Kanal-
@imtihon_javoblari_imtixon2022
Admin-@imtixon_2022
Kanal-
@imtihon_javoblari_imtixon2022
Admin-@imtixon_2022
Admin-@Imtixon_2022
1.
Maurya davlati haqida ma‟lumot bering.
Yunon-makedon qo‗shinlariga qarshikurashga
mashhur hind sarkardasi
Chandragupta sardorlik qiladi. Chandragupta Shimoliy Hindistondagi barcha
davlatlarni o‗ztarkibiga olgan Maurya davlatiga asos solgan.Pataliputra shahri
esa Maurya davlatipoytaxtiga aylandi. Mil. avv.
III asrda podsho Ashoka
hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak taraqqiyotga erishdi.
2.
Boburiylar sulolasidan bo„lgan Shoh Jahonning Hindiston tarixidagi tutgan
o„rni haqida fikr bildiring.
ShohJahon (1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) —
Boburiylar saltanati
hukmdori (1627—58), Jahongirshohning 3-oʻgʻli. Asl ismi Xurram. 1616 yil
Dekan (toʻgʻrirogʻi — Dakan)dagi gʻalabasidan soʻng Sh.J.nomini olgan. 1622—
25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627
yilda taxt uchun
kurashlarda gʻolib boʻlib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi
Soniy" taxallusini olgan. Taxtga oʻtirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga
majbur boʻlgan. Sh.J. poytaxtni Agradan Dehliga koʻchirgan. Bu davrda adabiyot,
sanʼat, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Sh.J. bir qancha muhtasham
obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qalʼa, Dehlida Jome masjid,
Lohurda Shalimar bogʻi va boshqalar Sh.J. davrida Boburiylar saltanati tanazzulga
yuz tuta boshlagan. 1630—33 yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurgʻoqchilik
tufayli ocharchilik boʻlgan, xalqning ahvoli ogʻirlashgan, shuning uchun Sh.J.
mazkur oʻlkalardagi yer soligʻini kamaytirgan. Sh.J.
davrida Yevropa savdo
kompaniyalarining Boburiylar davlatiga suqilib kirishi kuchaygan,
Shu kezlarda
uning oʻtillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu kurashda katta oʻgʻli
Avrangzeb gʻolib kelib, taxtni egallagan. Sh.J. Tojmahal maqbarasida xotini
Mumtoz Mahal yoniga dafn etilgan.
3.
“Kommuna” atamasiga izoh bering.
Kommuna (frans. commune, lot. communis — umumiy) — 1) oʻrta
asrlarda
Gʻarbiy Yevropada shahar Kommunasi — feodallardan oʻz-oʻzini boshqarish
huquqlarini olishga erishgan jamoa; 2) hozirgi bir necha xorijiy davlatlarda —
quyi maʼmuriy hududiy birlikning nomi.
24-BILET
1.
Qadimgi Afrosiyob haqida ma‟lumot bering.
Afrosiyob – Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda
qadimgi Samarqandga nisbatan faqat XVII asrdan boshlab uchraydi.
Qadimgi
Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. av. 4-asrda
Samarqand Aleksandr Maqsuniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach,
yunon
mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanve