Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Z.M. Boburga uning asarlariga bo'lgan hurmatni singdirish.
Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “ Zahiriddin Muhammad Bobur - jahon tarixida teran iz qoldirgan buyuk temuriyzoda”
O'qituvchi:
Yurtboshimiz Islom Karimov o'zining “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidan
“Boburnoma” ning 460 yilligi bayramiga tashrif buyurgan mehmonlar qabul qilingani to' g'risida axborot:
Respublika Prezidenti, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi kotibi I.A.Karimov Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari yaratilganligining 460 yilligi bayramiga tashrif buyurgan mehmonlarni qabul qildi.
- Avvalo, ulug' vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari bo'lmish “Boburnoma” yozilganligining 460 yilligini keng ishonlayotganimizdan xursandmiz, -dedi Prezident. - Bu bayram ayni paytda Sharq xalqlari tarixi va adabiyotiga beqiyos hurmat va muhabbatni ifoda etadi.
Buyuk olim, shoir va davlat arbobi Bobur o'z ijodi bilan ko'plab xalqlarni birlashtirib turadi. Shunday ekan, mana shunday adabiyot bayramlarini tez-tez o'tkazib turishni yo'lga qo'yish kerak. Shu ma’noda olganda, Boburning 500 yilligi respublikamizda nishonlanmagani g'oyat afsuslanarlidir. Tarixda shunday insonlar bo'ladiki, ularning qadr-qimmati umuminsoniy qadriyatlar bilan o'lchanadi. Buyuk ajdodimiz Bobur aynan shunday zotlar sirasiga kiradi. Shu bois biz Bobur ijodini ko'pgina mamlakatlar olimlari, adiblari bilan hamkorlikda o'rganishimiz kerak.
“Sovet O'zbekistoni” gazetasi, 1990 yil 26 oktabr Mustaqillikka erishgach, butun respublikamiz bo'ylab, Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni keng nishonlanib kelmoqda. Bobur bobomiz haqida O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” romanini, ko'plab she’rlar, asarlar, spektal, videofilmlar olinmoqda.
Topshiriq: “She’riyat soati”. Z.M.Bobur bobomiz she’r va g'azallaridan bahramand bo' lamiz.
21-Mavzu: Maktab va kelajak (Matematika, informatika fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Maktabdagi bilimimiz kelajakka zamin tayyorlaydi”.
Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, maktabga bo'lgan hurmatini oshirish, kelajakka ishonch tuyg'ularini singdirish, fan oyligida faol ishtirok etishligini uqtirish.
Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ba’zi ishlarimizda qulaylik yaratayotgan-Kompyuter”.
O'qituvchi:
Darhaqiqat, bugun biz maktablarni kompyutersiz tasavvur eta olmaymiz.
Deyarli har bir vazifani tezlik bilan bajarib beradi. Chekka qishloq maktablarida ham zamonaviy kompyuterlar kirib bordi. Ya’nikim, kompyuter bizning yaqin o'rtog'imizga aylandi.
Hozirgi kunda kompyuter kirib bormagan xonadon ham yo'q. Rivojlanib borayotgan yurtimizda ta’limga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta'limi, ayniqsa, umumta'lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e'tiborni kuchaytirish eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Maktablarga, ayniqsa, kelajakka umid bilan qarash kerakligini Yurtboshimiz doimo ta’kidlaydilar. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, rivojlanib borayotgan yurtimizga o' s hissamizni qo' shishimiz darkor. Kompyuterdan biz faqat kerakli ishlarda foydalanishimiz zarur. Endi siz bilan qisqacha, kompyuter tarixiga nazar tashlaymiz.
Kompyuter— inglizcha so'z bo'Iib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi -kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko'pchilikning tushunchasida go'yoki biz kundalik foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko'p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo'lsa, ikkinchi tomondan, ko'p masalalarni echish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilami qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko'p uchrasa-da, shu bilan birga kompyuter (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud; raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun ulardan ko'proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlaming besh guruhi keng qo'llanilmoqda. Kompyuterlarni sinflash
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo'lish mumkin:
super kompyuterlar (Super Computer);
katta kompyuterlar (Manframe Computer);
mini kompyuterlar (Minicomputer);
shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
bloknot(Notebook ) kompyuterlar.
Topshiriq: “Matematika soati”.
Savol:
Yuz sonini nollarsiz yozing.
Onni beshta toqqizlik bilan ifodalang.
Kim ko'p sanadi?
Ikki kishi bir soat davomida yo'lkada yonlaridan o'tgan o'tkinchilarni sanashdi. Ulardan biri uy darvozasi oldida, ikkinchisi yo'lkada nari- beri borib-kelib turdi. O'tkinchilarni kim ko'p sanagan?
Yurganda kishi ko'proq sanaydi, bu ma’lum narsa, -degan ovoz stolning narigi boshidan eshitildi.
Javobini kechki ovqatdan keyin bilamiz,-dedi rais.-So'z navbatdagi kishiga.
22- Mavzu: Tashqi yoritish va tovush berish asboblaridan foydalanish haqida
(Yo'l harakati qoidalari)
Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo'l harakati qoidalari”ni o'rgatish yuzasidan mashg'ulot ishlanmalari to'plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o'tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz
23-Mavzu: Sizga talpinaman onajon! (8 mart xotin-qizlar bayrami munosabati bilan)
Kun shiori: “Ayol bilan olam munavvar!”.
Do'stlaringiz bilan baham: |