Polibiyning tarixiy qarashlari
Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarimida Polibiy umumiy tarixni yozgan. Unda eramizdan avvalgi 264-146 yillardagi voqealar bayon qilingan. Uning bu asari ilmiy tadqiqotdir. Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi ananalariga amal qilgan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi konservativ tabaqalarning manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning orta dengiz sharqiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati ornatilishi muqarrar degan xulosaga kelgan. U ozining asrida Rimning bir qancha qabilalar va xalqlarni oziga boysundirilishining sabablarini korsatib berishga, yani rim davlatining vujudga kelish tarixini yaratishga harakat qilgan. Polibiy Rim davlatining qudratini uning davlat tuzumidagi xususiyatlaridan deb bilgan, uning nazarida bu tuzumni idora qilishining aristokratik, demokratik va monarxik shakllari ajoyib tarzda birbiri bilan qoshilib ketgan. Polibiy manbalarni juda sinchiklab tekshirgan, mamlakatning geografik holati va uning iqlimini organgan. U antik davr tarixining odat hukmidagi adabiy usullaridan foydalangan. U voqeaning bayonotida voqeada ishtirok qiluvchi nutqlarini kiritgan. Polibiy bu bilan ularning gaplariga mumkin qadar haqiqiy tus berishga harakat qilgan. U manbalarning naqadar rostligini aniqlab, tarixiy voqealarning sabablarini ayrim shaxsning ish va harakatlarida korgan xolos.
Polibiy tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqealarning keyinchalik taraqqiyot yolini belgilashga imkon beradi. Yani tarix nasihat berishi orgatishi mumkin amaliy jihatdan foydali bolishi mumkin deb faraz qilgan.
Tit Liviy asarlarida tarix falsafasi
Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab ozi yashagan davrga otgan butun tarixini yozishga harakat qilgan. Uning bu goyat puxta asari 142 ta kitobdan iborat bolgan, lekin undan atigi 38 tasi va boshqa bazi kitoblaridan parchalar saqlangan xolos. Tit Liviy tarixni yodgorlik deb bilgan. Uning fikricha, tarix ornak bola oladigan namunalarni korsatishi bizning avlodlarimiz kop yillar davomida korib kelgan, ofatlardan qanday qilib, saqlanishiga orgatishi lozim.
Tit Liviy voqealarning sababli boglanishlarini aniqlash ularni izohlash va bu voqealar rostmi yoqmi, bu haqda bosh qotirmagan. Uning asarlarida Fukidid, Polibiy asarlariga xos tarixiy tanqidlar yoq. Tit Liviy, Tsitseronga taqlid qilishga uringan u bu urinishda muvaffaqiyat qozona olmagan. Uning birinchi ikkinchisidan asrlar ajratib turgan qahramonni bir xil chiroyli fikr yuritishadi, bir xil harakat qilishadi va bir xil gapirishadi. Tit Liviyning respublika tarixidan qimmatli manba bolish asarlari muallifning fikricha kitobxonga chuqur tasir qilmogi lozim bolmagan. Uning asarlari ilmiy tadqiqot emas, balki V.G.Belinskiy aytganidek, sanatkorning asari sanat asaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |