Demokratiyaning yangi davri
Mamlakatimizda tub islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyillarining joriy etilishi avvaliga ayrim muxoliflarimizga unchalik ham xush kelmagan edi. Ular buni sustkashlikka, mamuriy-buyruqbozlik tuzumining illatlariga, yangi hokimiyat demokratik ozga-rishlarga qodir emasligiga yoyishdi.
Aslini olganda, islohotlarni inqilobiy yol bilan amalga oshirish bizning hayot va tafakkur tarzimizga butkul zid narsadir. Bunday yol tutilganda jamiyatni mislsiz fojialarga olib kelishi bugun barchaga ayon. Hissiyot aqldan ustun kelgan joyda jamiyat inqirozga yuz tutishini, har qanday islohot esa asta-sekinlik bilan odamlar qalbi va ongi orqali amalga oshirilgandagina yuksak madaniy va manaviy mazmun kasb etishini muxoliflar tushunishmas yoki tushuna turib, boshqacha maqsadlarni kozda tutishar edi.
Oradan birmuncha vaqg otgach, avvalo iqgisodiy islohotlarning dastlabki samaralari kozga tashlana boshladi. Bu davlat mulkini xususiylashtirihtsan tortib, pul va bank-kredit tizimini butunlay yangi izga solish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, ishlab chiqarishni tubdan ozgartirish, sanoatni yangi, ilgor zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashgacha bolgan va boshqa jihatlarni qamrab olgan islohotlarni ozida mujassam etadi. Ayni ana shu yangilanish jarayonida «ozbek modeli» vujudga keldi.
Xosh, Ozbekistonning tub islohotlardagi oz taraqqiyot yoli faqat shulardan iboratmi?
Bugun ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida butunlay yangicha munosabatlar qaror topdi. Jamiyat taraqqiyotining aholi manavay-ruhiy, siyosiy-madaniy qarashlaridan kelib chiqqan oziga xos yondashish usuli shakllana boshladi. Jumladan, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda ham muhim bosqich, yangi davr boshlandi.
Malumki, XX asr 90-yillarining boshlarida mamlakat mustamlaka tuzumdan meros bolmish ogir ijtimoiy, iqgisodiy bohtonlar girdobida qolgan, demokratiya «oyin»lari avj olgan, aholining ayrim guruhlarida ehtiroslar junbushga kelgan bir payt edi. Ana shu ogir vaziyatdan eson-omon chiqib olish, Islom Karimov iborasi bilan aytganda «hech qanday larzalarsiz», qon tokmasdan, mamlakatda barqarorlikni saqlab turgan holda asta-sekinlik bilan hayotni izga solish yoli tanlab olindi va qatiyat bilan amalga oshirildi. «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik» singari hayot sinovidan oggan tajribalar yolidan borildi. Bu goya islohotlarning hamma sohalariga huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va manaviy jihatlariga tegishli edi. Unda siyosatning insonparvarlik mazmuni, har bir fuqaro, har bir tirik jon hayotining daxlsizligini taminlashga masullik, butun mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun javobgarlik hissi mujassamlashgan edi.
Islom Karimov osha paytdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishi xususida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday degan edi: «Dastlabki kezlarda Ozbekistonni sustkashlik va konservatizmda ayblashardi. Ammo Ozbekiston bugungi kunga kelib, bozor ozgartishlarining teranligi, ijtimoiy yangilanishning suratlari va taraqqiyoti yuzasidan sobiq sovet hududidagi aniq dasturga ega bolmay turib, asossiz va mulohazasiz islohotlar jarayonini tezlashtirishga uringan, besabrlik qilgan, soxta obroga intilgan kopgina respublikalardan oldinlab ketdi.
Ming afsuski, ana shu yuzaki urinishlarning hammasi pirovard natijada islohotlarning ozini malum darajada obrosizlantirdi. Ularga ortiqcha siyosiy tus berdi. Jamiyatdagi ichki qarama-qarshilikni kuchaytirdi. Bu bor va undan hech qayoqqa qochib qutulib bolmaydi».
Mana, oradan yillar otib, toshqinlar tindi, atay loyqalatilgan suvlar tiniqlashdi, bulutlar tarqaldi. Haqiqiy hayot manzarasi aniq-ravshan kozga tashlandi: siyosatning otkinchi hissiyot va tuygulardan xoli bolgan, aql-idrok va tajribaga tayangan amaliy qiyofasi namoyon boldi. Aytish mumkinki, shu holning oziyoq yangilikni evolyutsion yol bilan amalda joriy qilishning, qatiy intizomga tayangan demokratiyaning manaviy qiyofasi edi.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida (1995 yil 23 fevral) Islom Karimov tomonidan demokratiya haqidagi ilmiy-nazariy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan amaliy xulosalar ortaga tashlandi. Davlat siyosatining demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishga doir strategiyasi ishlab chiqildi.
Bugunga kelib hammamizning demokratiya haqidagi tasavvurlarimiz birmuncha kengaydi. U hayotimizning muhim va ajralmas qismi, manaviyatimizning kozgusi ekanligini tushundik. Hurriyat shunchaki sozbozlik va tadbirbozlik, guruhbozlik yoki kocha-koyda ayyuhannos solib qichqirish emas, tabir joiz bolsa, haqiqiy demokratiya qonunlar diktaturasi!
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustda bolib otgan VI sessiyasi ijtimoiy hayotimizda demokratik ozgarishlarning yangi davrini boshlab berdi va bu jarayonlarni chuqurlashtirish tamoyillarini yangi bosqichga kotardi. Buni nimalarda korish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |