«Tаrix» fakul'tеti «Iqtisodiyot» kafеdrasi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan mavzu : “



Download 364 Kb.
Sana21.04.2017
Hajmi364 Kb.
#7245


O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi

Navoiy davlat pеdagogika instituti

«Tаrix» fakul'tеti
« Iqtisodiyot » kafеdrasi
Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan



MAVZU : “O’zbekiston Konstitutsiyasi – jamiyatning iqtisodiy negizlarini ifodalovchi bosh me’zon ekanligini o’rganish”.

Bajardi: “Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti” fakultеti “BTU” 3-A4 gurux talabasi Qurbonqulova M


Qabul qildi: o’qit. Cho’lliyev S.R.

Navoiy-2013 y
1 – MAVZU: O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – JAMIYATNING IQTISODIY NEGIZLARINI IFODALOVCHI BOSH ME’ZON EKANLIGINI O’RGANISH
REJA:


  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsi- yasi – mustaqil taraqqiyotimizning hu- quqiy asosi.

  2. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning konstitutsiyaviy asoslari.

  3. Mamlakatimizda demokratik islohot- larni yanada chuqurlashtirish va fuqa- rolik jamiyatini rivojlantirish konsep- siyasi – O’zbekistonda demokratik ta-

raqqiyotning yangi bosqichi.

Biz bugun tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch, osoyishta hayot kechirayotganlariga tayanib, demok- ratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan na-tijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Mamlakatimiz qiyofasi, xalqimiz- ning hayot tarzi izchil yuksalib, yaxshilanib bor- moqda. Istiqlolimizning dastlabki kunlaridan bosh- lab tanlab olin- gan taraqqiyotning “O’zbek modeli” degan nom bilan dunyoda e’tirof etilgan milliy rivojlanish yo’limizning amaliy samarali bugungi kunda hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida yaqqol ko’zga tashlanmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 – yilning 7 – dekabr kuni “Ozbekiston” xalqaro – anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Kons- titutsiyasi qabul qilinganining 20 yilligiga bag’ish- langan tantanali marosimda so’zlangan “Inson man- faati, huquq va erkinliklarini ta’minlash hayotimiz- ning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir.” Mavzusidagi ma’ru- zasida ana shu tuproq va ulkan natijalarning sabab va omillari har tomonlama chuqur tahlil etib berildi.

Tarixda, insoniyat xalqlar taqdiriga ta’sir qilgan taraqqiyotga yo’l ochgan buyuk hodisalar, voqealar, kashfiyotlar ko’p bo’lgan shulardan biri Konstitutsiyaning vujudga kelishi, uning davlatning asosiy qismi sifatida namoyon bo’lishidir. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalardan iborat bo’l -may u kelajakda yuzaga keladigan yangicha muno- sabatlarni (vazifa va maqsadlarni) ham tartibga so- lishga qaratilgan noyob hujjatdir. Konstitutsiya fa- qat huquqiy hujjat bo’lib qolmasdan siyosiy hujjat hamdir.

Konstitutsiya erkin vaqtlar davomida er- kinlik, ozodlik, farovon turmush uchun kurashda ijobiy kuchlarning salbiy kuchlar ustidan g’alaba- sini qonuniy mustahkamlangan inson va davlat munosabatlarida mutanosiblikni o’rnatgan asosiy hujjatdir. Konstitutsiya davlat boshqaruvini xalq manfaatlaridan kelib chiqib tashkil qilishga ta’sir qilgan noyob vositadir.

O’zbekistonimizning mustaqil taraqqiyot yillarida erishgan barcha – barcha yutuq va marra- lari, uning ulkan sur’atlar bilan o’sishi, avvalo, Konstitutsiyamizning hayotbaxsh qudrati va salohi- yatini, unda mujassam bo’lgan prinsiplarning naqa- dar chuqur o’ylangani, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi.

Islom karimov

Bo’lajak Konstitutsiya o’zbek xalqini, O’zbe- kistonning kelajagini belgilovchi hujjat bo’lishi, shu bilan birga, mustaqillikni ta’minlashi, uni saqlab mustahkamlashi kerak edi.

1980 – yil 20 – iyunda XII chaqiriq O’zSSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik dekloratsiyasida O’zbekistonning davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’ana- lari, har bir millat o’z taqdirini o’zi belgilash huqu- qiga ega ekani ko’rsatib o’tildi.

O’zbekiston xalqi birinchi marta Konstitut- siya kabi muhim hujjatni o’zi tayyorlash sharafiga muyassar bo’ldi. Shu bilan birga, bu katta mas’uli- yatham edi. Chunki, bunday tajriba ilgari bo’lmagan, xalqimiz orasidan hech kim Konstitutsiya ishlab chi- qishda ishtirok etmagan edi.

Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqadigan Prezident Islom Karimov rahbarlik qilgan komissi- ya tarkibiga eng yirik olimlar, davlat va jamoa ar- boblari, jamoatchilik vakillari amaliyotchilar kiritildi.

Komissiya raisi – Prezidentimiz jahon kons- titutsiyaviy tajribasini chuqur o’rganish; loyiha mod- dalariga inson huquqlari bo’yicha xalqaro hujjatlar- dagi qoidalarni singdirish; milliy davlatchiligimiz an’analarini, milliy qadriyatlarimizni e’tiborga olish yaqin va olis istiqbolni ko’zlab ish olib borishga alohida ahamiyat berdi.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonning shiddat bilan o’sib, tobora rivojlanib borayotgan mamlakatga, in- son, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqi-qiy qadriyat deb biladigan demokratik ijtimoiy – si- yosiy va suveren davlatga aylanishini ta’minlab ber- gan yana ko’plab hal qiluvchi omillarni misol qilib keltirish mumkin.

Islom Karimov

1991 – yilning 31 – avgustida, XII chaqiriq O’zSSR Oliy Kengashining oltinchi sessiyasida, Islom Kari- mov O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini tantanali ravishda e’lon qildi. Yurtboshimiz o’zi- ning tom ma’nodagi tarixiy nutqida quyidagi fikr- larni ulkan jasorat bilan bayon etdi.

“Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yo- qasiga kelib qolganini ko’ribmiz. Xalq o’zining er- tangi kuniga ishonchini kundan kunga yo’qotyapti. Odamlar o’zlarining, oilasining, bola – chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To’kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozlik ostida ko’milib ketyapti.”

Bizning xalqimiz sabr – bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrxohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugun bizdan himo- ya talab qilyapti, tinch – totuv hayot, og’ir mehnat- ga yarasha turmush sharoitlarini talab qilyapti. Bu haqqoniy talabdir.

O’zbekiston rahbariyati hech qachon, qan- day iltifot bo’lmasin, kim bilan ittifoq bo’lmasin, qanday sharoit bo’lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo’lmaydi, bunga yo’l qo’ymaydi.

1991 – yil 31 – avgust “Ozbekiston Respub-

likasi Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida” O’zbe- kiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Shu tariqa, bundan 21 yildan ortiqroq vaqt oldin O’zbe- kiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. Mustaqil yashash har bir xalqning azaliy orzu – umidi bo’l- gan. Bizning xalqimiz ham azaldan hur – erkin, hech kimga qaram bo’lmagan holda mustaqil yashash uchun tinimsiz kurashib kelgan. Shuning uchun Prezident Islom Karimov iborasi bilan aytganda, “mustaqil o’zbek davlati – xalqimizning tarixiy yu- tug’idir. Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni or- zu qilgan O’zbekiston chinakam mustaqillikni qo’l- ga kiritib, gullab, yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgandemokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o’rinni egallashi – biz ko’zla- yotgan oliy maqsaddir.”

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan ulkan o’zga- rishlarni, xalqimizning fidokorona mehnati bilan eri- shilgan katta yutuq va natijalarni, ularning mohiya- ti va ahamiyatini va umuman, O’zbekistonning mus- taqil taraqqiyoti yo’li ikki bosqichga bo’linishini il- miy-nazariy jihatdan asoslab berdi.

Birinchi bosqich – (1991-2000 yillar) Bu davr- da O’zbekiston xalqi o’z umrini o’tab bo’lgan eski mustabid tuzumdan voz kechib, mamlakatimizda ij- timoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish- ni asosiy maqsad sifatida belgilab oldi. Ana shu maqsadni o’zida ifoda etgan Konstitutsiya loyihasi tarixan qisqa muddat ichida tayyorlandi. Xalqimiz o’rtasida ikki marotaba muhokama qilindi va tako- miliga yetkazildi. Shu asosda Konstitutsiya Respub- likamiz qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul qilindi va u islohotlarni amalgam oshirishga qara- tilgan barcha qonunlar hamda qonun hujjatlari uchun asos bo’ldi.

Konstitutsiyada O’zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining asosiy prinsiplari aniq ifoda- lab berildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruv- chi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlariga bo’linishi eng muhim prinsip sifatida belgilandi. Shuning dek, inson huquqlarining davlat manfaat- laridan, umume’tirof etilgan xalqaro huquq norma- larining esa milliy huquqiy normalardan ustunligi ham Konstitutsiyamizda muhrlab qo’yildi.

Asosiy qonunimizda hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas- ligi va ujtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma xilligi asosida rivojlanishi bel- gilab berildi.

Ayni paytda barcha mulk shakllarining teng huquqliligi sharoitida xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasida ekanligi mustahkamlab qo’yildi.

Ikkinchi bosqich (2001-2007 yillar) Bu davr- da mamlakatimizni modernizatsiya qilishga iqtisodi- yotni rivojlantirishga siyosiy hayotimizni, qonunchi- lik, sud huquq tizimi va ijtimoiy madaniy sohalar- ni izchil isloh etishga qaratilgan demokratik yangila- nishlarni ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaga ma’- lum o’zgarish va qo’shimchalar kiritildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlab aytganidek…biz o’zimizning pirovard maqsadimizga erishish uchun zamon qanday tez va shiddat bilan o’zgarayotganini hisobga olgan holda voqeilikning ortida emas balki, uning oldida yurishimiz har qan- day noxush harakat va muammolarning oldini oli- shimiz, taraqqiyotimiz va demokratik yangilanish zaminini belgilab beradigan qonunlarni o’z vaqtida qabul qilishimiz, ularga hayot taqozo etayotgan o’zgarish va qo’shimchalarni kiritishimiz zarurati bugun nechog’lik dolzarb ekanini anglash, tushunish qiyin emas.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “2001 – yildan 2007 – yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga olgan ikkinchi bosqich – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni moderni- zatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish siyosiy hayotimizni qonunchilik, sud – huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni iz- chil isloh qilishni ta’minlashda g’oyat muhim rol o’ynagan davr bo’ladi” deb uqtirib o’tgani bejiz emas.

Ayni shu yo’lda shu maqsadlarga erishish- da Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo’yilgan ta’- moyil va normalar, shuningdek, biz tanlagan va bu- gun dunyoda e’tirof etilgan “o’zbek modeli” deb nomlangan taraqqiyot modeli mujassam topgan.

Islom Karimov

Ikki palatali milliy parlamentni tashkil qilish masalasi O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov to-monidan 2000 – yil 25 – mayda Oliy Majlisning 2 – sessiyasida ilgari surildi. “Shuni yaxshi anglab oli- shimiz zarurki, hayot o’zgarish bilan, odamlarimiz- ning siyosiy va ma’naviy ongi o’zgarishi bilan, biz- ning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli o’zgarishlar bo’lishi tabiiy- dir. Shu holatlarni nazarda tutib men doimiy asos- larda ishlaydigan 2 palatali parlament tizimiga o’tish taklifini kiritmoqchiman, yani biz 2004 – yilda bo’la- digan saylovlarda parlamentni 2 palatali qilib tashkil etishimiz lozim.”

2002 – yil 12 – dekabrda O’zbekiston Oliy Majlisining X sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida” qonun qabul qilindi. Mazkur qonunlar parlament palatalarining maqomini, ularni shakllantirish tarti- bini, vakolatlarini boshqa organlar bilan hamkorlik qilish mexonizmlarini aniqlab berdi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (83 – moddasiga, 93 – moddasi- ning 15 – bandiga, 102 – moddasining 2 – qismiga) tuzatishlar kiritishlar to’g’risidagi O’zbekiston Res- publikasining Konstitutsiyaviy qonuni bu fikrning amaliy tasdiqi bo’lishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan ushbu tuzatishlar:



Birinchidan: davlat boshqaruvini yanada demok- ratlashtirish, yani, boshqaruvning xalqchilligini ta’- minlash;

Ikkinchidan: davlat organlarining o’z vakolatlarini amalga oshirishidagi roli va ma’suliyatini oshirish, davlat organla rini faoliyatida qonun ustuvorligini va ularning xalq oldidagi mas’uliyatini oshirish hamda ta’minlash;

Uchinchidan: mamlakatni yangilash va moderni- zatsiya qilishda siyosiy partiyalarning ta’sirini ku- chaytirish, bu siyosiy partiyalarni barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlari va islohotlarga siyosiy jarayonlarning ajralmas ishti- rokchisi sifatida keng jalb qilish imkonini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobida davlat hokimiyati mahalliy organlarini tashkil etishga yangicha yondashildi va o’ziga xos xususiyatlarni aks ettirgan. Davlat hokimiyati mahal- liy organlarning har bir bo’g’inini tashkil etishning huquqiy asosi yaratildi.

Tarqqiyotimizning 3 – bosqichi 2008 – 2010 – yillarni o’z ichiga olib, bu davrda taraqqi- yotning asosiy jabhalari fuqarolarning ijtimoiy – si- yosiy faolligini oshirish, saylov jarayonini yanada demokratlashtirishdan iborat bo’ladi.

O’tgan davr mobaynida yurtimizda samarali demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivoj- lantirish sohasida g’oyat chuqur o’zgarishlar amal- ga oshirilganini ta’kidlash o’rinlidir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 – yil 12 – noyabrda o’tkazilgan qo’shma majlisidagi “Mamla- katimizda demokratik islohotlarni yanada chuqur- lashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kon- sepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi mamlakatimizning demokratik taraqqiyot yo’lidan og’ishmay yanada ildamlab borishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu ma’ruzada ahamiyatga molik bo’lgan mu- him vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tar- moqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlanti- rish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud – huquq tizimini va say- lov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik ja- miyati institutlarini va ommaviy axborot vositala- rini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohot- larni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni libe- rallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik ta- shabbuslari ilgari surildi.

Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston parlamenti palatalarining qo’shma majlisida so’zlan- gan ma’ruzasida 6 ta eng muhim ustivor yo’nalish- larni ilgari surdi. Ana shu yo’nalishlar va ular bo’yi- cha qilingan takliflarning qisqa mazmuni quyidagi- cha:

I. davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlash- tirish:

1) Konstitutsiyaning 98 – moddasiga o’zgartirish kiri tish;

- bosh vazir lavozimiga nomzod ko’rsatish va uni tasdiqlashning yanada demokratik prinsiplarini ifo- dalaydigan yangi tartib o’rnatish;

- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bosh va- zirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish hu- quqini berish;

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qa- bul qilish huquqini O’zbekiston Prezidentining va- kolatlari doirasidan chiqarish.

2) Konstitutsiyaning 96 – moddasiga o’zgartirish ki- ritish:

- Mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda tutiladigan yo’lning yangi tartibi: Prezident vakolatlarini Oliy Majlis Palatalarining qo’shma favqulotda yig’ilishida deputatlar, senatorlar orasi- dan vaqtincha saylangan shaxs emas, Oliy Majlis Senatining Raisi vaqtincha bajaradi.

3) Konstitutsiyaning 78 – moddasi 1 – qismi ning 15 – bandini to’ldirish:

- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchi- lik Palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari darajasiga Bosh Vazir hisobotlarining tinglanishini kiritish.

4) Konstitusiyaning 93 – moddasi 8 – bandini o’zgar- tirish:

- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari doirasidan O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi devoni- ni tuzish va unga rahbarlik qilish vakolatining chiqarilishi

II. Sud – huquq tizimini isloh etish:



  1. Normativ – huquqiy hujjatlar to’g’risidagi qo- nunning yangi tahririni qabul qilish;

  2. O’zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksining 29 va 31 – boblariga o’zgarti- rish va qo’shimchalar kiritish;

  3. O’zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksining 439 – moddasiga o’zgartirish ki- ritish: birinchi instantsiya sudida ish bo’yi- cha ayblov xulosasini faqat prokuror o’qib eshittirishi lozim.

  4. O’zbekiston Respublikasi jinoyat – protses- sual kodeksining 321 – moddasidagi sudning jinoyat ishi qo’zg’atishga doir vakolatini chi- qarish;

  5. “Tezkor – qidiruv faoliyati to’g’risida” qonun qabul qilish;

  6. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks- ning yangi tahririni qabul qilish;

  7. Qonun ustivorligini ta’minlash bo’yicha adliya organlarining rolini yanada kuchayti- rishga qaratilgan yangi huquqiy mexanizm- larni o’rnatadigan hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

  8. Jamiyatda huquqiy bilimlar targ’ibotini tub- dan yaxshilashga yo’naltirilgan maqsadli keng ko’lamli chora – tadbirlar dasturini ishlab chi- qarish.

III. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash:

1) Quyidagi qonunlarni qabul qilish:

- “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliya- tining ochiqligi to’g’risida”

- “Teleradioeshittirishlar to’g’risida”

- “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtiso- diy asoslari to’g’risida”
- “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash kafolatlari to’g’risida”

2) Quyidagi qonunlarga qo’shimchalar va o’zgarti- rishlar kiritish:

- “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”

- “Axborot erkinlaiklari prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”

- “Telekommunikatsiyalar to’g’risida” va boshqalar.

IV. O’zbekistonda saylov huquqi erkinligni ta’min- lash va saylov qonunchiligini rivojlantirish:

1) “Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” qonuniga o’zgartirish kiritish va qo’- shimchalar kiritish:

- 6 – moddaga

- 27 – moddaga

- 41 – moddaga

2) “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar ken- gashlariga saylov to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish:

- 25 – moddaga

- 38 – moddaga

V. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

1) Quyidagi qonunlarni qabul qilish:

- “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”

- “O’zbekiston Respublikasi jamoatchilik nazorati to’g’risida”

- “Ekologik nazorta qilish to’g’risida”

2) Quyidagi qonunlarga o’zgartirish va qo’shim- chalar kiritish:

- “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”;

- “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va unung maslahatchilari saylovi to’g’risida”;

- O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgar- lik to’g’risidagi kodeksi.

VI. Demokratik bozor islohotlarini va iqtosodiyo- tini yanada chuqurlashtirish:

1) Quyidagi qonunlarni qabul qilish:

- “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”

- “Tadbirkor faoliyati sohasida ruxsat berish tartib va qoidalari to’g’risida”

- “Raqobat to’g’risida”

- “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti al- mashuvi to’g’risida”

- “Garov reystri to’g’risida”

- “Rieltorlik faoliyati to’g’risida”

- “Investitsiya va PAY fondlari to’g’risida”

- “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qi- lish to’g’risida va boshqalar.”

2) Quyidagi qonunlarni yangi tahririni ishlab chi- qish:

- “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning hu- quqlarini himoya qilish to’g’risida”;



- “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”
Download 364 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish