Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi



Download 1,03 Mb.
bet49/83
Sana06.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#747779
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

3. Qadimgi diniy e'tiqodlar. Qadim zamonlarda Italiya aholisi ham yunonlar singari ko`p xudolik bo`lib turli narsalarga sig`inganlar. Ular osmon, suv xudolarini va ma'budalarini juda hurmat qilganlar. Italiyaning atrofi suv bilan o`rab olingan edi. Italiya qabilalari, xususan etrusklar dengizda suzish natijasida dahshatli bo`ronlarni, bo`ronlar natijasida hosil bo`lgan ajal keltiruvchi dengiz to`lqinlarini ko`p marta kuzatganlar. Tabiatdagi ko`p narsa va hodisalarning sabablari, sir-asrorlari rimliklarga ma'lum bo`lmagan. Shu tufayli ular bu narsalarda qandaydir ilohiy kuch bor, deb o`sha narsalarga sig`inib talpinganlar. Rimliklarning ilk e'tiqodida ibtidoiy din shakllari uzoq davom etgan.
Etrusklar e'tiqodiga ko`ra, ularda Yupiter, Yunona, Minerva, Mars kabi o`z xudolari bo`lgan. Bosh xudo Yupiter bo`lib, Minerva donishmandlik, Mars esa Rim homiysi va urush xudosi hisoblangan.
Italiyada yunon xudolariga sig`inish keng quloch yoygan edi. Chunki miloddan avvalgi II ming yillik o`rtalaridayoq yunonlar Sisiliya va Janubiy Italiyaga kelib o`rnasha boshlaganlar. Shundan boshlab yunon madaniyati va dini Italiya madaniyati va diniga kuchli ta'sir etgan. Shu boisdan Italiyada yunon xudolariga sig`inish juda kuchli bo`lgan.
Italiyaliklar yunon xudolarini o`zlarining qadimgi xudolariga qiyos qilganlar. Ular Yupiterni Zevsga, Yunonani Geraga, Venerani Afroditaga, Dianani Artemidaga, Minervani Afinaga va Vulkanni Gefestga o`xshatganlar. Rim imperiyai kuchaygan vaqtda uning mulklari shimolda butun G`arbiy Yevropani, Britaniyagacha, janubda Shimoliy Afrika, sharqda Makedoniya, Yunoniston, Parfiyagacha bo`lgan yerlarga cho`zilgan edi. Bu joylarda turli qabilalar va elatlar yashaganlar. Ularning diniy e'tiqodi har xil bo`lganki, imperiyada ko`p xudolik e'tiqodining mavjudligi shundandir.
4. Rimda xristianlikning tarqalishi. Milodiy 68-69 yillarida Rim imperiyasi og'ir siyosiy inqirozga duch kelgan davrda Yahudiya va boshqa sharqiy viloyatlar ayniqsa qattiq jafo chekkan. Rimliklarga qarshi qo'zg'alon ko'targan yahudiy aholisi xudo Yahve ularga «Messiya» («xaloskor») yuboradi va yovuzlarning hukmronligini yemirib «ming yillik xudo podsholigini» o'rnatadi degan gap-so’zlarni tarqatishadi..Bu g'oyalar yahudiylar orasida «payg'ambarona» asarlar tariqasida tarqalgan va Apokalipsis nomli asar birinchi xristian adabiyoti «muqaddas» kitoblari qatoriga kirgan. Yahudiylar qo'zg'oloni bostirilgan, ulardan minglab kishilar qirib tashlangan, qul qilib sotilgan, boshqalari Kichik Osiyo, Yunoniston, Makedoniya va boshqa joylarga qochib ketgan.
Provinsiyalardagi aholi bu mag'lubiyatdan juda qattiq umidsizlikka tushgan. Yer yuzidagi hayotda rimliklar hukmronligidan qutilishiga bo'lgan umid yo'qolgan. Qandaydir mo’jiza qidirishga intilish kuchaygan.
Milodiy I asrning so'nggi choragida Kichik Osiyoning g'arbiy qirg'og'idagi shaharlarda va Rim imperiyasining sharqiy provinsiyalarida xudo Yahve va'da qilgan messiya (xudoning maxsus vakili - Xristos) kelibdi degan daraklar tarqaldi. Bunga ishongan kishilar guruhi paydo bo'lgan. Ammo xudoning vakili harbiy yo'lboshchi sifatida emas, balki oddiy voiz sifatida paydo bo'libdi, barcha mazlumlarga ruhiy ozodlik va kelgusida ularning tirilishiga ishonch keltirgan emish. Bu voizni Quddus kohinlari qatl qilgan emish, degan xabarlar paydo bo’ldi.
Natijada Iesus Xristos (Iso payg'ambar)to'g'risida qissalar tarkib topgan. «Injil» deb atalgan bu qissalar turli paytlarda paydo bo'lgan va har xil mualliflar tomonidan yozilgan. Keyinchalik IV asrda Xristian diniy birlashmalarining rahbarlari (go'yo Matfey, Mark, Luka va Ioann tomonidan yozilgan) to'rt Injilni haqiqiy (katolik) Injillar deb e'lon qilganlar. Isoning hayoti va faoliyati tasvir etilgan boshqa ko'p asarlar qalbaki deb e'lon qilingan. Xristian dinining afsonaviy talqini milodiy II asrida uzil-kesil tarkib topgan va u hozirgacha xristianlik e'tiqodlarining asosi bo'lib saqlanib kelmoqda.
Milodiy I asr oxiri II asr boshlarida Isoga e'tiqod qiluvchi har xil jamoalar paydo bo'lgan. Ularda Iso haqidagi fikrlar turlicha tasavvur etilgan. Birovlar Isoning tezda yana qaytib kelishiga ishonganlar, rohat-farog'atni tark etib, qiyomatga shay bo'lib turishga chaqirganlar. Boshqalar yahudiylik diniga kirishni, uning marosimlarini qabul qilishni tarqab qilganlar. Apostol Pavel tarafdorlari bu yahudiy xristianligiga qarshi chiqqanlar. Ilk xristian guruhlarining hammasi bir birlari bilan g'oyat shiddatli munozaraga kirishganlar. Bu kurash davomida apostol Pavel qarashlariga va Injil qissalaridagi qarashlarga tarafdor bo'lganlar asta-sekin ustin bo'lib borganlar, ular o'zlarini chin xristian hisoblashgan va boshqa oqimlarni adashganlar deb bilganlar.
Isoga ishongan eng qadimgi jamoalar avval boshda shahar aholisining quyi qatlami – qullar, qullikdan ozod qilinganlar, mayda hunarmandlar va savdogarlardan iborat bo'lgan.
Rim imperiyasida siyosiy vaziyat, ziddiyatlarning keskinlashuvi diniy ruhiy taskinga intilishini kuchaytirgan. Xristianlar ichida dastlab hukmron tabaqalarning ayrim namoyandalari, keyinchalik quldor boylar, imperiya xizmatchilari va harbiylar paydo bo'lgan.
Xristian jamoasi a'zolari kechalari va ertalab ko'zdan pana joylarda, omborxonalar va dahmalarda to'planib Iso sharafiga madhiyalar o'qiganlar. Bu majlislar oq non va qizil vino tortilgan ziyofat bilan tamom bo'lgan. Saylab qo'yilgan jamoa oqsoqoli – prisviter majlisga rahbarlik qilgan. Ayol va erkak xizmatkor ruhoniylar - diakon va diakonisalar unga yordam bergan.
Zamonlar o'tishi bilan katta jamoalarda alohida xo'jalik rahbarlari - yetakchilar paydo bo'la boshlagan.
Milodiy II asrining ikkinchi yarmida Isoning adashgan qo'zini ko'targan surati paydo bo'lgan. Undan keyin go'dak Isoni ushlab turgan onaning surati paydo bo'lgan. So'ngra voiz Ioann (cho'qintiruvchi) va apostollarning suratlari tasvirlana boshlangan. Bunday suratlar milodning III asrida Misr Aleksandriyasidagi uylarning devorlarida, alohida taxtalarda paydo bo'lgan. Dindorlar bunday taxtalarni gullar bilan o'rab, oldiga jinchiroq sham yoqib qo'yishgan. III asr o'rtalariga kelib, yepiskop diniy jmoaning yagona rahbari bo'lib qolgan. Maxsus taomil bilan o'tkaziladigan bayram ibodatlari paydo bo'lgan. Isoning tirilishi (voskresenye) ayniqsa katta tantana bilan nishonlangan. Bayram boshlanishi oldidan Isoning o'limi va uning dafn marosimi o'tkazilgan. Xristianlar bahorda o'tkazadigan bu bayramni yahudiylardan namuna olib «pasxa» deb ataydigan bo'lganlar. Endi majlis oxiridagi umumiy ziyofat xudoning badanidan yulib olingan bir bo'lak (bir burda oq non) va qonni (bir qultum qizil vino) qo'shib tamaddi qilib, dindorlarning xudo bilan mavhumiy birligini ifodalaydigan bo'lgan.
Xristian jamoasining moddiy mablag'i avvallari faqat badallardan iborat bo'lgan. III asrdan boshlab vasiyat qilib qoldirilgan yerlar, uylar va qullardan iborat bo'lgan.
II asri oxiri III asri boshlarida xristian dini birlashmalari kichik-kichik sektantlik guruhlardan qudratli ijtimoiy kuchga aylangan va Rim imperiyasi hokimlarining e'tiborini jalb qilgan.
Rim imperiyasini Trayan idora qilgan davrda majlislar va jamiyatlar imperatorning maxsus farmoni bilan ta'qiqlab qo'yilgan. Ilgaridan imperator haykaliga sig’inish, qurbon bazmlari o'tkazilgan. Sektantlik jamoalarining a'zolari imperatorlar haykalini hurmatlash va qurbonlik bazmlaridan bosh tortishgan. Ular o'z jamoalariga qullarni jalb etishgan. Rim ma'muriyati kechalari va ertalab xristian jamoalari o'tkazadigan majlislardan shubhalanganlar. Ular ustidan ma'lumot keltiruvchi chaqimchilar qo'yishgan. Xristianlik kengayib, Afrika, Galliya, Ispaniyaga yoyila boshlagach, xristianlarni jazolash ham kuchaygan. Ayniqsa ikkinchi (115-117 yy) va uchinchi (132-135 yy) Yahudiy qo'zg'olonlaridan so'ng bu ishonchlisizlik kuchaygan.
II asri o'rtalarida xristian jamoalarining eng ilmli a'zolari publitsistik «Apologiya»larida xristian dini e'tiqodining mohiyatini tushuntirib berganlar, Rim hokimyati nazarida yahudiy qo'zg'olonchilari bilan hech qanday aloqasi yo'qligini isbotlashga uringanlar. Karfagen jamoasining presvitori Tertullian, shu jamoaning yetakchisi Kiprian shunday munozarali asarlar chiqarishgan. Bu asarlarda xristian dini qoidalaridagi asosiy e'tiqodlarini himoya qilish bilan barcha xristianlarning o'zlari qiziqqan munozarali fikrlari bayon etilgan.
Xristianlikni ta'qib qilish Neron prinsipati davridan boshlangan. Unda Neron ko'p xristianlarni Rimga o't qo'yishda ayblanib, qatl qildirgan. So'ngra rivoyatda imperator Domitsian davridan ta'qiblar bo'lgani gapiriladi.
Xristianlar jamoalarga birlashib ibodat qilganlar, yevangeliyelarni o`qiganlar. Ularning o`z bayramlari bo`lib, o`z vaqtida nishonlangan. Masalan, Isoning tug`ilgan kuni 25 dekabrda nishonlangan. Xristianlar xudo dunyoni 6 kunda yaratgan, degan rivoyatni qabul qilganlar. Ular bir xudolikni tan olib targ`ib qilganlar. Ular imperatorlariga sajda qilishdan bosh tortganlar. Shu boisdan Rim imperatorlari va ma'murlari ularning yig`ilishlarini taqiqlaganlar. Lekin xristian jamoalari yerto`la va tashlandiq tosh konlarida to`plaganlar. Imperatorlardan Diokletian xristianlikka qarshi chiqib, xristian dini a'zolarini ta'qib ostiga olgan. U o`zini xudo Yupiterning o`g`li deb e'lon qilgan.
II asrdagi Rim saltanatining notinch vaziyati boy-badavlat kishilarni tashvishga solib qo`ygan. Xristian targ`ibotchilari kishilarni sabr-qanoatli va itoatli bo`lishga chaqirganlar. Ular: «Qullar, xudodan qo`rqing, har sohada xo`jayinlaringizga itoatda bo`ling», - deb ta'lim berganlar. Bu badavlat kishilarga ham ma'qul tushgan. Ular ham xristianlikni qabul qilganlar. Chunonchi, imperatorlardan Konstantinning o`zi xristianlikka kirib, uni hukmron dinga aylantirishga harakat qilgan. U 313 yilda xristianlarning oshkora to`planishiga ijozat bergan. Ayni paytda Konstantinning o`zi va boylar xristian cherkovlarini qurishishlariga katta mablag` ham berganlar. Shu davrda Rimning turli joylarida katta ibodatxonalar va cherkovlar qurilgan. Shunday qilib, xristian dini qul va kambag`allar dinidan umumdavlat diniga aylangan.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish