O’zbekiston respublikasi
oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi «TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
№____________________ prof. A.S.Soleyev ___________
2021 y «____» ___________ «____»_________________2021 yil
"Tarix falsafasi va metodologiyasi" fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 130000 – tarix
Ta’lim yo’nalishi: 5120300 – tarix
Samarqand – 2021
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Axmedov T.O. - SamDU, «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Ergashev.B.E- SamDU, «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasi mudiri, t.f.d.
Saidov.I.M-SamDU, « Tarixshunoslik va manbashunoslik » kafedrasi professori.
Fanning ishchi o’quv dasturi Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti «Tarixshunoslik va manbashunoslik » kafedrasining o’quv – uslubiy kengashining 2021yil “___” ________dagi majlisi ___-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan
Kafedra mudiri: dots. B.E. Ergashev
Fanning ishchi o’quv dasturi Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021 yil “___” _________dagi ___-sonli bayyonnoma)
Fakultet kengashi raisi: prof. Djurakulova D.M.
Fakultet o’quv-uslubiy kengashi raisi: dots. Hoshimova M.M.
Kelishildi: O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: Aliqulov B.
Kirish
Ushbu fan jahon falsafiy-tarixiy tafakkurining qadimdan to hozirgi kungacha bo’lgan rivojlanishining asosiy omillari va yo’nalishlarini yoritishga qaratilgan. Taqdim etilgan kurs tarixchi talabalarning nazariy – uslubiy saviyasini oshirishda jahonda ro’y berayotgan tarixiy jarayonlarni chuqur o’rganishdagi asosiy konseptual yondashuvlar bilan tanishishda katta ahamiyat kasb etadi. Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’rsatib o’tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizasiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to’la bahramand bo’lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko’maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo’lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o’rganadi.
Shuningdek, “Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o’rganish, fan bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o’z ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |