Nemis tarix falsafasi
Nemis tarix falsafasining yirik namoyandalaridan biri Osvald Shpenglerdir. U ozining mashhur «Yevropa quyoshining sonishi» asarida tarix falsafasining oziga xos yonalishi haqidagi goyalarini ilgari suradi. Shpengler dunyoni mistik qarashlar orqali anglash, insonning intuitsiyasi, ichki hissiyot va voqelikni his qila olish imkoniyatlari xususida fikr yuritadi.
Shpengler xulosasiga kora «Qancha odam va madaniyat bolsa, shuncha dunyo mavjud. Har bir alohida inson uchun yagona, mustaqil, abadiy dunyo mavjud. Dunyoning bunday mavjudligi har bir inson uchun doimiy yangi, bir marta amalga oshadigan, hech qachon qaytarilmaydigan kechinmadir». Bir qarashda, darhaqiqat, har bir odam alohida va mustaqil olam. Uning oz dunyosi bolganidek, oz ibtidosi va intihosi ham bor. U tashqi dunyoni ozining ichki olami orqali ozicha tushunadi, ozicha anglaydi, unga ozicha baho beradi. Demak, insoniyat tarixi har bir odam uchun garchi u yaxlit, bir butun tarix, real tarixiy jarayon bolsa-da, uni anglashda oziga xoslik, unga yondoshishda xususiylik bolishi tabiiy. Demak, real tarixiy jarayon real inson tasavvurida real fikr-xulosaga aylanishi mumkin. Ana shu holatdan kelib chiqib ham Shpengler «ilmiy bilish bu oz-ozini anglashdir» degan goyani ilgari suradi.
Tarixni anglash, tarixni falsafiy tushunish orqali inson ozligini anglaydi va oziga xos qadriyatga aylanadi. Bunday jarayon insonda intuitiv imkoniyat, his qilish qobiliyati orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun Shpengler tarixni tushunish va tarixga munosabatda intuitsiya, his-tuygu mohiyatini ustuvor qiladi. Ana shundan kelib chiqib tarix mushohada, voqelikni togri his qila olish, tabiiy intuitsiya natijasi degan goyani ilgari suradi. Hatto, u tarixni hissiyot orqali tushunish goyasini ilgari surar ekan, «agar kim buni his qilmasa, tarix bilan shugullanmasin, tabiatni bilishga organish mumkin, lekin tarixchi bolib tugilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi», deydi. Ana shu fikrdan malum boladiki, tabiatni bilish uchun bilimning ozi etarli, tarixni anglash uchun esa uni his qila olish, tarixiy jarayon ortida yotgan inson taqdiri, mohiyati, hayot mazmuni va kechinmalari, sevinch va iztiroblari yotganligini ham anglamoq zarur ekan. Ana shunda har bir tarixiy voqelik tarix falsafasiga aylanadi. Demak instinkt va his qila olish qobiliyati, intuitsiya quvvati tarixchi uchun noyob va qimmatli fazilatdir.
Shpengler sivilizatsiyani madaniyat belgisi sifatida tushunadi va har qanday madaniyat oz taraqqiyot bosqichlariga, ozining sivilizatsiyasiga ega degan goyani ilgari suradi. Uning nazarvda sivilizatsiya madaniyatli insonlarga xos hodisa sifatida namoyon boladi.
O.Shpengler madaniy taraqqiyot, tarix rivoji, uning dinamizmi xususida fikr yuritar ekan, «har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning oz bolaligi, osmirligi, orta yoshliga va qariligi boladi», - deydi. Demak, har qanday madaniyat ozining ibtidosi va intihosiga ega. Shuning uchun ham turli davrlarda yuz bergan turli mintaqalardaga sivilizatsiyalar qaysidir darajada susayish, orqaga ketish holatlarini ham boshdan kechirgan. Ana shu tarixiy dalillar hamda insoniyat otmishidagi buyuk kotarilishlar va tanazzullarni nazarda tutib O.Shpengler har qanday sivilizatsiya tanazzulga mahkumdir, degan fikrni ilgari suradi. Sivilizatsiyalar taqdiri, uning istiqboli xususida gapirar ekan, «mening fikrimning markazini taqdir goyasi tashkil qiladi. Otib ketganlarning taqdiri ham shunday bolgan, hozirgi Garbiy Yevropa madaniyatini ham halokat kutmoqda», deydi.
Shunday qilib, O.Shpengler insonning biologik mavjudot sifatida yaratuvchilik imkoniyatlarini, bu imkoniyatlarni royobga chiqaruvchi ilohiy qudrat ruh, etiqod ekanligini takidlaydi. Dunyoni anglashda, olamni tushunishda uning ana shu goyalari yaqqol kozga tashlanadi va «tabiatni mushohada qilish asnosida diniy etiqod yotadi. Dindan oldin paydo bolgan tabiiy bilim yoqdir. Ana shu nuqgai nazardan qaraganda katolikcha va materialistik tabiatni bilish ortasida hech qanday farq yoqdir. Ular bir narsa togrisida, lekin har xil tilda gaplashadi. Hattoki ateistik soha ham diniy asosga egadir. Hozirdagi mexanika ham xristian aqidalaridan andoza olgandir», deydi. Bu bilan O. Shpengler ruh birlamchi, etiqod hatti-harakatlar va voqeliklarni boshqaruvchi ilohiy qudrat degan xulosaga keladi. Uning nazarida insoniyat tarixi bu juda uzoq va ming yilliklarni qamrab olgan yaxlit olam, ruh va etiqod orqali inson tomonidan amalga oshirilgan buyuk haqiqatdir.
Olamni anglash oz-ozini anglashdan boshlanadi, deydi O. Shpengler. Bunday qarashlar qaysidir darajada undan bir necha asrlar oldin Sharqda yuzaga kelgan ruh falsafasini eslatadi. Jumladan, A.Bedil, J.Rumiy, A.Nasafiy, N.Kubro va boshqalar ilgari surgan goyalarda ruh birlamchi, jism esa ogkinchi, ruh botin, jism moddiy tariqasida talqin etiladi. Jumladan, A.Nasafiy «... ulug olamning avvalu oxiri, zohiru botini, mohiyat va shakllarini anglab etish uchun ozining mohiyatini, zohiru botinini anglab etkin. Bundan boshqa yol yoq», degan edi.
Nemis tarix falsafasi maktabi jahon falsafa fanining I.Gerder, V.Gumboldt, G.Gegel, I.Kant, A.Shopengauer, G.Rikkert, V.Diltey, E.Trelch singari yirik namoyandalarini etishtirib berdi. Mutaxassislarning fikriga kora nemis tarix falsafasi ingliz-frantsuz marifatparvarligi qarashlariga teskari bolgan yonalishni ishlab chiqdilar va oz goyalarini ilgari surdilar. E. Trelchning xulosalariga kora nemis va ingliz-frantsuz tarix falsafasi ortasidagi farq kozga yaqqol tashlanadi. Nemis maktabi ozining diniy-mistik xarakteri bilan alohida ajralib turadi. Oz navbatida ingliz-frantsuz maktabi tarix choqqisini marifatparvarlik ideallari orqali kashf etdi.
Tarixiy taraqqiyotning universal kontseptsiyasi Gegel tomonidan vujudga keltirildi. Ayni u tarixiy dinamika nazariyasini yaratdi va bu sohada oziga xos olamshumul yangilikni vujudga keltirdi. Yoki boshqacha qilib aytganda, E.Trelch xulosalariga kora «barcha tarixiy taraqqiyot nazariyalari qandaydir undan chekinganday, unga qarshi turganday korinsada, biroq ularning barchasi uni butunlay inkor eta olmadi. Shuning uchun ham tarixiy dinamikaga doir barcha tadqiqotlar tarixiy dialektika tushunchasidan kelib chiqmogi darkor».
Ayni ana shu tarixiy dialektika tarixiy taraqqiyot dinamikasini, uning taraqqiyot qonuniyatlarini, rivojlanish omillarini ozida mujassam etadi va barcha tarix falsafasiga doir qarashlar, yonalishlar, kontseptsiyalar va metodologiyalarga asos bolib xizmat qiladi. Tarixiy ana shunday holatdan kelib chiqib, K.Yaspers «Bu kontsentratsion lagerlarning real voqeligi, bu azoblovchilar va azoblanuvchilar doirasidagi kelishilgan harakat, inson manaviy qiyofasining bunday yoqolishi barchaga halokat tahdidini soluvchi kelajak imkoniyatlaridan darak beradi... ushbu xavf atom bombasidan ham qorqinch-li, chunki u inson qalbiga tajovuz qiladi», deydi.
Bir qarashda Yaspers sivilizatsiya oqibatlarini, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini tushkunlik bilan qabul qilganday korinadi. Biroq uning qarashlarida yuksak kotarinkilik, optimistik ruh yaqqol kozga tashlanadi. Xususan, insoniyat kelajagi togrisida gapirar ekan, har qanday sivilizatsiya tasodifiy hodisa emas, aksincha, insonning aql-zakovati, fel-atvori mahsulidir, degan xulosaga keladi. Otmishda yuz bergan barcha yutuqlar bilan birga tanazzullar va fojialarni butun kolami bilan anglab etish, undan zarur xulosalar chiqarish, buning uchun esa tiniq va keng qamrovli tafakkur kerakligini uqtiradi va, jumladan, shunday deydi: «Otmishning fojialarini unutishga yol qoymaslik kerak. Negaki, bizdagi qorquv otmishda sodir bolgan voqealar qaytarilishi, tarqalishi, butun dunyoni qamrab olishi mumkinligi tufayli paydo boladi. Biz xavf bilan faol kurashga aylanuvchi ushbu qorquvni saqlashimiz lozim».
Shunday qilib, Garb tarix falsafasi XVIII asrdan keyin jahon tarixini organishning misli korilmagan metodologik asosini yaratdi. Bu bevosita butun kolami, ilmiy-nazariy yaxlitligi, inson va uning mohiyati, insoniyat tarixi taraqqiyoti tajribalari haqidagi Sharq mutafakkirlari ilmiy-metodologik qarashlarining, falsafiy yonalishlari va goyalarining yangi sivilizatsiyaviy shakli sifatida ozini namoyon etdi. Zotan, Garb mutafakkirlaridan biri «Hyp Sharqdandir» degan edi. Bu dono bashorat har ikki manoda hayot manbai bolgan quyoshning Sharqdan chiqishiga, tafakkur manbai bolgan aql-idrok, daholik quvvati va zakovat mojizasi ham Sharqda yuz bergani va keyinchalik butun insoniyatni zabt etganiga haqqoniy ishora edi!
Do'stlaringiz bilan baham: |