Karfagen Rimga taslim bo‘lib, katta miqdordagi boylik bilan tovon to‘lashi kerak edi.
Biroq vaqt o‘tib, Karfagen o‘z qudratini tiklashga harakat qiladi. Uchinchi Puni
urushida rimliklar Karfagenni qamal qildilar. Shahar aholisi ikki yil Karfagenni
mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi. Rimlik legionerlar shaharga hujum qilib, o‘t
qo‘yishar edi. Shunday qilib, mil. avv. 146-yilda Karfagen butunlay vayronaga
aylantirildi. Rim qo‘shinlari esa g‘alaba sururi, talangan o‘lja va minglab qullar bilan
Italiyaga qaytib keldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: