Varzana
Avestoga ko`ra hududiy qo`shnichilik jamoasi.
Veto
lotincha taqiqlayman. Rimda qashshoq rimliklar manfaatlarini himoya
qiluvchi xalq tribunlari qabul qilinayotgan qonunga ”veto” berish huquqiga
ega bo`lishgan.
Vis
Avestoga ko`ra bir nacha “nmana” larni birlashtirgan urug` jamoasi.
Villa
Qadimgi Rimda shohona bo`lgan uy-joylar.
Xronologiya
asrlar, davrlar, vaqt o'lchovi haqidagi fan; turli-tuman voqealar sanasi
xronologiya yordamida aniqlanadi va aniqlashtiriladi.
Xshatra
forscha ”viloyat” Doro I mil.avv.522-yilda saltanatni satraplikka bo`lgan.
Satrap so`zi ”xshatra” so`zidan kelib chiqqan.
Xuanxe
Xitoydagi Sya davlati Xuanxe daryosining o`rta oqimida vujudga kelgan.
Yilnoma
voqealarning yilma-yil qayd etib borish.
Zand
Zardushtiylik kitobi ”Avesto” matnlariga sharh.
Zantu
Avestoga ko`ra bir nacha hududiy qo`shnichilik jamoasi (varzana) ni
birlashtirgan qabila.
Zikkurat
tepasida ibodatxonasi bo'lgan zinapoyali yirik minora. (Mesopotamiya)
Chandallar
Qadimgi hindlarda birorta ham kastaga mansub bo`lmaganlar. Ular
”chandal” ya‘ni ”hazar qilinganlar” deyilgan.
Changak
uch ayrili nayza.
Chopper
Qo‘pol tosh qurollar bo‘lib, ularning bir tomoni o‘tkirlangan.
Tuzuvchi:
Bahrom HIKMATOV
Do'stlaringiz bilan baham: |