Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash
II. Asosiy qism:
O‗quvchilarga kumush qish haqida, qorning ona zaminimizga foydali xususiyatlarini
tushuntirish
Ertakchi:
Bir bor ekan,bir yo`q ekan.Biz yashab turgan shu zamonda bir ayoz bobo bor ekan.Ayoz bobo har
yili butun olamga qor yog`dirar, bo`ron yuborib, qish faslini bezatar ekan.olam oppoq libosga kirganda,
odamlar yangi yil bayramini nishonlayotganda ,sovg`alar olib,butun yer yuzini sayr qilar ekan.Eng yaxshi
,eng odobli bolalarga sovg`alar ulashar ekan.Bolalar esa archa bezatib,qo`shiqlar,she`rlar o`rganib,ayoz
boboni kutib olishar ekan.Ayoz bobo bir kuni nabirasi qorqiz bilan chaqqon quyonchalarni chaqirib,ularga
bolalarga sovg`a-lar yig`ishni topshiribdi.
Ayoz bobo:-Hoy quyonchalar!Oppoqqina beozor quyonchalar ,jonivorlar!Menga sovg`a tayyorlashga
yordam beringlar.
Quyonchalar:Xo`p bo`ladi bobojon:Aytganingizni tezda bajaramiz.
(Quyonchalar xursand bo`lib u yoqdan bu yoqqa
yugurishadi.Panada turgan bo`ri va tulkini
sezishmaydi.)
Och bo`ri va ayyor tulki:-Mana bu g`ilay,
kaltafahm jonivorlar nega buncha xursand bo`lib
qolishdi?Kelinglar bir ta`zirini berib qo`yamiz.
Ayiq:-Nima shovqin,nima to`polon.Endigina
uxlagan
edim,kim
u
mening
oromimni
buzgan?Hozir u bezorining ta`zirini berib
qo`yaman.
Bo`ri
va
tulki:-Sizni
uyg`otgan
anovi
quyonlar.Ularning jazosini berib qo`ying.Biz
ularni tutishda yordam beramiz.
Olmaxon:-Yolg`on ayiq polvon aka. Ularning
o`zlari sizni uyg`otib yuborishdi.Ayoz bobo quyonlarga sovg`a yig`ishni topshirgan edilar.Bo`rilar ularni
quvlab,qo`rqitib yuborishdi.
Ayiq:-Hoy, ochko`z bo`ri,ayyor tulki.Hali meni aldamoqchi bo`ldilaringmi?Hozir senlarni tutib jazolaringni
beraman.Bo`ri va tulki qochishib,yalmog`iz kampirning huzuriga borishadi.
Yalmog`iz kampirning kulbasi.
Tulki:-Buvijon,buvijon .Eshigingizni oching,bizlar keldik.
Bo`ri:-Buvijon,bizni ayiq polvondan qutqaring.
Yalmog`iz:-Dunyodagi
eng
yaxshi
kampirdirman.Chapga
qarar
birisin,o`ngni
ko`rar
bir
ko`zim.To`polonchi,quloqsiz bolalarni sevaman.A`lochi bolalarni juda yomon ko`raman.Sehr jodu
qilib,kuchimni ko`rsataman.Yomonlarga do`st bo`lib,yaxshini yig`lataman.Kelinglar, shumtakalar!Sizlarga
nima kerak?Nega it talaganday qochib yuribsizlar?
Bo`ri,tulki:-Quyonchalar bolalarga sovg`a tayyorlasharmish.Ayiq polvon bizlarni yeb qo`yarmish.Ularning
jazosini berib qo`ying.
Yalmog`iz:-Yuringlar mening kulbamga.Kirib maslahat qilamiz.Agar uchchalamiz birlashsak,rosa katta
ishlar qilamiz.(kulbaga kiradilar).Olmaxon Ayoz boboga xabar beradi.
Olmaxon:Ayoz bobo,tulki,bo`ri,yalmog`iz bir yomonlik o`ylashdi.Ular quyonchalarni yeb, sovg`alarni yo`q
qilishmoqchi.
Qorqiz:-Voy yaramaslarey!Endi nima qilamiz, bobojon?
Ayoz bobo;-Yur qizim, u ochko`zlarning jazosini beramiz.Toki,ikkinchi marta bunday ish qila
olishmasin.Ular yalmog`iz huzuriga borishdi.
-Ey,yaramas bezori,qora niyatli yalmog`iz.Har yili bolalarning bayramini buzib, yomon ishlar qilmoqchi
bo`lasizlar.Yaxshi hamki bundan vaqtida xabar topdim.Hozir sizlarni umrbod muzlatib qo`yaman.
Yalmog`iz,bo`ri,tulki:-Kechiring bobojon, boshqa bunday qilmaymiz.
Qorqiz:-Bobojon,keling yangi yil arafasida ularni kechira qoling.
Ayoz bobo:-Bo`pti,bu gal kechirdim.Yana shunday qilsangizlar,unda mendan xafa bo`lmanglar.
Yalmog`iz,bo`ri,tulki:-Rahmat,bobojon!
Ertakchi:-Mana,bolalar.Davramizga qorbobo va qorqiz kelyapti.Tezda davrani qizdiring,mening ertagim esa
davom etaveradi.
Mavzu xulosalanib,o`quvchilarni rag`batlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |