Nomerlashni o'rgatish ikki bosqichga ajratiladi:
11-20 sonlarni nomerlash va 21-100 sonlarni nomerlash.
10 dan katta sonlarni yozma nomerlash sanoqda birliklarni o'nli guruhlashga va raqamlarning o'rin qiy- matlari prinsipini qo'llanishga asoslangan: o'ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o'ringa, o'nliklar ikkinchi o'ringa yoziladi. 20 ichida sonlarni nomerlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash bo'yicha ish davomida o'quvchilar bir xonali son va ikki xonali son terminlari («Bir xonali son» va «Ikki xonali son» terminlarini o'quvchilar o'zlashtirishlari, ularni tushunishini va o'z nutqlarida ulardan foydalana olishni o'rganishlari kerak) bilan tanishadilar.O'quvchilarga quyidagi ko'rinishdagi topshiriqlarni berish yo'li bilan bu terminlardan tez-tez foydalanish kerak:
Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni alohida-alohida ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19
6 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini 10 ta orttiring. Ularni o'qing?.
1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali, so'ngra ikki xonali sonlarni yozing.
Faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing.
Bu topshiriqni bajarishda o'quvchilarning e'tiborini 22 sonini yozish uchun bitta 2 raqamining o'zidan ikki marta foydalanilgan, ammo bu son bir xil ikkita belgi yordamida yozilganligiga qaratish kerak.
O'quvchilarni 20 ichida, so'ngra 100 ichida sonlarni o'rganishda avval tayyorgarlik bosqichi olib borilib so'ngra og'zaki nomerlash va yozma nomerlash amalga oshiriladi.
20 ichida sonlarni nomerlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash davomida o'quvchilar bir xonali son va ikki xonali son terminlari bilan tanishadilar. Masalan: 3, 8, 10, 12, 17, 20.
Nomerlash jarayonida 11-20 sonlarini hosil bo'lishi didaktik materiallar bilan mustahkamlanadi.
Sonlar kassasidan 10 ta birlik oling va buni boshqacha qanday aytish mumkin? ( bitta o'nlik)
O'n ikki sonida nechta o'nlik va nechta birlik bor?
Sanoq cho'plar yordamida 15 ta cho'pni ajrating, 10 ta cho'pni alohida o'nlik qilib bog'lang, bu nechta o'nlik va nechata birlik bo'lishini biling:
Uzunligi 13 ta bo'lgan qatorni chizing, 10 ta katakni bo'yang. Nechata katak bo'yalgan?
Bir o'nlik va beshta cho'p oling - hammasi qancha bo'ldi?
Qanday son bir o'nlik va 9 birlikdan iborat?
100 ichida sonlarni nomerlashni o'rganishda o'qituvchining vazifasi bolalarni quyidagilarni o'rgatishdan iborat.
Predmetlarni bittalab, o'ntalab, va yuztalab gruppalarga birlashtirib yozish.
100 ichida sonlarni o'qish va yozishni hamda ularning natural qatorida kelish tartibini bilish.
Sonlarni yuzliklardan, o'nliklardan va birliklardan hosil qila olish ( ya'ni sonlarning o'nli tarkibini bilish)
O'ngdan chapga hisoblaganda birliklar (xona birliklari) o'nliklar (2-xona) yuzliklar (3-xona) qaysi o'ringa yozilishini aniqlash.
Sonni (ikki va uch xonali) xona qo'shiluvchilarining yig'indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.
topshiriq.Birinchi sinf darsligidan :
o'quvchilar nomerlashni o'zlashtirishini tekshirishga oid mashqlar tanlang.
ikki xonali sonlarni o'qish va yozish malakasini shakllantiradigan mashqlar tuzing.
topshiriq.Yuz ichida nomerlash jarayonida uzunlik o'lchov birligi (dm)ni kiritish qanaqa ahamiyatga ega ekanligini tushuntiring. Uzunliklarni o'lchashning yangi birligi - detsimetr bilan tanishtirish, kesmalarni santimetr va desimetr bilan o'lchashga oid mashqlar natijasida desimetr va santimetrlarda ifodalangan sonlar hosil bo'ladi, ikkinchi o'nlik sonlarini nomerlashni o'zlashtirishga yordam beradi. Ikki xil o'lchov birligi bilan o'lchash o'quvchilarga sonlarning o'nlik va birliklarda hosil bo'lishini o'zlashtirishga yordam beradi: agar kesmaning uzunligi 1 dm va 5 sm bo'lsa, demak, unga 1 o'nlik sm va 5 sm sig'adi, degan so'zdir.
topshiriq. o'quvchilar ikki xonali sonlar tarkibini o'rganishda beriladigan bilim, hosil qilinadigan ko'nikma va malakalarga oid mashqlar tuzing. ( tanlang)
Birinchi xona birliklari, ikkinchi xona birliklari sonlarning o'nli tarkiblarini tahlil etish jarayonida amaliy ravishda kiritiladi. Masalan, 35 sonida 3 o'nlik va 5 birlik bor dyeyiladi yoki 35 soni birinchi xonaning 5 birligidan va 2-xonaning 3 birligidan tashkil topgan. O'quvchilarning nomerlashga doir bilimlari keyinchalik 100 ichida qo'shish va va ayirish amallarini o'rganish uchun zamin hozirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |