Tarix fakulteti “ 1-bosqich talabasi Sh. Ahadov



Download 55,98 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi55,98 Kb.
#18779
Jaholatga qarshi ma’rifat” c:\users\маънавият\desktop\мақола диний экст\img_1474.jpg

Tarix fakulteti “



1-bosqich talabasi

Sh. Ahadov

Jaholatga qarshi ma’rifat… Barchamizga tanish bo’lib qolgan bu fikrni birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida ma’naviyatga yuksak ta’rif berib uni shakllantiruvchi omillar qatoriga shu fikrni qo’shib o’tadilar: ”Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan odamni ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”1.

Har bir inson tug’ilib yashar ekan o’zining hayot falsafasiga hamda o’z hayoti davomida ko’rib kechirganlariga nisbatan munosabati shakllangan bo’ladi. Ota-bobolarimiz tomonidan hayotda kechirilgan, boshdan o’tkazgan voqea-hodisalar ularni hushyor tortishga va yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashga undagan. Bu o’rinda xalqimizning “Bola boshdan odob yoshdan” degan naqlini keltirib o’tishimiz lozim. Ajdodlarimiz yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratib, yoshlik chog’idanoq ilm–ma’rifat, kasb-hunar egallashga undashgan. Tarbiyaning birinchi o’chog’i bu oila bo’lib, yosh farzandlar oilada tarbiya ko’rib o’z ongi, vujudi-shuuriga Vatanga muhabbat, elga sadoqat ota-onaga mehribonlik tuyg’ularini jo qilib ulg’ayishgan. Maktabdayoq ular ilm-bilim, ko’nikma hamda ma’naviyat, kamolot, komillik, g’oya kabi tushunchalarni o’zlariga singdirib o’z ma’naviy xazinalarini boyitib kelishgan. Ilm-ma’rifatdan saboq olib, kelajakda vataniga sodiq, yetuk inson bo’lib yetishishgan. Ilm-ma’rifat nurlaridan bahra olgan, vujudida vatanga muhabbat tuyg’usi barq urib turgan inson hech qachon o’zi tanlab olgan yo’lidan adashib ketmaydi.

Yoshlarni ma’naviy ruhda tarbiyalash, ularda ma’naviy immunitetni shakllantirish, ularni barkamol avlod qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasigacha ko’tarilgan. Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi.Yoshlarni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun ta’bir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish zarur. Toki kelajak avlod milliy o’zligini, shu bilan birga dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishishsin. Shu o’rinda jaholat va ma’rifat tushunchalariga qisqacha to’xtalib o’tsak.

Hozirgi kunda dunyoning ko’p mamlakatlarida notinchlik, o’zaro kurash ichki nizolar davom etayotgani hech birimizga sir emas. O’z maqsadi yo’lida hech narsadan tap tortmaydigan yovuz kuchlar yo’lida uchragan har bir narsani yo’q qilib, vayron qilib kelmoqdalar. Ko’plab shahar -u qishloqlar yonib kul bo’ldi, oddiy norasida go’daklarni o’ldirib hali balog’atga yetmagan qizlarni qul qilib sotib qancha-qanchalab insonlarni hayotiga zomin bo’lib, ular o’z manfur basharalarini namoyon qilib kelishyapti. Bunga misol tariqasida qo’shni Afg’onistonda davom etayotgan 35 yildan ziyodroq vaqtga cho’zilgan minglab odamlar hayotiga zomin bo’lgan fuqarolar urushini aytishimiz mumkin. Yo bo’lmasa Yaqin Sharqdagi arab davlatlarini misol qilib olaylik Suriya, Iroq, Yaman, Falastindagi vaziyat fikrimizning yaqqol isboti bo’lib turibdi. Birgina Tojikistondagi 10 yildan oshiqroq vaqtga cho’zilgan diniy aqidaparastlar hamda muxolifatchi kuchlarning fuqarolar urushini keltirib chiqargan xatti-harakatlari yuqorida aytgan fikrlarimizning yaqqol isboti bo’lib turibdi. Bularning barchasi johil kimsalarning ilmsizligi, mol-dunyoga o’chligi hamda qabih niyatlari tufayli kelib chiqyapti.

Bu fikrlar hamda yuqorida nomlari zikr etib o’tilgan davlatlardagi vaziyat jaholatning ochiq-oydin, vahshiyona ko’rinishidir. Aslini olib qaraganda ham shunday, yurt tinchligi, davlat, xalq osoyishtaligini kelajak avlodning ertangi kunini ta’minlay olmasak, barcha harakatlarimiz befoyda. Endi ma’rifat tushunchasiga to’xtalib o’tsak. Yurtimiz qadim-qadim zamondan boshlab ilm-ma’rifat o’chog’i, dunyoga o’z so’zini ayta olgan kishilar, allomalar yetkazib bergan zamin bo’lib hisoblanadi.

Bu zamindan Al-Xorazmiy, AT-Termiziy, Al-Farg’oniy, Al-Buxoriy Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi buyuk olim-u fuzalolar, davlat arboblar yetishib chiqqan. Aynan ular yashagan davr tariximizda ilm-ma’rifat davri bo’lib hisoblanadi. Yevropada esa bu holat bizdan 2-3 asr keyin: XV asr oxiri XVI asr boshlarida yuz bergan. Ma’rifat bu ilm ziyo tarqatish ma’rifat nurlariga tashna qalblarni yoritish demakdir. Jaholatga qarshi ma’rifat yoshlar ongiga ilm-u ziyo tarqatish, ularni barkamol avlod, har tomonlama mukammal, komil, ma’naviy ongi mustahkam, ma’naviy immuniteti yuqori etib tarbiyalashdir.

Fikrimizning boshida keltirib o’tganimizdek ma’rifatning ilk maskani bu oila, oilada o’sib ulg’aygan, ota-ona tarbiyasidan bahramand bo’lgan insonning kelajagiga bemalol ishonch bildirishimiz mumkin. Keyin esa maktab, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalaridir bu sa’yi harakatlarning barchasi kelajak poydevori kelajak yaratuvchilari barkamol avlodni tarbiyalash, ularni komil inson sifatida yetishtirish. Hozirda bu masalarga chuqur e’tibor qaratilib, davlat siyosati darajasigacha ko’tarilmoqda.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish mustaqillik poydevorini mustahkamlash bilan teng. Chunki har bir davlatning istiqboli, xalqining osoyishta, farovon hayoti, uning ertangi kuni, hamma-hammasi kelajagi bo’lmish yosh avlod, umidli o’g’il-qizlar bilan bevosita bog’liq. 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Qarordan keyin ma’naviyat-ma’rifat masalasi yangi bosqichga ko’tarildi va bu borada qator asarlar chop etilib, ilmiy izlanishlar olib borila boshlandi.

Umum ta’lim muassasalarida yoshlarni hozirdanoq milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash uchun “Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi” kabi fanlar o’quv dasturiga kiritilib, o’qitilib kelinmoqda. O’rta maxsus ta’lim muassasalarida bo’lsa “Ma’naviyat asoslari “kabi fanlar o’quv dasturiga kiritilib o’z oldimizga qo’yilgan maqsadlar, rejalar asosida amalga oshirilib kelinmoqda. Oliy ta’lim yurtlarida esa milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyatchi kadrlar tayyorlanmoqda. Barcha o’quv maskanlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha targ’ibotchi kadrlar tayinlab qo’yilgan. Yaqinda muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan 2017-yil 12-yanvarda imzolangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish” to’g’risidagi farmoyishi yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol dalili bo’la oladi. U farmonda aytilishicha O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi huzurida tashkil etilgan “Ijod” jamoat fondi tomonidan yozuvchi va shoirlar, ayniqsa, yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari ko’p ming nusxada nashr etilmoqda, bundan tashqari mas’ul komissiya tomonidan kitobxonlik saviyasini oshirish hamda yoshlarni kitobga yanada yaqinlashtirish uchun, har bir mahalla guzarlarida, har bir tuman markazlarida katta kutubxonalar tashkil etish va kitobxonlikni targ’ib etish belgilangan. Bularning bari milliy ma’naviyatimiz, mafkuramiz rivoji hamda yoshlarimizni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalashga qaratilgan. Tarixdan ma’lumki, insoniyat o’z boshidan juda ko’p sinovlarni kechirgan. Qanchadan qancha qirg’in barot urushlar, buzg’unchiliklar bo’lgan. Inson aqlli zot bo’la turib nega bularga yo’l qo’ymoqda? Axir urushlar, buzg’unchiliklar avvalo uning o’zi uchun zarar keltiradiku? Bu savolga O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov shunday javob beradi: “Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatiga insoniylikdan ko’ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo’zg’atib yuborishi osonroq. Erk va ozodlikka intilib yashash eng ulug’ insoniy tuyg’ulardan biridir. Zero, erkinlik va ozodlik ta’minlangan sharoitdagina u o’zligini namoyon eta oladi. Ozodlik qaror topgandagina inson shaxs sifatida shakllanadi, erkin mehnat qiladi, izlanadi, ma’naviy yuksaklikka qarab intiladi. Inson barcha sinovlarga chiday olishi mumkin, ammo ozodliksiz yashay olmaydi. Hozir jaholatga qarshi barcha davlatlar jiddiy kurashmoqdalar va boshqa befarq bo’lgan mamlakatlarni ham bu ishga chorlamoqdalar.

“Barchamizga ma’lum bo’lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zbilarchilikka tashlab qo’yilsa, o’sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha, qayerdaki hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo’lsa, o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi”2. Ulug’ ne’mat ya’ni, istiqlol tufayli diyorimizda boshlangan tub islohotlarning markazida inson, uning baxt-saodati, moddiy farovonligi va ma’naviy kamoloti turadi. Mamlakatimiz bugun ko’pgina davlatlar tomonidan tan olinib, e’tirof etayotgan serjilo, go’zal yurtga aylangan. Azal-azaldan O’zbekiston xalqining komil inson tarbiyasiga bo’lgan e’tibori doimo muhim va alohida diqqatga sazovor vazifa hisoblanib kelingan. Shu boisdan ma’naviyat masalasi jitimoiy hayotimizning asosiy qismiga aylangan.

Yoshlarning ma’naviyatiga qarshi qaratilgan har qanday tahdid va tajovuz bevosita mustaqil yurt, uning milliy manfaatlariga, sog’lom avlod kelajagiga xotima beradigan, oxir-oqibatda, jamiyatni inqirozga olib kelishga qaratilgan, desa bo’ladi.

Shunday holatlarning oldini olishda jamiyatning barcha institutlari faol harakat qilishi lozim. Ayniqsa bu o’rinda oilaning o’rni nihoyatda beqiyosdir, ular farzandlarning shaxsiy hayoti uchun javobgardirlar. Konstitutsiyamizning 64-moddasi va Oila kodeksining 65-moddasiga binoan, “ota-onalar zimmasiga o’z farzandlarini tarbiyalash, rivojlantirish, ularning sog’ligi, jismoniy-ruhiy hamda ma’naviy, axloqiy kamoloti haqida g’amxo’rlik qilish majburiyatini yuklaydi”3. Tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo’lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o’ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin.

Voyaga yetmaganlarning porloq kelajakka bo’lgan ishonchini kemiruvchi bunday tahdid va xurujlarga faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni ta’qiqlash bilan biror natijaga erishib bo’lmaydi. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g’oyalar orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha aytganda, bugun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo’lishimiz shart.

Faqat mana shunday asosda yoshlarimizni o’z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishishimiz mumkin. Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya hamda qo’llanmalarni tayyorlash bugungi kunda muhim vazifamizga aylanib borayotganini chuqur tushunib olishimiz zarur.

Eng yomoni, voyaga yetmaganlarga qarshi qaratilgan bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni o’zi tug’ilib o’sgan yurti va xalqidan yuz o’girishigacha kelishi mumkin. Zero, hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish, ularning zararli ta’siridan voyaga yetmaganlarning tafakkurini himoya qilishda jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda ta’lim muassasalarining o’rni va roli tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda o’z hayotini ana shunday mas’uliyatli sohaga bag’ishlagan ko’plab o’qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylar yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyatning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, komil insonni tarbiyalash yo’lida munosib hissa qo’shib kelmoqda.

Bugungi kunda ma’naviyatli, madaniyatli yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor berilar ekan, birinchi navbatda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limning o’rni benihoya kata bo’lib, unda tahsil olayotgan talabalarning ilmga bo’lgan qiziqishini oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar tahsinga loyiqdir. Ma’rifat afzal, chunki u insonni yaxshilikka yetaklaydi, yorug’likka olib chiqadi, yurtimiz taraqqiyoti va rivojiga ulkan hissa qo’shadi. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ularning bekor qolishi natijasida ongida bo’shliq hosil bo’lmasligi, dunyoda bo’layotgan o’zgarishlarni mustaqil fikri bilan tahlil eta olishi, zararli illatlardan хoli sog’lom turmush tarzini shakllantirish uchun yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga doir chora tadbirlar, davlat dasturlari amalga oshirilmoqda.

Davlatimizning harakatlari tufayli mustaqillik yillarida shunday barkamol avlod yaratildiki, buni sportchilarimizning jahon arenalarida O’zbekiston bayrog’ini yuqori ko’tarib dunyoga tanitishlarini aytishimiz mumkin. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, biz yoshlar jaholatga va uning yolg’on puch va’dalariga uchmay o’z tanlagan yo’limizdan og’ishmay borishimiz kerak. Buni ongli ravishda tushunib, his qilib, shunga chin dildan harakat etishimiz lozim.



Men o’ylaymanki, O’zbekistonda yashovchi har bir fuqaro shu yurt uchun kuyib-pishib, yonib yashashi kerak, men Vatanimga nima qildim degan fikr bilan yurtning taraqqiyotiga hissa qo’shmog’i, uning xizmatiga kamarbasta bo’lib yashamog’i kerak. Vatan yo’lida xizmat qilish har bir insonni, har bir shu yurtda yashovchi fuqaroning burchi hisoblanadi. Otaxon adiblarimizdan Ozod Sharafiddinov aytganlaridek shu yurt uchun yonib yashash kerak, Vatan uchun qo’limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak, jonimizni fido qilishimiz kerak, uning taraqqiyoti, farovonligi, kelajak avlodning porloq kunlari uchun agar kerak bo’lsa, ko’ksimizni qalqon aylashimiz lozim. Shu o’rinda adibimiz aytib o’tadilar: agar qo’lingizdan Vatanni himoya qilish kelmasa, uning taraqqiyoti yo’lida fido bo’la olmasangiz, hech bo’lmasa bir tup ko’chat eking, bir tup daraxt eking- sizni shu ishingiz ham Vatan yo’lida qilgan xizmatingiz bo’lib hisoblanadi. Haqiqatan ham shunday, Vatan sharafini faqat qurol ushlab himoya qilinmaydi.

1 “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T.: “Manaviyat” n. 2008 19-bet.

2 “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T.: “Manaviyat” n. 2008 116-bet.

3 “O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi”. T.: “O’zbekiston” n. 1998-yil 114-bet.


Download 55,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish