Tarbiyaviy soat


O`rta maxsus kasb-hunar ta'limi



Download 1,89 Mb.
bet2/6
Sana07.09.2017
Hajmi1,89 Mb.
#19234
1   2   3   4   5   6

O`rta maxsus kasb-hunar ta'limi

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi haqida tushuncha


O’rta maxsus ta`lim kasb-hunar ta`limining bir shakli bo’lib, asosiy maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo’g’inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori malaka va ko’nikmalarni talab qiluvchi  ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi o’z ishining ustalarini bo’lgan – texnik, agronom, boshlang’ich sinf o’qietuvchilari, fel dsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. O’rta maxsus ta`lim mutaxassislari qatoriga kasbiy tayyorgarlikning yuqori bosqichi talab etiladigan balet, sirk artistlari, ayrim badiiy mutaxassislar ham kiradi.

O’rta maxsus ta`lim umumiy o’rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan bir qatorda  kasb-hunarga oid bo’lgan malaka va ko’nikmalarni ma`lum bir sohada rivojlantirishga qaratilgan.

Bo’lajak mutaxassislarga ta`lim muassasasi va o’zlariga ma`qul kasbni tanlashda yordam berish uchun e`tiboringizga quyidagi kasb-hunar tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichini havola qilmoqdamiz.

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi

Uch yilga mo’ljallangan majburiy o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi (O’MKHT) uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil ko’rinishi hisoblanadi. U O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi.

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi 2009 yildan boshlab majburiy hisoblanib, umumiy o’rta ta`lim maktabining bitiruvchilari xohishlariga binoan o’qish yo’nalishini – akademiyak litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlaydilar. O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi bitiruvchilarni mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishlari uchun aniq bir yo’nalishda ham umumta`lim fanlari bo’yicha bilim berib, ham kasb-hunar ta`limini beradi.

Umumiy o’rta ta`lim negizida har bir bitiruvchi o’qish yo’nalishi bo’yicha yoki kasb-hunar ta`limi kollejini, yoki akademiyak litseyni tanlashi mumkin.

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi kunduzgi ko’rinishda ikki yo’nalishda akademiyak litseylarda va kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.

Kasb-hunar kollejlari kasb ta`limi bilan bir qatorda akademiyak litseylar kabi o’rta maxsus ta`lim ham berib, bu keyinchalik yoki uzluksiz ta`limni davom eettirish, yoki bo’lmasam mutaxassisligi bo’yicha ish bilan shug’ullanish imkonini beradi.

Akademiyak litsey –o’qish uch yilga mo’ljallangan o’rta maxsus yo’naltirilgan o’quv dargohi bo’lib, davlat ta`lim standartiga mos ravishda o’quvchilarning bilimlari aqliy salohi tini oshirishga qaratilgan, ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yo’naltirilgan holda chuqurlashtirib beriladi. Akademiyak litseylarda o’quvchilar ta`lim yo’nalishini ixtiyoriy ravishda - gumanitar, tabiiy fanlar yo’nalishi tarzida tanlaydilar.

Akademiyak litseylar oliy o’quv rtlari qoshida ochilgan bo’lib, qoidaga muvofiq asosiy e`tibor oliy o’quv yurtlarining yuyuqori malakali o’qietuvchilarini litseydagi o’quv jarayoniga jalb etish, kerak bo’lsa OO’ning tajriba maydonlari, kutubxonalaridan litsey o’quvchilarining foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.

Akademiyak litseydagi yo’naltirilgan, chuqurlashtirilgan o’quv jarayoniga zarur bo’lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi Vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish olib boriladi.

Kasb-hunar kollejlari – o’rta maxsus va kasb ta`limini beradigan o’quv dargohi bo’lib, unda uch yil mobaynida ta`lim olinadi. Davlat ta`lim standartlariga muvofiq kollejda umumiy o’rta ta`lim va chuqurlashtirilgan holda kasb-hunar o’rgatilib, malaka shakllantiriladi. Kollej bitiruvchilari yo’nalishlari asosida bir yoki bir nechta kasbni gallashlari mumkin.

Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning bajaruvchi organlari tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi. Shuningdek, kollej yo’nalishiga mos yo’nalishga ga bo’lgan oliy o’quv yurti tomonidan vasiylik qilinadi.

O’quv muassasasining maqsadi o’rta-maxsus kasb-hunar ta`limi berishdir

Kollejda ta`lim tizimining dual tizimi asosida ikki tomonlama kasb va ta`lim dasturlari asosida bilim beriladi.

Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o’rta ta`lim va kasb ta`limi dasturlari quyidagi tarzda qo’llanadi:



  • Uchta bosqichda.

  • Har bir bosqichda o’quv jarayoni nihoyasiga etgach, o’quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o’tkaziladi.

  • O’quv yili ikki semestrdan iborat hamda o’quv ta`tillari 10 yoki 12 hafta davom etadi.

  • O’quvchilar guruhlarga o’qitish kurslari, yo’nalishlari asosida ajraetiladi.

  • Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlari uchun auditori mashg’ulotlari uchun akademiyak soat 40 minut qilib belgilangan. Zarurat yuzasidan mashg’ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilariga o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi olganligi haqidagi quyidagi namunada diplom beriladi:

  • Akademiyak litseylar uchun fanlar o’qitilganligini yo’nalishini ko’rsatilgani holda.

  • Kasb-hunar kollejlari uchun mutaxassisligi buyicha gallagan malakasini ko’rsatilgan holda.

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari haqida qisqacha statistik ma`lumot








(Internet materiallari)

Topshiriq: O`quvchilardan o`zingiz yashayotgan tumandagi qanday AL va KHK larini bilasiz?
4-mavzu: Mobil etiketi, telefonda so`zlashuv madaniyati.

Kun shiori: “Qo`l tеlеfonidan foydalanganda chiqadigan elеktromagnit nurlanishlar foydalanuvchilarning organizmiga salbiy ta'sir ko`rsatishi ma'lum”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, mobil etiketi haqida chiqqan qaror va qonunlarni hurmat qilishni, telefonda gaplashganda milliy tarbiyamizdan kelib chiqib rioya etishni uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI TA'LIM MUASSASALARIDA MOBIL TЕLЕFONLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA”

(O`zbеkiston Rеspublikasi Qonun hujjatlari to`plami, 2012 y., 21-son, 229-modda)

O`qituvchi:

Mobil tеlеfonidan foydalanish.

O`quvchilarda mobil etikеtini shakllantirish.

Mobil tеlеfoni haqida nima bilamiz?

Qo`l tеlеfonidan foydalanganda chiqadigan elеktromagnit nurlanishlar foydalanuvchilarning organizmiga salbiy ta'sir ko`rsatishi ma'lum. Bu borada «Qo`l tеlеfonidan foydalanishning sanitar norma va qoidalari» mavjud.

Mazkur qoidalarda (SanPiN № 0189-05)da uyali alo`a vositalari faqat sanitar-epidеmiologik stantsiyalarning xulosasi asosida muomalaga chiqarilishi ta'kidlanib, undan foydalanish vaqti 3-4 daqiqadan oshmasligi, 18 yoshga to`lmaganlar va homilador ayollarning foydalanishi chеgaralangan.

Ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirishni ta'minlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O`zbеkiston Rеspublikasi ta'lim muassasalarida mobil tеlеfonlardan foydalanish tartibi to`g`risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, nodavlat ta'lim muassasalari bilan birgalikda:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarining izchil bajarilishini;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning maqsadi va vazifalari aholi, ayniqsa yoshlar o`rtasida kеng tushuntirilishini ta'minlasinlar.

3. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbеkiston Rеspublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O`zbеkiston Rеspublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoev

Toshkеnt sh. 2012 yil 21 may. 139-son

Ta'lim muassasalari hududi va xonalarida tеlеfonlardan foydalanish tartibi:

Ta'lim muassasasiga kirib kеlishda har bir ta'lim oluvchi, xodim, kеluvchi va boshqa shaxslar o`z tеlеfoni abonеntining chaqiruv ovozini to`liq o`chirib qo`yishi (tеlеfonni «ovozsiz» rеjimga o`tkazishi) shart.

Ta'lim muassasalarida o`tkaziladigan o`quv mashhulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta'lim oluvchilar:

tеlеfonini o`chirib qo`yishi;

tеlеfonini portfеli, sumkasi va shu kabilarga solib qo`yishi shart.

Ta'lim oluvchilarga quyidagilar qat'iyan taqiqlanadi:

tеlеfonini bo`yniga osib olish, ko`krak cho`ntaklarida, shim, yubkalari cho`ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

tеlеfon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta'lim muassasasi elеktr tarmog`lariga ulash;

tеlеfoni yordamida:

atrofdagilarga zo`ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ`ib qiluvchi vidеo va suratlarni namoyish qilish;

ta'lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo`ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va kеyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo`li bilan zarar еtkazish o`quv mashg`ulotlari vaqtida:

tеlеfon orqali so`zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo`natish;

tеlеfonni stol ustiga qo`yish;

musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;

surat va vidеo tasvirlarni ko`rsatishda tеlеfondan foydalanish (o`yinlar bilan shug`ullanish), tasvir (matn, rasm, vidеoyozuv va fotosuratlar) ko`rish, diktofon, kalkulyator, kalеndar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;

suratga olish va vidеo tasvirga tushirish;

tеlеfon (GPRS, Bluetooth, Intеrnеt va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

Ta'lim muassasasida ta'lim oluvchilarga mashg`ulotlar va tadbirlar oralig`ida faqat asosli va kеchiktirib bo`lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o`rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta'lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog`lanish maqsadida tеlеfonlardan foydalanishga (qo`nqiroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo`natishga, Bluetooth, Intеrnеt va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.

Ta'lim muassasalari hududi va xonalarida tеlеfonlardan foydalanish tartibi:

Mashhulotlar va turli tadbirlar oralig`ida tеlеfon orqali so`zlashish uchun xonadan yo`lakka yoki foyеga chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.

Favqulodda vaziyatlar vujudga kеlgan taqdirda ta'lim muassasalarida tеlеfondan foydalanish chеklanmaydi.

Ta'lim muassasasining o`qituvchilari va boshqa xodimlari:

O`quv mashg`ulotlari vaqtida tеlеfondan foydalanish huquqiga ega emas;

darsdan tashqari vaqtda ta'lim oluvchilar ishtirokida tеlеfondan foydalanishni imkoni boricha chеklashlari shart.

Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik ta'lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta'sir ko`rsatish choralari qo`llanadi:

ogohlantirish;

ularning kundalik daftariga yozib qo`yish;

ota-onalarini (ularning o`rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o`tkazish uchun ta'lim muassasasiga chaqirish.

Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko`riladi.



Nizom talablariga rioya etilishini ta'lim muassasasining dirеktori (fakultеt dеkani) va uning o`rinbosarlari nazorat qiladi.

Topshiriq: “Telefonda so`zlashuv madaniyati” haqida. Davra suhbati.

5-mavzu: Kasblar ichida eng ulug`i… (1 oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

Kun shiori:



Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila.

Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz tanj ila.

Alisher Navoiy



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ustozlarga bo`lgan chuqur hurmatni ular ongiga singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Har bir inson ham, u kelajakda qaysi kasbda ishlamasin, ilk bor maktabga qadam qo`ygan damlarini, qo`liga birinchi bor qalam tutqazgan muallimini faxr bilan eslab yuradi”

Abdulla Oripov

O`qituvchi:

Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.

Bu yorug` olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg`usi bilan yashaydi. Inson o`z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta`lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma`rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.

Biz yurtimizda 1 oktabr sanasini O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e`lon qilganimizning chuqur ma`nosi bor, albatta.

(Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)

Ta’lim tizimiga o`zlarining beqiyos xizmatlarini qo`shgan, maktabni ulug` dargoh deb, hisoblagan jadid bobolarimiz haqida qisqacha to`xtalib o`tish bizning muqaddas burchimiz. Har doim o`qituvchilik kasbimizda ularning ruhlari bizga madadkor bo`lsin.



Mahmudxo’ja Behbudiy

Turkistonda jadidchilik harakati rahbarlaridan biri, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi. 1874 yil 10 martda Samarqandning Baxshitepa qishlog`ida tug`ilgan. 1919 yil Qarshi shahrida Buxoro amiri tomonidan o`ldirilgan.

Behbudiy Samarqandda birinchilardan bo`lib 1904 yil usuli jadid maktabini tashkil qildi va shu maktab uchun “Muntaxabi jug`rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”), “Kitob ul-atvol” (“Bolalar uchun kitob”), “Muxtasari tarixi islom” (“Islomning qisqacha tarixi”), “Amaliyoti islom” va boshqa darsliklar, shuningdek maktab va ta’lim-tarbiya to`g`risida bir necha maqolalar yozdi. Samarqanddagi xususiy nashriyotida darsliklardan tashqari “Turkiston, Buxoro va Xiva xaritasi”ni bosib chiqardi.Gazeta va jurnallar nashr etdi. 1911 yil yozilgan “Padarkush” p’esasida u barchani ilm-ma’rifatli bo`lishga chaqirish, ilmsizlik balosini daf qilish g`oyasini ilgari surdi.

Abdurashidxonov Munavvarqori - siyosat va ma’rifat arbobi.

Turkistonda jadidchilik haralkati namoyandalaridan biri, pedagog. “Sho`roi Islom” tashkiloti (1917-18) ideologi va rahbari.1878 yil Toshkent shahrida tug`ilgan.

1929 yil nohaq millatchilikda ayblanib qamoqqa olindi va 1931 yilda otib tashlandi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida ta’lim olgan.1903 yildan jadid maktablari ochib, dars bergan.

Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan “Adibi avval” (“Birinchi adib”, 1907) alifbe kitobi, “Adibi soniy” (“Ikkinchi adib”1907) o`qish kitoblari bir necha bor nashr qilingan.

1908 yil uning “Sabzazor” (to`plam), “Yer yuzi” (geografiyadan), “Tajvid” (Qur’onni o`qish usulini o`rgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo`llangan. 1906-1917 yillarda jadid gazetalarida muharrirlik qilgan.

Abdulla Avloniy (1878-1934), shoir, dramatrug, davlat va jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1925), professor (1930). Eski maktab va madrasada o`qigan (1884-1890). Toshkentda yangi usuldagi maktablar ochgan (1904); “Turon” (1913; 1914 yildan “Turkiston”) teatr truppasini, “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) kitob nashr qilish shirkatlarini tashkil qildi; “Shuhrat” (1907), “Turon” (1917) gazetalarni nashr etdi. “Ishtirokiyun” gazetasining tashkilotchisi va muharriri (1918). “Kasabachilik harakati” jurnali muharriri (1921). Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlarida mudir (1922-29), Maorif xodimlari eski shahar soyuzi raisi (1923), Turkfront huzuridagi milliy harbiy maktab (1924-29), O`rta Osiyo kommunistik universiteti (SAKU; 1925-29), O`rta Osiyo davlat universiteti (1930-34) o`qituvchisi. Avloniy yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yozgan; uning she’riy to`plamlari, dramatik asarlari nashr etilgan.

Ilm deb o`qimak, yozmakni yaxshi bilmak, har bir kerakli narsalarni o`rganmakni aytilur. Ilm-dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g`oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur.Zeroki, ilm bizga o`z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o`tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur, tog`ri yo`lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas’ud (baxtli, saodatli) bo`lishimizga sabab bo`lur degan edi buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy. Abdulla Avloniy ilm nimalarga qodir ekanligini bizga anglatganiday, Sergeli tumandagi 300-maktabning fizika fani oliy toifali o`qituvchisi Shodiyeva Maqsuda, kimyo fani birinchi toifali o`qituvchisi Rizayeva Shoxista, boshlang`ich ta’lim o`qituvchilari Karimova Oysuluv va Xolboyeva Marhabo kabi pedagog kadrlarimiz ham shunday ilmning qadriga yetib, barkamol avlodni tarbiyalashda jonbozlik ko`rsatmoqdalar.

Respublikamizdagi jamiki, barcha o`qituvchi va murabbiylarga sog`lik, kuch-quvvat va kelajagimiz bo`lgan yoshlarni tarbiyalashda ulkan omadlar tilab qolamiz.

Topshiriq: O`qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she’rlardan shogirdlarining kalomi.

6-mavzu: Shirin so`z jon ozig`i (Filologiya fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Adabiyotga e’tibor-kelajakka, ma’naviyatga e’tibor”

Islom Karimov

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol bo`lishga undash, ona tili millat tili ekanligini hech qachon unutmasligi lozim ekanligini ular ongiga singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Ba’zi bir so`zda sehr bordir” (Hadis)

O`qituvchi:

Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoqdir. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, insonning kamolati va bilimning baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma’lum bo`ladi:

Har kishi gapirmay turgani zamon,

Ayb ila hunari bo`ladi nihon!

Barxurdor ibn Mahmud

Behruz Boqliy shunday degan edi: “Dunyoda menga ikki narsa xushdir: biri dilga yoqadigan so`z, ikkinchisi so`z yoqtiradigan dil. Shodon ko`ngilli kishi shunday kishiki, uning dili so`zdan fayz topa oladi. Yoqimli so`z shunday so`zki, u kishining diliga shodlik yetkiza oladi!” Bayt:

Jonu tanning quvvati yoqimli shirin so`zdir,

Masihning nafasidan guvohlik berar elga!

Abulbarakot Qodiriy

Mashriqzamin – Hikmat Bo`stoni

“So`z izlash, so`z o`ylash, so`zga rang-tus berish, uni chiroyli ijroda taqdim etishga urinish, ko`zlarni, quloqlarni o`zingga mubtalo qilish uchun jon teriga tushib jang qilish, bu degani – so`zda o`lib, so`zda tirilish mening hayot tarzimga aylandi”

Tursunoy Sodiqova



Topshiriq: “So`zlardan guldasta tuzish” mashqi. Adabiyot va ona tilidan so`zlar topadi va so`zlarni shodaday tizib guldasta yaratadilar.
7-mavzu: Kasb-hunar kollejining qaysi yo`nalishini tanlasam ekan.

(9-sinf bitiruvchilari bo`lganligi uchun)

Kun shiori: “Barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarni tayyorlash ishiga alohida ahamiyat berishimiz kerak”

Islom Karimov



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, kasbga to`g`ri yo`naltirish, har bir kasbni ardoqlash lozim ekanligini ular ongiga singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Zamon talablariga mos mutaxassis tayyorlamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda o`quv yurtlarimizning shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy bo`lishi shart”

Islom Karimov

O`qituvchi:

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim Vazirligi O`rta maxsus kasb - hunar ta`limi Markazi tomonidan tasdiqlangan o`quv  reja va dasturlarga muvofiq kollejda kasbiy fanlar, o`quv amaliyotlari,  ishlab chiqarish  amaliyoti mashgulotlari o`tkazilib kelinmoqda.


KOLLEJNING TAYYORLOV YO’NALISHLARI

Тikuvchilik ishlab chiqarishi

Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:



  1. Тikuvchilik ishlab chiqarish texnologi

  2. Keng assortimentdagi kiyimlar tikuvchisi

  3. Keng assortimentdagi kiyimlar bichuvchisi

  4. Yakka buyurtma buyumlari tikuvchisi

  5. Тikuv jihozlarini sozlovchisi



Radiotexnika va teleapparaturalarni ta’mirlash

Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:



  1. Radioelektron jihozlarni ta’mirlash radiomexanigi

  2. Radiotelevizion apparatlarni ishlatish va ta’mirlashradiotelemexanigi

  3. Uyali va telekommunikatsion jihozlarni ta’mirlash mutaxassisi



Umumiy ovqatlanishni tashkil etish

Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:



  1. Milliy taomlar oshpazi

  2. Хorijiy taomlar oshpazi

  3. Qandolatchi

  4. Nonvoy



Sartaroshlik san’ati va dekorativ kosmetika

Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:



  1. Keng-profilli sartarosh – ustasi

  2. Kosmetolog-vizajist



Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishlatish va ularning dasturiy ta’minoti

Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:



  1. Тexnik-dasturchi

  2. Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishlatish texnigi



Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash

Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:



  1. Тexnik-mexanik

  2. Avtotransport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko`rsatish chilangari

  3. "B" yoki "BS" toifali haydovchi



Buxgalter ishi

Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:



  1. Buxgalter

  2. Buxgalter -iqtisodchi

  3. Fermer xo`jalik buxgalteri

  4. Dasturchi-buxgalter



Qandolat, non-bulka va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish

Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:



  1. Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik texnologi

  2. Non-bulka mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik texnologi

  3. Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik texnologi

  4. Тexno-kimyoviy tahlil laboranti



Sport

Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:



  1. Milliy sport turlari bo`yicha murabbiy

  2. Olimpiada sport turlari bo`yicha murabbiy

  3. Sportning amaliy va texnik turlari bo`yicha murabbiy

  4. Ommaviy sport turlari bo`yicha murabbiy




Topshiriq: “Savol-javob” mashqi. Bunda bitiruvchi o`quvchilardan kasb-hunar kollejlarining qaysi yo`nalishlari yoqqanligi va nima sababdan?

8-mavzu: Til fikr libosidir (O`zbekiston Respublikasining Davlat tili qabul qilinganligi munosabati bilan)

Kun shiori: Til shirinligi – ko`ngilga yoqimli, yumshoqligi foydali.



Chunki til achchiqlikka aylansa, zarari umumiy bo`lur”

Alisher Navoiy



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z ona tiliga bo`lgan hurmatlarini oshirish, ona tilining obro`sini ko`tarishni ular ongiga singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Tilingga ehtiyot bo`l.



Rost yo`lda yengiltaklik qilma.

Motrudiy

O`qituvchi:

O`z ona tilini bilmagan odam o`zining shajarasini, o`zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo`q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to`g`ri aytishadi.

Lekin ona tilimizni bilish yo`lidagi intilishlarimizni, harakatlarimizni rus tiliga qarama-qarshi qo`yish, rusiyzabon birodarlarimiz bilan aloqani buzish mutlaqo noto`g`ri bo`lur edi. Bir-birimiz bilan ahil va do`st bo`lib yashayotgan bir paytlarda xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo`yib, ular orasiga nifoq solishga urinishlar yaxshilikka olib kelmaydi.

Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’i nazar, o`z ona tilini hurmat qiladi. O`zbeklar o`zbek tilini hurmat qilsa, tojiklar tokik tilini, qozoqlar qozoq tilini, aytaylik, boshqa millat vakili, katta yo kichik bo`lishiga qaramay, o`z ona tilini hurmat qiladi.

(O`zbekiston SSR Oliy Sovetining o`n birinchi sessiyasida so`zlangan nutqdan 1989 yil 25 oktabr)

Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo`lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo`lib, O`zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya’ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo`yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O`zbekistonni o`zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O`zbekistonni o`z ona yurtidek e’zozlashi hamda uning tiliga bo`lgan munosabat hurmat va ehtirom darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi.

Hozirgi paytda ko`pmillatli respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan “Turkiston- umumiy uyimiz” g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy-madaniy markaz respublika maqomiga ega.

Topshiriq: “Til dil ko`zgusi”, “Til fikr libosi”, “Til achchiq ham shirin” so`zlarini sharhlash.

9-mavzu: Men orzu qilgan kasb (9-sinf bitiruvchilari bo`lganligi munosabati bilan)

Kun shiori: “Orzusiz inson bo`lmaydi, orzusiz yashab bo`lmaydi”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o`z orzulari uchun harakat qila olishlikni, izlagan imkon topa olishini ular ongiga singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Intilganga tole yor, o`z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo`lida hech tolmang!”

O`qituvchi:

Kasbning eng yaxshisi kishining , o`z qo`li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir. Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar.

      Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar. Bunday natijaga erishish uchun ta'limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa o'z o'rnida pedagog xodimlar zimmasiga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Kasb-hunarga yo'naltiruvchi o'qituvchilar va psixologlar o'z vazifalarini sidqidildan ado etib, o'quvchilarga mavjud kasblar, hunarlar haqida to'liq va aniq ma'lumotlar berib borishlari zarur.

Kasbiy axborot berish o'quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblar, mehnat bozorining holati, xo'jalik majmuasining malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojlari, kasblar bozori rivojlanishining mazmuni va kelajagi, kasblarning shakllari, kasb egasiga qo'yiladigan talablardan iboratdir.

Hademay siz uchun qadrdon bo`lgan maktabingizni bitirib, har biringiz o`zingiz tanlagan akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlariga hujjatlaringizni topshirib, o`n ikki yillik majburiy ta’limni davom ettirasiz. Va kelajakda o`zingiz sevgan kasb egasi bo`lasiz.

Darhaqiqat,bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Kasblar orqali hamma o`zining yo`lini topib oladi va jamiyatda o`z o`rniga ega bo`ladi. Siz mustaqillik sharofati bilan, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim olasiz. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik-litseylar jahon andozalariga javob beradigan darajada ta’mirlangan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim beriladi. Siz bitiruvchilar esa yaratilgan shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib olishingiz kerak. Siz tanlagan kasb-hunar kolleji, o`zingizga qulay hududda joylashgan bo`lsa, yana ham yaxshi. kitoblarni o’qib chiqib, munosib farzand bo’lishga o’zimga so’z beraman. Chunki, men buyuk allomalarni dunyoga keltirgan zaminda yashamoqdaman. Bu zamin faqat va faqat ziyolilarni dunyoga keltiradi.



Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb va tanlagan akademik-litseyi yoki kasb-hunar kolleji haqida ma’lumot beradilar.

10-mavzu: Zamon bilan hamnafas (Rus tili fani oyligi doirasida)

Kun shiori: “Rivojlanib borayotgan yurtimizda, ma’rifatli har bir shaxs zamon bilan hamnafas yashaydi ”.



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har bir tilni hurmat qilishni, zamon bilan hamnafaslikda qadam tashlashlikni uqtirish

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar”

Shayx Sa’diy Sheroziy

O`qituvchi:

N.G. Chernishevskiy Beruniy nomini faqat bir joyda tilga oladi. Ammo shu kichik faktning o`zi ulug` rus demokratining O`rta osiyolik buyuk mutafakkir ijodiga katta hurmat bilan qarab, uning asarlarini eng mo`tabar manba deb bilganidan dalolat beradi. Bu fakt yana shu fikrni ham aytishga asos bo`ladiki, Chernishevskiy Beruniy asarlaridan yaxshigina xabardor bo`lgan, uning arab madaniyati olamidagi mavqeini his qilgan.

N.G. Chernishevskiy Beruniy vatani- ko`hna Sharqning ajralmas bo`lagi O`rta Osiyo tarixi, bu yerda yashaydigan xalqlarning hayoti bilan ham qiziqadi. Ma’limki, N.G. Chernishevskiy ijodi O`rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi davriga to`g`ri keladi. Chor hukumatining mustamlaka qilingan aholiga munosabati, bu o`lkaning o`rganilishi, adib e’tiboridan chetda qolmagan. Uning asarlarida O`rta Osiyoning iqtisodiy – ijtimoiy ahvoli, tarixi va madaniyati to`g`risidagi materiallar va bu asosdagi fikrlarni anchagina uchratish mumkin. O`rta Osiyoni u qadimiy madaniyat markazlaridan biri deb hisoblab, Misr, hindiston, Suriya bilan yonma-yon qo`yadi; Boxtar, Sug`d, Xorazm haqida arab va mo`g`ul istilosi oqibatlari, Temur va temuriylar, Hindistonda hukmronlik qilgan boburiylar sulolasining ishlari xususida mulohazalar yuritadi.

V.V.Vilyaminov – Zernov rus sharqshunoslari orasida birinchilardan bo`lib Markaziy Osiyo tarixini o`rgangan kishidir. V.V.Vilyaminov – Zernovning katta xizmatlaridan biri Alisher Navoiy asarlari asosida XVI asrda tuzilgan “Abushka” lug`atini nashr ettirganidir. Bundan tashqari, u bir qancha qo`lyozmalarni to`plab tasnif etgan, Navoiy, Mashrab asarlari haqida ma’lumot bergan turkshunos olim edi.

Demak, umumbashariy taraqqiyot tarixi Sharqu G`arb o`rtasidagi har xil davriy, siyosiy devorlarni surib tashladi. Zero, Shayx Sa’diy Sheroziy aytganidek: “Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar”. Sharq bilan G`arb ana shu muazzam organizmning o`zaro ajralmas a’zolari sifatida, tobora yaqinlashib, madaniy – adabiy aloqalarda birlashib bormoqda. Insoniyat taraqqiyotining talabi ham ana shunday.

(Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari 313-314-315 betlar)

Topshiriq: “Shu aziz Vatan barchamizniki” mavzusida guruhlarning kichik chiqish rus tilida.
11-mavzu: Globallashuv va uning oqibatlari

Kun shiori: “Globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi”.

(Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, mustaqil fikrlashni, odob-axloq xislatlarini milliyligimiz darajasida uqtirish..

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega”



Islom Karimov
O`qituvchi:

Bugun biz tez sur’atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Globallashuv- bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo`lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko`rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda- ezgulik va yovuzlik yo`lida foydalanish mumkin.

Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig`iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo`q, deb beparvo qarab bo`lmaydi.

Globallashuv jarayoning yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog`lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.

Ta’bir joiz bo`lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo`lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo`lsa, buni sezish, ko`rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg`ab yetish nihoyatda qiyin. Barchamizga ayon bo`lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o`zibo`larchilikka tashlab qo`yilsa, o`sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha- qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo`lsa, o`sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.

Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog`liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko`pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.

Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg’u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi.

(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)

Komil Sindarovning quyidagi to`rtligi bilan mavzuga xulosa yasaladi:

Magar topsin desang ishlarim rivoj

Yaxshi-yomon kunda duoga qo`l och.

Ezgu tilaklarni shamchiroq etib,

Nurli manzillarga o`zingga yo`l och.

Topshiriq: Guruhlar bugun yoshlarimiz orasidagi ba’zi bir kamchiliklarni qanday qilib bartaraf qilish kerakligini har biri o`z dunyoqarashlaridan kelib chiqib xulosa qiladilar. O`zbek maqollaridan misollar keltiradilar. Ba’zi bir o`quvchilar mavzuga oid hikoya va rivoyatlarni so`zlab beradilar va tahlil qiladilar.

12-mavzu: Birinchi so`rovnoma AL va KHK (9-sinf bitiruvchilari uchun)

Kun shiori: “Har bir o`quvchi tanlash huquqiga ega”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, mustaqil fikrlashni, birinchi so`rovnoma haqida ma’lumotga ega bo`lishi, o`zi tanlagan akademik – litsey, kasb-hunar kollejlariga hujjatlarini topshirishni uqtirish..

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Barkamol avlod orzusi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Bilib qo`yki, seni Vatan kutadi!”

G`afur G`ulom

O`qituvchi:

Mana siz bitiruvchi sinfsiz, albatta, keyingi jarayon kollejlar, akademik-litseylarga tayyorgarlik ko`rasiz.

Va, sizning oldigizda bitta yo`l bo`lishi kerakki, siz o`zingiz qiziqqan, bilimingiz va kelajagingizni o`zingiz tanlayotgan kasbda ko`rayotganligingizni his etishingiz kerak.

Kasblar juda ko`p, ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda jahon talablariga javob beradigan kollejlar, akademik-litseylar esa yurtimizning chekka-chekka qishloqlarida ham bunyod etilayapti. Bu hammasi kelajagimiz bo`lgan yoshlar uchun. Hozirdan siz ota-onangiz bilan o`zingiz boradigan kollej, akademik-litseyga borib ko`rib, tanishib kelishingiz ham mumkin. Chunki, ertaga shoshilib qolmaslik uchun. Tanlagan kasbingiz orqali ertaga xalqqa, yurtga foydasi tegadigan kasb egasi bo`lib chiqishingiz kerak.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ham, erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya g`oyalariga sodiq bo`lgan ongli fuqaroni, o`z Vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol ta’sir ko`rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas’uliyat ola bilishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish, siz yoshlarning kelajakda o`z o`rningiz, o`z so`zingiz va davlatimiz, shaxsan yurtboshimiz tomonidan sizga berilayotgan ishonch va umidni oqlash. Sizga beriladigan so`rovnomada avval siz o`zingiz tanlagan birinchi yo`nalish, ya’ni o`zingiz xohlagan akademik – litsey yoki kasb – hunar kollejini tanlaysiz va yo`nalishini belgilaysiz. Agar birinchi yo`nalish bo`yicha kira olmasangiz, ikkinchi kasb-hunar kollejini tanlaysiz. Ikkinchi yo`nalishni imkon darajada o`zingiz yashaydigan hududdagi birorta kasb-hunar kollejini tanlang .



Topshiriq: Har bir guruh bu mavzu bo`yicha ochiq muloqot olib boradi. Fikrlar tinglanib, sinf rahbari tomonidan, qo`shimcha fikrlar va ko`rsatmalar beriladi.

13-mavzu: Huquqshunos bo`lmoqchiman AL va KHK (8 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi munosabati bilan, 9-sinf bitiruvchilari uchun)

Kun shiori: “Har kim bilim olish huquqiga ega”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, mustaqil fikrlashni, konstitutsiyamizda belgilangan qonunlarga rioya etishligini, o`zlarining kasb tanlash huquqiga ega ekanligini uqtirish..

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Har bir shaxsning o`z tanlagan kasbi bo`ladi”

O`qituvchi:

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Amaldagi qonunlarning huquqiy asosidir

Amaldagi qonun normalaridagi nisbatan yuqori yuridik kuchga ega

O`z normalarining amaldagi qonunlar normalaridagi nisbatan barqarorligi bilan ajralib turadi

Joriy qonunlarga xos bo`lgan aniq mazmun bilan boyib boradi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI:

B
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
ELGILARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Rivojlanish bosqichlari



Belgilari

Ta’sis etuvchi va asos bo`luvchi xususiyati



Turkiston ASSR, Buxoro va Xiva respublikalarining 1918 – 1920 yillardagi konstitutsiyalari



Oliy yuridik kuchga egaligi



O`zbekiston SSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi



O`zbekiston SSRning 1937-yilgi Konstitutsiyasi

Huquqning asosiy manbai, amaldagi qonunlar uchun asos ekanligi





O`zbekiston SSRning 1978-yilgi Konstitutsiyasi



O`zbekiston 1992-yilgi Konstitutsiyasi

Barqarorligi


O
Ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor xo`jaligi – iqtisodiyot asosi

Inson va fuqaro huquq va erkinliklarining ustunligi

Siyosiy va mafkuraviy plyuralizm

Fuqarolarning teng huquqliligi

Jamoat birlashmalarining qonun oldida tengligi Mahalliy o`zini o`zi boshqarish faoliyatini tan olish va ta’minlash
`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY TUZUMNING ASOSLARI



Davlatning vazifasi – inson va fuqaroning ajralmas huquqlari va erkinliklarini tan olish, ularga rioya etish va ularni himoya qilish Davlat suvereniteti

O`zbekiston xalqi – suverenitet egasi va davlat hokimiyatining yagona manbai

Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi


D
Davlat suvereniteti . 1. O`zbekiston Respublikasining suvereniteti uning butun hududida amal qiladi. 2. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari O`zbekiston Respublikasining butun hududida ustinlikka ega. 3. O`zbekiston Respublikasi o`z hududining yaxlitligi va daxlsizligini ta’minlaydi
AVLAT SUVERENITETI



O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining sifatlari

Butun hududda amal qiladi



O`z ichki va tashqi siyosatini mustaqil belgilaydi

Butun hududda ustinlikka ega bo`lgan konstitutsiya va qonunlarni qabul qiladi



O`z hududining yaxlitligi va daxlsizligini ta’minlaydi


Topshiriq: „Bahs-munozara“ mashqi. O`quvchilar orasida huquqshunos bo`ladiganlar bormi? Huquqshunoslik kasbi haqida ma’lumotga egamisiz?

14-mavzu: Xalqimiz buyuk - ma’naviyat egasi (Milliy g`oya va ma’naviyat asoslari fani oyligi doirasida)

Kun shiori: “Bu dunyoda yengilmas kuch, – ma’naviyatdir



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, xalqimiz buyuk ma’naviyat egasi ekanligini his ettirish, insoniylik, mehr-oqibatni yanada rivojlantirish ekanligini uqtirish..

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi va ajdodlar o`giti bilan birga singadi”

Islom Karimov

O`qituvchi:

Ma`naviyatning hayotimizdagi o`rni va ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, shuni chuqur anglab olishimiz darkorki, ma`naviy yuksalishga erishish— bu bir yillik yoki besh-o`n yillik ish emas. Xalq, millat o`z milliy ma`naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma`naviyat qotib qolgan aqidalar yig`indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo`lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma`naviy hayot oldiga qo`iiladigan talablar ham muttasil paydo bo`laveradi.

Bugungi kunda ma`naviyat dunyosiga nisbatan mavjud bo`lgan xavf-xatarlardan albatta ko`z yumib bo`lmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma`naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko`rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz.

Chunki xalq — bamisoli ulug` va sharafli yo`ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo`ldan chalgatishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo`lgan, bundan keyin ham bo`lishi mumkin. Karvon bexatar bo`lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch — ma`naviyat bor.

(Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)



Topshiriq: „Fikrlar kurashi“ mashqi. „Ma’naviyat nima?“

15-mavzu: Kasbim-faxrim (9-sinflar bitiruvchilar uchun)

Kun shiori: “Hayotdagi insonning o`rni o`zining halol va sharafli kasbi bilan”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga ekanligini uqtirish, kasbi bilan elda e’zoz topganlar bilan faxrlanish tuyg`usini rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Bizning dasturxonimizni non bilan to`ldirishga xizmat ko`rsatayotgan dehqonlarimiz mehnati tahsinga loyiq”

O`qituvchi:

Darhaqiqat, bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, insoniyat o`z davrini boshlagan davrlardan boshlab, insonlar nima bilandir shug`ullanishni o`zlarining kasbi deb bilganlar. Azaldan ma’lumki, insonlarni yer boqadi. Demak, birinchi bo`lib, ziroatchilik ya’ni dehqonchilik kasbi boshlangan. Dehqonchilik kasbi, kasblarning shohi bo`lib kelmoqda. Butun insoniyat dehqonlarning mehnati bilan yetishtirilayotgan mahsulotlarni iste’mol qilishadi.

Dehqonlarimizning mehnati juda ham tahsinga sazovar. Ayniqsa, mustaqillik tufayli dehqonlarimizning mehnati qadrlanmoqda. Ularga shaxsan Yurtboshimiz va hukumatimiz tomonidan juda katta sharoit va imkoniyatlar eshiklari ochilgan. Har yili dehqonlarimiz g`alla hosildorligidan tonnalab bug`doy olmoqdalar. Ayniqsa, bu yil ya’ni, 2013 yil “Obod turmush yili” ga dehqonlarimiz qariyb sakkiz million tonna g`allani zabt etishdi. Bunday kasb egalariga Ollohdan uzoq-umr, kuch-quvvat, yurtimizning g`allasi bundan ziyoda bo`lishini so`rab qolamiz. Bunday kasb egalaridan doimo faxrlanib yuramiz.

Har biringiz ertaga qanday kasb egasi bo`lishingizdan qat’iy nazar yurt uchun, xalqimiz va mustaqil O`zbekistonimiz uchun foyda keltiradigan uning tinchligi, taraqqiyoti va mustaqilligini yanada mustahkamlash uchun xizmat qilsin.



Topshiriq: “Kasbim-faxrim” mavzusida kichik insho yozish.
16-mavzu: Oilada o`g`il va qiz bolani biron bir kasb-hunarning egasi bo`lishi shartmi (9-sinflar bitiruvchilar uchun)

Kun shiori: “ Hunar hunardan unar”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga ekanligini uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat’iy nazar kasb egasi bo`lishiga haqli ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Hunarli kishi xor bo`lmas”

O`qituvchi:

Bordi-yu kishining uchta farzandi bo`lsa, har uchchoviga ham ilm o`rgatgani yaxshi. Agar bunday imkoniyatga ega bo`lmasa, bittasiga ilm o`rgatsin, bittasiga hunar va yana bittasiga ziroat yoki tijorat o`rgatsin. Umuman, ularni biror foydali ish bilan mashg`ul qilish, nobakor va qabih kishilar bilan ulfat, hamsuhbat bo`lishidan qaytarish kerak.

Muhammad ibn Muhammad al-Jomiy

Hunar chashma erur, oltin-chi shabnam! Hunarni qadrlamagan och qoladi. Insonning hunari uning boshlig’i, pul tugaydi, biroq hunar tugamaydi.

Mashriqzamin Hikmatlar Bo`stonida Muhammad Javhar Zamindor shunday deyiladi:

Ey o`g`il! Bu nasihatlarga quloq sol, kasbu hunar o`rganishdan or qilma, mehnat qilishni o`rgan. Yurt va elning rivoji ham hunarga bog`liq. Eng halol va eng yoqimli yemish va kiyish hunardan hosil bo`ladi. Hunar – yashirin xazina. Kuni kelib dunyo tasodiflari tufayli mol-mulkdan ajralsang ham, hunardan hech qachon ajralmaysan. Hunar sening doimiy hamrohing, madadkoringdir.

Haqiqatan, har bir o`g`ili bola yoki qiz bola bo`lmasin oilada ularga albatta, birorta bir hunar o`rgatiladi. Masalan, o`g`il bolalarga qishloq joylarda bo`lsa kemon chopish, suvoq qilish, chorvador bo`lsa, qo`ylarni qirqish, buzilgan narsalarni tuzatish, qiz bolalarga esa kashta tikish, gilam to`qish, ovqat qilish, turli xil pishiriqlar, salatlar o`rgatiladi.

Ayniqsa, hozirgi vaqtda shaharlarimizda hunar o`rgatish bo`yicha juda ko`plab, o`quv markazlari ochilganki, bularni ko`rib demak, farzandlarimizni bo`sh vaqtini hunar bilan shug`ullantirishni ma’qul ko`rmoqdalar. Dono xalqimiz juda topib aytganlarki, hunarli kishi xor bo`lmas.

Bugungi yoshlarimizni ko`rib havasingiz keladi, ularning qo`lidan kelmaydigan hunarning o`zi yo`q. O`g`il bolalarimiz texnika asboblaridan tortib, kompyutergacha tuzatishni, qizlarimiz esa pishiriqdan tortib, sartorashlikkacha har bir hunarni egallab olmoqdalar. Bularning hammasi yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishdir.

Topshiriq: Har bir o`quvchi qanday hunarni bilishi haqida davra suhbati o`tkaziladi.

17-mavzu: Harbiy bo`lish mening orzuim (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, 9-sinflar bitiruvchilar uchun)


Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish