Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


DIYONAT ROMANIDA RUHIY TASVIR SHAKLLARI



Download 238,5 Kb.
bet5/8
Sana29.07.2021
Hajmi238,5 Kb.
#132575
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Murodjon Yoʻldoshev

2.DIYONAT ROMANIDA RUHIY TASVIR SHAKLLARI
Qadimiy xalqlar asotirlarida ham, o'zbek xalq og'zaki ijodida ham, mumtoz yozma adabiyotimizda ham jon qushga nisbat beriladi. Shu bois, masalan, tilimizda "jon qushi" so'z birikmasi ko'p qo'llaniladi. Alisher Navoiy Farididdin Attorga qiyoslagan qaqnusmi va yo "Lison ut tayr" dostonida tilga olgan qushlardek beozorgina, lekin burgut bilan lochindek vahshiy bo'lmagan jon qushi o'ta sezgir, ziyrak, hamma narsani biladigan qushdir. Jon tark etgan tana, jonsiz gavda tilimizda "mayit" deb ataladi va u hech nimani sezmaydi ham, tushunmaydli ham, bilmaydi ham.

Hindlarning mashhur akteri Shohouh bosh rolni ijro etgan "Raamjaan" badiiy filmi o'zbek tiliga "Xudo biladi" deb tarjima qilingan. Hind, ya'ni qadimiy sanskrit tilidagi "raam", yahudiy, ya'ni, qadimiy ibrit tilidagi "abraham" va arab tilidagi "rahim" - ham shakldosh, ham ma'nodosh, ham o'zakdosh so'zlar bo'lib, Alloh Taolo va uning eng birlamchi sifati - rahmdillikni anglatadi. Qadimiy hind tilidagi "jaan" esa, "biladi", to'g'rirog'i, "bilgich" ma'nosidagi so'zdir.

Ha, Xudo bilgich, lekin bandasining bilgichligi hamisha haminqadar, ya'ni, cheklangandir. Alloh Taolo bu olamdagi jamiki jonzotlarga bilishning quyi bosqichi - hissiy bilish, ya'ni, beshta sezgi a'zolari orqali ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish, teri sezgisi vositasidagi bilishni beminnat ato etgan. Shu bois tirik jon , jon egasi uchun sezmay qolish ulkan fojea, halokat demakdir. Farishtalar, jinlar, devlar, parilarga esa, bilishning nisbatan yuqoriroq bosqichi - aqliy bilish ato etilgan. Bilishning bu shaklida tanadagi beshta tashqi sezgilar orqali bilish oddiy jonzotlarda bo'lganidek hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Ko'pincha jon tanadan tashqarida ham bemalol yashayveradi. Masalan, o'zbek xalq ertaklaridagi ayrim devalarning jon qushi nafas olib nafas chiqarish bilan bog'liq holda uning og'ziga kirib-chiqib turadi, g'orga yashirib qo'yilgan bo'ladi va hakozo. Devning tanasini qiymalab tashlasangiz ham o'ldirolmaysiz, chunki u, huddi zamonaviy robotlarga o'xshab, og'riq, issiq-sovuq kabilarni mutlaqo sezmaydi...

Odam bolasining Alloh Taolo nazdida eng oliy mavjudot, mukarram va musharraf zotligi avvalo shundaki, u jamiki jonzotlarga xos hissiy va jamiki farishtalar, devlar, jinlar, parilarga xos aqliy bilish shakllarini o'zida oliy darajada birlashtirgan yuksak ong, tafakkur sohibi bo'lib, ham tirik jon sifatida JONga, ham ongli mavjudot, tafakkur sohibi sifatida RUHga egadir. Shuning uchun ham odam bolasi "Hazrati Inson" deya ulug'lanadi. U Oliy Ruh - Alloh Taoloning tajalliysi bo'lmish o'z insoniy ruhini ko'ngli (qalbi, dili, yuragi)da jon qushidek asrab-ardoqlab, parvarishlab, o'stirib-undirib, qanot baxsh etib, yuksak parvozlarga shaylab yashaydi. Imtihon dunyosidagi paymonasi to'lganidan keyin bu ruh Yaratganning dargohiga - Oliy Ruhga qaytadi. Shunday qilib, tirik jonzotlar orasida faqatgina inson ham tana sezgilari orqali hissiy bilish, ham fikr-mushohada orqali aqliy bilish, ham shu ikki bosqichga asoslangan holda o'z ruhini kamol toptira borib, qalb ko'zi orqali ko'rish-bilish, ruscha so'z va atamalar bilan aytganda, "chutyo", "yasnovideniye", "intuitsiya", o'z tilimizda keng qo'llanuvchi so'zlar bilan aytadigan bo'lsak, tiyranlik, zehn, farosat, nuktadonlik, savqi tabiiy orqali bilish qobiliyatiga egadir. Bilishning bu uch bosqichidan birinchisi barcha oddiy odamlarga, ikkinchisi olim-allomalarga, uchinchisi esa, avliyolar va buyuk mutafakkirlarga - tom ma'nodagi komil insonlarga xos xususiyatlardir. Dunyoqarashi tor, bilimsiz, aqli kalta, o'z hissiyotlariga asir odam boshqa jonzotlardan kam farq qilganidek, oddiygina insoniy his-tuyg'ulardan mahrum, o'ta aqlli, sovuqqon, maqolda aytilganidek, olim bo'lganu odam bo'lmagan "toshyurak" kimsalar yo farishtaga, yo devga, yo jinga, yo pariga o'xshaydilar. Ham his-tuyg'ularini, ham aql-idrokini tarbiyalab kamol toptirgan oliyjanob qalb va uchqur tafakkur sohibi, ham tuyg'ulari boy, ham bilimi chuqur va dunyoqarashi keng, ham ko'ngil ko'zi ochiq, boshqacha aytganda, ham jismonan, ham aqlan, ham ruhan sog'lom - har jihatdan barkamol shaxs, to'laqonli, kiroyi, risoladagi odam komil inson sifatida ulug'lanadi. Komil insonlik odam bolasining bu imtihon dunyosida intilgan, intilishi lozim bo'lgan eng nurafshon manzil, oliy maqsaddir. Bu manzil-maqsad yo'lidagi birlamchi mashg'ulotimiz esa, ko'ngilni oq, dilni sof, qalbni beg'ubor, yurakni toza tutib, ruhni muttasil baloyi nafsning kirdikorlaridan poklay borishdir. Insoniy tiriklikning asl ma'nosi va pirovard maqsadi mana shudir. Hazrat Alisher Navoiy bitgan shohbayt orqali aytganda, "Jahondin notamom o'tmak biaynih Erur hammomdin nopok chiqmoq".

Ruhoniyat va ruhshunoslik, boshqacha aytganda, din-diyonat va ilm-fan baayni qo'sh qanotdirki, ularning juftligi va bahamjihat harakatisiz ruh qushi komil insonlikka erishish yo'lidagi yuksak parvozlarga noqobildir.

Rivoyat qilishlaricha, ruh qushi odam bolasining tuproqdan bino bo'lgan tanasiga qarab, "Bunday zimiston g'orga kirmayman" deya tixirlik qilibdi. Ana o'shanda Alloh Taolo bir sohir kuy - qari navoni ham yaratibdiki, uning sehriga maftun-mahliyo bo'lgan jon qushi tan g'origa o'ynab-o'ynoqlab kirib ketganini o'zi ham bilmay qolibdi. San'atlar ichida ayniqsa musiqa jismi-jonimizga o'zgacha huzur-halovat baxsh etishi shundan. Nima bo'lganda ham, ruh qushi tana g'orida o'zini qanday his qilib undan qachon qay tarzda halos bo'lishiga qarab odam bolasiga baho berib uning fe'l-atvorini o'zimizcha ta'riflaymiz: yaxshi, yomon, rasvo, ziqna, pastkash, palid... Odam bolasining ruhi, fe'l-atvori, ruhiy holati - butun siyrati uning suvrati, jismi, tashqi qiyofasida ko'zgudagidek ayon ko'rinib turadi.

Buyuk ingliz tabiatshunosi Charlz Darvinning "Insonlar va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi" deb nomlangan antiqa bir asari bor. Avvaliga mashhur "Turlarning kelib chiqishi va tabiiy tanlanish" asariga bir bob sifatida yozib boshlangan, keyinchalik alohida kitob qilingan bu asarda alloma go'yo donishmand o'zbek xalqi yaratgan bir maqol - "Rang ko'r - hol so'r"ning naqadar purhikmat gap ekanini ilmiy jihatdan asoslab bergandek bo'ladi. Mazkur asarda aytilishicha, masalan, jahonning ko'pgina tillarida "sineva", ya'ni, "rangpar","zahil" so'zlari "ko'kimtir"dan tashqari "baxil" degan ma'noni ham anglatar ekan. Chunki baxil kimsaning ruhidagi illat jismiga o'z ta'sirini o'tkazib, uni ko'kimtir, rangpar va zahil tusga kiritib qo'yar ekan!.. "Pakana - fitna, novcha - laqma" deydi xalqimiz. Bu maqol zamirida ham buyuk tabiatshunosning yana bir tadqiqotiga tatigulik hikmat bordir. Pakana odatda o'zining jismoniy ojiz-notavonligi, pachoqqina "kichkina odam"ligini bilintirmaslik uchun ming xil fitna-fujur, makr-hiyla o'ylab topishga ustasi farang bo'ladi. Iskandar Zulqarnayndan to Lenin, Stalin va Gitlerga qadar bashariyat tarixidagi jamiki yovuz va fitnakor kimsalar mana shunday pakanagina, jikkakkina "mayda odamcha"lardir. Novcha esa, odatda shuning uchun ham laqmaki, unda o'zining novcha, norg'ul va baquvvat gavdasiga ishonch hissi kuchli bo'ladi, shu tuyg'uga asoslangan holda boshqalarga ham ishonch ko'zi bilan qaraydi. Uning Xudo bergan alpdek qaddi-qomatiga g'ayirlik nazaridagi g'alamis kimsalar esa, bu ishonchni suiste'mol qilib, har bob bilan laqillataveradilar. Shu boisdan ham ko'pincha novcha, bo'ydor, alpqomat kishilar fitnakor kimsalarning makr-hiyla tuzog'iga tushib, ko'ksidan emas, elkasidan pichoq eb o'ladilar. Necha ming yillik tariximizda Alp Er To'nga, ya'ni, Afrosiyobdan to Nomoz botirga qadar ko'pdan-ko'p bahodirlarimiz novcha-alpqomat edilar. Alisher Navoiyning padari buzrukvori G'iyosiddin kichkina ham jussasi kichkina emas, balki ikki mashhur G'iyosiddin bahodirning yoshi kichkinasi edi! O'zbek xalqining "Alpomish" dostonidagi Hakimbek va yo Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi Farhod esa, tabiiyki, mubolag'aga moyil badiiy asar qahramonlari sifatida hayotiy qahramonlarga nisbatan yana-da novcharoq, bo'ydorroq, alpqomatroqdir.

Bizning Turkistonimizda shunday qadim turkiy maqollardan biri hozirga qadar saqlanib qolgan: "Tusi kelishgandan tungilma". Uni hozirgi o'zbek adabiy tiliga so'zma-so'z o'girsak, "Chiroylidan bezor bo'lma" demakdir. Odatda chiroyli, xushbichim, yuzida farishtasi bor, jismonan sog'lom odamning ruhiy olami ham go'zal, oqko'ngil, sofdil, yuragi toza bo'ladi. "Sog' tanda sog'lom aql" maqolidagi "aql" so'zi zamirida ko'ngil, dil, qalb, ruh ham nazarda tutiladi, albatta. Va, aksincha, jismoniy biron-bir nuqsoni bor, mayib-majruh odamning ruhi ham majruh, ko'ngli siniq, shikastadil bo'ladi. Ko'zi ko'r odamning ko'zi ochiqlarga g'ayirlik va baxillik bilan munosabatda bo'lishi, "Nega men ko'rolmayapman, u ko'rayapti?" deya ich-ichdan nadomat chekishi g'oyat tabiiy ruhiy holatdir. Xullas, jismoniy sog'lomlik va tashqi go'zallik ruhiy barkamollik va ichki go'zallik bilan uzviy bog'liq hodisalar bo'lib, ular insonning har tomonlama etuk bo'lish yo'lidagi sidqidil sa'y-harakatlari, jumladan, jismoniy tarbiyasi, jismidagi har bir a'zoni jonkuyarlik-g'amxo'rlik bilan parvarishlashining qonuniy hosilasidir.

Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kunida odam bolasining jismidagi har bir a'zo o'z sohibining fe'l-atvori xususida "meni pok tutdi","meni nojo'ya ishlarga yumshamadi" deya guvohlik berar ekan. Hattoki bu foniy dunyoda ham, deylik, ko'zlari olazarak, qarashlari bejo, badbashara, quloqlari qanqaygan, burni tanqaygan, qo'li egri, oyog'i qiyshiq... kimsalarning butun turqi-tarovati va har bir a'zoyi badani uning siyrati, ruhiyati xususida bizga guvohlik berib turgandek bo'ladi... Xalqimizning eng yomon qarg'ishlaridan biri "Betingdan buzilgur" ekani bejiz emasdir. Chunki harom-harishga bo'g'zigacha botgan fohisha va yo xotinboz dastavval betidan buzilib boshlaydi, ana shundan keyingina biron teri-tanosil kasaliga giriftor bo'ladi... Xullas, har jihatdan sog'lom va go'zal insonning ruhi tushkun, g'amgin, miskin bo'lishi va yo, aksincha, o'lim to'shagida ozib-to'zib obdon hunuklashgan qariyaning ruhi ko'tarinki, kayfiyati chog', xushnud-baxtiyor bo'lishi favqulodda yasama, notabiiy, zo'rma-zo'raki holatdir.

Ruhiy holatdan tashqi qiyofa va hatti-harakatga nisbatan ham yaqqolroq dalolat beruvchi narsa, albatta, aytilayotgan gap-so'z va uning aytilish ohangidir. Masalan, qo'l qovushtirib, qulluq qilib, mo'mingina bo'lib turgan odamning "Faqir qulingiz" qabilidagi lutf-karamini yuzaki tushunib, andishaning otni qo'rqoq qo'yib, nopisandlik bilan quldorning qulga muomalasini qilish... kaltabinlik ham, noinsoflik ham mana shudir. Aslida "Meni xudodek ko'ryapti-ya, hurmatni qarang, kamtarlikni ko'ring!" qabilida o'ylashga, o'zgalarni ham lutf-karam nazari bilan qarashga undovchi tagdor va purma'no "bir so'z" bu! Aksincha, gerdayib turib "Bilasanmi, men kimman?" qabilidagi dag'dag'a-tahdidli savolni ko'ndalang qo'ygan odam, salomga yarasha alik deganlaridek, "Sen ham o'zimiz qatori bir bandai ojizsan-da! Har qalay, Aflotun emasliging aniq!" singari nordongina javob olishi tabiiy. Ijtimoiy hodisa sifatidagi insonning kamoli-yu zavoli avvalo mana shunday gap-so'z, muomala-munosabatning qonuniy hosilasidir. Nafaqat muayyan tashqi qiyofa, jismoniy holat, rang-ro'y, avvalo SO'Zning buyuk ta'sir qudratini chuqur his qilgan Ahmad Yassaviy va Boborahim Mashrabdek ulug' so'z san'atkorlari bo'lmish avliyoi kiromlar, garchi o'zlari o'zlarini "Qul Xo'ja Ahmad" va "Devona Mashrab" deya kamtarlik, hokisorlik, faqiru haqirlik bilan tilga olsalar-da, ular aytgan har bir so'zning qadrini yaxshi bilgan nuktadonlar, aksincha, bu zoti shariflarni "Hazrati Sulton" va "SHoh Mashrab" deya ulug'laganlar.



Odam bolasining suvrati va so'zida ifodalanuvchi siyrati - ruhiy holatini ruhoniylik va olimlikdek qo'sh nigohi bor yozuvchining ko'zi bilan qarab atroflicha tahlil qilganingiz sayin biri biridan ajoyib-g'aroyib manzaralarni ko'raverasiz. Ayniqsa, so'zda ruhiy holatning qay tarzda aks etishiga zehn qo'yib qarasangiz, so'z ustasi - so'z san'atkori bilan oddiygina ezma-vaysaqi va yozg'uvchi-nazmboz o'rtasidagi osmon bilan ercha farqni ayon ko'rishingiz mumkin. Bu borada donishmand o'zbek xalqining har bir so'zi, iborasi, maqoli, latifasi, afsona-rivoyati..., aytish mumkinki, tilloga teng. Masalan, "Eski hammom - eski tos" iborasini olib, shu uchtagina so'zning mag'zini chaqib qarang! Yaqqol manzara ham, aniq ruhiy holat ham, tagdor ifoda ham, qo'ying-chi, olam-olam ma'no shu bir ibora - uchtagina so'z zamiriga san'atkorona singdirilgan. Eski hammom - bu dunyoning, eski tos - har bir insonga tegishli narsa, bisot, nasibaning timsolidir. Bugina emas. Birgina "tos" so'zida qo'shaloq ma'no ifodalangan. Gap shundaki, tilimizda tog'ora ham, dumg'aza ham "tos" deb ataladi. Iboradagi "tos" so'zini xohlasangiz - tog'ora, hohlasangiz - dumg'aza, boshqa so'zlar bilan aytganda, orqa, ket, chatanoq deb tushunaverasiz. Torgina hammom misolida keng dunyoni obrazli idrok qilish, shu bir obrazda butun ruhiy holatni jonli va lo'nda aks ettirish... ulkan so'z san'atkorigagina muyassar bo'ladigan ulkan mahorat, albatta. Ayni mahoratni chuqur his qilgan odam so'z san'atining yana bir mumtoz namunasi bo'lmish "Siqqanga ham bittangga, sig'maganga ham bittangga" maqoli zamiridagi teran ma'noni to'g'ri tushuna oladi. Tarix darsligida qachonlardir bir oyog'ida bazo'r tik turgan dehqonning suvrati bo'lardi, ko'rganmisiz? "Qutlug' qon" romanidagi Yo'lchiga o'xshab eridan ajragan dehqonning ham ijtimoiy, ham jismoniy, ham ruhiy holatini ayon ko'rsatuvchi suvrat u! Xuddi shunday, ikki oyog'i bir etikka tiqilib, do'ppi tor kelib, o'ta tang ahvolda qolgan va bu mushkulotni ham kulib enga olgan donishmandlikda benazir xalqning nishonga bexato urilgan o'qdek o'tkir hikmatli gapi-da bu! Maqolga asos bo'lgan rivoyat, tabiiyki, yana-da purhikmatroq.:emishki, bir poshsholikda shunday yangi soliq turi joriy qilinibdi: mamlakatning jamiki fuqarosi bir chekkadan bitta-bitta tog'oraga o'tqazilib, orqasi tog'oraga sig'sa ham, sig'masa ham bir tangadan soliq undiriladigan bo'libdi!.. "Maqsad kishi boshiga bir tangadan soliq undirish ekan, tog'oraga o'tqazib ovora bo'lishning nima keragi bor?" deya ajablanarsiz balki? Aslo-aslo ajablanmang! Axir, mazkur rivoyatning yuksak badiiyat namunasi sifatidagi qizig'i, maza-matrasi, qaymog'i ham mana shunda-da! Axir, asosiy maqsad soliq undirish emas, ko'ngli tusagan noma'qulchilikdan qaytmaydigan o'taketgan pastkash kimsaning soliq bahonasida odam bolasini "hazrati inson" sharafiga nomunosib bir tarzda ahmoq, ovora-sarson, kalaka kilish, ruhini cho'ktirib, insoniy sha'n-shavkati va g'ururi-iftixorini poymol qilib, o'zi bilan barobarlashtirib, qora ko'nglidagi eng pastarin xumorini yozish...

Biz badiiy nasrning eng mo''jaz shakllari, qatrada quyosh aks etgandek o'zida olam-jahon ma'nolarni birlashtirgan badiiyat nuqralari - ibora, maqol va rivoyatda muayyan ruhiy, shuningdek, jismoniy va ijtimoiy holatning nechog'li teran ifodalanganini birrovgina ko'zdan kechirdik, xolos. Ko'rinib turibdiki, xalqning qudratiga taraf yo'q! Jahonning eng ulug' so'z san'atkorlari o'z mahoratlarini jamlaganlarida ham xalqning birgina kiroyi iborasi, maqoli, latifasi va yo rivoyatini yaratolmaydi. Shu ma'noda buyuk Cho'lponning "Xalq dengizdir, xalq to'lqindir, xalq kuchdir" satri xalqning go'zal shoirona ta'rifigina emas, xalq so'zi - xalqona so'zning qudratidan yaqqol dalolat hamdir.

Xalqning har bir so'zini teran his qilgan qalamkashning, deylik, musavvir, haykaltarosh, bastakor va boshqa jamiki ijodkor ziyolilar, hattoki o'qituvchi-murabbiy va olim-allomadek so'z bilan ish ko'ruvchi malakali mutaxassislardan afzal jihati avvalo shundaki, u so'zdan ham hissiy bilish, ham aqliy bilish, ham shu ikki bilish shaklini o'zida yuksak darajada uyg'unlashtirgan ruhiy holat, ruhiy kechinma, ko'ngil ko'zi, savqi tabiiy, tahayyulni bilishning muhim vositasi va o'zining hal qiluvchi ahamiyatga ega ish quroli sifatida foydalana oladi. Ayni shu imkoniyatining sharofati bilan so'z san'atkori, ayniqsa, shoir boshqa ziyolilarga nisbatan xalqqa ruhan yaqinroq turadi, uning ko'ngliga, ko'nglidagi eng pinhoniy nuktalarga yo'l topa oladi. Ma'lumki, shoir o'zining eng botiniy kechinmalarini she'rda ro'y-rost ifoda va izhor qilar ekan, istasa-istamasa, o'zining muayyan ruhiy holatini so'zda tahlil, taftish va tadqiq qiladi. "Har ne istarsen, o'zingdin istagil" deganlaridek, shoirning so'z vositasida o'z ko'ngliga, ko'nglidagi eng botiniy tuyg'ulariga nechog'li teran nazar tashlay olish qobiliyati uning qanchalik xalq shoiri - xalqona shoirligidan yaqqol dalolat berib turgandek bo'ladi. Yangi davr o'zbek adabiyotida Abdulhamid Cho'lpon, Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Mirtemir, Erkin Vohidov va Abdulla Oripov she'riyatlari bunday xalqona so'z vositasida ko'ngil ummoniga cho'mish va muayyan ruhiy holatni tahlil qilishning tobora teranlashuv yo'lini muxtasar ko'rsatgandek bo'ladi.

Endi she'riyatda odam va olam , xalq va bashariyat, o'tmish va zamon... xususidagi intihosiz kechinmalarni she'riyatimiz sarchashmasida turuvchi Ahmad Yassaviy hazratlari tilga olgan "uch yuz oltish tomir, to'rt yuz qirq to'rt so'ngak"dan, hozirgi atama bilan aytganda, "qalb prizmasi"dan o'tkazib ifodalash, muayyan ruhiy holatning asl she'riy tahlilini Abdulla Oripovdan, bu shoirning "O'ylarim", "Bahor", "Avlodlarga maktub", "Muhabbat" singari eng mumtoz she'rlaridan oshirish... endi hech kimga hech qachon muyassar bo'lmaydigandek.... Lekin ruhiy holat tahlili bobida badiiy nasrning, ayniqsa, zamonaviy o'zbek nasrining to'plagan tajribalari she'riyatimizga nisbatan kamroq, imkoniyatlari esa, aksincha, ko'proqdir. Bunga amin bo'lish uchun hikoya, lavha, ocherk, badia, qissa, doston kabi nisbatan ixchamroq nasriy janrlarni qo'ya turib, o'zbek romanchiligining sakson yillik tarixiga ayni nuqtai nazardan ko'z tashlash bu o'rinda kofoya qiladi deb o'ylaymiz.

Agar o'zbek romanchiligiga Abdulla Qodiriy asos solgan bo'lsa, o'zbek romanida ruhiy holat tahliliga asos solgan yozuvchi, shak-shubhasiz, Abdulhamid Cho'lpondir. "Kecha va kunduz" romanida atigi birgina o'rinda ruhiy holat tahlili namunasini ko'ramiz. Bu Bibi Maryam (Mariya Stepanovna Astrova)ni islovatxonadan olib chiqib, jismonan tozalanish va ruhan poklanish yo'lini qidirib turgan Miryoqubning o'z-o'zini sud qilishi bilan bog'liq iztiroblari qalamga olingan sahifalardir. Asardagi boshqa biron qahramon biron joyda o'z-o'ziga aqalli birrovgina nazar tashlab, qalbiga quloq solmaydi. Deylik, Stendal qahramonlari singari ichki nutqqa, iztirobli o'ylarga berilmaydi. Aqalli biron marta "Nima qilyapman o'zi?" deya o'ylab ko'rmaydi. Faqat pichoq borib suyakka qadalganida - bor-yo'q bud-shudlari, ko'zlarining oqi-qorasi, yolg'iz zuryodlari Zebi Sibirga surgun qilinganida munis-mushtipar ota-ona beixtiyor portlaydi: Qurvonbibi fitna aqldan ozadi, Razzoq so'fi piri murshidi Hast Eshonning qotiliga aylanadi. Razzoq so'fining Eshonga qarata aytgan gaplari "Kecha va kunduz" romanidagi nasriy so'zning badiiy jihatdan eng yuksak cho'qqisi, chunki u oddiygina gap emas, dil so'zlari, yurakdan aytilgan gap, nafaqat Eshon, balki jami tinglovchilar va o'quvchilar oldiga ko'ndalang qo'yilgan jiddiy savollar, jon achchig'ida aytilgan achchiq va haq SO'Z!.. Asar so'nggida aqldan ozgan Qurvonbibi fitna tilidan Zebi ta'rifida keltirilgan she'riy satrlar esa, nafaqat munis-mushtipar onaning dil rozi, balki butun asarning avj pardasi, qahramon ruhiy holatini she'riy tahlil qilishning go'zal namunasi hamdir.

Abdulhamid Cho'lpondan keyin o'zbek romanida ruhiy holat tahlili bobida olg'a qo'yilgan yangi bir qadamni avvalo Abdulla Qahhorning "Sarob" romanida ko'ramiz. Asarning bosh qahramoni Rahimjon Saidiy o'zbek adabiyotida voqealar tasviri asosida emas, o'y-kechinmalar ifodasi, ruhiy holat tahlili asosida badiiy gavdalantirilgan ilk adabiy qahramon sifatida biz uchun alohida qadrlidir. Shu ma'noda "Sarob" o'zbek adabiyotidagi dastlabki psixologik romandir. Saidiy muttasil o'z-o'zini taftish qiladi, o'zligini va o'zining borar manzilini anglab etishga baholi qudrat urinib yashaydi. O'zi intilgan manzil, yozuvchining so'nggi hikoyalaridan birining nomidan foydalanib aytganda, "Nurli cho'qqilar" emas, nihoyati "Sarob" bo'lib chiqqaniga uzil-kesil amin va dil-dildan iqror bo'lgach esa, yashashga nisbatan o'limni afzal ko'radi. Butun boshli roman, ayniqsa, asarning so'nggi sahifalari qahramonning ayni shu o'limini ham badiiyat, ham mantiq, ham ichki fe'l-atvor va xudbin shaxs ruhiyati nuqtai nazaridan atroflicha asoslashga mohirona yo'naltiriladi. Ayniqsa, qahramonning o'z-o'ziga da'vati, o'zini o'zi o'ldirishga chaqirishi va bu ishining to'g'riligini o'zicha asoslashi qog'ozga tushirilgan o'rinlar "Kecha va kunduz" romanidan keyin ruhiy holat tahlilining yana bir go'zal namunasini beradi.

"Sarob"dan keyin o'zbek romanchiligi tarixida dunyoga kelgan bir necha yuzlab asarlarda, ayniqsa, "Qutlug' qon", "Ufq", "Mash'al", "Umid", "YUlduzli tunlar", "Odam bo'lish qiyin", "Girdob" asarlarida ruhiy holat tahlili bobida muayyan tajribalar to'plandi. Lekin Odil Yoqubov yaratgan olti roman, ayniqsa, adib ijodining o'ziga xos gultojlari bo'lmish "Ulug'bek xazinasi" va "Diyonat" romanlari bu borada favqulodda ibratli jihatlarga ega, aytish mumkinki, o'zbek romanchiligi tarixidagi benazir asarlardir.

Odil Yoqubovning "Ulug'bek xazinasi" romanida adabiyotimizdagi Mirzo Ulug'bek mavzuida va, umuman, o'zbek romanchiligida amalga oshirilgan o'ziga xos inqilob avvalo shunda ko'zga tashlanadiki, mazkur asarda ilk bora muayyan qahramonning boshidan kechirganlarini xronologik tartibda bir chekkadan hikoya qilib berish, ya'ni, voqeanavislikdan butkul voz kechilib, butun diqqat-e'tibor qahramonning boshidan emas, ko'nglidan kechayotgan oqim - ruhiy holatlar tahliliga qaratildi. Buning uchun Mavorounnahr taxtida qirq yil hukmronlik qilgan Mirzo Ulug'bek hayotining so'nggi tahlikali kunlari olinib, bu kunlarga, eslash-eslatish, lirik chekinish, o'y-mushohada va boshqa ruhiy tahlil vositalari orqali oylar, yillar, hattoki asrlar, aytish mumkinki, baayni "Ziji Ko'ragoniy"dek zichlab sig'dirildi. Mazkur asar uchun muhimi Ota - Ulug'bekning toj-taxtdan mosuvo etilishi va Farzand - Abdullatifning taxtni egallashi, o'g'ilning o'z otasini o'ldirishi - padarkushlik insoniyat tarixidagi, deylik, "Shoh Edip" va "Qirol Lir" fojialarida qalamga olinganidek umumbashariy hamoqatning o'zi emas, bu ko'rgilikning har bir qahramon, har bir ko'ngilda uyg'otgan aks-sadosi, ruhiyatlarda ro'y bergan o'ziga xos to'fonlardadir. Qizig'i shundaki, Ulug'bek, Abdullatif, Ali Qushchi, Mavlono Muhiddin, Hoja Salohiddin zargar, Qalandar Qarnoqiy singari har bir qahramonning o'zigagina tegishli qalb haqiqati, jumladan, padarkushlikdek mash'um fojia va uning oqibatlariga o'zining shaxsiy munosabati bor! Bir asarda o'nlab qahramonlarning ruhiy olamlariga tiyran nazar tashlash va ularni bir nuqtaga - Mirzo Ulug'bek bunyod etgan ma'rifat xazinasiga munosabatda jamuljam qilish... o'zbek romanchiligida, hattoki jahon romanchiligida ham misli ko'rilmagan hodisa edi. "Diyonat" romanida esa, bu hodisa qariyb ikki barobar kengroq miqyoslarda sodir bo'ladi. Asarda bosh qahramon Normurod Shomurodov, yana bir etakchi qahramon Otaqo'zi Umarov, shuningdek, Jamol Bo'riboev, Vohid Mirobidov, Haydar va boshqa jami ellikka yaqin insonlarning ruhiy olamlari va ularning har birining diyonat tushunchasiga betakror shaxsiy munosabatlari, o'nga yaqin oilalar muhiti atroflicha ochib ko'rsatiladi. Ayni chog'da shu adabiy qaharmonlar va oilalar misolida o'zbek xalqi hayotining eposga xos keng panoramasi chiziladi.

O.Yoqubov ijodiy uslubini tashkil etuvchi elementlardan biri badiiy-psixologik talqin va portret yaratish mahoratini alohida ta’kidlash zarur. Chunki qahramon xarakterini ham ichki (psixologik talqin) ham tashqi (portret) tomonidan badiiy tadqiq etish imkoni yaratiladi.

Har bir yangi asari bilan ijodiy parvoz ufqlarini kengaytirib borgan O.Yoqubov o‘z asarlarida portret yaratishning yangi imkoniyatlarini izlab topdi, kashf etdi. Qahramonlarning bir-biriga o‘z-o‘ziga qiyoslab chizilgan ajoyib portret namunalarini yaratdi. Ularning tashqi qiyofasi bilan chiki dunyosini uyg‘un tasvirlash birga tashqi ko‘rinish-zohiriy olam hamma vaqt ham insonning ma’naviy olamiga mos kelavermasligini isbotlovchi xarakterli qiyofalarni kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalantira oldi.

Ayniqsa, O.Yoqubovning salbiy qahramon portretini yaratishdagi o‘ziga xosligi diqqatga sazovordir. Agar adib uslubini A.Qodiriyning portret yaratish uslubi bilan solishtirib ko‘rsak, bu o‘ziga xoslik yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Salbiy qahramonlar portretning tipik namunalarini yaratgan A.Qodiriy o‘z qaxramonlarining qiyofasini mumtoz adabiyotimiz an’analaridan kelib chiqib chizgan. Ya’ni, yaxshi xulqli ijobiy qahramonlar-go‘zal, aksincha salbiy qahramonlar xunuk qilib tasvirlangan. Misol tariqasida Homid, Sodiq, Jannat qiyofalarini eslash kifoyadir.

O.Yoqubov qalamiga mansub asarlardagi qaxramonlar portretini ko‘zdan kechirganda boshqacha holni kuzatamiz. Yozuvchi har bir xarakter qiyofasini boricha, ochiq ifodalashdan qochadi. Hatto o‘quvchi nafratiga loyiq qahramonlarni ham kelishgan, chiroyli, qomatdor qilib tasvirlaydi. Masalan, «Izlayman» qissasining qahramonlaridan biri kapitan Nogaev juda kelishgan, tartibli, xatto Gobi sahrosi, Xingan tog‘larida yurganda ham etigiga gard yuqtirmaydi. Ammo u qanchalik orasta qiyinmasin, qanchalik xush bichim va kelishgan bo‘lmasin, botiniy olami shunchalik fasodga to‘la, kishining nafratiga duchor inson obrazdir.

Yozuvchi «Billur qandillar» qissasidagi Begimqul portretida ham tashqi libosga, zahiriy ko‘rinishga ko‘proq e’tibor qiladi. Bu bilan undagi boylikka, yaltiroq hayotga qullik psixologiyasini ochib berishga harakat qilgan. «Hikmatillo Begimqulni bir tanib, bir tanimay qoldi. Uning egnidagi qammat baho kulrang kastyumi emas, oyog‘idagi tuflisi, ko‘ylagi va galstugigacha qandaydir yaltillab turar, odatdagi patak sochlari silliq taralgan, o‘ziyam raygazning xodimi emas, sahnaga chiqishga hozirlik ko‘rgan mashhur artistga o‘xshar edi».

2 «Billur qandillar» qissasi misolida yaltiragan liboslar, shohona liboslar, ko‘zni o‘ynatuvchi jihozlar, dang‘illama uy, boylik orqasidan quvlagan insonning ma’naviyati tanazzulga uchrashini yozuvchi Begimqulning zohiriy ham botiniy olami tasviri orqali ishonarli bir tarzda ko‘rsata olgan. O.Yoqubov nafaqat hikoya va qissalarida, balki romanlarida ham o‘z portret yaratish uslubida chekinmadi. Adibning ilk romani «Er boshiga ish tushsa» asaridagi Ertoev, «Diyonat»dagi Jamol Bo‘riboev portretlari fikrimizga yaqqol dalil bo‘la oladi. Bo‘riboev urush yillarida qon kechib jang qilayotgan yigitlarning qayliqlarini yo‘ldan urish, butun xalq ikki frontda jon olib jon berib kurashayotgan bir paytda o‘z rohatini ko‘zlab yurgan odam. Lekin yozuvchi uning qiyofasini holis turib tasvirlaydi, unga bo‘lgan munosabatini ochiq-ravshan oshkor etmaydi. «Ota qo‘zining hikoyasi esida turgan Shukurov o‘shanda turqi sovuq, kalondimog‘ bir odamni ko‘raman deb o‘ylagandi. Buning o‘rniga sal qorin sola boshlagan bo‘lsa ham xanuz bo‘y-basti kelishgan, vazlingina bir odamni ko‘rdi. Agar katta-katta ko‘kimtir ko‘zlari sal chaqchaygani bo‘lmasa bu oppoq, burni uzun odamni chindan ham xushsurat deyish mumkin edi».

3«Oq qushlar, oppoq qushlar» romanining qahramonlari – Muzaffar Farmonov ham, o‘g‘li Fotiq Muzaffarov ham o‘zlarining palid ishlari bilan kitobxon nafratiga duchor kishilar obrazidir. Ammo yozuvchi ularning portretini holis turib tasvirlaydi. Muzaffar Farmonovning kiyinishi ham o‘z tabiatiga mos: ko‘rinishidan meshchanligi, boylikka, qimmatbaho narsalarga o‘chligi bilinib turadi. Fotiq Muzaffarov nafaqat otasining qora ishlarini takrorlaydi, balki tashqi ko‘rinishi jihatidan ham unga o‘xshab ketadi: «xushqad, xushsurat, uning vujudidan kuch-g‘ayrat va shiddat yog‘ilib turadi». Bundan tashqari, romandagi «odatdagiday bashang kiyinib yuradigan Klara Jamolovna», «qaddi-qomati kelishgan, bitta ham oq tushmagan qalin soyalari

hurpaygan Mardon Zokirov» kabi qator obrazlarning ma’naviy olami bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi ziddiyat insonning murakkab xarakterli hayotini keng miqiyosda ochib ko‘rsatishga xizmat qilgan.

Adibning tarixiy mavzudagi asarlarini ko‘zdan kechirganda ham shu holatni kuzatish mumkin. Agar O.Yoqubov ijobiy qahramonlarni ko‘pincha, yoki ayrim xarakterli detallar fonida ochiladi. Xoja Salohiddin zargarning fil tishidan yasalgan oltin bandli asosi, kimxobuzarga burxongan liboslari, Shayx Nizomiddin Xomushning simobiy dastori, qorday oppoq ridosi va boshqalar shular jumlasidandir. Shunisi xaraketrliki, adib salbiy qahramonlarni qoraga chaplab ko‘rsatmaydi, aksincha ularni kelishgan, xushsurat, kishini o‘ziga rom qiladigan odamlar sifatida ob’ektiv tasvirlaydi. Yozuvchi ularning qora qilishlarini qalamga olar ekan, bu xushsurat, kelishgan odamlarning qilmishi bilan qiyofasi o‘rtasidagi nomutanosiblikni ilg‘ash qiyin emas. Agar O.Yoqubov «Ko‘hna dunyo» romanida oddiy xalq vakillari, ijobiy qahramonlar portretini unchalik batafsil chizmasdan, bir-ikki xarakterli belgilar orqali yaratgan bo‘lsa, aksincha salbiy qahramonlar portretini ancha mukammal tasvirlaydi. Ularning tashqi ko‘rinishi bilan ichki dunyosini dialektik birlikda tasvirlab, qator to‘laqonli xaraketrlar yaratishga erishgan. Xulosa qilib aytganda, O.Yoqubov ijobiy qahramonlarning salbiy xislatlarini ham, salbiy qaxramonlarning ijobiy fazilatlarini ham hech bir qo‘shib-chatmay, xolis tasvirlaydi. Ularga bo‘lgan o‘z munosabatini (simpatiyasi yoki antupatiyasi) ochiq ravshon oshkor etmaydi. Balki o‘z munosabatini qahramonlari portretining qatiga ustalik bilan «yashiradi».

holat bag‘ishlay olish qobiliyatini va shu bilan birga hamma-hamma narsaga o‘z shaxsi, o‘z ruhining takrorlanmas, original muhrini tushirib o‘ta olish xususiyatini, ya’ni unga tabiat tomonidan in’om etilgan xususiyatni nazarda tutamiz».

Milliylik va umuminsoniylik badiiy adabiyotning muhim talablaridan hisoblanadi. Jahon adabiyotining eng nodir asarlari ana shu ikki hodisani umumlashtirish, mushtarak holatda tasvirlay olish xususiyati bilan qadr topgandir. Zotan. Adabiy asarda milliylik umuminsoniylik bilan uzviy aloqada, birlikda namoyon bo‘lgandagina katta badiiy ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon jahon adabiyotida yaratilgan milliy xarakterlarni umuminsoniy qadriyatlar sohibi sifatida tasvirlash etakchi tamoyillarga aylangan.

Tabiat va inson tasviri badiiy adabiyotda milliy, ayni paytda, umuminsoniy mohiyatga ega bo‘lgan hodisadir. Tabiat muhofazasi mavzusida yaratilgan badiiy asarlardagi qahramonlar qaysi millatga mansub bo‘lmasin, ularning ichki kechinmalari va orzu-intilishlarida umuminsoniy tuyg‘ular o‘z ifodasini topishi zarur. SHu jixatdan qaraganda, Muqaddas («Muqaddas»), Hikmatullo («Billur qandillar»), Akram («Qanot juft bo‘ladi»), Suyun burgut («Adolat manzili») va boshqa qahramonlar o‘zlarining milliy, ayni paytda umuminsoniy qiyofalariga ega.

Ma’lumki, ijodkor asarda o‘z oldiga muayyan badiiy niyatni yoritishni maqsad qilib qo‘yadi. Badiiy niyat qanchalik ulug‘vor va ezgu bo‘lsa, uning ijrosi ham shunchalik yuksak bo‘lishi lozim. SHuningdek, badiiy shakl adabiy asarning muhim sharti bo‘lib, obrazlar tizimi, kompozitsiya va boshqa badiiy nutq kabi komponentlarning ishlanishiga bog‘liq. Shu ma’noda asarning janri, xaraketrlar tasviri, konflikt va peyzaj kabi vositalar ham asar shaklining mukammal bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Demak, niyat tug‘ilishidan boshlab asar tugagungacha bo‘lgan jarayon badiiy shaklning shakllanish jarayonidir. Ishda O.Yoqubov ijodiy laboratoriyasini kuzatish natijasida yozuvchi uslubining shakllanish jarayoni atroflicha tahlil qilingan.


Download 238,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish