Tarbiyaviy soat


Topshiriq: “Davra suhbati”



Download 1,4 Mb.
bet8/34
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#341845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
8-SINF

Topshiriq: “Davra suhbati”. Tejamkorlik deganda yana nimalarni tushunamiz va haddan tashqari tejamkorlik shartmi?

Izoh: Oqituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, oquvchilarning ozlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bolishlikka, faollikka, jonuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

3-mavzu: Vodiylarda yayov kezganda (Geografiya fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Vatanim tuprog'i muqaddas menga! ”



Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikka qiziqishlarini uygotish, tabiatni e’zozlash kerak ekanligini singdirish.

Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: “Yuksak manaviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Vodiylarni yayov kezganda,

Bir ajib his bor edi menda.

Chapar urib gullagan bog'in,

O'par edim, Vatan tuprog'in. ”

Hamid Olimjon







O'qituvchi:

Inson va tabiat bir-biriga uzviy bog'liq. Tabiat—inson va butun mavjudotlarni yashash sharoitining birdan-bir asosi. Uning boyliklari jamiyatni yashashi, rivojlanishi uchun zarur bo'lgan moddiy, madaniy ehtiyojlarini qondiradigan bitmas-tuganmas manba. Inson tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas kichik bir qismi. U mavjudot sifatida tabiatga ta'sir ko'rsatadi. Lekin insonning tabiatga o'z aql-zakovati, mehnat faoliyati tufayli ta'sir qilishini hech nima bilan taqqoslab bolmaydi. Boshqacha qilib aytganda mavjudotlar tabiatdan qanday bolsa, shunday foydalanib, unga sezilarsiz ta'sir ko'rsatadi. Inson esa tabiatga shunchalik kuchli ta'sir ko rsatishi mumkinki, hatto tabiatni o'ziga bo' ysundiradi.

Odamzot o'zining aql-zakovati, mehnati tufayli hayvonlarga nisbatan tabiiy muhitning biologik nazoratidan chiqib, talablarini fiziologiyaga xos faoliyatining hajmini kengaytirishga sazovor bo'ladi. Uning tabiatga ta'sir qilishi ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va xo jalik uchun ishlatiladigan moddalarning ko'payishiga bog' liq.

Boshlang'ich jamiyat davrida odamlarning asosiy yashash manbai ov qilish, baliq tutish bo'lgan. Shuning uchun inson tabiat sharoitlariga qaram bo'lgan. O'sha vaqtlarda insonning ta'siri u ov qilgan jonivorlarning miqdorida aks etmagan. Chorvachilik rivojlana borishi tufayli insonning tabiatga bo lgan ta'siri tobora kuchaygan. Chorva mollari sonining ortib borishi, tabiiy yaylov osimliklar qoplamining keskin o'zgarishiga olib keldi. U yerlarda yashaydigan mayjudot o'zining yashash joyini o'zgartirib yubordi.

Dehqonchilik tizimining rivojlanish davrida inson tabiatga misli korilmagan darajada ta'sir ko rsata boshladi. Quruq yerlarni haydash, daraxtzorlarni kesish, kuydirish, daryolarga to' g' onlar o'rnatish bilan hududlar ko'rinishi va odamlarning yashash joyini o'zgartirib yubordi.

Sanoatning rivojlanishi tabiiy boyliklar kamayishi bilan birgalikda atrof- muhit ifloslanishiga olib keldi. Ishlab chiqarish chiqindilari suv, atmosfera va tuproqning ifloslanishiga sabab bo’ldi. Bunday ifloslanish tuproq unumdorligining pasayishiga olib kelishi bilan bir qatorda hayvonot olami va inson salomatligi uchun xavfli bo’lib qoldi.

(Internetdan olingan)




Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish