14-Mavzu: Do'stlik, qardoshlik ramzi (O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “O'zbekiston madhingni kuylaydi, har bir farzanding!”.
Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat madhiyasiga bo'lgan hurmatni rivojlantirish, davlat ramzlari muqaddas ekanligini singdirish.
Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: O'zbekiston - yagona Vatan uchun yashaylik,
Vatan ichra bu go'zal chaman uchun yashaylik.
Abdulla Oripov
O'qituvchi: Ozbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. Ozbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so'zini shoir Abdulla Oripov yozgan.
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Ozbekiston Qahramoni Ozbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov vatanimiz, Ozbekistonimiz haqida koplab she’rlar yozgan shoir oz she’rlarida Vatanni koz qorachig'iday asrashini boyliklari uchun sevgan insonni hech qachon kechirma deb yozadi .
Vatan timsollari sendek yoshlarni mard va vatanparvar, el-u yurt ishiga sadoqatli qilib tarbiyalashda ma’rifiy vosita bolib xizmat qiladi.
Madhiya madh etish degan ma’noni anglatar ekan. Har bir inson o z xalqini, yurtini, Vatanini, ajdodlarini, buyuk allomalarini madh etib kelgan. Biz sizning e’tiboringizga Vatanimiz, xalqimiz, allomarimizni madh etgan shoirlar ijodidan bahramand etamiz.
Men dunyoni nima qildim,
O'zing yorug' jahonim,
O' zim hoqon,
O' zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg'izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O'zing mening ulug'lardan Ulug' imsan, V atanim ...
Muhammad Yusuf
Bu qutlug' maskanda pirlar yotibdi,
Dunyoni lol etgan sirlar yotibdi.
Arslonlar yotibdi, sherlar yotibdi,
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson.
Iqbol Mirzo
Kim ham sevmas o'z vatanini,
Ayamasdan jon-u tanini ,
Mardlar qo'lga qurol oldilar ,
Asrash uchun yurtning sha’nini.
Afsonaviy To'maris, Shiroq ,
El qalbiga yoqoldi chiroq .
Spitamen , Muqanna yovni Qon qaqshatdi , tolmadi biroq Mangu tirik mard pahlavonim ,
Ona yurtim-O' zbekistonim
Komil Sindarov
Topshiriq: O'quvchilardan O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini
izohlash.
Izoh: O'qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o'quvchilarning o'zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo'lishlikka, faollikka, jon'uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |