Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan


Maktabda ta`lim tarbiya ishlari



Download 341 Kb.
bet2/7
Sana29.01.2021
Hajmi341 Kb.
#57454
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jo'rayeva Norgul Ishboevna 2020

Maktabda ta`lim tarbiya ishlari

  1. Xulosa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.



Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.

Prezidentimiz yig‘ilishda maktab ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” degan fikrini alohida ta'kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta'lim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta'lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.

Ma'lumki, murakkab o‘tish yillarida maktablardagi ma'naviy-ma'rifiy muhit, o‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etishga yetarli e'tibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. 

Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq ta'limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me'yoriy asoslari mustahkamlandi.

Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta'limi tizimi tiklandi. So‘nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta'lim maktabi yangidan qurildi. 

Ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Is’hoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta'lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta'lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. 

Ta'lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak o‘qituvchilarning alohida o‘rni va ta'siri borligi hisobga olinib, ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida xalq ta'limi tizimiga 12 ming 871 nafar erkak o‘qituvchi qaytdi. 

Pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi 3 yilda o‘qituvchilarning ish haqi o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qo‘shimcha oylik ustamalar to‘lanmoqda. Bu olis hududlarda yetishmayotgan mingdan ziyod o‘qituvchini jalb etish imkonini berdi. Nafaqa yoshida faoliyatini davom ettirayotgan o‘qituvchilarga pensiyasi to‘liq miqdorda berilmoqda. 

“Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi, deb bilamiz, – dedi Prezidentimiz. – Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablag‘ni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq”. 

Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini pedagoglarga yetkazish maqsadida joriy yilning 13–14-iyul kunlari “Boshlang‘ich ta’limni mo­dernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun respublika forumi o‘tkaziladi.

Mazkur sa’y-harakatlarning tub zamirida ta’lim sifati va sama­ra­dorligini oshirish, ma’nan va jis­monan barkamol avlodni tarbiya­lashdek ezgu maqsad mujassam.

Har yili an’anaviy avgust kengashlari o‘quv yili yakunlarini tahlil etish, erishilgan yutuqlarni mus­tahkamlash, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuq­sonlarning sabablarini aniqlash, yangi o‘quv yilida ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga joriy etgan holda o‘quvchilarda barcha fanlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida tashkil etiladi.

Bu yilgi anjumanlarni o‘tkazishda quyidagi vazifalarga e’tibor qaratish lozim:

— ta’lim jarayoniga tatbiq etiladigan o‘quv reja va dasturlar hamda darsliklardagi o‘zgarishlarni pedagog xodimlarga yetkazish;

— o‘qituvchilarga zamonaviy AKT, elektron ta’lim resurslari va multimedia vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuncha berish;

— ta’lim sifati monitoringi, fan olimpiadasi, bilimlar bellashuvi, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi natijalarini tahlil etish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, tahlillar asosida hisobot taqdimotlarini o‘tkazish va yangi o‘quv yilida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar (bo‘shliqlarni to‘ldirish) yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar qabul qilish;

— umumiy o‘rta ta’lim mak­tablarining pedagogik kengashi, metodik kengashi va metod­birlashmalari faoliyati samaradorligini oshirish;

— ta’lim berishning yangi, za­monaviy metodlari bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida o‘quvlar, kon­fe­rensiyalar tashkil etish, ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish, video­dars­lar, elektron dars ishlanmalari va tavsiyalarni internetdagi ta’lim por­talida berib borish orqali pedagog­larga metodik yordam ko‘rsatish;

— o‘qituvchilarni pedagogika fani taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan xabardor etish;

— o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy turlarini o‘tkazish va ularga tay­yorgarlik ko‘rish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun bu yilgi avgust kengashlarini “Sifatli ta’lim-tarbiya — bosh vazifamiz” shiori asosida quyidagi bosqichlarda o‘tkazish tavsiya etiladi:

1-bosqichda avgust kengash­lariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuza­sidan tashkil etiladigan res­publika o‘quv-seminari Res­pub­­lika ta’lim markazining videokon­ferensiya zalida Xalq ta’limi vazirligi, Res­publika ta’­lim markazi va tegishli tashki­lotlarning mutaxassislari to­mo­nidan masofaviy tarzda o‘tka­zilib, trenerlar tayyorlanadi. Hududiy studiyalarda qatna­shayotgan viloyat trenerlari bilan bahs-munozara aso­sida o‘quv mashg‘ulotlari olib bo­rilib, respublika o‘quv-seminari mate­riallari elektron variantda taqdim etiladi.

2-bosqichda fanlar bo‘yicha viloyat sho‘ba yig‘i­lishlarida tu­manlarda fanlar bo‘yicha o‘tka­ziladigan sho‘ba yig‘ilishlari uchun trenerlar tayyor­lanadi. Jarayonda res­publika o‘quv-seminari mate­riallari hududning xususiyati, o‘qituvchilar qiziqishi va eh­tiyojiga moslanishi, kelgusi rejalarni belgilashga qaratilishi lozim.

Fanlar bo‘yicha trenerlarni tayyor­lashda sho‘balarning va ularda qatnashadigan o‘qituv­chilarning sonidan kelib chiq­qan holda trener-o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllan­tirishga e’tibor qaratish kerak.

3-bosqichda fanlar bo‘yicha tumanlarda o‘tkazi­ladigan sho‘ba va yalpi yig‘i­lishlarda tumanlarda fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sho‘ba yig‘ilishi ishtirokchilari sonidan kelib chiqqan holda jadval tuzish va shu jadval asosida sho‘ba yig‘ilishlarini tashkil etish lozim. Tuman yalpi yig‘ilishlari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari yakunida o‘tkazilib, unda sho‘ba yig‘ilishida mu­hokama qilingan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar umumlashtirilishi hamda tuman o‘qituvchilarining yangi o‘quv yilida amalga oshiradigan vazifalari aniq belgilab berilishi maqsadga muvofiq.

4-bosqichda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yillik yutuq va kamchiliklari sarhisob qilinadi. Qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosi bo‘yicha fikr yuritilib, metodik kengash ishlari yoritiladi. Shu­ningdek, metodbirlashma raislari va ilg‘or o‘qituvchilarning fikrlari asosida belgilangan mavzular muhokama etilib, kelgusidagi rejalar belgilab olinadi.

2016—2017-o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi masalalar avgust anjumani ishti­rokchilariga yetkazilishi zarur:

— Anjumanning bosh g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ijrosi doirasida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda yosh avlodni sog‘lom, barkamol etib tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar mazmun-mohiyatini tushuntirish;

— 2016—2017-o‘quv yilida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash uchun o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishini tahlil qilish, o‘qitish sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida sho‘ba ishtirokchilariga hamda tuman o‘qituvchilariga ma’lumot berish, pedagoglarga kelgusi yilda amalga oshirishi zarur bo‘lgan vazifalarni belgilab berish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;

— viloyat, tuman(shahar) sho‘ba­larida fanlar bo‘yicha o‘quv rejasi va dasturi hamda darsliklardagi yangi­liklar haqida barcha ma’lu­motlarni pedagog xodimlarga yetkazish;

— ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida o‘quv rejasi va dasturlarining ixtisoslik fanlariga mosligini o‘rganish hamda o‘quv rejasi, dasturlar va qo‘llanmalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga oid yo‘riqnoma berish;

— ta’lim muassasalarida sog‘lom ijodiy muhitni shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida odob-axloq qoidalarini muhokama etish;

— ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikat­-siya texnologiyalari, multimedia vositalaridan foydalanish, bu sohadagi ilg‘or tajribalarni keng yoyish va ommalashtirish;

— bilimlar bellashuvi, fan olim­piadasi, ta’lim sifati (fanlar bo‘yicha) monitoringi natijalarini tahlil qilish, tahlillar asosida o‘quvchilarga murakkablik qilgan mavzularni sodda usullarda o‘rgatish yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish;

— ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida ijodkor o‘qituvchilar va “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ishtirokida fanlar kesimida “Mahorat darslari”ni tashkil etish;

— davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston — jahon e’tirofida”, “O‘zbek modeli”ni butun jahon tan olmoqda” mavzusida mustaqillik darslarini tashkil etishga oid tavsiyalar berish;

— boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari forumida tavsiya etilgan o‘quv va multimediali materiallardan dars jarayonida o‘rinli foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berish;

— o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish orqali chet tillarni o‘qitishning innovatsion usullarini amaliyotda samarali qo‘llash yuzasidan o‘zaro fikr almashish;

— Xalq ta’limi vazirligining www.eduportal.uz axborot-ta’lim portali va rasmiy www.uzedu.uz veb-sayti hamda www.ziyonet.uz, Respublika ta’lim markazining www.rtm.uz va Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining www. multimedia.uz sayti va boshqa saytlardagi metodik materiallar (videodars, DTS, o‘quv dasturlari, dars ishlanmalari, tavsiyalar, darsliklarning multimediali ilovalari va hokazo) bilan tanishtirish va ulardan foydalanish yo‘l-yo‘rig‘ini tushuntirish;

— o‘quvchilarning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga ko‘maklashish maqsadida fanlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va to‘garak rejasini tuzish haqida ko‘rsatmalar berish;

— DTS talablarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish sifatini oshirishi hamda murakkab mavzularni o‘qitishga doir bahs-munozara va fikr alma­shuvlarni tashkil etish;

— darslikdagi multimediali ilovalar, axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga oid ochiq darslar tashkil etish;

— imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilardagi mavjud nuqsonlarni korreksiyalash, o‘qitish sifatini oshirish omillarini belgilash;

— viloyat, tuman sho‘ba yig‘ilishlarida ilg‘or o‘qituvchilarning ommalashtirilgan ish tajribalari yuzasidan alohida muhokamalar o‘tkazish, yaratilgan tavsiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish...

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i viloyatda tashkil etiladigan an’anaviy avgust kengashining fanlar bo‘yicha sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lib, sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarga rahbarlik qilishni boshqarma huzuridagi metodika markazi direktoriga yuklaydi.

Markaz direktori mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun an’anaviy avgust kengashlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratishi tavsiya etiladi:

1) Videokonferensiya zalidagi uskunalarni soz holatga keltirish;

2) Jadval asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash (berilgan materiallarni o‘zlashtirib, tuman sho‘balarida trenerlik qila oladigan tajribali, ijodkor o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish);

3) Viloyat seminarlarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan respublika forumida ishtirok etgan pedagoglar salohiyatidan foydalanish, forum tavsiyalarini bevosita amaliyotga joriy etish;

4) Respublika o‘quv seminarida taqdim etilgan materiallarni olib, o‘z hududiga (ta’lim sifatida aniqlangan bo‘shliqlarni e’tiborga olish) moslashtirish uchun qayta ko‘rib chiqish va kelgusi rejalarni belgilash, viloyat an’anaviy avgust kengashi materiallarini tayyorlash;

5) Viloyat seminarini o‘tkazish uchun tayyorlanadigan trener o‘qituvchilarni sho‘balar sonidan kelib chiqqan holda belgilash va ular ro‘yxatini shakllantirish;

6) Viloyat, tuman (shahar) miqyosida tashkil etiladigan har bir fan sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish uchun fan yo‘nalishidagi eng ilg‘or, texnik vositalar bilan ta’minlangan tayanch umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tanlab olish;

7) Uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida sho‘ba yig‘ilishlariga maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda hududiy XTXQTMOI o‘qituvchilarini taklif etish;

8) Sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari, fan va madaniyat xodimlari ishtirokini ta’minlash va anjumanlarni qat’iy jadval asosida o‘tkazish;

9) Sho‘balarni shakllantirishda maktab rahbarlari (direktor, direktor o‘rinbosarlari), fan o‘qituvchilari, kutubxonachi, maktabdan tashqari va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari uchun ham yig‘ilishlar tashkil etish;

10) Tayanch umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tumanda ta’lim sohasida amalga oshirilgan ijodiy ishlarga oid videolavhalar, har bir umumta’lim muassasasining o‘quv yili yakunidagi ko‘rsatkichlari aks etgan ko‘r­gazmalarni tashkil etish;

11) Sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarga tuman ichki ishlar, moliya idoralari hamda huquq-tartibot organlari xodimlari, soha mutaxassislari, yozuvchilar, san’atkorlar va mahalliy hokimlik vakillarini jalb etish maqsadga muvofiqdir.

Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya tc "Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazishbo‘yicha tavsiya"

Tuman(shahar) XTMFMTTEB mudiri an’anaviy avgust kengashining fanlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lib, sho‘ba yig‘ilishlariga rahbarlik qilishni ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhi fan metodistlariga yuklaydi.

Sho‘ba yig‘ilishlarini fanlar bo‘yicha olib borish uchun trenerlar tayyorlash, zaruriy materiallar hamda kerakli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash talab etiladi.


Maktab direktori o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: Maktab Ustavi va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq maktab faoliyatining barcha yo’nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlar va vazifalarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash to’grisida qarorlar qabul qiladi. Muassasaning rivojlanish dasturlarini, maktabdagi ta'limiy dasturlar, o’quv rejalari, kurslar, fanlar, o’quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi, maktabning boshqa ichki me'yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Maktabni yangi o’quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo’lishini tashkil etadi va ta'minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi; Maktab faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o’quv-uslubiy, ma'muriy, moliyaviy, xo’jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi. Maktabning pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy-joyiga qo’yish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning mansab vazifalarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi. O’quvchilar uchun mashg’ulotlar jadvalini, maktab xodimlarining ish jadvallari va pedagogik yuklamasini, tarifikatsion ro’yxatlar va mehnat ta'tillari jadvallarini tasdiqlaydi. Xodimlarning ijodiy tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi va rag’batlantiradi, jamoada ijobiy ma'naviy sof muhitni shakllantiradi. Maktab o’quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida maktabda umumiy ovqatlanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi. Jamoa shartnomasi bajarilishini ta'minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga mu'tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi. Davlat, jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda maktab manfaatlarini himoya qiladi. Jihozlarning muhandislik-texnikaviy kommunikatsiyalarni xavfsiz foydalanishini ta'minlaydi, ularni mehnat muhofazasi bo’yicha amal qilayotgan standartlarga, qoidalarga va me'yorlarga muvofiq bo’lgan holatga keltirish choralarini ko’radi, ta'lim muassasasining binosi ko’rikdan o’tkazilishi va ta'mirlanishini o’z vaqtida tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va maktab ichki mehnat tartib- qoidalariga belgilangan tartibda yangi xodimlar qabul qilinishini rasmiylashtiradi; Ishga yangi qabul qilingan shaxslar bilan o’rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnik xavfsizligi bo’yicha dastlabki ko’rsatma berish, ta'lim muassasasi xodimlari bilan ish joyida ko’rsatma berish tadbirlarini o’tkazadi, ko’rsatma berish tadbiri o’tkazilganini daftarda rasmiylashtiradi. Xodimlar va o’quvchilarning jarohatlanishi hollarini oldini olish va ular o’rtasida kasallanish darajasini kamaytirish bo’yicha profilaktik ishlarni tashkil etadi va olib boradi; Tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tibbiy xizmat ko’rsatilishini va sog’lomlashtirishi ishini yaxshilash choralarini ko’radi; Kasaba uyushmasi, ota-onalar qo’mitasi va Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ovqatlanish tashkil etilishini yaxshilash, maktab oshxonasida sifatli ovqat tayyorlanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko’radi; Ishlayotganlar va o’quvchilarning o’quv-mehnat yuklamasini, ularning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda, ta'minlaydi, oqilona mehnat va dam olish tartibini tashkil etadi. O’quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta'lim jarayoni o’tkazilishini ta'qiqlashga haqli 
6.6. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari:
6.6.1. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko’ra shahar xalq ta'limi bo’limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo’shatiladi.
6.6.2. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me'yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta'minlaydi, o’quv ishi bo’yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta'lim bo’yicha ishni tashkillashtiradi.
6.6.3. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.6.4. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosariga bevosita
1) o’qituvchilar; 2) o’quvchilar; 3) laboratoriya xodimlari bo’ysunadi. 6.6.5. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi;
Pedagoglar jamoasining faoliyati kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi. O’qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o’quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.Zaruriy o’quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.Ta'lim jarayonining sifatini va o’quvchilarning ta'limiy tayyorgarlik natijalari ob'ektiv ravishda baholanishini, to’garaklar va fakultativlar ishini muntazam nazorat qiladi; maktab pedagog xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan darslar va o’quv mashg’ulotlarining boshqa turlariga tashrif buyuradi (o’quv yili davomida kamida 180 soat), ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalarini pedagoglarga ma'lum qiladi..Imtixonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish ishlarini tashkil etadi. Ota-onalar uchun ma'rifat ishlarini tashkil etadi, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi. Pedagog xodimlarga yangi (innovatsion) dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi; o’quv mashg’ulotlari va ta'lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo’q bo’lgan o’qituvchilarning darslari sifatli va o’z vaqtida almashtirilishini ta'minlaydi, qoldirilgan va boshqa o’qituvchi o’rniga o’tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi.Belgilangan hisobot hujjatlari o’z vaqtida tuzilishini ta'minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to’g’ri va o’z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi.Pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga qo’yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi; Uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o’z malakasini oshiradi.Maktab pedagog va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishda ishtirok etadi; pedagoglar va o’quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab direktoriga topshiradi. Direktorning ma'muriy-xo’jalik ishlar bo’yicha o’rinbosari ishtirokida o’quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishini tashkil etadi.Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha Yo’riqnomalar hamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo’yicha bo’limlar ishlab chiqilishini va vaqti-vaqti bilan kamida 5 yilda 1 marta qayta ko’rib chiqilishini tashkil etadi.Direktorning tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari bilan hamkorlikda yo’l harakati, suvda va ko’cha-ko’yda o’zini tutish, yongin xavfsizligi qoidalarini o’rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi, o’quvchilar bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishni amalga oshiradi.Kasaba qo’mitasi bilan hamkorlikda o’quv asboblari va jihozlari, kimyoviy reaktivlar, ko’rgazmali qurollar, maktab mebelidan foydalanish va saqlash xavfsizligining ma'muriy-jamoa nazoratini amalga oshiradi. Namunaviy ro’yxatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli ruxsatnoma-dalolatnomasiz ustaxonalarda, o’quv xonalari va boshqa xonalarda o’rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar, o’quv jihozlari va asboblarni olib qo’yish choralarini o’z vaqtida ko’radi, ta'lim muassasasi xonalarida xodimlar va o’quvchilarning sog’ligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta'lim jarayonini to’xtatib turadi. Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagoglarning jamiyatdagi o’rniga munosib bo’lgan axloqiy me'yorlarga amal qiladi.
6.7. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari:
6.7.1. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari direktorining taqdimotiga ko’ra shahar xalq ta'limi bo’limining mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi.
6.7.2. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq bir tadbirlar o’tkazilganida o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me'yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta'minlaydi, mahalla qo’mitasi va boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.
6.7.3. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.7.4. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosariga bevosita: 1) sinf rahbarlari; 2) o’quvchilar; 3) sardorlar; 4) qo’shimcha ta'lim pedagoglari bo’ysunadi.
6.7.5. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo’yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o’tkazilishini tashkil etadi.Maktabdan tashqari tashkilotlar: mahalla qo’mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi.Tarbiyachilar, sinf rahbarlari, katta sardor va bevosita ushbu direktor o’rinbosariga bo’ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiq lashtiradi.
Muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini, to’garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o’tkazilishini nazorat qiladi; sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tadbirlarga, to’garaklar mashg’ulotlariga (o’quv yili davomida kamida 180 soat) qatnaydi, ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalaridan pedagoglarni xabardor qiladi. Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo’yicha ota-onalarni (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.Maktab direktorining o’quv-tarbiyaviy ish bo’yicha o’rinbosari bilan hamkorlikda tarbiyaviy va madaniy bo’sh vaqt faoliyati bo’yicha mashg’ulotlar jadvallarini tuzadi; vaqtinchalik yo’q bo’lgan xodimlarning o’rniga darslar o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishini ta'minlaydi.Maktab bo’yicha belgilangan hisobot hujjatlari, shuningdek, bevosita o’ziga bo’ysunadigan xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar tuzilishini ta'minlaydi.O’quvchilar jamoalariga madaniy va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazishda yordam beradi, to’garaklarda va hokazolarda o’quvchilar kontingentini saqlash choralarini ko’radi, maktabni o’quvchilar bilan to’ldirishda ishtirok etadi.Maktab pedagog va boshqa xodimlarini tayyorlashda va ularni attestatsiyadan o’tkazishda ishtirok etadi.Sinf rahbarlari va bevosita ushbu direktor o’rinbosariga bo’ysunadigan xodimlar tomonidan ularning zimmasiga yuklangan tarbiyaviy ishni tashkil etish bo’yicha vazifalar bajarilishini, o’quvchilarning ixtiyoriy jamoatchilik uchun foydali mehnatini muhofaza qilish me'yorlari va qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda ta'minlaydi.Sinf rahbarlari, guruhlar, to’garaklar va sport seksiyalari rahbarlariga safarlar, ekskursiyalar, ishlab chiqarish va jamoatchilik uchun foydali mehnatni va h.k.larni tashkil etishda, shu jumladan o’quvchilar mehnati muhofaza qilinishini ta'minlash, jarohatlanishni va boshqa baxtsiz hodisalarni oldini olish masalalarida uslubiy yordam beradi.Tarbiyaviy tadbirlar va ta'lim muassasasidan tashqari o’quvchilar bilan ish olib borishda sanitariya-gigiyena me'yorlari va talablari, mehnatni muhofaza qilish va yongin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ular bajarilishi uchun tegishli choralar ko’radi.O’quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar bilan) ko’chada, suvda va hokazolarda sodir bo’ladigan jarohatlanishni, YTX, baxtsiz hodisalarni oldini olish bo’yicha tadbirlarni tashkil etadi; ota-onalarni o’quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib borishga jalb etishni tashkil etadi, majmuaviy tarbiyalash tizimi yaratilishiga ko’maklashadi.Maktabdan tashqari tarbiya bo’yicha hamkorlikda faoliyat yuritish uchun maktab bilan bolalar qo’shimcha ta'lim muassasalari va boshqa tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni bog’laydi va qo’llab-quvvatlaydi.Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamoadagi o’rniga munosib axloq me'yorlariga amal qiladi. 6.8. Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo’yicha vazifalari va majburiyatlari.Yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta'limi muassasasi, shu jumladan, maktab direktori fondining byudjet mablag’larining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi.Tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta'limi muassasalarini moliyalash bo’limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:pedagog xodimlar ta’rifikatsiyasini hisobga olgan holda maktab shtat jadvali va xarajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro’yxatga olish; belgilangan tartibda ro’yxatga olingan xarajatlar smetasini, tovarlar va xizmatlar etkazib berish bo’yicha shartnomalarni faqat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g’aznachiligining hududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish;belgilangan standartlarga muvofiq umumta'lim maktabi bug’galterlik hisob-kitobi va hisobotini olib borishini ta'minlash;to’lovlar, oylik maoshni belgilash va to’lash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, maktabda moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish; - amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga qat'iy rioya qilishni ta'minlash. Byudjetdan ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari topilgan mablag’lar xarajatlar smetasining tuzilishini tahlil qilish va tasdiqlash hamda ulardan samarali tejamkorlik bilan foydalanishni xodimlarga ish haqi "Direktor jamg’armasi"dan o’qituvchilarga ustamalarni xolisona tayinlanishi, mukofot va moddiy yordam pullarini asoslangan holda to’lanishi, noqonuniy xarajatlarga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rishi lozim. Ta'lim muassasasining tovar moddiy-boyliklarining saqlanishini 1999- yil 3-sentabrdan 414-sonli qaroriga asosan servis xizmati ko’rsatish faoliyatini tashkil etish, yuridik, jismoniy shaxslarning va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga yo’naltirish va undan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etadi. Markazlashtirilgan tartibda ta'lim muassasasiga beriladigan (jihozlar, maktablarga beriladigan maktab hujjatlari, kam ta'minlangan oila farzandlariga beriladigan qishki kiyim-bosh, "Prezident sovg’asi", ko’mir, va boshqa) moddiy boyliklar uchun ishonchnomalar beradi, qabul qiladi, har bir o’quvchiga yetkazilishini ta'minlaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.Ta'lim muassasasi binolarining texnik holatini, ya'ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o’quv ko’rgazmali jihozlar)ning saqlanishini nazorat qiladi.Har o’quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta'mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta'mirlash, jihozlash, yangi o’quv yiliga taxt qilib, ro’yxat bo’yicha jihozlash, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan xolda) topshirish va o’quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olishni;Kommunal xizmat ko’rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g’aznachilik bo’limlaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etilishini ta'minlaydi.Kommunal to’lovlar (gaz, elektr energiya, suv va issiqlik energiyasi) bo’yicha hisoblagichlarni kundalik ko’rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanishni;Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo’linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko’rishni; Ta'lim muassasasining sanitariya holatini talab darajasida bo’lishida farroshlar, binoni qo’riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda bog’bonlar ishining to’g’ri tashkil qilinishini; Muassasada xodimlar o’rtasida shanbaliklarni, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni;Qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada bo’lmagan kunlarda xizmat ko’rsatuvchi tashkilotga ma'lum qilish hamda ushbu kunlarni ro’yxatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to’lab beriladigan mablag’larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirishini; Kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta'mirlab, tayyor holga keltirilishini ta'minlaydi. 6.9. Ta'lim muasasasi rahbarining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarining yoki xo’jalik mudirining moddiy javobgarlik bo’yicha vazifalari va majburiyatlari
6.9.1. Maktab direktorining ma'muriy-xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab
direktorining taqdimotiga ko’ra shahar xalq ta'limi bo’limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va bo’shatiladi.
6.9.2. Maktab direktorining ma'muriy-xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysinadi.
6.9.3. Maktab direktorining ma'muriy-xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida qo’yidagi mansab vazifalarini amalga oshiradi:
Ta'lim muassasasi binolarining texnik holatiga, saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o’quv ko’rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir. Ta'lim muassasasidagi xo’jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda hisobxonaga, ishchi-xodimlarni ishga kelganligi haqida tabel topshirish.Hisobxonaga oy oxirida kirim, chiqim qilingan moddiy tavar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo’jalik va konselyariya mollarini kirim qilish, ularni o’z vaqtida tarqatish, ro’yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini topshirish.Har o’quv yili boshlanguncha barcha jihozlarni ta'mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta'mirlash, jihozlash, yangi o’quv yiliga taxt qilib, ro’yxat bo’yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o’quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish. Kommunal xizmat ko’rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g’aznachilik bilimlaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etish. Kommunal to’lovlar ( gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) bo’yicha hisoblangichlarni kundalik ko’rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish. Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo’linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko’rish. Ta'lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo’lishida farroshlar, binoni qo’riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda bog’bonlar ishini to’g’ri tashkil qilish. Bir yilda bir marta muassasa hisobchisi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo’yicha inventarizasiya qilish. Muassasada xodimlar o’rtasida shanbaliklarni, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va ularda faol qatnashish. Qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada bo’lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo’lmagan kunlarda xizmat ko’rsatuvchi tashkilotga ma'lum qilish hamda ushbu kunlarni ro’yxatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to’lab beriladigan mablag’larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirish. Kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta'mirlab, tayyor holga keltirish.Yakka tartibda isitiladigan ta'lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg’i materiallarini vaqtida yetkazish va sifatli saqlash, va ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta'minlash.Yongin xavfsizligi asboblarini yetarli darajada bo’lishini nazorat qilish.
6.9.4. Ta'lim muassasasi rahbarining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarining zimmasiga kassirlik vazifasi yuklatilgan holatda:Ta'lim muassasi kassiri naqd pullarini davlat bankidan qabul qilish va topshirish bo’yicha kassa operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiradi.Kassa operatsiyalari hisobini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo’yicha maxsus kassa daftarida yuritadi hamda kassa daftarini o’chirishlar va tuzatishlar qilishga yo’l qo’ymasdan olib boradi.Ta'lim muassasasi xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (ya'ni xizmat safari xarajatlari, kasallik varaqalari, suyunchi pullari, qarilik nafaqalari) bo’yicha bankda naqd pulga buyurtma beradi va naqd pul oladi hamda xodimlarga o’z vaqtida berilishini ta'minlaydi. Kundalik tarqatilgan naqd pullar haqida ta'lim muassasasi rahbariga hisobot berib boradi. Kassaga doir barcha moliyaviy hujjatlar va kassa kitobini yuritadi.Kassada pul mablag’larining saqlanishi va tarqatilmagan pul mablag’larini bank mussasasiga qaytib topshirishiga javobgar hisoblanadi.
6.9.5. Maktablarda bug’galter, moddiy javobgar shaxs lavozimlari kiritiladi. Maktab bug’galteri o’z vazifalarini uning vakolat va javobgarlik doirasi belgilangan umumta'lim maktablari (maktab-internatlari) bug’galteri haqidagi tegishli Nizom talablari asosida amalga oshiradi:

Maktab ma'muriyatiga yuklatilgan juda ko'p funktsiyalar direktordan muovinlarga hokimiyatni puxta o'ylab topishni taqozo etadi. Zamonaviy sharoitga muvofiq eng maqbul boshqaruv kadrlari quyidagilar bo'lishi mumkin.



  • Ta'lim tashkilotining rahbari - maktab direktori.

  • Boshliqning birinchi o'rinbosari - Resurslarni boshqarish bo'yicha o'rinbosari.

  • Ta'lim dasturlarini amalga oshirish yoki o'quv dasturlarini bir vaqtda amalga oshirish bo'yicha o'rinbosari.

  • Ta'lim sifatini boshqarish bo'yicha o'rinbosari.

  • Talabalarni tarbiyalash va ijtimoiylashtirish bo'yicha boshliq o'rinbosari.

  • Bosh hisobchi.

Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish