Vasilevs hokimiyati. Vizantiya imperiyasini vasilevs
(yunoncha, podsho) boshqargan. Vasilevsga ko‘p son-
li sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amal
dorlari,
shuning
dek, maslahat organiga aylangan sinklit (lotincha,
senat) bo‘ysungan. Vizantiyada amaldor va senatorlar faqat
zodagonlardan bo‘lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy xalq
farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkin
edi. Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Bu holat
romeylarni umuman ajablantirmagan. Sababi, ular qadimgi
rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug‘ilishi-
dan teng huquqli, deb hisoblashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |