Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi



Download 1,03 Mb.
bet35/83
Sana10.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#936839
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

4. Uchinchi Puni urushi. Ikkinchi Puni urushi davrida vayron qilingan Karfagen tez orada o`zini tiklab, mustahkamlanib olgan. Karfagenliklar deh­qon­chilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga katta ahamiyat berganlar. Rimliklar esa Karfagenning qayta kuchayishini istamas edilar. Uni doimo asoratda tutmoqchi bo`lganlar. Miloddan avvalgi 153 yilda Karfagenga kelgan Rim senatori va yozuvchisi Mark Katon shaharning iqtisodiy faravonligini ko`rib, hayratga tushgan edi. U karfagenliklarning ashaddiy dushmani bo`lib, senatda o`z nutqini «Karfagenni vayron qilish kerak», degan so`zlar bilan tugatardi. Rimliklar Karfagen bilan yangidan urush chiqarishga bahonalar izlar edilar. Urush boshlanishiga Rim qo'llab turgan Numidiya podshosining Karfagen yerlariga qilgan hujumi sabab bo'lgan. Qurolli to'qnashuv yuz bergan. Rimliklar miloddan avvalgi 201 yilgi shartnomani Karfagen buzdi deb bahona qilgan (shartnomada Rimning ruxsatisiz Karfagen urush boshlamasligi lozim edi). Rim Karfagenga urush e'lon qilgan. Karfagen hatto qurollarini topshirishga ham rozi bo'lgan. Ammo rimliklar haddan tashqari talab qo'yishgan, ya'ni shaharni bo'shatish va 15 kilometr nariga joylashishni talab qilganlar. Karfagenliklar o'zlarini oxirigacha himoya qilishga qaror qilganlar. Shaharni mustahkamlaganlar. Miloddan avvalgi 149 yilda Rim kemalari Karfagenga kelib uni shturm qilgan. Lekin ololmagach, uzoq qamal boshlagan. Miloddan avvalgi 147 yilda Karfagen batamom qurshab olingan. Shaharda kasallik va ochlik boshlangan. Miloddan avvalgi 146 yilda shaharga hujum boshlangan. 6 kun davomida karfagenliklar har bir uy uchun jang qilganlar. 50 000 karfagenlik qul qilib sotib yuborilgan. Shahar avval talangan, keyin kuydirilgan, la’natlanib turar joy qurish man etilgan. Avvalgi Karfagen yerida Rim viloyati – Afrika ta'sis etilgan60.
5. Ispaniyaning bo’ysundirilishi. Miloddan avvalgi II asrda Rim Ispaniyadagi yerlarini bosib olishni davom ettirdi. Ikkinchi Puni urushida Ispaniya sohili Rimga bo'ysundirilgan edi. Rimliklar o'z yerlarini kengaytirishga uringanlar. Iber qabilalaridan luzitanlar va kelt-iberlar bunga qarshilik qilganlar. Miloddan avvalgi 154 yilda qo'zg'olon boshlangan. Rim qo'shinlari ikki yilda erksevar qabilalar qo'zg'olonlarini bostirganlar. Lekin miloddan avvalgi 150 yilda qo'zg'olon yana boshlangan. Unga cho'pon Viriat boshchilik qilgan va 9 yil davom etgan. Miloddan avvalgi 141 yilda rimliklar uni luzitanlar podshosi deb tan olganlar. Lekin miloddan avvalgi 139 yilda u o'z yaqinlari tomonidan sotqinlarcha o'ldirilgan. Miloddan avvalgi 133 yilda Ispaniyaga kelgan tajribali sarkarda Korneliy Ssipion qo'zg'olon markazi Numansiyani egallagan, aholisini qul qilib sotgan. Ispaniyani Rim provinsiyasiga aylangan.
Xulosa qiladigan bo’lsak, miloddan avvalgi II asrda Rim agressiv tashqi siyosat olib borib, O'rta dengiz Sharqida batamom ustinlikka erishgan. Yunoniston va Makedoniyani bosib olgan. Karfagenni yo'q qilib tashlagan. Ispaniyani bosib olgan.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish