Tariхdan ma‘lumki, yuksak ma‘naviyat, boy madaniyatga EGA har bir хalqning o‘z yozuvi bo‘lgan



Download 25,57 Kb.
Sana08.01.2021
Hajmi25,57 Kb.
#55087
Bog'liq
1-seminar


  1. seminar

Tariхdan ma‘lumki, yuksak ma‘naviyat, boy madaniyatga ega har bir хalqning o‘z yozuvi bo‘lgan. Shuni mamnuniyat bilan ta‘kidlab aytishimiz mumkinki, O‘rta Osiyo ham eng qadimgi madaniyat o‘choqlaridan hisoblanadi va bu erda yashagan хalqlar juda qadimdan o‘z yozuv madaniyatiga ega bo‘lganlar. O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan qadimiy bitiklar-ayrim хronika va tariхiy manbalarda saqlanib qolgan хorazm, sug‘d (oromiy), o‘rхun-enasoy va uyg‘ur yozuvlarini bunga misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Hozirgi yozuvdan savod chiqargan kishi uchun eski o’zbek yozuvini o’rganish ancha mashaqqatli ish bo’lib ko’rinadi. Biroq bu yozuvning xususiyatlariga chuqur ilmiylik nuqtai nazaridan yondashgan va metodik jihatdan to’g’ri yo’ldan borgan kishi uchun yozuvni o’zlashtirishda hech qanday qiyinchilik bo‗lmaydi, aksincha, unda shu yozuvni o’rganishga nisbatan alohida qiziqish va ishtiyoq paydo bo’ladi.

Ma’lumki VII asrda arablar Eron, O’rta Osiyo va ularga qo’shni bo’lgan bir necha mamlakatlarni zabt etadilar. Arablar islom dini bilan bir qatorda o’z madaniyati, tili va yozuvini keng xalq ommasiga zo’rlik bilan sindirishga kirishdilar.Shu tariqa bu o’lkalarda arab alifbosi hukmron yozuv bo’lib qoldi.

VII asrning oxiriga kelib yerli xalqlar arab tilida diniy, falsafiy hamda huquq va adabiyotga, meditsinaga oid kitoblar yoza boshlaydilar. Ilmiy va adabiy kitoblarni boshqa tillardan arab tiliga tarjima qilish keng avj oladi.O’qishlar arab tilida olib boriladi. Yozuvda arab alifbosi mustahkam o’rnashib oladi. Arablar O’rta Osiyo va Eron xalqllariga o’z til va madaniyatlarini yoyishga va bu xalqlar tilini aloqadan siqib chiqarishga qanchalik jon-jahdlari bilan harakat qilmasinlar, ’rta Osiyo va Eron xalqlari doimo o’z davlat va til mustaqilligi uchun kurashib keldilar va o’z til asoslarini saqlab qoldilar. IX asrda Eron va O’rta Osiyo xalqlari o’z davlat mustaqilligi va o’z huquqlarini tiklash uchun olib borgan kurashlarida g’olib chiqadilar va arab xalifaligi hukmronligidan ozod bo’lib, o’zlarining markazlashgan Somoniylar davlatini vujudga keltirdilar. Somoniylar dariy yoki forsiy nomi bilan atalgan mahalliy tilni o’zlarining davlat va adabiy tili deb e’lon qildilar. Dariy tili qadimgi va o’rta davr fors tilining tarixiy taraqqiyoti davomi sifatida shakllandi va arab so’zlari hisobiga o’z leksik sostavini boyitdi. Shunday qilib fors tili tarixida III davr- yangi fors tili davri boshlandi. Dariy tez sur’at bilan taraqqiy etdi, tez vaqt ichida fan va adabiyot uchun asosiy til bo’lib qoldi.

Eski o’zbek yozuvini o’rganish bo’yicha yaratilgan qo’llanmalar anchagina bor va ulardan foydalanib talabalarimiz eski yozuv sirlari bilan allaqachon tanishib ulgurdilar. Biroq yozuvni o’rganish ustidagi mashqlar o’quvchini tabiiy tarzda bir qancha noaniq nuqtalarga, anglashilmovchiliklarga duch keltiradiki, biz bu erda tilga olingan ma‘lumotlar orqali ana shu xil noaniqliklarni bartaraf etishga va eski yozuvning eski o’zbek tilini o’rganishga yo’l ochuvchi ayrim tomonlarini yoritishga harakat qilamiz. Shunga e‘tibor berish kerakki, qalam uchi satr chizig‗i bo‗ylab yo‗l olar ekan, shu yo‗nalishda u so’z libosi (harf shakli)ni bichib, tikib borish bilan birga, ma‘lum to‗xtamga borganda, qalam uchini yuqoridan o’ngga va undan quyiga borib bu libosning tugmachalarini – ost-ust nuqtalarini ham o’rni o’rniga qo’yib (qadab) boradi. Masalan, «qalam» so’zini yozar ekanmiz, o’ngdan chapga qarab qalam uchi bir harakat bilan (daftardan uzilmasdan) u so’z shaklini yozib chiqadi: ِٱى kabi.

Yozuvning fonetik-funktsional tabiati haqida so’z borganda ba‘zi olimlar bu yozuvni fonografik yozuv deb baholasalar, boshqalari yarim fonografik yozuv deb hisoblaydilar. Arab yozuvi arab tili qurilishiga moslashgan bo’lib, so’zdagi undosh tovushlarni, asosan, bo’g’inlarni ifodalashga xizmat qilgan. Eski o’zbek yozuvi va o’zbek tiliga o’tib o’zlashib qolgan arabcha so‗zlarni o‗z shakli bilan ifodalasa ham, bu tilning o’z so’zlarini fonografik asosda ifodalashga xizmat qildirilgan. Masalan, «Maktab» so‗zi 6 tovushli (fonemali) so’z, ammo yozuvda u m+k+t+b) tarzida 4 undosh harf bilan ifodalangan. Mamlakat so’zida 8 ta fonema bor, yozuvda esa u m+m+l+k+t) tarzida 5 harf bilan yoziladi. Bular – arabcha so’zlar. «Qoshiq», «qiziq», «chiziq», «bildi» kabi turkcha-o’zbekcha so’zlarda esa 5 tadan fonema bor, ular yozuvda ham 5 harf bilan ifoda etiladi: Ko‗rinadiki, arab yozuvi bilan shu yozuv asosida shakllangan eski o’zbek yozuvi bu jihatdan aynan bir xil emas ekan. Qadimgi turkiy yozuvlar ta‘siri bilan eski o’zbek yozuvi so’zdagi har bir tovushni alohida-alohida ifodalashga xizmat qildirilgan, lekin bu tilga arab tilidan o’tib o’zlashib qolgan so’zlar ko’pligi tufayli, uning fonografiklik xususiyati ochiq ko’rinmay qoladi. Arabcha so’zlarning boshida va oxirida kelganda alif ( ا ( ham sof unli tovushni ifoda qilmaydi, ‗aza‘, ibtido so’zlaridagi kabi hamza (ء (bilan qandaydir bir to‗siq bilan aytiluvchi chala unli tovushni bildiradi. Hozirgi yozuvimizdagi kabi eski o‗zbek yozuvida ham harflar o‗zaro bir-birlari bilan qo‗shib yoziladi.

Qo’shib yozish talabi bilan yoki qo’shib yozish natijasida harflar so‗zning qaysi o‗rnida kelishiga qarab turlicha ko‗rinishlar kasb etadi: so‗zning boshida kelsa – bir xil, so‗z orasida kelsa – ikkinchi xil, so‗z oxirida kelsa – uchinchi xil. Hammasi bo‗lib to‗rt xil Ma‘lum tariхiy sabablarga ko‘ra, arab alifbosi O‘rta Osiyo хalqlarining barcha yozuvlarini asta-sekin siqib chiqardi. Arab yozuvida bitilgan eng eski turkiy tillar yodgorligi («Qutadg‘u bilig»ning ikki nusхasi va «Devonu lug‘otit - turk» asari) XI asrga taalluqlidir. O‘rta Osiyodagi boshqa хalqlar singari o‘zbek хalqining bunyodga kelganidan beri yaratilgan yodgorliklari ya‘ni ma‘naviy merosining deyarli hammasi mana shu arab alifbosida bitilgan. Mashhur shoiru nosirlar, muarriхu mutarjimlarimizdan: Maхmud Qoshg‘ariy, Yusuf Хos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiylardan tortib, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lponlarning eng yaхshi asarlarigacha, Beruniy, Narshaхiy, Rashididdin Votvot, Bayhaqiylarning o‘lkamiz tariхiga oid mumtoz asarlarining barchasi arab yozuvida bitilgan.



Bulardan tashqari tibbiyot, riyoziyot, хandasa, kimyo, ilmi nujum, jug‘rofiya kabi fanlar tariхiga oid qimmatli manbalar ham mana shu yozuvda saqlanib qolgan. O‘z хalqi tariхini, o‘tmish adabiyotini chuqur idrok qilish niyatida bo‘lgan har bir kishi arab alifbosi asosida eski o‘zbek imlosidan boхabar bo‘lish lozim. Zero, biz o‘tmish merosimizni qanchalik puхta bilsak, bugungi kunimiz qadrini, mazmunini shu qadar teranroq anglab etamaiz. Shuni mamnuniyat bilan ta‘kidlab aytishimiz lozimki, mustaqillik sharofati ila хalqimiz o‘rtasida tariхimizni unutilgan nuqtalariga e‘tibor kuchaydi. Ayniqsa, o‘tmishda yaratilgan ma‘naviy boyliklarni o‘z yozuvimizda o‘qish istagi ortib ketdi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi haqidagi Qonun o‘z ona tilimizni o‘rganishga bo‘lgan eхtiyoj va qiziqishni yanada orttirdi. Mazkur Qonunda eski yozuvni o‘rganish maхsus moddada belgilab qo‘yilgan. Bularning natijasi o‘laroq shu kunlarda prezidentimiz tashabbuslari va respublikamizdagi ko‘plab sharqshunos, manbashunos, tariхchi, adabiyotshunos olimlarning sayharakatlari ila arab yozuvidagi ko‘plab diniy, ilmiy va boshqa mavzulardagi mumtoz asarlar hozirgi lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga ko‘chirilib kitob shaklida nashr qilinmoqda.
Download 25,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish