomorlar qo'lida ozgina yer uchastkalri qolgan edi. Geomorlar yevpatridlarga qaram ahvolga tushib qolganlar. Qarz evaziga yeri ba'zan o'zini garovga qo'ygan. geomorlar qarzini to'lay olmasa yeridan, ajralgan, yoki qulga aylangan. Mil.av. VII asrda Afinada hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangan. Yevpatridlar orasida mulkiy tabaqalanish yuz bergan. Yevpatridlar o'z manfaatlari jihatidan shahar demosining boy qatlamiga yaqin turgan13.
Olimp o'yinlarida g'olib bo'lgan Yevpatrid Kilon Afina tirani bo'lib olmoqchi bo'ladi. U demos bilan aristokratiya orasidagi ziddiyatdan foydalanmoqchi bo'lgan. Mil.av. 640 yilda Kilon Zevs sharafiga qilgan bayramda o'z muxlislari bilan Akropolni bosib olgan. Arxont Mechakl rahbarligida Akropol qamal qilingan. Kilon qochib qutilgan. Uning tarafdorlariga hayot va'da qilib taslim bo'lishga ko'ndirishgan, lekin ular qirib tashlangan.
“Kilon isyoni” bostirilgandan keyin demos bilan aristokratiya o'rtasida ziddiyat kuchayadi. Aristokratiya yon berishga majbur bo'lib, qonunlar yozishga rozilik beradi. Mil.av. 621 yilda bu ish arxont Drokontga topshirilgan. U yozgan qonun uning nomi bilan ataladi va o'sha yili xalqqa e'lon qilingan. Bu huquq normalari “Drokont qonunlari” haddan tashqari qattiq qonunlarning ifodasi bo'lib qolgan. Bu qonunda o'g'rilik, hattoki, sabzavot va ho'l meva o'g'irlash kabi mayda o'g'rilik uchun ham o'lim jazosi berilgan. O'g'rilik uchun beriladigan jazoning qattiqligi faqat Drakont qonunlari uchun xarakterli bo'lmay, umuman ilk sinfiy jamiyatning qonunchiligiga ham xos bo'lib, xususiy mulkchilikning qaror topishi va mustahkamlanishini aks ettirgan.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish