unga saklarasos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent vohasida
miloddan avvalgi III asrda asos solingan, Qanqa – Qang‘xa shahar-qal’asi saklarning
atalgan. Qang‘ davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan.
Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. U ning
hu kmdorlari o‘z nomidan tangalar zarb qildir ganlar. Qang‘ davlatida istehkomlar,
ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etilgan. Davlatning
madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroat
chilik va hunarmandchilik madaniyati v ujudga kelgan. Uning hududidan Buyuk Ipak
yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi davlat iqtisodining gullab-yashna shi ga imkon
yaratdi. Lekin ayni shu hol ko‘chmanchi qabilalar bilan u rushlarning kelib chiqishiga
sabab bo‘ldi. Bu urushlarda qang‘arlar (Qang‘ davlati aholisini shunday atashgan)
ko‘pincha g‘olib chiqar edilar. Milodiy III asrda Qang‘ davlati parchalanib ketdi.
2. Misrliklarning mashg‘ulotlari haqida ma’lumot bering.
Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo‘l oqqan yillarda misrlik dehqonlarning
hosili ham barakali bo‘lgan. Misrlik dehqonlar bug‘doy va arpa, shuningdek, poliz
ekinlarini ekishgan, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to‘qishgan. Nil vodiysida
uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz,bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi.
Qadimgi zamonda yerga omoch bilan ishlov berib, urug‘ qo‘lda sepilgach, urug‘likni
yerga singdirish uchun qoramollarni daladan haydab o‘tishgan. Mehnat qurollari
takomillashishi bilan ziroatchilar omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshlashdi.
Misrliklar sigir, qo‘y-echki, cho‘chqalarni boqishgan. Ziroatchilar ho‘kizlardan dala
ishlarida foydalanishgan.Misr dehqonlari yerga urug‘ sochish va hosilni yig‘ishtirib
olish ishlarini g‘ayriodatiy muddatda o‘tkazishgan. Iyul-sentabr oylarida ular dam
olishar va urug‘likni ekishga hozirlashardi. Negaki, bu mahalda barcha dalalarni suv
bosardi. Kuzda dalalarga urug‘ ekilgan. Qishda esa hosil yig‘im-terimi boshlangan.
Boshoqlarni mis o‘roqlar bilan o‘rib olib, so‘ngra maxsus joyga tashib, bug‘doy yoki
arpa bog‘lamlari ustidan hayvonlarni haydab o‘tib, hosilni yanchishgan. Xirmonjoydan
chiqqan don spool xumlarda saqlangan. Bu tadbir donni son- sanoqsiz kemiruvchilar –
zararkunandalardan omon saqlardi.
Do'stlaringiz bilan baham: