Adabiyotlar.
1. O`zbekistonning yangi tarixi II-kitob. T. 2000 yil. (O`zbekiston sovet mustamalakachiligi
davrida)
2. O`zbekiston SSR tarixi III-tom. T. 1991 yil.
3. Tug`on Z. V. «Bo`linganni bo`ri er». Xotiralar. T. 1997 yil.
4. O`zbekiston Respublikasi . Toshkent 1994 yil.
5. Aminov R. X. O`zbekistonda sovet xokimiyatining agrar siyosati va uni
soxalashtiruvchilar. Toshkent. 1972 yil.
6. Qosimov Y. Namangan voxasini sug`orish tarixi. Toshkent 1988 yil.
13 – Mavzu. Mustaqillik davri tarixiy geografiyasi.
Reja:
1. O'zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo'nalishlari,
bosqichlari va xususiyatlari.
2. Iqtisodiyotda yuz bergan o'zgarishlar, bozor infratuzulmasining shakllanishi.
3. Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan islohotlar, uning vazifalari va yo'nalishlari.
Aslida mustaqil O'zbekiston hududida, aniqrog'i ko'hna Turon zaminida bozor
munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan turfa xil
mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo qilganlar, mol
ayirboshlaganlar. Faqatgina so'nggi mustamlaka yillarida chor Rossiyasining, sho'rolar
hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o'tkazadigan laboratoriyasiga aylanib qolgan edik xolos. Endi
bunday tajriba maydoni rolini o'ynovchilikdan qutildik, o'zimizning milliy an'analarimizni tiklab
yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. O'zbekiston tanlagan yo'l bozor iqtisodini
shakllantirishdir.
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari
yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha:
-iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o'ziga xos ichki qonunlarga
muvofiq rivojlanmog'i kerak:
-davlat bosh islohotchi o'rnida bo'lib, uning yo'nalishlarini belgilab beradi va amalga
oshiradi:
-bozor munosabatlariga o'tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan
qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart:
-bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning
kuchli ijtimoiy siyosatini o'tkazish;
-bozor iqtisodiyotiga o'tish evolyusion yo'l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog'i
zarur.
Bozor munosabatlariga o'tishda iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning tub
maqsadi-markazlashtirilagan, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o'tishdan iboratdir.
Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sosialistik iqtisodiy tizimdan farq
qiladi.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko'ra ustivor vazifalar bosqichma-bosqich
hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |