Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi fanining predmeti- bo’lajak tarbiyachi o`qituvchilarga kelajak avlodni ma’naviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash san’atining qirralari, shakl va yo`llari, hamda bilim, malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi. - Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy fan bo`lib, milliy ong va istiqlol mafkurasini shakllantirishga xizmat qiladi.Uning maqsad va vazifalari:
- Bo`lajak o`qituvchilar, tarbiyachilar tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyatlardan keng foydalanishi, tarbiyaviy ta’sirga ega bo`lgan manbalarni ajrata bilishi;
- O`quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o`rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish mahoratiga ega bo`lishi;
- Tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, ko`zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarni ko`ra bilishi;
- Ilg`or tajribalarni kuzatib, tahlil qilib, undan ijodiy foydalanishi;
- Tarbiyaviy tadbirlarni o`quvchilarni ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi, takomillashtirishi;
- Tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishda o`z bilimini tarkibiy ravishda boyitib borishi lozim.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasining asosiy manbalari: - Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasining asosiy manbalari:
- O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
- Milliy qadriyatlar.
- Umuminsoniy qadriyatlar.
- Islom ta’limoti.
- O`zbek milliy urf-odatlari.
- Donolar bisoti.
- O`zbekiston maktablaridagi ilg`or tajribalar.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining tizimi: - Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining tizimi:
- Pedagogik mahorat va tarbiyachilik san’ati;
- Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning sharqona o`ziga xosligi va pedagogik ta’sir ko`rsatish;
- Tarbiyachilik kasbiga yo`naltirish;
- Hozirgi zamon pedagogik texnologiyasi bilan tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish.
- Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning tizimi.
- Milliy istiqlol talabiga javob beradigan barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgandir.
O`quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birgalikda amalga oshiriladi. Ammo tarbiyaning o`z vazifasi, mazmuni, shakl hamda metodlari bor. O`quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo`yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biridir. Shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o`quv jarayoni bilan bog’liq. - O`quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birgalikda amalga oshiriladi. Ammo tarbiyaning o`z vazifasi, mazmuni, shakl hamda metodlari bor. O`quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo`yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biridir. Shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o`quv jarayoni bilan bog’liq.
- Darsdan tashqari mashg’ulotlar o`quvchilarda ilm olishga ishtiyoq uyg`otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro`yobga chiqarish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iborat.
- Yoshlarning g`oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo’lish, jonajon Vatanni cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning miiliy qadriyatlarini e`zozlash hissini tarkib toptirish –vatanparvarlik tarbiyasining mag`zi bo`lmog`i lozim.
KEYS STADI
Vaziyatdagi muammolar turlari
|
Muammoli vaziyatning kelib chiqishi
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
|
Sinfingizda tarbiyasi og`ir o`quvchilar bor va ular darsga kelmaydi?
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |