Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining pedagogik mahorati


Sinf rahbarining o’quvchilarda o’qishga qiziqishni oshirishda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish



Download 111,14 Kb.
bet3/4
Sana01.06.2023
Hajmi111,14 Kb.
#947369
1   2   3   4
Bog'liq
10-TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA SINF RAHBARINING PEDAGOGIK MAHORATI

2.2.Sinf rahbarining o’quvchilarda o’qishga qiziqishni oshirishda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish


O'quvchilarni har tomonlama etuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o'zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko'p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog'liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog'lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko'p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
O'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko'p qirrali ishlarni o'quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo'lga qo'yish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo'nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o'qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko'rsatish.
Umummaktab va maktablararo o'tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasa-lari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko'rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma'muriy.
Bular ko'pincha o'zaro uzviy bog'langan holda namoyon bo'ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritish mumkin:
Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish.
Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash.
Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o'z mazmuniga ko'ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O'quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun ham o'quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo'lsa, ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma'naviy o'sishi samarali bo'ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o'quvchilar jamoadagi ishlarni o'rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo'shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo'ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi:
Og'zaki ish usullari: majlislar, yig'inlar, ma'ruzalar, kutubxonalar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar.
Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport musobaqalari, tabiatshunoslar to'garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko'rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga bog'liq va uning davomiyligidir.
Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchilar turli qo'llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o'rganadilar, o'z-o'zini tekshirish uchun turli ma'lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko'nikmalarini egallaydilar.
3.Sinf rahbarning o’quv-tarbiviy ishlarni tashkil etish metodikasi
Sinfda ta‟lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va rahbarlik qilishda asosiy yetakchilik vazifasini sinf rahbari bajaradi.
Sinf rahbari maktabda muhim va mas‟uliyatli vazifani ado etadi. U sinfda tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi hamda o’quvchilarning murabbiysi hisoblanadi. U o’z sinfidagi o’quvchilar jamoasini uyushtiradi va tarbiyalaydi, o’qituvchilar, bolalar yetakchisi hamda ‘Kamolot’ yoshlar ijtimoiy harakati, o’quvchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik olib boradigan tarbiyaviy ishlarni umumlashtiradi.
Keyingi yillarda sinf rahbarlarining tarbiyaviy ish faoliyati yangi-yangi shakl va uslublar bilan boyitilmoqda. Darsdan tashqari vaqtlarda tarbiyaviy ishlar o’tkazishda maktab bolalar yetakchisi va ‘Kamolot’ yoshlar ijtimoiy harakati roli ancha oshdi. Bu tashkilotlar maktabda, shuningdek, bolalar yetakchisi hamda ‘Kamolot’ yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashabbuskori va tashkilotchisi bo’lib chiqmoqdalar. Shuning uchun sinf rahbarlari bu tashkilotlar bilan mustahkam aloqa bog’lab, tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yishning ko’pgina masalalarini ular bilan hamkorlikda hal etmoqdalar.
Sinf rahbarlari ish-faoliyatining mazmuni ham kengayib bormoqda. Hozirgi davrda ijtimoiy hayotning tez sur‟atlar bilan o’sib borayotganligi, sinf rahbarlaridan o’quvchilarga tarbiya berish, ularda istiqlol g’oyalariga e‟tiqodni tarkib toptirish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlarini yaxshilash, takomillashtirishlarini taqozo etadi.
Maktab direktori tajribali va obro’li o’qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Unga bolalar hayotini yo’lga qo’yish, jamoani uyushtirish va uni tarbiyalash mas‟uliyati, sinfdagi o’quv- tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. U tarbiyachi sifatida o’quvchilarni har tomonlama kamol topishi to’g’risida, ularni mehnatsevarlik, jamoada o’zini tutish ruhida tarbiyalash to’g’risida, o’quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib-intizomni mustahkamlash to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning hammasini havaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, mas‟ul shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldida, xalq ta‟limi bo’limlari oldida o’ziga topshirilgan sinfda ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo’lga qo’yilishi uchun javobgardir.
Sinf rahbarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tarbiya berish va ularni do’stona bir jamoa qilib jipslashtirishdan iborat. Albatta, o’z sinfidagi o’quv ishlari, o’quvchilar bilim darajasini oshirish masalalari ham uning e‟tiborini jalb etadi. Ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida yondashadi. U eng asosan tarbiya berish vositalari orqali (o’quvchilarda o’quv vazifasiga nisbatan ongli va mas‟uliyat bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash, o’qishda o’quvchilarning o’zaro yordamini yo’lga qo’yish, ularni “Umumiy o’rta ta‟lim maktabining namunaviy ustavi”ga rioya qilishga o’rgatish va shu kabilar) ta‟lim berish sifatini oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha o’qituvchilarga yordam beradi.
Agar sinf rahbari sinfni dastlab qabul qilayotgan bo’lsa, u yil boshidayoq barcha o’quvchilar to’g’risida umumiy ma‟lumotlar olishga harakat qiladi. O’ni taxminan shunday savollar qiziqtiradi: o’quvchi qaerda yashaydi; uning ota-onasi qaerda ishlaydi, u yashaydigan oila sostavi, uning moddiy jihatdan ta‟minlangan-ta‟minlanmaganligi, madaniy darajasi, ota- onasining ijtimoiy faoliyati, oiladagi muhit, oilada o’zaro munosabatlar, bolaning oilada tarbiyalanganligi, bolaning kundalik tartibi va turish-turmushi, uning ish joyi bor-yo’qligi, bolaning uy mehnatiga ishtiroki, bolaning maktabdan tashqaridagi do’stlari va tanishlari, o’quvchi salomatligi (maktab hashirasi ma‟lumotlariga ko’ra). Albatta bu savollarning hammasiga birdaniga javob olish mumkin bo’lmaydi. Bularning ko’plariga javoblarni asta- sekinlik bilan to’plab borish mumkin bo’ladi.
Sinf rahbari sinfdagi o’quvchilarning qobiliyati, istak-xohishiga qarab ularni to’garaklarga jalb etadi. Haftada bir marta o’tkaziladigan ma‟naviyat soatlarini to’g’ri tashkil etib, unga haqqoniy yondoshishi lozim. Sinf rahbari qanday sharoitda ishlamasin, u qanday sinfga rahbarlik qilishidan qat‟iy nazar, o’quvchi shaxsini kamol toptirishi lozim. Sinf rahbarligi har qaysi o’quvchini alohida–alohida o’rganishdan boshlanadi. Ma‟naviyati boy bo’lgan sinf rahbari o’quvchilar bilan alohida-alohida ishlashni mohirlik bilan qo’llashi kerak.
U o’quvchi yoshlarni erkin fikrlashga, hayot mazmunini tushunib olishiga, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishiga ko’maklashadi. O’quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma‟naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirishga yordam ko’rsatadi.
Sinf rahbari ota-onalar bilan yaqindan aloqada bo’lsa, uning sinfidagi o’quvchilarning faolligi oshadi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, ilg’or sinf rahbarining olib borayotgan ishiga nazar solsangiz, u ota-onalar bilan bir oyda yoki ikki oyda bir uchrashadi. Bu sinfda davomat, o’quvchining faolligi, ustozga bo’lgan hurmatini oshiradi.
Sinf rahbari faqatgina o’quvchilar bilangina emas, balki o’qituvchilar, ota-onalar, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ham ish olib boradi.
Sinf rahbari darslarga kiradi, kuzatadi va o’z sinfidagi o’quvchilar bilan birgalikda sinfda o’quv ishlari sifatini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Sinf rahbari o’z ishlarini maktab ma‟muriyati rahbarligi va bolalar tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. Shuning uchun uning faoliyatini rivojlantirish umummaktab hamda bolalar va o’smirlar ‘Kamolot’ yoshlar ijtimoiy harakati ishining rejalashtirilishi bilan uzviy bog’langandir.
Sinf rahbarining ish rejasi lo’nda va tushunarli holda yozilishi lozim. Unda bajariladigan tadbirlarning muddati aniq ko’rsatilishi lozim.
Ish reja o’quv yiliga tuzilib, shu asosda yarim yillik, choraklik, haftalik ish reja tuziladi.
Ish reja qisqa, lo’nda va tushunarli holda yozilishi lozim. Unda bajariladigan tadbirlarning muddati aniq ko’rsatilishi lozim.
Ish reja o’quv yiliga tuzilib, shu asosda yarim yillik, choraklik, haftalik ish reja tuziladi.
Sinf rahbari o’z tarbiyaviy ish rejalarida quyidagi vazifalarni va asosiy yo’nalishlarni aks ettirishlari muhimdir:
sinfdagi har bir o’quvchiga tavsifnoma; o’quvchilar to’g’risida to’liq tahlil (diagnostikasi);
o’tgan o’quv yilidagi tarbiyaviy ish jarayonining tahlili va yangi o’quv yili vazifalari; sinf o’quvchilarining bilim samaradorligining tahlili;
sinf o’quvchilarining jamoa ishlarida faol ishtiroki (qanday yangilik bilan o’quvchi jamoa ishida ishtirok etmoqchi);
bolalar va o’smirlar uyushmasi bilan olib boriladigan ishlar;
o’quvchilarga ma‟naviy-ma‟rifiy yo’nalishda tarbiya berish, ularda ilmiy dunyoqarashni, yuksak fuqarolik fazilatlarini tarkib toptirish, onglilik va faollikni rivojlantirish, ularni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash;
o’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, ularning Vatan oldidagi burchi va mas‟uliyatlarini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
mehnat tarbiyasi berish, jamiyat rivoji yo’lida mehnat qilish xislatlarini rivojlantirish; estetik tarbiya berish, o’quvchilarning badiiy didlarini va ularning go’zallikni tushunish,
qadrlash hamda yaratish malakalarini rivojlantirish;
jismoniy tarbiya berish, o’quvchilarning jismoniy jihatdan o’sishlari uchun sharoit yaratish, ularda sanitariya-gigiena ko’nikmalari hosil qilish;
o’quvchilarning umumiy madaniyatini rivojlantirish, ularning aqliy talablarini, faolliklarini va ijodkorliklarini oshirish, madaniy axloqlarini tarbiyalash;
o’quvchilar bilan hamkorlikda bolalarni o’qishga ongli munosabatda bo’lishga hamda ularning o’qishlarini nazorat etish;
o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlaridan to’g’ri foydalanishini va ularning ijodiy qobiliyatlarini o’stirishi va har tomonlama kamol toptirishga yordam berishi;
o’quvchilar bilan olib boradigan har xil tadbirlarni davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda o’tkazish va boshqalar;
Yosh avlodni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalashning yuqoridagi sanab o’tilgan vazifalari o’quvchilarning yosh xususiyatlariga, ularning qay darajada tarbiyalanganliklariga qarab, har bir sinf jamoasining ahvoli va boshqa shart-sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tarbiya ishlarini rejalashtirish va tashkil etishda tarbiyaning imkon boricha asosiy vazifalarini qamrab olishga harakat qilish juda muhimdir.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy o’zgarishlar amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda yoshlarimizning bilim darajasi yil sayin oshib bormoqda. Ular ko’p narsalar biladilar va yana ko’p narsalar bilishga harakat qiladilar. Biroq o’quvchilarimizning, shuningdek maktabni bitirib hayotga qadam qo’ygan yoshlarimizning ba‟zi bir qismi xulq-atvorida intizomsizliklar, o’z vazifasiga mas‟uliyat bilan qaramaslik, xulq-atvor qoidalarini buzish, xudbinlik, qo’pollik va bezorilik singari holatlar uchramoqda. Biz bu holatlarga befarq, loqayd qarab tura olmaymiz.
Albatta, o’quvchilarga ishonish ularga nisbatan yuksak talabchanlikni rad etmaydi, balki buni shart qilib qo’yadi. Bolalarga, o’smirlarga va yigit-qizlarga nisbatan talabchanlik va shu bilan birgalikda mehribonlik va g’amho’rlik munosabati ularning doimiy suratda axloqiy va g’oyaviy kamol topib borishlarini ta‟min etadi. O’quvchilarning qo’llaridan keladigan ishlarni ado etishlari o’zlarini tutib olishga, o’z hatti-harakatlarini boshqarishga o’rgatadi, ularning iroda hamda xarakterlarini tarkib toptiradi. Mana shuning uchun ham sinf rahbari o’quvchilardan doimo ularning imkoniga yarasha talablar qo’yib borishi, ularning lapashangliklariga va injiqliklariga yo’l qo’ymasligi kerak. O’quvchilarning har qanday xohish va istaklarini bajo keltiraverish mutlaqo yaramaydi. Ayni vaqtda bolalarga nisbatan g’amxo’rlik va mehribonlik bilan munosabatda bo’lish, ularni oqilona seva bilish kerak. Mana shunday sharoitda sinf rahbari va o’quvchilar orasida o’zaro ishonch muhiti yuzaga keladi.
O’quvchi xulq-atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish, o’z-o’zidan ma‟lumki, o’quvchilar xulq-atvoridagi kamchiliklar va salbiy xususiyatlarni nazardan soqit qilish mumkin degan ma‟noni anglatmaydi. Biroq bu kamchiliklarni ortiq darajada qayd qilaverish, bu kamchiliklarni har qadamda ularning yuziga solaverish ham yaramaydi. Ko’pincha xatolarini yuziga solib turiladigan bolalar o’zlariga tuzalmas deb qaray boshlaydilar. Ular o’zlariga, o’z kuchlari va imkoniyatlarga ishonchni yo’qota boshlaydilar. Hamisha bolalardagi ijobiy xislatlarni aniqlab, bulardan tarbiyaviy ta‟sir ko’rsatish uchun tayanch sifatida foydalanishga harakat qilish kerak.
Talabchanlik tarbiyalanayotganlar xulq-atvorini nazorat qilib borishni taqozo qiladi. O’quvchilar xulq-atvoridagi ko’pgina kamchiliklarni, ularning intizom va tartib-qoidalarni buzishlarini maktab, oila, bolalar va yoshlar tashkilotlarining nazorati tufayli bartaraf qilish mumkin bo’ladi. Bu nazorat ular orqasidan yurib, kamchiliklarini aniqlashdan iborat bo’lmasligi kerak, albatta. Uni o’quvchilarning g’ashiga tegadigan voqelikka aylantirib yubormaslik kerak.


Download 111,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish