16-BILET
1. AQSh ning tashkil topishi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni – prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yoʻli bilan (saylovchilar hayʼati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2-yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi – Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat boʻladi. Hukumat kongress oldida masʼul emas. Har bir shtatning oʻz konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. Amerika Qoʻshma Shtatlari davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar – hokimiyatning boʻlinishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning boʻlinish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmogʻi – qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular oʻrtasida vazifalarning chegaralab qoʻyilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq – Kongress, Prezident va Oliy suddir.
2. Ismoil Somoniy maqbarasi.
Somoniylar maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan.
Maqbara 4 tomoni bir xil chordara shaklida, jimjima gʻishtin bezaklari chiviqli toʻsiq yoki qamish, buyra toʻqimasini eslatadi. Devor qalinligi —1,8 m, tarhi — tashqarisi 10,80x10,70 m, ichkarisi 7,20x7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba oʻrnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta).
Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos gʻishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda gishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bezak bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bagʻalidagi ustma-ust ravoqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan.
Arxeologik qazilma vaqti (1927)da xona sahnida 2 yogʻoch sagʻana borligi aniqlangan.
3. Abdulla Avloniy hayoti va faoliyati.
Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug‘ildi. U maktab va madrasada ta’lim olib, o‘z zamonining ma’rifatli va chuqur bilim sohibiga aylandi. Abdulla Avloniy o‘lkada ta’lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos soldi. Oczi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratdi.
17-BILET
1. “Anqara jangi” haqida ma’lumot bering.
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir bo‘ladi. Bu jang tarixda “Anqara jangi” deb ataladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari turk qo‘shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya, Angliya hamda Kastiliya va Leon qirollari tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
2. Ulug‘bek madrasasi (Buxoro).
Ulugʻbek madrasasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1417). Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan eng koʻhna madrasa. Ulugʻbek qurdirgan madrasaning eng qadimiysi. Abdullaxon II davrida katta taʼmir ishlari olib borilgan (1586). Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtogʻida boʻlib, unda sirkor gʻishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravokli peshtoqdan miyonsaroy orqali hovliga oʻgiladi. Miyonsaroy ichki gumbazi 12 qirrali, gʻishtdan toʻrsimon shakl qilinib, oralariga koʻk va havo rang koshin terilgan. Hovli (26x25 m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori va peshtoqli 2 ayvon egallagan. Hovlining shim. va jan. tomonlari qisqaroq koʻrinishga ega boʻlib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang sirkor gʻishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvokli. Madrasa (53x41,6 m) uncha katta emas, hujralari moʻʼjaz, oʻzaro mutanosib, ichki va tashqi tuzilishi oʻziga xos. Masjid (15,5*5,5 m) va darsxona (5,5x5,5 m) gumbazli, miyonsaroyning 2 yon tomonida joylashgan. Miyonsaroyning 2qavatida kutubxona bor. Xoja Saʼd Joʻyboriy tomonidan tashqi pesh togʻi va yonlaridagi hujralar taʼmir etilib (1586), peshtoq bezagida mayda yozuvli va naqshli koshin ishlatilgan. Hovli gʻarbidagi hujra tepasida ganchkori bezaklar orasida taʼmirlovchi usta Ismoil ibn Tohir ibn Mahmud Isfahoniy nomi saqlangan. Abdurazzoq Samarqandiyning xabar qilishicha, Ulugbek (1419 y. 28 noyabrda) madrasaga kelib ilm oluvchi talabalarga inʼomlar ulashgan. Bizgacha Ulugʻbek madrasasi ancha oʻzgargan holda yetib kelgan. 16—17-asrlarda, 1950—70 va 1990—96 yillarda taʼmirlangan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar koʻp. Ayvon ustunlari zarhallangan. Eshik tabaqalariga arab tilida "Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir", degan ibora oʻyib yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |