Vengerlar bilan kurash. Genrix Ining o‘g‘li Otton I (936–973) davrida kuchli nemis otliq qo‘shini vujudga
kel
di. Uning aso
sini og‘ir qurollangan ritsarlar otliq qo‘-
shini tashkil etgan.
Burglarga tayangan yangi otliq qo‘shin ko‘magida
Otton I vengerlar bilan hal qiluv
chi jangga shaylanadi.
955-yilda Bavariya
ning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan
og‘ir jang
da vengerlar mag‘lub etiladi. Shundan so‘ng
ularning Germaniyaga bosqinlari to‘xtaydi.
Yangi imperiya. O‘zidan avval
hech kim yenga olmagan dushman-
ni mag‘lub etgan Otton I o‘zini
Yevropadagi eng kuchli qirol deb
hisob
lay boshlaydi. Ushbu g‘alaba
unda Buyuk Karl singari Rimda
imperatorlik tojini kiyish hamda
imperator unvonini olish istagini
uyg‘otadi.
962-yilda o‘z qo‘shini bilan
RimgakelganOtton Iga papa